Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57

68
Oddiy oltinko‘z mamlakatimiz biolaboratoriyalarida don kuyasi
tuxumlarida, mum parvonasi va sun’iy ozuqa muhitida ko‘paytiriladi.
Oltinko‘zni biolaboratoriyada yangi sun’iy ozuqada ko‘paytirish usuli
mamlakatimiz olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda
qo‘llanilmoqda.
Brakonoidlar.  Bu  oila vakillari parda qanotlilar turkumiga
mansub 5—15 mm kattalikdagi hasharotlar hisoblanadi.
K o ‘ p c h i l i k   v a k i l l a r i   q i s h l o q   x o ‘ j a l i k   o ‘ s i m l i k l a r i n i n g
zararkunandalarida tashqi va ichki parazitlik qilib hayot kechiradi.
Brakonoidlarga mansub brakon xebetor turi karadrina, beda
tunlami, makkajo‘xori kapalagi va g‘o‘za tunlami kabi
zararkunanda hasharotlari lichinkalarining paraziti hisoblanadi.
Mazkur brakon qizg‘ish-qoramtir rangda bo‘lib, tanasining
uzunligi 2—3 mm, qanotlarini yozganda esa 4—5 mm keladi.
Urg‘ochisining qorin  bo‘limi oxirida nayzasi, ya’ni tuxum
qo‘ygichi mavjud. Shu tuxum qo‘ygichi yordamida zararkunanda
qurtlar tanasini teshadi va avval ularni falajlaydi. So‘ngra
zararkunanda lichinkasi tanasiga o‘rtacha 15—20 dona  tuxum
qo‘yadi. Bir dona urg‘ochi  brakon hayoti davomida 100 tadan
800 tagacha tuxum qo‘yadi. Brakon tuxumlaridan ko‘sak qurti
kabi zararkunanda hasharotlar lichinkasining tanasi ichida brakon
lichinkalari chiqib zararkunanda lichinkasining tanasi bilan so‘rib
oziqlanadi. Natijada zararkunanda lichinkalari butunlay nobud
bo‘ladi. Brakon lichinkalari zararkunanda lichinkasida voyaga yetib
o‘sha  joyda g‘umbakka aylanadi. Bir yilda brakon 12 martagacha
avlod berib rivojlanadi. Brakonning rivojlanishi uchun
laboratoriyada optimal haroratni 27—32 
0
C, havo namligini esa
80% saqlash zarur. Shunday sharoitda brakon 8—12 kunda to‘liq
rivojlanadi.
G‘o‘za tunlami va boshqa zararkunandalarga qarshi laboratoriya
sharoitida brakon, trixogramma va oltinko‘z mum parvonasining
qurtlarida ko‘paytiriladi.
Foydali hasharotlarni ko‘paytirish uchun avval mum parvonasi
ko‘paytirilib olinadi. Mum parvonasi kapalaklar turkumiga mansub
hasharot bo‘lib, undan laboratoriya sharoitida bir yilda 7—8 marta
avlod olish mumkin. Mum parvonasi tabiiy sharoitda esa 3—4 marta
avlod beradi.
Mum parvonasini laboratoriya sharoitida ko‘paytirish uchun
professor X. Kimsanboyev va boshqalar (1999) tavsiya etgan
ozuqalardan foydalanish mumkin.


69
Birinchi ozuqa — 1 kg bug‘doy uni, 2 kg shakar, 4,8 kg meva
qoqi, 1,8 l sut, 200 gr margarin, 200 gr qatiq aralashmasini
avtoklavda 40—45 daqiqa davomida 2 atm. bosimda pishirib olinadi.
Ikkinchi ozuqa — 2 kg shakar, 2 l sut, 5,8 kg makkajo‘xori
uni, 200 gr margarin aralashmasini avtoklavda 40—45 daqiqa
davomida 2 atm. bosimda pishirib olinadi.
Uchinchi ozuqa — 2 kg shakar, 3,8 l sut, 2,8 kg bug‘doy uni,
200 gr margarin, 200 gr qatiq aralashmasini avtoklavda 40—45
daqiqa davomida 2 atm. bosimda pishirib olinadi.
To‘rtinchi ozuqa — 200 gr olma qoqi, 200 gr o‘rik qoqi, 200
gr olxo‘ri qoqi, 300 gr shakar va 100 ml suv aralashmasi qaynatilib
qiyom tayyorlanadi.
3 litr hajmdagi shisha ballonlarga 100 grammdan 1-ozuqadan
va 50 grammdan meva qoqi solinadi. Ozuqa solingan ballonlarga
100 donadan katta yoshdagi mum parvonasining qurtlaridan
solinadi va idish  og‘zi havo almashinadigan qilib mato bilan
berkitiladi. So‘ngra ballonlar ustidan namlangan mato yopiladi.
Ballonlarda kapalaklar paydo bo‘la boshlashi bilan har biriga
25 gramm asalari mumi yoki 25 gramm 2-ozuqadan solinadi.
Kapalaklar 8—10 kun davomida 2-ozuqaga yoki asalari mumiga
tuxum qo‘yadi.  Qurtlar tuxumdan chiqmasdan oldin  har bir
ballonga 25 grammdan 3-ozuqadan, so‘ngra esa har  3 kun
orasida  jami to‘rt marta 50 grammdan 1-ozuqa beriladi. 25—
30 kun davomida qurtlar oziqlangach, ballonlar maxsus metall
idishlarga (sadoklarga) bo‘shatiladi. Har bir sadokka 5—6 dona
3 litrli ballondagi qurtlar bo‘shatiladi va har kuni  1—1,5 kg
3—ozuqa berib boriladi. Sadokdagi ozuqa ustki tomonidan qalin
mato bilan berkitiladi. Har kun sadok matosidan katta yoshdagi
qurtlar terib olinadi va brakon yoki oltinko‘z ko‘paytirish
uchun ishlatiladi.
Brakonni mum parvonasida ko‘paytirib olish uchun katta
yoshdagi qurtlar yig‘ib olinadi va har bir 3 litrli ballonga 400
donadan solinadi. Uning ustiga qurtlar o‘rnashib olishi uchun
bir necha marta buklangan (garmoshka qilingan) qog‘oz solinadi
va ballon og‘zi berkitiladi. Ballonlar qorong‘u joyda 4—5 soat
davomida saqlansa, qurtlar qog‘ozga o‘rnashib oladi. Ehtiyotlik
bilan qurtlar o‘rnashgan qog‘oz ballondan olinib, o‘rtacha
otalangan 200 dona urg‘ochi  brakoni mavjud bo‘lgan ballonlarga
solinadi.  Ballonlar 4 soat qorong‘uda saqlanadi. Bu davrda brakon
barcha mum parvonasi qurtlari tanasiga o‘z tuxumini joylashtiradi.


70
Zararlangan qurtlardan 8 kunda brakon uchib chiqadi. Brakonlar
boshqa ballonlarga yig‘ib olinadi. Brakon g‘o‘za tunlami (ko‘sak
qurti)  qurtlariga qarshi 3 marta o‘n kundan oralatib  1:15, 1:10
va 1:5 nisbatda tarqatiladi. Bunda 1 soni brakon miqdori bo‘lsa,
15, 10 va 5 sonlari zararkunanda (ko‘sak qurti)ning miqdorini
bildiradi.
Oltinko‘z va trixogramma yetishtirish uchun mum
parvonasining tuxumini olish zarur bo‘ladi. Kapalaklar tuxum
qo‘yishi  uchun maxsus  tayoqchalar boylamidan foydalaniladi.
 Savollar
Foydali hasharotlar qanday ahamiyatga ega?
Qanday foydali hasharotlarni bilasiz?
Respublikamiz biolaboratoriyalarida qaysi foydali hasharotlar
ko‘paytiriladi?
Foydali hasharotlarni ko‘paytirish uchun qanday ozuqalar
tayyorlanadi?


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə