Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57

64
 Savollar
To‘g‘ri qanotlilarning qaysi vakillari o‘simlikxo‘r hisoblanadi?
To‘g‘ri qanotlilarning qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi
vakillari va ularning biologiyasini gapirib bering.
Chigirtkalarga qarshi qanday kurash choralari qo‘llaniladi?
23-rasm. 
To‘g‘ri qanotlilar turkumi.
 
Zararkunanda chigirtkalar: 1 — ko‘chmanchi chigirtkalar;  2 — marokash
chigirtkalari; 3 — voha chigirtkasi; 4 — sibir chigirtkasi; 5 — qora tuproq
chigirtkasi; 6 — to‘qay chigirtkalari; 7 — otbosar chigirtkasi;
8 — cho‘l chigirtkasi.


65
9-BOB. Foydali hasharotlar
Qishloq xo‘jalik ekinlarida uchrab zarar yetkazadigan
hasharotlarda yirtqichlik yoki parazitlik qilib hayot kechiradigan,
natijada zararkunanda hasharotlarning miqdori kamayishiga sabab
bo‘ladigan hasharotlar foydali hasharotlar deyiladi (24-rasm).
Respublikamizda yetishtiriladigan g‘o‘za, bug‘doy, sabzavot,
poliz va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlariga zararkunanda
hasharotlar, kanalar va boshqa bo‘g‘imoyoqlilar yetkazadigan
zarar oqibatida hosildorlik sezilarli darajada kamayadi.
Zararkunandalarga qarshi uzoq  yillar davomida asosan kimyoviy
kurash choralari keng qo‘llanildi. Kimyoviy moddalarni keng
miqyosda qo‘llash atrof muhitni zararlanishi, suvning
ifloslanishi, tabiatdagi foydali hayvonlar miqdorining kamayishi,
ekologiyaning buzilishi,  tuproqdagi mikroorganizmlarning
nobud bo‘lishi hamda aholi o‘rtasida turli kasalliklarning kelib
chiqishiga olib keladi.
O‘simliklarning zararkunandalariga qarshi atrof muhit va inson
uchun mutlaqo zararsiz biologik kurash usulini ilmiy asosda qo‘llash
zarurati vujudga keladi. Mamlakatimizda o‘simliklarning biologik
himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, foydali
hasharotlar ko‘paytiriladigan biolaboratoriyalar soni O‘zbekistonda
1972-yilda 18 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda 800 ga yaqin
biolaboratoriya  faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur biolaboratoriyalarda
qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 7 mln gektardan ortiq maydonni
zararkunandalardan himoya qilish uchun foydali hasharotlar
ko‘paytirilmoqda.
Qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalarida juda ko‘p sondagi
hasharotlar tabiiy kushandalik qilib hayot kechiradi. Masalan,
ninachilar, beshiktebratarlar va xonqizilar kabi hasharotlar
yirtqichlik qilib hayot kechiradi. Lekin ular o‘simliklarni biologik
himoya qilishda amaliy ahamiyata ega emas. Chunki ninachi,
beshiktebratar kabi hasharotlar juda kam sondagi qishloq xo‘jalik
ekinlarining zararkunandalari bilan oziqlanadi. Xonqizi kabi
hasharotlarning esa laboratoriya sharoitida ko‘paytirish muammoligi


66
uchun qo‘llanilmaydi. Qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga
qarshi kurashda eng ko‘p qo‘llaniladigan foydali hasharotlar
jumlasiga oltinko‘z, trixogramma va brakon kiradi.
24-rasm. 
Yetti nuqtali xonqizi:
1—lichinkasi; 2—g‘umbagi; 3—voyaga yetgan bosqichi; 4—ikki nuqtali xonqizi;
5—yirtqich qandala-antokaris; 6, 7—vizilloq pashsha lichinkasi va voyaga
yetgan bosqichi; 8, 9, 10—oltinko‘z voyaga yetgan bosqichi,  lichinkasi va barg
ustidagi tuxumlari; 11—taxin pashshasi; 12—mevaxo‘rning tuxumini
zararlayotgan trixogramma; 13—telenomus; 14—halqa i pak qurtining
tuxumidan chiqayotgan telenomuslar; 15—arvoh kapalagining g‘umbagini
zararlayotgan yaydoqchi; 16, 17—qora vizilloq qo‘ng‘iz va uning lichinkasi;
18, 19—yumshoq tanli qo‘ng‘iz va uning lichinkasi; 20—qizil ko‘krakli qo‘ng‘iz.


67
9.1. Xonqizilar oilasi
Bu oila vakillarining yer yuzida 4200 turi, O‘zbekistonda 106
turi tarqalgan. Shundan 80 ga yaqini foydali hasharotlar
hisoblanadi. Qo‘ng‘izlarining tanasi yarim shar shaklida bo‘ladi.
Tuxumlari sariq rangda, uzunchoq shaklli. Xonqizining urg‘ochisi
tuxumlarini o‘simlik bitlari to‘dasiga qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan
lichinkalar o‘simlik bitlari bilan yirtqichlik qilib oziqlanadi.
Lichinkasi oziqlanib bo‘lgandan so‘ng, tanasini keyingi qismi
bilan o‘simlik sirtiga yopishib g‘umbakka aylanadi. G‘umbakdan
voyaga yetgan qo‘ng‘izilar chiqadi va 10—12 kun o‘simlik bitlari
bilan qo‘shimcha oziqlanadi. Keyin juftlashib tuxum qo‘ya
boshlaydi.  Bitta urg‘ochisi  250 tadan 2900 tagacha tuxum qo‘yishi
mumkin. Xonqizilar tog‘da voyaga yetgan hasharot (qo‘ng‘iz)
bosqichida qishlaydi. Xonqizilarning yetti nuqtali xonqizi, nuqtali
stetorus va o‘zgaruvchan xonqizi kabi turlari nihoyatda foydali
hisoblanadi.
Oltinko‘zlar. Ular to‘rqanotlilar turkumiga mansub. Qanotlari
kamalak rangda tovlanib turadi. Oltinko‘zlarning bir juft murakkab
yirik tillasimon ko‘zlari mavjud. Oddiy ko‘zlari yo‘q.
Oltinko‘zlarning  tanasi  yashil — sarg‘ish rangli bo‘ladi.  Tuxumlari
oval shaklda bo‘lib, ularni uzun poyacha yordamida o‘simlik barg
va novdalariga yakka-yakka yoki to‘p-to‘p qilib qo‘yadi.
Lichinkalarining ko‘krak qismi enliroq bo‘lib, bosh va qorin
tomonga ingichkalashib boradi. Lichinkalarining ko‘krak qismida
3 juft haqiqiy oyoqlari mavjud.
O‘zbekistonda oltinko‘zlarning 11 turi ro‘yxatga olingan.  Mazkur
turlardan oddiy oltinko‘z va yetti nuqtali oltinko‘z juda samarali
hisoblanadi.
Yetti nuqtali oltinko‘z lichinkalari rivojlanishi davomida 350
taga yaqin yetuk bosqichidagi va 650 ga yaqin  lichinka  bosqichidagi
o‘simlik bitlari bilan oziqlanadi.
Oddiy oltinko‘z lichinkasi ham yirtqichlik bilan hayot
kechiradi. U bir kecha-kunduzda 200 taga yaqin turli yoshdagi
o‘rgimchakkana, 800 donaga yaqin o‘rgimchakkana tuxumlari
va 50—60 tadan ortiq o‘simlik bitlari bilan oziqlanadi.  Oddiy
oltinko‘z lichinkalari g‘o‘za tunlamining tuxum va yosh
lichinkalari hamda 70 ga yaqin turli bo‘g‘imoyoqlilar bilan
oziqlanadi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə