Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57

58
G‘umbagi 7—17 kunda rivojlanadi. Butgullilar burgachalari bir
yilda 1 marta nasl berib rivojlanadi.
Kurash choralarida yem-xashak uchun o‘stiriladigan butgulli
o‘simliklarni urug‘ bilan donadorlashtirilgan fosfamid pestitsidi
20 kg/ga qo‘shib ekiladi. Undan tashqari, o‘simlik vegetatsiyasi
davrida O‘zbekistonda ishlatishga ruxsat etilgan va tavsiya qilingan
pestitsidlarning biri bilan ishlov beriladi.
 Kolorado qo‘ng‘izi — bargxo‘rlar  oilasiga mansub. O‘zbekistonda
bu qo‘ng‘iz ichki karantin hisoblanadi. Birinchi marta Toshkent
viloyatining Bo‘stonliq tumanidan topilgan.  Kartoshka va boshqa
ituzumdosh o‘simliklarning barg va o‘suv nuqtalarini qo‘ng‘iz va
lichinkalari kemirib zararlaydi. O‘simlik hosildorligini 50 % va kuchli
shikast yetkazganda 100% gacha nobud bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Qo‘ng‘izning kattaligi 9 — 12 mm(10-rasm), oval shaklda bo‘lib,
ustki qismi qavariq. Old ko‘kragi va qanotlari sarg‘ish yoki sariq-
qo‘ng‘ir. Har bir qanoti bo‘ylab beshtadan qora chiziq o‘tadi. Old
ko‘kragida 12 — 14 tagacha qora dog‘i bo‘lib, o‘rtasidagi “V” shaklda
bo‘ladi. Mo‘ylovlari 11 bo‘g‘imli va asosidan uchiga tomon
yo‘g‘onlashib boradi.
Tuxumining kattaligi 1,2—1,8 mm, cho‘zinchoq oval shaklda,
rangi sariqdan tortib ravshan zarg‘aldoq tusgacha bo‘ladi.
Lichinkasining kattaligi 15—16 mm, qavariq osti yassi, birinchi
va ikkinchi yoshda qizil tusli, uchinchi va to‘rtinchi yoshda zarg‘aldoq-
sariq, boshi va oyoqlari qora rangda. Tanasining ikki yonida ikki
qatordan qora dog‘lari bor. Dog‘lar so‘gallar ustida joylashgan.
G‘umbagi 10—12 mm kattalikda, pushti yoki zarg‘aldoq rangda.
Kolorado qo‘ng‘izi qaysi o‘simlikda oziqlansa, shu o‘simlik
o‘sayotgan joyning o‘zida tuproqning 20—60 sm chuqurligida
qo‘ng‘iz holatida qishlaydi. Aprel va may oylarida tuproqning harorati
11,5 
0
C bo‘lganda qo‘ng‘izlar yerning   ustki qatlamiga ko‘tarilib,
o‘simliklar bilan oziqlana boshlaydi. Ular oziq izlab har tomonga
uchadi. Juftlashib bo‘lganidan keyin kartoshka, baqlajon va boshqa
ituzumgulli o‘simliklar bargining orqa  tomoniga 12—18 tadan tuxum
qo‘yadi.
Kolorado qo‘ng‘izining entomofaglari Amerikadan va
Kanadadan olib keltirilgan. Meksikadan Edovum petler tuxumxo‘r
paraziti, Kanadadan taxin pashshasi — doriforofag paraziti olib
kelingan. Biolaboratoriyalarda ko‘paytirilmaydi. Ular qo‘ng‘iz tanasi
ichiga lichinka qo‘yib rivojlanadi. Lichinkalari qo‘ng‘iz tanasining
ichi bilan oziqlanib shu yerda g‘umbakka aylanadi.


59
Kimyoviy kurash choralaridan: regent 80 % s.e.kuk — 20 gr
/ga; adonis 4% k.e — 0,25 l/ga; trebon 30% k.e — 0,2 — 0,3 l/ga,
mospilan 20% nam.kuk — 20 — 25 gr/ga; karate 5% k.e — 100
ml/ga va boshqa ruxsat etilgan pestitsidlardan foydalanish mumkin.
Poliz qo‘ng‘izi. Poliz qo‘ng‘izi qovoqgullilar oilasiga mansub
bodring, qovoq va qovun o‘simliklariga katta zarar yetkazadi.
Qo‘ng‘izining kattaligi 7 — 9 mm, keng oval shaklda.  Tanasining
past tomoni yassi, usti qavariq va rangi qizil-qo‘ng‘ir. Qanotining
har birida 6 tadan qora dog‘i bor. Mo‘ylovlari to‘g‘nag‘ichsimon 11
bo‘g‘imli. Tuxumining kattaligi 1,75 mm, sariq, cho‘zinchoq shaklda.
Lichinkasi 9 mm kattalikda bo‘lib, rangi sarg‘ish, orqasida besh
qator tarmoqli tikanlari bor. G‘umbagi oq-sariq rangda.
Qo‘ng‘izidan biroz kichikroq va orqasida qora nuqtalari bor. Tanasi
tukli.
Poliz ekinlari o‘simlik qoldig‘ida, bog‘larda barglar ostida,
pichanlar tagida va boshqa joylarda qo‘ng‘iz fazasida qishlaydi.
Erta bahorda qo‘ng‘izlari uyg‘onib, qovoqgulli o‘simliklar bilan
oziqlana boshlaydi. Barglar etining orqa tomonidan yeb tomirini
qoldiradi. Barglarning orqa tomoniga to‘p-to‘p qilib 20—40 donadan
tuxum qo‘yadi. Odatda urg‘ochi qo‘ng‘iz hayoti davomida 150
tagacha tuxum qo‘yadi. Tuxumidan 3—4 kunda lichinka chiqadi.
Ular barg etini yeb teshikchalar hosil qiladi. Ayrim hollarda qovun,
tarvuz va boshqa qovoqgulli o‘simliklarning meva po‘stini yeb zarar
keltiradi. Lichinkasi 15 kundan 20 kungacha rivojlanadi va barglarda
g‘umbakka aylanadi. Poliz qo‘ng‘izi bir yilda 3 marta nasl beradi.
Qishda havo harorati —17 
0
C bo‘lganda poliz qo‘ng‘izi ko‘plab
nobud bo‘ladi.
Kolorado qo‘ng‘iziga qo‘llanilgan kurash choralarini qo‘llash
mumkin.
 Savollar
No‘xat donxo‘rining tuzilishi va zarari qanday?
Butgulli burgachalarga qarshi qanday kurash olib boriladi?
Kolorado qo‘ng‘izi va poliz qo‘ng‘izining tuzilishi hamda zararini gapirib
bering?


60
8-BOB. To‘g‘ri qanotlilar turkumi
To‘g‘ri qanotlilarning yer yuzida 20 mingga yaqin turi
tarqalgan. Ushbu turkum vakillari qishloq xo‘jaligi va boshqa
o‘simliklarga katta zarar yetkazadi. To‘g‘ri qanotlilarning og‘iz
apparati kemiruvchi ti pda tuzilgan. Ko‘pchilik vakillari
o‘simlikning turli organlarini kemirib oziqlanadi. Mazkur turkum
vakillari ichida yirtqich(ozchiligi) va aralash oziqlanuvchilari
ham mavjud.
Mo‘ylovlari ingichka va turli uzunlikda bo‘ladi. Temirchaklarda
mo‘ylovlar tanasidan uzun va chigirtkalarda tanasining yarmidan
kaltaroq bo‘ladi. To‘g‘ri qanotlilarda bir juft murakkab ko‘zlar va
1—3 ta oddiy (chigirtkalarda ikkita murakkab va ikkita oddiy ) ko‘zlar
mavjud.
Mazkur hasharotlarning ust qanotlari to‘g‘ri  va terisimon
tuzilgan. Keyingi qanotlari esa yelpig‘ichsimon tuzilgan bo‘lib,
yaxshi taraqqiy etgan. Orqa oyoqlari o‘tlar orasida hayot
kechiradigan o‘simlikxo‘rdagidek  (chigirtka, chirildoq) old
oyoqlarga  nisbatan baquvvat va  uzun bo‘lib,  sakrovchi ti pda
tuzilgan. Tuproqda  hayot kechiradigan buzoqboshilarda  old oyoqlar
qazishga moslashgan.
Turkum vakillari tuxumlarini asosan tuproqqa (chigirtka,
buzoqboshi) va qisman o‘simliklarga qo‘yadi.  To‘g‘ri qanotlilar
ikkita: uzun mo‘ylovlilar va kalta mo‘ylovlilar kenja turkumlariga
bo‘linadi.
8.1. Uzun mo‘ylovlilar
Bu  kenja  turkum vakillarining mo‘ylovlari qilsimon ti pda  va
uzun bo‘ladi. Urg‘ochilarining qorin qismi oxirida tuxum qo‘ygichi
mavjud. Mazkur kenja turkum ikkita: temirchaklar va chirildoqlar
bosh oilalariga bo‘linadi. Temirchaklarning oyoq panjalari 4 bo‘g‘imli
bo‘ladi. Chirildoqlar temirchaklardan farq qilib, oyoq panjalari 3
bo‘g‘imli bo‘ladi.
Chirildoqlar bosh oilasi o‘z navbatida chirildoqlar,
buzoqboshilar kabi bir nechta oilalarga bo‘linadi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə