Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57

47
kech kuzdan to kurtaklar bo‘rtgunga qadar qo‘llash mumkun.
Bir gektar bog‘ga o‘rtacha 100 kg solarka va 6—7 kg nitrafen
sarflanadi.
Qalqondorlarga qarshi kurashda daraxtlarning barcha qismi eritma
bilan yaxshilab xo‘llanilishi shart. Ishlov berish vaqtida havo harorati
8—10 
o
C dan past bo‘lmasligi kerak.
Bog‘larda qalqondor borligi aniqlanganda daraxtlar 2—3 yilda
bir marta ko‘klamda daraxtlar kurtak yozguncha nitrofen eritmasi
bilan (10 litr suvga 200 g hisobidan) ishlov beriladi. Shu davrda
qalqondorlarga qarshi moyli emulsiyalar yaxshi samara beradi;
buning uchun 50 gramm nitrofen 800 gr dizel moyida (solarkada)
eritiladi, so‘ngra unga 9—9,5 l suv qo‘shiladi. Daraxtning tana va
novdalari to‘liq  xo‘llanguncha purkaladi.
Yana bir usul: 200 gramm kir sovuni 2 litr suvda eritilib,
so‘ng 800 gramm solarkaga aralashtiriladi va 7 litr suv qo‘shiladi.
U s h b u   e r i t m a   b i l a n   i s h l o v   b e r i l s a ,   2 — 3   y i l   m e v a l a r
zararlanmaydi.
 Savollar
Qalqondorlar tanasi qanday tuzilgan?
Qalqondorlar qanday tarqaladi?
Qanday zararli qalqondorlarni bilasiz?
Qalqondorlarga qarshi qanday kurash choralari olib boriladi?


48
7-BOB. Kemiruvchi hasharotlar
7.1. Tunlamlar
Tunlamlar oilasi kapalaklar turkumining eng katta oilasi bo‘lib,
fanga 20 mingga yaqin turi ma’lum. Qanotlarida beshta ko‘ndalang
ingichka to‘lqin ko‘rinishidagi chiziq va uchta o‘rta dog‘ mavjud.
Qurtlari biologiyasiga ko‘ra quyidagi guruhga bo‘linadi:
o‘simliklarning quyi organlarini kemiruvchilar, yuqori organlarini
kemiruvchilar, ko‘katxo‘rlar va odimchilar.
Quyi kemiruvchilar qurtlari tuproqda yashab o‘simliklarning
ildizi bilan oziqlanib zarar yetkazadi. Kuzgi tunlam zararkunandasi
quyi kemiruvchilarga misol bo‘ladi. Yuqori kemiruvchilarning
qurtlari o‘simliklarni yer ustki organlarida yashab zarar yetkazadi.
G‘o‘za tunlami, ya’ni ko‘sak qurti yuqori kemiruvchilarga misol
bo‘ladi.
Tunlamlarning kapalaklari tunda faol bo‘lgani uchun shunday
nom berilgan. Tunlamlarning ayrim asosiy zararkunanda turlari bilan
tanishib chiqamiz.
Kuzgi tunlam. Kuzgi tunlam O‘zbekistonning barcha viloyatlarida
uchraydi. Qishloq  xo‘jaligi va yovvoyi o‘simliklarning yuzdan ortiq
turiga qurtlik bosqichida zarar yetkazadi.
Kuzgi tunlam kapalagining kattaligi qanotlarini yozganda 40
mm gacha boradi (20-rasm). Oldingi qanotlari sarg‘ish — kulrangda
bo‘lib, asosiga yaqin qoramtir dog‘i, markazida yumaloq, undan
yuqoriroqda buyraksimon dog‘lari  mavjud. Orqa qanotlari tomirli
oq tusda. Tuxumi oqimtir, 0,65 mm bo‘lib shakli gumbazsimon,
16—20 qobirg‘ali. Qurtlari dastavval 0,5 mm cha  bo‘lib, beshinchi
yoshiga borib 50 mm gacha yetadi. G‘umbagi 15—20 mm,  och
qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi.
Zararkunandaning 6-yoshli qurtlari 5—15 sm tuproq
chuqurligida sovuqqa chidamli holda qishlaydi. Erta bahorda qurtlari
qishlovdan chiqib g‘umbakka aylanadi. Aprel — may oylarida
kapalaklari g‘umbakdan uchib chiqadi. Kapalaklari  qo‘shimcha
oziqlanadi. Ular 10—40 kungacha yashaydi. Urg‘ochilari o‘rtacha
500—600 dona tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlari avval
barg orqasida bo‘lib, uning eti bilan oziqlanadi.


49
Keyin tuproqqa tushib
o‘simlikning yer ostki
qismi bilan oziqlanadi.
Qurtlari 30—40 kun oziq-
lanib bo‘lgach, tuproqda
in yasab unda g‘umbakka
aylanadi. G‘umbakdan
havo haroratiga qarab 2—
3 haftada kapalaklari uchib
chiqadi. G‘o‘zaga asosan
birinchi avlodi kuchli
shikast yetkazadi. Kuzgi
tunlam O‘zbekistonda 3
marta avlod berib
rivojlanadi.
Kurash choralari.
O‘simlikning o‘suv dav-
rida qator oralariga o‘z
vaqtida ishlov berish,
begona o‘tlarni yo‘qotish,
erta ekish, kuzda hosil
yig‘ishtirib olingach esa
yerni  chuqur shudgor-
lash, qishki yaxob suvini
berish kabi chora-
tadbirlar zararkunanda zarar yetkazishini ma’lum darajada
cheklaydi.
Zararkunanda tarqalishi oldini olish  uchun chigit ekilgunga
qadar dala atrofi va yo‘l chetlaridagi begona o‘tlarda gektariga 40—
60 ming dona hisobida trixogramma tuxumxo‘ri tarqatiladi.
Tabiatda hozirgi kungacha kuzgi tunlamning 80 turga yaqin
tabiiy kushandalari mavjudligi aniqlangan. Ushbu kushandalar
kuzgi tunlamni turli rivojlanish bosqichlarida zararlab sonini
kamaytirib turadi. Kuzgi tunlamning tabiiy kushandalariga
apanteles, trixogramma, vizildoq qo‘ng‘izlar misol bo‘ladi.
O‘zbekistondagi biolaboratoriyalarda trixogramma tuxumxo‘ri
ko‘paytiriladi. Agar kushandalar va kuzgi tunlamning o‘zaro nisbati
(1:2) bo‘lsa, kuzgi tunlamning sonini kushandalari cheklab turadi.
Natijada qarshi kurash choralari o‘tkazilmaydi. Kuzgi tunlam
miqdori kushandalariga nisbatan shu darajadan ko‘p bo‘lsa,
20-rasm. 
Kuzgi yoki ko‘kqurt tunlami
(A. Blyumer olgan rasm)
1—kapalagi; 2—tuxumlari; 3—qurt
zararlayotgan g‘o‘za niholi ildiz bo‘g‘zi;
4—tuproqdagi g‘umbagi; 5—qurt
zararlagan chigitdan unib chiqqan nihol.


50
iqtisodiy jihatdan zarar yetkazadi va qarshi kurash choralari olib
borishga zarurat tug‘iladi.
G‘o‘za unib chiqqandan so‘ng dalaga feromon tutqichlar
tarqatiladi. Har bir feromon tutqichga  3—4 donadan kuzgi tunlam
kapalaklari tushsa, 200000 dona trixogramma bir gektarga uch
marta 2—5 kun oralatib, birinchi marta 60000, ikkinchi marta
80000 va uchinchi marta yana 60000 dona tarqatiladi. Kuzgi
tunlamning tuxum qo‘yishi davom etsa, qo‘shimcha yana
trixogramma  tarqatiladi.
G‘o‘za ko‘chatlari to‘liq unib chiqqandan so‘ng o‘n m
2
maydonda 2—4 dona kuzgi tunlam qurti uchrasa, kimyoviy kurash
olib boriladi. Kimyoviy kurashda karate 5% k.e — 0,5 l/ga;  fyuri
10% k.e — 0,3 l/ga; mospilan 20% n.k — 0.3 kg/ga va boshqa shu
kabi O‘zbekistonda ishlatishga ruxsat etilgan va kuzgi tunlamga qarshi
kurash uchun tavsiya qilingan pestitsidlardan biri bilan ishlov
berish zarur.
Ko‘sak qurti. Ko‘sak qurti O‘zbekistonning barcha viloyatlarida
uchraydi. Ko‘sak qurti qishloq  xo‘jaligi ekinlaridan g‘o‘za,
pomidor, makkajo‘xori va boshqa ko‘pgina o‘simliklarning asosan
hosil organlariga  qurtlik bosqichida zarar yetkazadi. G‘o‘zaning
zararlangan shona va tugunchalari rivojlanishdan to‘xtaydi. Natijada
to‘kilib ketadi. Ko‘sak qurti kuchli shikast yetkazgan maydonlarda
hosildorlikning 70 % va undan ortiq qismini nobud qilishi
mumkin.
Ko‘sak qurti kapalaklari qanotlarini yozganda 30—40 mmga
yetadi (21-rasm). Tanasining uzunligi 12—20 mm ga boradi.
Tanasi sariq, ko‘kish-sariq yoki kulrangda bo‘ladi. Oldingi
qanotlarining markazida yumaloq, yuqorirog‘ida bittadan
loviyasimon qora dog‘i bor. Orqa qanotlari o‘rtasida rangli
oysimon dog‘ mavjud. Ko‘sak qurti to‘liq o‘zgaruvchan hasharot.
T u x u m i   g u m b a z s i m o n   b o ‘ l i b ,  d i a m e t r i   0 , 5 — 0 , 7   m m ,
balandligi 0,4—0,5 mm keladi. Kapalaklari tuxumlarini
g‘o‘zaning o‘suv nuqtalarida, yosh barglarga va  hosil organlariga
yakka-yakka  qilib qo‘yadi. Tuxumlari avval oqish-kulrang,
keyin esa qo‘ng‘ir tusga kiradi. Tuxumdan 4—6 kunda och-
ko‘k oq boshli lichinka chiqadi. Ko‘p o‘tmay uning bosh qismi
qorayadi va tanasining rangi to‘qlasha boradi. Qurtlari g‘o‘zaning
gul, novda va ko‘saklari  bilan oziqlanadi. Zararlangan gul,
novda va yosh tugunchalar to‘kilib ketadi. Lichinkalari oziqlanib
bo‘lgach, tuproqqa tushadi va 5—12 sm chuqurlikda g‘umbakka


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə