Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57

55
daraxt poya va shoxlarini yog‘ochlik qismini kemirib zararlaydi.
Ayrim turlari dala ekinlariga va hatto binolarning yog‘ochlariga
zarar yetkazadi.
Mo‘ylovdorlar turli kattalikda bo‘ladi. Ukraina dub
uzunmo‘ylovdorining uzunligi 5 sm va Uzoq Sharq  relekt
yog‘ochqirqariniki 10 sm gacha bo‘ladi.
Shahar mo‘ylovdori. O‘zbekistonda keng tarqalgan. Daraxtlarning
ashaddiy zararkunandasi hisoblanadi. Shahar mo‘ylovdori
lichinkalari terak, tol, qayrag‘och, yong‘oq, chinor va bir necha
turdagi mevali daraxt tana va shoxlarining yog‘och qismi bilan
oziqlanadi. Voyaga yetgan qo‘ng‘izlari faqat tunda faol bo‘ladi. Kuchli
shikastlangan daraxtlar kuchsizlanib qurib qoladi. Mazkur
zararkunanda ayniqsa shahar va boshqa aholi yashaydigan joylardagi
daraxtlarga kuchli shikast yetkazadi.
Turon mo‘ylovdori.  O‘zbekistonda keng tarqalgan.
Daraxtlarning ashaddiy zararkunandasi hisoblanadi. Turon
mo‘ylovdori Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan. Dengiz sathidan
2500 m balandlikda ham uchraydi. Zararkunanda lichinkalari
olma, o‘rik, tut, shaftoli, do‘lana, tut, tol, terak va boshqa
bir necha turdagi daraxtlarning tana va yo‘g‘on shoxlarini
po‘stloq ostki qismini kemirib oziqlanadi.  Zararkunanda asosan
kechasi zarar yetkazadi. Lekin kunduzi ham ma’lum darajada
daraxtlarning po‘stloq va barglari bilan qo‘shimcha oziqlanishi
mumkin. Lichinkalari daraxt po‘stlog‘i ostida turli ko‘ndalang
yo‘llar hosil qilib oziqlanadi. Natijada daraxt po‘stlog‘ining
bargda hosil bo‘lgan  organik modda oquvchi  lub qavati
shikastlanadi va daraxtlar, ayniqsa, yosh ko‘chatlar tezda nobud
bo‘ladi.
Namangan mo‘ylovdori — O‘zbekistonda keng tarqalgan.
Daraxtlarning ashaddiy zararkunandasi hisoblanadi. Tol, terak va
boshqa ko‘p turdagi manzarali hamda mevali daraxtlarga zarar
yetkazadi.
Jiyda mo‘ylovdori — O‘zbekistonda keng tarqalgan bo‘lib, faqat
jiyda daraxtlarining ashaddiy zararkunandasi hisoblanadi.
Archa mo‘ylovdori — O‘zbekistonning archa o‘sadigan
hududlarida keng tarqalgan. Faqat kasal va  kuchsizlangan archa
daraxtlarining ashaddiy zararkunandasi hisoblanadi. Sog‘lom
archalarga zarar yetkazmaydi.
Mo‘ylovdorlarga qarshi kurash choralari. Mo‘ylovdorlarga
qarshi kurashda agrotexnik usulni to‘g‘ri qo‘llash zararkunandalar


56
ko‘payishining oldini oladi va daraxtlarning rivojlanishi uchun
qulay, zararkunandaning rivojlanishi uchun esa noqulay sharoit
yaratadi. Agrotexnik  kurash choralari o‘z vaqtida va oqilona olib
borilsa, kimyoviy zaharli moddalarni ishlatish kamayadi.
Mo‘ylovdorlar zararlagan daraxt shoxlarini kesib tashlash,
daraxtning zararlangan organlarini daraxtzordan yo‘qotish, daraxt 
qator oralariga ishlov berish, daraxtlarni oqlash kabi chora-
tadbirlar zararkunandalar sonini kamaytiradi.
Agar mo‘ylovdorlarning zarari ko‘paysa va  daraxtlarni
shikastlanishi kuchaysa kimyoviy kurash choralari qo‘llaniladi.
Bunda: BI-58 40% k.e — 2l/ga; detsis 2,5% k.e — 1 l/ga;   Zolon
35%  k.e — 2 — 4 l/ga va boshqa O‘zbekistonda  ishlatishga ruxsat
etilgan va mo‘ylovdorlarga tavsiya etilgan pestitsidlardan biri bilan
ishlov berish zarur.
 Savollar
Qattiq qanotlilar oziqlanishiga ko‘ra qanday guruhlarga ajratiladi?
Qaysi  qo‘ng‘iz o‘zidan nur chiqaradi?
Mo‘ylovdorlarning zararli turlari va ularga qarshi kurash choralarini
gapirib bering?
7.5. Dala ekinlariga zarar yetkazuvchi qo‘ng‘izlar
Qo‘ng‘izlar turkumiga mansub bir necha tur zararkunanda
hasharotlar ko‘pgina dala ekinlariga zarar yetkazadi.
No‘xat donxo‘ri — O‘zbekistonning no‘xat ekiladigan
maydonlarida tarqalgan. Faqat no‘xat bilan oziqlanadi. Zararkunanda
no‘xat urug‘ining ichki qismi bilan oziqlanib zararlaydi. Zararlangan
no‘xat donlarini ichki qismi lichinka chiqargan chiqindilar bilan
ifloslanadi va iste’mol qilishga yaroqsiz holga kelib qoladi.
Qo‘ng‘izining tanasi to‘rtburchak shaklda bo‘lib, 4—5 mm ga
yetadi. Boshining oldingi qismi pastga tomon bukilib turadi. Qanot
ustliklari qornining oxirigacha yetib bormaydi va uchi yumaloq
bo‘ladi. Qanot ustliklarida qo‘ng‘ir va oq rangli dog‘lar mavjud.
Mo‘ylovlarining osti, oldingi ikki juft oyoqlarining panja va boldir
qismi sariq rangda, tuxumi cho‘zinchoq oval shaklda, sariq yaltiroq
tusda bo‘lib, 0,5 — 0,6 mm gacha yetadi. Lichinkasi birinchi yoshida
qizg‘ish, ikkinchi yoshidan boshlab sarg‘ish rangga kiradi.
Lichinkasining uzunligi 5 — 6 mm, oyoqsiz bo‘lib, oyoqlar o‘rnida


57
do‘mboqchalar mavjud. Bosh qismi ko‘krak tomonga bir oz egilib
turadi.
G‘umbagi sariq rangli bo‘lib,  ochiq ti pda va 5 mm uzunlikka
ega. No‘xat qo‘ng‘izi voyaga yetgan qo‘ng‘iz bosqichida no‘xat doni
ichida qishlaydi. Bahorda havo harorati 20 °C dan past bo‘lmagan
paytda donni teshib chiqadi. Ular no‘xatga gullaydigan davrda tushadi.
Chang va gultoj bilan oziqlangachgina juftlashadi. Urg‘ochisi
tuxumlarini no‘xat dukkaklariga qo‘yadi. Bitta urg‘ochisi o‘rtacha
130 dona, ko‘pi bilan 730 tagacha tuxum qo‘yadi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalar avval dukkak ichiga kirib, uning
to‘qimasi bilan oziqlanadi. So‘ngra donning ichiga kiradi va oziq
moddalar bilan oziqlanadi. Bitta donga bitta lichinka kiradi.
Lichinkalar asosan donda to‘plangan zaxira oziq moddalar bilan
oziqlanadi. Shuning uchun ko‘p  holda urug‘ murtagini yemaydi.
No‘xat donxo‘ri bir yilda bir marta avlod beradi.
Kurash choralari: Agrotexnik choralarni to‘g‘ri qo‘llash,
kimyoviy kurashda karate 5% k.e — 0,3 l/ga; detsis 2,5 % k.e —
0,3-0,5 l/ga; sumi — alfa 5% k.e — 0,3 l/ga va boshqa  ruxsat etilgan
pestitsidlarni qo‘llash mumkin.
Butgulli o‘simliklarning burgachalari. Karamdoshlar oilasiga
mansub karam, turp, sholg‘om va rediska kabi o‘simliklarni
zararlaydi. Burgachalar karam yetishtiriladigan maydonlarda ko‘p
uchrab nihollarga kuchli shikast yetkazadi. Qo‘ng‘izlari urug‘li
karamning gulbandi va shonasini kemirib zararlaydi. Butgulli
o‘simlik  burgachalarining qo‘ng‘izlari kichik bargxo‘rlar orqa
oyoqlarida sakray oladi. Shuning uchun burgachalar nomi
berilgan.
O‘zbekistonda qora burgacha, bronza burgacha, ravshan
oyoqli burgacha, ko‘k  burgacha va to‘lqinsimon burgacha ko‘p
tarqalgan. Qo‘ng‘izlari barglarni kemirib, mayda o‘yiqchalar
hosil qiladi. O‘simlik o‘sgani sayin bu o‘yiqchalar ochilib teshik
bo‘lib qoladi. Qo‘ng‘izlar juda ko‘payib ketgan va oziqlangan
barg ilma teshik bo‘lib ketadi. Natijada yosh o‘simliklar nobud
bo‘ladi.
Butgulli burgachalari tuproqqa bittadan yoki bir nechtadan (20
tagacha) g‘uj qilib tuxum qo‘yadi. Tuxumining embrional rivojlanish
davri 3 kundan 11 kungacha davom etadi. Tuxumdan lichinka chiqib,
butgulli o‘simliklarning ildizi bilan oziqlanadi. Lichinkalari 16
kundan 30 kungacha rivojlanib,  tuproqning yuza qatlamida
g‘umbakka aylanadi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə