Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57

41
 Savollar
O‘simlik bitlarining og‘iz apparati qanday tuzilgan?
Katta g‘o‘za biti va akatsiya  bitining tuzilishi hamda zararini aytib bering?
Barg bitlari qaysi bosqichida va qayerda qishlaydi?
O‘simlik bitlariga qarshi qanday kurash choralari olib boriladi?
6.3. Kanalar
Kanalar  bo‘g‘imoyoqlilar  ti pining o‘rgimchaksimonlar
sinfiga mansub turkumlardan birini tashkil etadi. Kanalar
boshqa o‘rgimchaksimonlardan farq qilib, tanasi bo‘g‘imlarga
bo‘linmagan. Ularning bosh, ko‘krak va qorin qismlari o‘zaro
qo‘shilib ketgan. Tanasining oldingi tomoni bosh qismida
sanchib so‘ruvchi og‘iz, ya’ni hartumchasi joylashgan. Voyaga
yetgan bosqichida oyoqlari to‘rt juft, lichinkalik bosqichida
uch juft bo‘ladi. Ko‘pchilik kanalar odam, hayvon va
o‘simliklarda parazitlik qilib hayot kechiradi. Kanalar odam
va hayvonlarda qon so‘rish bilan birga turli kasalliklarning
tarqalishiga ham sabab bo‘ladi. Undan tashqari, o‘simliklarga
ziyon yetkazuvchi kanalar qishloq xo‘jalik ekinlarining
r i v o j l a n i s h i   v a   h o s i l d o r l i g i g a   s a l b i y   t a ’ s i r   k o ‘ r s a t a d i .
O‘zbekistonda  g‘o‘za, poliz ekinlari, sabzavot va bog‘ ekinlari
kabi o‘simliklarga o‘rgimchakkana,  sabzavot (pomidor,
kartoshka va boshq.) ekinlariga zang kanasi kabi zararkunanda
kanalar katta zarar yetkazadi.
O‘rgimchakkana — g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarining
ashaddiy zararkunandasi bo‘lib, 250 ga yaqin o‘simliklarga zarar
yetkazadi. O‘rgimchakkana g‘o‘zadan tashqari, bog‘, poliz,
sabzavot kabi ekinlarga ham jiddiy zarar yetkazadi. Qishloq xo‘jalik
ekinlari ichida donli ekinlarni kam zararlaydi. Yovvoyi begona
o‘tlardan ajriqqa zarar yetkazmaydi.
O‘rgimchakkana O‘zbekistonning barcha viloyatlarida keng
tarqalgan. Erkagi 0,2 — 0,3 mm, urg‘ochisi 0,4 — 0,6 mm
kattalikda bo‘ladi. Yozda ko‘k sariq, erta bahorda va kuzda qizg‘ish
rangli bo‘ladi. O‘rgimchakkana tuxum, lichinka, nimfa va yetuk
kana bosqichlarida rivojlanadi.
Lichinkasida 3 juft oyoq, nimfa va yetuk kanalarida esa 4 juft
oyoq bo‘ladi. O‘rgimchakkananing orqa tomonida 7 qator bo‘lib,
26 ta tuk joylashgan.


42
O‘rgimchakkananing yetuk zoti, lichinka va nimfalari o‘simlik
shirasini so‘rib zarar yetkazadi. Ular, ayniqsa, bargning orqa
tomonida ko‘p bo‘ladi. O‘rgimchakkanani aniqlash uchun
zararlangan barg olinib, orqa tomoni bilan toza qog‘ozga silkitiladi
va lupa yordamida tekshirib ko‘riladi. Turli tomonga harakatlanayotgan
o‘rgimchakkanalar kuzatiladi.
Urg‘ochi o‘rgimchakkanalar o‘simlik qoldiqlari va tuproq
yoriqlarida qishlaydi. Qishlovdan o‘rgimchakkana o‘rtacha kunlik
harorat +7 °C ga yetganda, ya’ni mart oyida chiqadi. Ob-havo
sharoitiga qarab umumiy rivojlanish davri 8—30 kun davom etadi.
O‘rgimchakkana O‘rta Osiyoda 12-20 marta avlod beradi. Shundan
8—12 ta avlodi g‘o‘zada rivojlanadi.
Qo‘ng‘ir meva kanasi. Qo‘ng‘ir meva kanasi bog‘ o‘simliklaridan
o‘rik, olma, olxo‘ri, olcha va gilos   kabi mevali daraxtlarga kuchli
zarar yetkazadi.
Qo‘ng‘ir meva kanasi O‘zbekistonda keng tarqalgan. Bu kana
bilan zararlangan barglar qo‘ng‘ir tusga kiradi va  fotosintez
xususiyati pasayadi. Barglar va daraxt mevalari mayda bo‘lib
yetilmasdan to‘kilib ketadi.
Qo‘ng‘ir meva kanasi urg‘ochisining kattaligi 0,6 mm, erkagi
0,3 mm ga yetadi. Tanasi oval shaklda bo‘lib,  orqa tomoniga qarab
yassilashgan. Tuxumi yumaloq, 1,5 mm kattalikda. Tuxumlik
bosqichida oziqlangan o‘simligining novdalar po‘stlog‘ida,
kurtaklar asosida qishlaydi. Erta bahorda lichinkalari  kurtaklar ichida
oziqlanadi. Urg‘ochi qo‘ng‘ir meva kanasi  barg va novdalarga 25 —
90 tagacha tuxum qo‘yadi. Yiliga 3 — 6 marta nasl beradi.
Zang kanasi. Zang kanasi pomidor, kartoshka va baqlajonni
kuchli zararlaydi. Zararlangan o‘simliklarning bargi, shoxi va poyasi
quriydi. Kana asosan issiqxonalarda qishlab chiqadi. Qulay sharoit
tug‘ilsa, yil bo‘yi rivojlanadi. Ochiq maydondagi  ekinlarga ko‘chat
bilan  o‘tadi.
Harorat 27—28

C, namlik 30—40% bo‘lganda kana yaxshi
rivojlanadi. Bunday sharoitda 6 kunda bir avlodi rivojlanadi. Bitta
urg‘ochi kana 50 tagacha tuxum qo‘yadi va 40 kundan ortiq
yashaydi.
Zang kanasiga qarshi uyg‘unlashgan  kurashda eng avvalo oldini
olish tadbirlarini amalga oshirish kerak. Bunda issiqxona va
parniklarning tuprog‘ini ekin ekishdan oldin kimyoviy preparatlar
bilan zararsizlantirish kerak. O‘simliklar zararlana boshlagandan
keyin qiruvchi kimyoviy vositalarni qo‘llash tavsiya etiladi.


43
6.4. Kanalarga qarshi kurash choralari
O‘rgimchakkanaga va boshqa kanalarga qarshi asosan agrotexnik,
biologik va kimyoviy kurash choralari olib boriladi.
Agrotexnik usul. Agrotexnik kurash usuli yordamida
o‘rgimchakkana ko‘payib ketishining oldini olish, ba’zan esa
butunlay qirib tashlash mumkin.
Agrotexnik kurash usulini muvaffaqiyatli qo‘llash yo‘li bilan
o‘rgimchakkana uchun noqulay sharoit yaratish, g‘o‘za  o‘simligining
yaxshi o‘sib rivojlanishi hamda uning yirtqichlarining ko‘payishi
uchun esa qulay sharoit vujudga keltirish mumkin.
Agrotexnik tadbirlardan to‘g‘ri foydalanish o‘rgimchakkanadan
tashqari ko‘plab zararkunanda hasharotlar ommaviy ko‘payib
ketishining oldini olishga, zarar keltirish darajasini kamaytirishga
olib keladi. Bunday agrotexnik kurash choralariga  qator oralariga
ishlov berish, almashlab ekish, o‘g‘itlashni, sug‘orish ishlarini
o‘z vaqtida amalga oshirish kabi tadbirlar kiradi. Yaxob suvi berish
bilan ham yaxshi natijalarga erishiladi.
O‘simlikka mineral va organik o‘g‘itlarni to‘g‘ri tanlab, ilmiy
asosda berish o‘simlikning o‘rgimchakkana va boshqa
zararkunandalarga chidamliligini oshiradi.
Kaliyli va fosforli o‘g‘itlar o‘simliklarning mexanik to‘qimalarini
mustahkamlab qoplovchi to‘qimasini  qalinlashtiradi. Natijada
o‘rgimchakkana va boshqa kanalarning hartumi o‘simlik shirasini
so‘rish uchun qisqalik qiladi.
Har bir ekinda uchraydigan zararkunandaning hayot
kechirishini hisobga olgan holda hosilni yig‘ishga kirishilsa, kelgusida
shu turdagi zararkunanda tarqalishining oldi olinadi.
Kimyoviy kurash usuli. O‘rgimchakkana va boshqa kanalar
yoppasiga ko‘payib ketgan vaqtda ularga qarshi qiruvchi chora-
tadbirlardan kimyoviy kurash choralari olib boriladi. Bunda ularga
qarshi O‘zbekistonga ishlatishga ruxsat etilgan inson va issiq qonli
organizmlar hamda atrof-muhit uchun kam zaharli bo‘lgan
pestitsid (zararli organizmlarga qarshi kurashda ishlatiladigan
kimyoviy modda)lardan foydalaniladi. O‘rgimchakkanaga qarshi
kurashda akaritsid (kanalarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan
pestitsid) lardan nissoran 10% li n.k.(namlanuvchi kukuni) —
gektariga 0,1 kg, neoron 50% li k.e — gektariga 1 litr,  oltingugurt
80 % n.k — gektariga 10 kg, 0,5—1
0
 li oltingugurtning ohakli
qaynatmasi  va boshqa pestitsidlar qo‘llaniladi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə