Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57

44
O‘rgimchakkanaga qarshi eng samarali kurash usuli oldini
olish chora tadbirlari  bo‘lib hisoblanadi. Buning uchun  1
0
 li
oltingugurtni ohakli qaynatmasi bilan dala atrofidagi begona o‘tlarga
o‘rgimchakkana ekin maydoniga tushmasdan oldin ishlov berish
yaxshi natija beradi.
Biologik kurash usuli. O‘rgimchakkana va boshqa kanalarning
tabiiy kushandalari ko‘p bo‘lib, ular kanalarning sonini ma’lum
darajada cheklab turadi.   Bularga   oltinko‘z,   kanaxo‘r   tri ps  va
boshqalar  kiradi. O‘zbekiston biolaboratoriyalarida oltinko‘z
ko‘paytiriladi. Oltinko‘zni o‘rgimchakkana va boshqa kanalarga qarshi
kurashda  qo‘llash yaxshi samara beradi.
 Savollar
Qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi qanday kanalarni bilasiz?
O‘rgimchakkananing tuzilishi va rivojlanishini aytib bering?
Qo‘ng‘ir meva kanasi va zang kanasining tuzilishi hamda zararini gapirib
bering?
Kanalarga qarshi qanday kurash choralari olib boriladi?
6.5. Qalqondorlar va soxta qalqondorlar
Qalqondorlar teng qanotlilar turkumining kenja turkumi
hisoblanadi. Mazkur kenja turkum vakillarining ko‘pchiligi
o‘simliklarni vegetativ va generativ organlari  yuza qismiga yopishib
qalqoncha hosil qiladi. Shuning uchun qalqondorlar deb nom
berilgan. Ayrim turlari foydali bo‘lib bo‘yoq olinadi.
Qalqondorlarning kattaligi bir necha mm bo‘lib, erkak va urg‘ochisi
bir-biridan tashqi tuzilishi hamda rivojlanishi bilan  farq qiladi.
Qalqondor va soxta qalqondorlarning urg‘ochisi harakatsiz va
qanotsiz bo‘lib, tanasining bosh, ko‘krak va qorin bo‘limlari o‘zaro
qo‘shilib ketgan. Ularning tanasi noksimon, sharsimon, oval va
boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin. Og‘iz apparati hartumcha bo‘lib,
g‘ilof ichida joylashgan 4 ta qilchadan iborat, so‘rishga moslashgan.
Qalqondorlarning urg‘ochilarida oyoqlar mavjud emas.
Soxta qalqondorlarning lichinkalari qalqonsiz, urg‘ochilari
yoshligida qalqonsiz bo‘lib voyaga yetib borishi bilan terisining ust
qismi qattiqlashib boradi va tuxum qo‘yish davri oxiriga borib qotadi.
Urg‘ochilari tuxumini qalqonining ostiga va xaltalari oralig‘iga to‘p-
to‘p qilib qo‘yadi.


45
Erkaklari urg‘ochilaridan farq qilib qanotli, yaxshi uchadi.
Qanoti bir juft. Erkaklarining tanasi bosh, ko‘krak va qorin
qismlarga aniq ajralib turadi. Bosh qismida bir juft uzun
mo‘ylovlari, ko‘zlari mavjud, lekin og‘iz apparati taraqqiy
etmagan. Qorin qismi uchi tomon ingichkalashgan oxirgi
bo‘g‘imida naysimon shakldagi (o‘simta) tashqi jinsiy apparati
mavjud.
Qalqondorlar turli qushlar, shamol va  boshqa vositalar yordamida
yosh lichinkalik bosqichida tarqaladi.  Qalqondorlar bog‘dagi mevali
daraxtlarga kuchli shikast yetkazadi. Ayniqsa, yosh ko‘chatzorlarni
kuchli zararlaydi.
Gunafsharang qalqondor. Urg‘ochisining qalqoni 2 mm,
yumaloq yoki noto‘g‘ri yumaloq  bo‘lib, erkagining rangi och
kul rang, urg‘ochisining tanasi gunafsha rangda. Erkagining bir
juft qizg‘ish - gunafsha tusli 1 mm uzunlikdagi qanoti bor.
Erkagining qorin qismining oxirgi bo‘g‘imi uzun o‘simtaga
aylangan. Tuxumi cho‘ziq, gunafsha rangli  va 0,1 — 0,2 mm
uzunlikda bo‘ladi.
Lichinkalari 2-yoshidan farqlanadi. Erkak lichinkalarining
gavdasi cho‘ziqroq. Erkak g‘umbak cho‘zinchoq qalqon ostida bo‘lib,
taxminan 1 mm uzunlikda bo‘ladi. G‘umbak sekin-asta oyoq chiqaradi.
Urg‘ochilari chala o‘zgarib rivojlanadi. Erkaklari harakatsiz bosqichni
o‘taydi. Bu to‘la o‘zgarishli hasharotlarning g‘umbak bosqichiga to‘g‘ri
keladi.
Voyaga yetgan urg‘ochi avlodi urug‘langan holatda daraxt
shoxlarida qishlaydi.
Kaliforniya qalqondori. Qalqoni yumaloq, biroz yapaloqlashgan,
och jigar rang yoki kul rangda, diametri 1,0 — 1,5 mm dan 2
mm gacha bo‘ladi. Erkagining bir juft qanoti bor.
Lichinkasi oziqlana boshlaganda oq shira chiqaradi. Shira
keyinchalik qalqonga aylanadi. Lichinkalarini ikkinchi yoshidan
boshlab ajratishi mumkin. Erkak lichinkalarining qalqoni
cho‘ziqroq, urg‘ochisiniki esa yumaloq bo‘ladi. Kaliforniya
qalqondori lichinkalik bosqichida daraxt shoxlarida qishlaydi.
Kaliforniya qalqondori daraxt novdalari shirasini so‘rib
oziqlanadi. Natijada novdalar yorilib, qing‘ir-qiyshiq bo‘lib o‘sadi.
Barglar deformatsiyaga uchraydi. Barglar va yosh mevalar
zararlanish oqibatida to‘kilib ketadi. Katta mevalarda qizil dog‘lar
paydo bo‘ladi. Mevalar bemaza bo‘lib sifati buziladi va saqlashga
yaramaydi.


46
Komstok qurti. Urg‘ochisining uzunligi 3—4 mm, tuxum
qo‘yish davrida 5—6 mmga yetadi. Tanasi oq mumsimon tuk bilan
qoplangan, chetlarida 17 juft mumsimon o‘simta bor. Tana
uzunligining yarmiga teng keladigan 2 ta dum o‘simtasi ham mavjud.
Oyoqlari yaxshi rivojlangan, kalta tuklar bilan qoplangan, son va
boldirining pastki tomoni sertuk. Ko‘zlari yirik va mo‘ylovlari 8
bo‘g‘imli bo‘ladi.
Qurtining erkagi 1,02—1,5 mm, qanotli qizg‘ish-jigarrangga
ega. Ko‘zlari qora bo‘lib, qizil doira bilan o‘ralgan.
Tuxumi oval shaklda, 0,3 mm, bir uchi biroz toraygan, sariq-
zarg‘aldoq rangda bo‘ladi.
Birinchi yoshli lichinkasi 0,45 mm oval shaklda. Oziqlana
boshlashi bilan oq mumsimon modda bilan qoplangan 2 ta o‘simta
chiqaradi. Uning yon o‘simtalari yo‘q. Ikki yoshli lichinkasi 1 mm,
mo‘ylovi 6 bo‘g‘imli hamda 2 va 3 yoshli lichinkalari yon tomonida
16 juftdan o‘simtasi bor.
Komstok qurti o‘simlik ildizida, xazonlar va po‘stloq tangachalari
ostida tuxumlik bosqichida qishlaydi.
Komstok qurti bir yilda 3—4 marta avlod beradi. Komstok
qurtining zararidan novdalar qing‘ir-qiyshiq bo‘lib, barglar
sarg‘ayadi va qurib qoladi. Daraxtning ildiz, tana va shoxlarida yoriqlar
paydo bo‘ladi.
Qarshi kurashish choralari. Erta bahorda daraxt kurtaklari
yozilgunga qadar, havo harorati +4
 o
C dan past bo‘lmaganda 60
%li nitrofen pastasi (30 — 60 kg/ga hisobidan) yoki ¹30 preparat
76% neft moy emulsiyasi preparatlari (40 — 100 l/ga hisobidan)
bilan ishlov berish yaxshi natija beradi.
Qalqondorlarning qishlov bosqichiga qarshi kurashish uchun
2 yilda bir marta daraxtlarga quyidagi emulsiyalardan birortasini
purkash lozim bo‘ladi:
1. Preparat ¹ 30 (100 litr suvga 5 kg hisobida) erta bahorda
kurtaklar bo‘rtguncha sepiladi. Bir gektar bog‘ga (bog‘ning yoshiga
qarab) 80 — 100 kg miqdorda sarflanadi.
2. Nitroemulsiya tarkibida dizel yonilg‘isi va nitrofen bor. Urug‘li
bog‘larda bu preparatning 8% lisi tayyorlab ishlatiladi. Buning
uchun 100 litr suvda 8 kg solarka va 0,5 kg nitrofen eritiladi.
Sifatli emulsiya tayyorlash uchun purkagich bakiga suv va uning
ustiga dizel yonilg‘isi hamda nitrofen qo‘shiladi. Bir xil tusdagi
qorishma hosil bo‘lgandan keyin qorishtirgichlar ishga tushirilgan
holda, bak to‘lgunga qadar yana suv quyiladi. 8% li nitroemulsiyani


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə