Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57

71
II QISM
1-BOB. Fitopatologiya fanining maqsadi va vazifasi
Fitopatologiya fani o‘simliklar kasalliklarining kelib chiqish
sabablarini aniqlash, ichki va tashqi belgilarining namoyon bo‘lish
qonuniyatlarini o‘rganish asosida ularga qarshi kurash choralarini
o‘rgatadigan fandir.
Fitopatologiya fani kasallangan o‘simlikni har tomonlama
o‘rganib, patologik jarayoni natijasida unda vujudga keladigan tashqi
va ichki belgilarni, kasallikning kelib chiqish sabablarini,
tarqalishini, ekologik holatga bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishini,
kasallikning keltiradigan iqtisodiy zararini, kasallikka o‘simlikning
immunitet xususiyatlarini, kasallikning kelib chiqishini oldindan
aniqlash va unga qarshi kurash choralarini belgilab, kasallangan
o‘simliklarni sog‘lomlashtirish yo‘llarini o‘rgatish asosida ulardan
mo‘l hosil olishni o‘rgatadi.
Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda bu fan quyidagi
bo‘limlardan to‘plangan ma’lumotlarga asoslanadi: diagnostika —
kasallikning tashqi va ichki belgilarini bilish asosida uni aniqlash;
etiologiya — kasallikning sabablarini aniqlash; profilaktika —
kasallikning oldini olish; terapiya — kasallangan o‘simliklarni
davolash.
Fitopatologiya fani o‘z taraqqiyoti davomida quyidagi ilmiy fanlar
tizimi negizida rivojlanmoqda: mikologiya (zamburug‘lar), qishloq
xo‘jalik bakteriologiyasi (bakteriyalar), fitovirusologiya (viruslar),
fitonemotodologiya (parazit nematodalar), fitopatogeniz (o‘simlik
va kasallik qo‘zg‘atuvchi orasidagi munosabat), patoanatomiya va
o‘simliklar fiziologiyasi (kasallangan o‘simlikda ro‘y beradigan
patologik va fiziologik o‘zgarishlar), fitoimmunologiya
(o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi), epifitologiya (kasallikning
hosil bo‘lish sabablari va uning keng tarqalishi), fitoprofilaktika
(kasallikdan kimyoviy, agrotexnik, fizik va biologik usulda himoya
qilish) va kasalliklar bilan kurashishni mexanizatsiyalash masalalari.
Bu fan kasallik qo‘zg‘atuvchisi va o‘simlik orasidagi
munosabatlarning nazariy asoslarini o‘rgatuvchi xususiy
fitopatalogiya hisoblanadi. Ya’ni, ma’lum turga mansub qishloq


72
xo‘jalik ekinlarida uchraydigan kasallik belgilarining namoyon
bo‘lishi, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning sistematik
o‘rnini, biologiyasini, infeksiya manbalarini aniqlash asosida, ularga
qarshi kurash choralarini o‘rganadi.
Fitopatologiya fanining maqsad va vazifalarini amalga oshishini
ta’minlashda O‘zbeksiton Respublikasida “Qishloq xo‘jalik
o‘simliklarini kasallik, hasharot va begona o‘tlardan himoya qilish
to‘g‘risida” qonun qabul qilingan. Unda o‘simliklarni himoya qilishga
aloqador vazirliklar, muassasalar va oliy o‘quv yurtlarining kadrlar
tayyorlash borasidagi huquq va burchlari belgilab berilgan.
1.1. Fitopatologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Fitopatologiya fani tarixiy taraqqiyotida quyidagi umumbiologik
va qishloq xo‘jalik fanlari bilan uzviy bog‘langan. Patogen
mikroorganizmlar qatoriga zamburug‘lar, bakteriyalar, viruslar va
nemotodalar kirganligidan fitopatologiya fani bu
mikroorganizmlarning tuzilishini, tarqalishini, zararini va ularga
qarshi kurash choralarini o‘rganadigan mikologiya, bakteriologiya,
virusologiya va nemotodologiya fanlari bilan uzviy bog‘langan.
Kasallangan o‘simlik hujayra va to‘qimalarida va
mikroorganizmlarda ro‘y beradigan fiziologik va biokimyoviy
jarayonlarni mukammal o‘rganish maqsadida fiziologiya va biokimyo
fani yutuqlariga asoslanadi.
Ekinzorlarda yangi navlarning ekilishi, ular iqlimlashtirilgan
hududlarning kengayishi, ularni yetishtirish agrotexnikasini
takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan o‘simlikshunoslik fani
yutuqlariga asoslanishini taqozo qiladi.
O‘simliklar navlari to‘g‘risida fitopatologlar to‘plagan
ma’lumotlar seleksioner va genetiklarning kasalliklarga chidamli
ekin navlarini yaratishlarida muhim ahamiyatga ega.
Dehqonchilik, tuproqshunoslik, agrokimyo fanlari tavsiya
qiladigan ekinlarni ekish muddati, tuproqqa ishlov berish, o‘g‘it
qo‘llash, sug‘orish va almashlab ekish qoidalariga amal qilish
fitopatologlar nazoratida bo‘lishi kerak.
O‘simliklarni hasharotlardan himoya qilishda fitopatologlarning
entomologlar bilan yaqindan hamkorlik qilishi taqozo qilinadi.
O‘simliklarning kasalliklariga qarshi kurashda qo‘llaniladigan
kimyoviy moddalar — fungitsidlar va ularga ishlov berish
mashinalaridan foydalanishda bu fan organik va anorganik kimyo
hamda mexanizatsiya fanlari bilan bog‘lanadi. Qishloq xo‘jalik ekinlari


73
kasalliklariga qarshi kurashda qo‘llaniladigan kurash choralarining
iqtisodiy, biologik samaradorligi iqtisodiyot va matematika fanlari
metodlari bilan hisoblab chiqiladi.
 1.2. Fitopatologiya fanining vazifalari
Fitopatologiya fanining vazifasi — ekinzorlarda, bog‘larda,
parklarda, o‘rmonlarda, xiyobonlarda, yo‘l yoqalarida
yetishtirilayotgan daraxtlar, qishloq xo‘jalik ekinlarining
kasalliklarini o‘rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab
chiqish, kasalliklar tufayli ularning hosildorligi kamayishini oldini
olish, kasallikning kelib chiqish sabablarining nazariy asoslarini
ma’lum ekologik sharoitga bog‘liqligini aniqlash va o‘simlikning
immunologik xususiyatlarini irsiy belgilariga bog‘lab
takomillashtirishni o‘rgatadi.
Qishloq xo‘jaligi xodimlari oldida turgan asosiy vazifa ekinlar
hosildorligini oshirish uchun ularning kasalliklariga qarshi samarali
kurash choralarini ishlab chiqarishdir. Buning uchun kasalliklarga
chidamli navlarni ekish, yuksak agrotexnika va fitosanitariya
qoidalariga amal qilishda ekologik zararsiz bo‘lgan qarshi kurash
usullarni qo‘llashni taqozo qiladi.
O‘simliklarni kasalliklardan himoya qilishda ilmiy asoslangan
tavsiyalarni ishlab chiqish uchun Respublika O‘rmonchilik ilmiy-
tadqiqot instituti, O‘zR O‘simliklarni himoya qilish instituti va
Qishloq xo‘jalik ilmiy ishlab chiqarish markazi, Respublika, viloyat
karantin stansiyalari, tadqiqot laboratoriyalari va kafedralar faoliyat
ko‘rsatmoqda. Ilmiy xodimlar va mutaxassislar oldida turgan asosiy
vazifa, qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklariga qarshi kurashning texnik
va iqtisodiy samaradorligini oshirishdir. Eng muhimi kimyoviy kurash
choralarining inson salomatligiga, biosferaga salbiy ta’sirini nazorat
qilishdir.
Hozirgi ekologik holatda qishloq xo‘jaligidagi ilmiy-texnika
taraqqiyoti davrida o‘simliklarni himoya qilishning asosiy vazifasi
qishloq xo‘jaligidagi jadallashtirish jarayoni mexanizmini to‘g‘ri
tushungan holda mikroorganizmlar miqdori va ularning
xususiyatlarini tartibga solish asosida zararini kamaytirishdir.
 Savollar
Fitopatologiya fanining maqsadi va vazifasi nima?
Fitopatologiya fani qanday fanlar bilan bog‘langan?


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə