Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57

97
zararli mahsulotlar ko‘p hosil bo‘ladi. O‘simlik ildiz tizimining
yomon rivojlanishi g‘o‘zada kuzgi so‘lish, lavlagi, sabzi ildiz
mevasining, mevali daraxtlar mevasining yorilib ketishiga sabab
bo‘ladi.
Barglarning muddatdan oldin to‘kilib ketishi. Tuproq va
atmosfera havosida nam miqdorining uzoq muddatga keskin kamayib
ketishi o‘simlik bargining barvaqt to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Bunday
sharoitda barg to‘qimasida xlorofillning parchalanishiga sabab
bo‘ladigan ammiakning hosil bo‘lishi barg bandida tiklanmaydigan
jarayonni vujudga keltiradi.
Makkajo‘xori o‘simligi uzoq muddat davomida suvsiz sharoitda
o‘sganda urug‘ po‘sti epidermisning parchalanishi natijasida uning
epidermasi urug‘ po‘stini yorib yuzasiga oqish bo‘rtmalar tarzida
chiqadi. Bu jarayon ob-havo sharoiti qurg‘oqchil bo‘lgan yillari,
o‘simlik so‘ta hosil qilayotganda tuproqning ko‘p miqdorda
namlanishidan vujudga keladi. Chunki, ortiqcha namlangan
tuproqlarda urug‘ga kelib tushayotgan ortiqcha suv va oziq moddalar
epidermis hajmining ortishiga va urug‘ po‘stining yemirilishiga sabab
bo‘ladi.
 Savollar
Tuproq tarkibidagi namlik miqdori yetishmaganidan qanday kasalliklar
kelib chiqadi?
O‘simlik tarkibida suv miqdorining kamayishi qanday  o‘zgarishlarga
sabab bo‘ladi?
O‘simliklarda so‘lish jarayoni qanday sodir bo‘ladi?
Tuproq tarkibida suv miqdorining ortib ketishi qanday oqibatlarga
olib keladi?
O‘simliklar bargining oldindan to‘kilishi qanday hollarda ro‘y beradi?
6.3. Ob-havo sharoitidan kelib chiqadigan kasalliklar
 Kashtan, jo‘ka kabi daraxtlar o‘sayotgan tuproqda namlik
keskin kamaysa, barglar quyosh nuri ta’sirida kuyishi yoki tushib
ketishi kuzatiladi. Kuchli yomg‘ir bo‘lgan davrlarda barg
yuzasidagi tomchilar o‘ziga xos linza vazifasini bajaradi va quyosh
nurini bargga o‘tkazib, uning to‘qimalarini nobud qilib,
burchakli, yumoloq dog‘larni hosil qiladi.Poyaning quyoshdan


98
kuyishi mevali daraxtlar yosh navdalarining quyosh nuridan
turlicha qizishi tufayli vujudga keladi. Quyosh nuri tushgan
po‘stloq tezda namligi qurib, qiziydi va bo‘yiga qarab yorilib
ketadi.
Past havo harorati ta’sirida vujudga keladigan kasalliklar.
Tuproq va havodagi harorat ta’sirida o‘simlik  hujayrasidagi
sitoplazmasining kolloid moddalari kuyushi kuzatiladi. Bunday
holatning vujudga kelishi erta bahorda vegetatsiyani boshlagan
o‘simliklarga haroratning keskin pasayishi natijasida sovuq
urishida kuzatiladi. Respublikamizda 1995—1998-yillarda 5—
10-may kunlarida bo‘lgan haroratning pasayib qor yog‘ishidan
ko‘pgina mevali bog‘lar va uzum, tut plantatsiyalari nobud
bo‘lgan.
Daraxt tanasining suvsizlanishdan qurishi. Qish faslida
ko‘pgina daraxt tanasi fiziologik suvsizlanishga duch keladi. Qish
faslida bir tup olma daraxti bir kunda 250—300 g suv
bug‘latadi. Chuqurda joylashgan ildizlar bu miqdordagi suvni
tuproq pastki qatlamlaridan oladi. Yuza qatlamlarida joylashgan
ildizlar tuproq muzlab qolganda tuproqdan suvni shima olmaydi.
Bunday holat urug‘dan ungan ko‘chatlarda, yangidan ekilgan
ko‘chatlarda kuzatiladi. Ildizi sayoz, yuza joylashgan daraxtlarda
qishda suv tanqisligi tufayli o‘ziga xos patologik jarayon vujudga
keladi.
Yorug‘likning yetishmasligi yoki ortiqchaligidan kelib
chiqadigan kasalliklar. Yorug‘sevar o‘simliklarda quyosh nuri
yetishmaganda etiolatsiya deb ataladigan patologik jarayon ro‘y
beradi. Ikki pallali o‘simliklar quyosh nuri yetishmaydigan joylarda
yetishtirilganda poyasi o‘sib ketib, barg yaprog‘i kichiklashadi.
Bir pallali o‘simliklar poyasi qisqarib, barg plastinkasi
kattalashadi.
Etiolatsiyaga uchragan o‘simliklar poyasi tez o‘sadi, nozik
bo‘lib, o‘z tanasi og‘irligiga egilib ketadi. Etiolatsiya hodisasi
soya joyda o‘sgan o‘simliklarda, qalin ekilgan ekinzorlarda
kuzatiladi. Natijada ekinlarning hosildorligi keskin kamayib,
hosil sifati yomonlashadi, kasallikka chidamliligi pasayadi.
Etiolatsiya jarayonida o‘simlik oziqlanish uchun foydalaniladigan
moddalarni xlorofill va oqsil hisobiga amalga oshiradi.


99
6.4. Kimyoviy moddalarning ta’sirida vujudga keladigan
kasalliklar
O‘simlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kimyoviy zaharli moddalar
havoda, tuproqda va suvda mavjud bo‘lib, ular orasida eng ko‘p
uchraydiganlari quyidagilardir:
O‘simlikning havodan zaharlanishi. O‘simliklar tutun, zaharli
gaz va korxonalardan chiqarilgan zararli gazlar bilan zaharlanadi.
Havoning tarkibida yoqilg‘i mahsulotlarining to‘liq yonib
ulgurmasligidan zaharli gazsimon moddalardan sulfat va sulfit
angidridi, uglerod kislotalari hosil bo‘lib, ular o‘simlikda
yuqumsiz va surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Natijada
o‘simlik bargida qoraygan dog‘lar hosil bo‘lib, ular butun
o‘simlikni zararlaydi.
Zavod va fabrikalar mo‘rilaridan chiqqan zarrachalar o‘simlik
bargini, poyasini, gulini chang qoplami bilan qoplab, ularning
ustitsalarini yopib, gaz almashinishining buzulishiga sabab bo‘ladi.
Natijada, bunday o‘simliklar o‘sishdan orqada qolib, barglari tushib
ketadi va navdalarning uchlari qurib qoladi. Yuqorida ko‘rsatilgan
zaharli moddalar tuproqda to‘planib, o‘simlik ildizini ham
zararlaydi.
Shahar ko‘chalari, sanoat markazlarida yer yuzasini qoplashda
foydalanilgan asfalt, gidronlardan ajralib chiqqan gazlar ham
o‘simliklar bargida jigarrang dog‘lar paydo qilib, barglar so‘lishiga,
xlorofill donachalarining parchalanib, sitoplazmada jigarrang
tomchilarni hosil qiladi.
Pestitsidlardan zaharlanish. O‘simliklar kasalliklari,
hasharotlar va begona o‘tlarga qarshi qo‘llangan zaharli moddalar
ularga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ayrim a’zolarini yoki butun o‘simlikni
zararlaydi.
Bunday moddalardan kasallangan o‘simlik barglari o‘zgarib,
to‘q qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish rangdagi dog‘lar paydo bo‘lib, quriy
boshlaydi. Kasallangan barglar tez sinib tushib ketadi. Kasallangan
o‘simlik mevasi yomon yetiladi, rangi o‘zgarib, to‘liq pishib
yetilmaydi.
O‘simliklarning pestitsidlar bilan zararlanishi natijasida
fiziologik, anatomik, sitologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Jumladan,
fotosintez, suv bug‘latish, oziq moddalarning hosil bo‘lishi keskin
o‘zgarib ketadi. Mis bilan zaharlangan o‘simlik bargida qizg‘ish,


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə