Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57

61
Chirildoqlar oilasi vakillari kechasi ko‘p chirillaydi.
Xonadonlarda uchraydi. Qishloq xo‘jalik poliz  ekinlariga  kuchli
zarar yetkazadi.
Buzoqboshilar oilasi vakillarining qanotlari kichik, oldingi
oyoqlari kuchli yer qazishga moslashgan. Bosh qismi birmuncha
katta.
Respublikamizda buzoqboshilarning uch turi: oddiy,
quyruqli va Turkiston buzoqboshilari uchraydi. Ularning uchala
turi ham  bir-biriga o‘xshash bo‘lib, barchasi  o‘simliklarning
ildizini kemirib zararlaydi. Zararlangan yosh o‘simliklar
quriydi.  Buzoqboshilar mevali daraxtlar, g‘o‘za, sabzavot va
poliz kabi qishloq xo‘jalik ekinlari ildiz qismini kemirib zarar
yetkazadi.  Ba’zi turlari tibbiyotda turli kasalliklarga davo sifatida
ishlatiladi.
Buzoqboshilarning kattaligi 3,5—5 sm atrofida bo‘ladi.
Tuproqda chuqur qazib 200—500 tagacha tuxum qo‘yadi.
Buzoqboshilar oxirgi yoshdagi lichinka bosqichida 50—60 sm
tuproq chuqurligida qishlaydi. Bir yilda bir marta avlod berib
rivojlanadi.
8.2. Kalta mo‘ylovlilar
Bu kenja  turkum vakillarining mo‘ylovlari ko‘pincha   i psimon,
ba’zan to‘g‘nag‘ichsimon ti pda   va   kalta   bo‘ladi. Mazkur  kenja
turkum chigirtkasimonlar, tetrigidrosimonlar va
tri perstosimonlar  bosh  oilalariga bo‘linadi. Chigirtkasimonlar
turlarining soni ko‘pligi jihatdan eng katta oila hisoblanadi.
Dunyo bo‘yicha chigirtkalarning 10000 ga yaqin turi  fanga
ma’lum. Chigirtkalarning ko‘pchiligi tuxumlik bosqichida,
ayrimlari yetuklik yoki lichinkalik bosqichida qishlaydi.
Tuxumlarini tuproqqa tuxum qo‘ygichi yordamida maxsus
ko‘zacha yasab bir oy davomida  qo‘yadi. Tuxum qo‘yish davri
tugagach, avval erkaklari, so‘ngra urg‘ochilari halok bo‘ladi.
Tuxumlari tuproqda qishlab qoladi. Kelgusi yil bahorda
tuxumlardan lichinkalar chiqadi va 12—24 soatdan so‘ng
o‘simliklar bilan oziqlana boshlaydi.
Lichinkalari turli yoshida va voyaga yetgan bosqichi bilan
katta-kichikligi hamda mo‘ylov bo‘g‘imlarining soni bilan farq
qiladi. Harorat yuqori va namlik kam bo‘lgan vaqtda juda yaxshi
oziqlanadi. Aksincha harorat past bo‘lib namlik yuqori bo‘lsa,


62
oziqlanmaydi. Chigirtkalar yakka-yakka va  jamoa (to‘da) bo‘lib
yashaydi. Ular faqat o‘simliklar bilan oziqlanib ko‘payib
ketgan vaqtda qishloq xo‘jalik ekinlariga katta  zarar yetkazadi.
To‘g‘ri qanotlilarning ba’zi turlari bilan qisqacha tanishib
chiqamiz.
Dala chirildog‘i  turi.  Dala chirildog‘i erkagining uzunligi
10—16 mm, urg‘ochisiniki 12—20 mm keladi: tanasi qora
rangda, kulrang tukchalar bilan qoplangan. Uchinchi juft
oyoqlari chigirtka va boshqa chirildoqlarga o‘xshab sakrashga
moslashgan.
Qanot ustligi qorinchasining uchiga yetib boradi. Ost qanotlari
esa ikkita o‘siqcha shaklida qanot ustligining tagidan chiqib turadi.
Qanot o‘simtalaridagi tomirlar urg‘ochilarida to‘g‘ri to‘qilgan to‘r,
erkaklarida esa qanot uchlarining asosiy yarmida egri-bugri to‘r
hosil qiladi. Urg‘ochilarida ingichka tuxum qo‘ygichi aniq ko‘rinib
turadi, tuxumi oq yaltiroq tusda, uzunligi 3,5 mm, eni 1 mm
keladi.
Bordo chirildog‘i. Bordo chirildog‘i dala chirildog‘iga nisbatan
biroz kichikroq bo‘ladi. Erkagi va urg‘ochilarining bosh qismi qora,
orqasining oldingi qismida qora dog‘i va chiziqchalar mavjud. Bordo
chirildog‘ining ham tanasi kulrang tukchalar bilan qoplangan.
Erkaklarining qanot ustliklari qorinchasining oxiriga yetib boradi.
Urg‘ochisida esa qorinchasidan kaltaroq bo‘ladi. Urg‘ochisining
tuxum qo‘ygichi uzun va ingichka bo‘lib, orqa oyoqlarining son
uzunligiga teng bo‘ladi.
Bordo chirildog‘ining tuxumlari 2,5 mm uzunlikda va och
qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Dala chirildog‘i tuproq yorig‘iga, bordo
chirildog‘i esa o‘simlik yer ostki poya qismining tuxum qo‘ygichi
bilan teshib o‘sha yerga tuxum qo‘yadi. Ikkala chirildoqlarning
ham lichinkalari yetuk chirildoqlardan jinsiy sistema
yetilmaganligi, kichikligi va qanotlari rivojlanmaganligi bilan
farq qiladi.
Chirildoqlar katta yoshdagi lichinka bosqichida oziqlangan
dalasida o‘simlik qoldiqlari ostida qishlaydi. Qishlovdan lichinkalar
aprel oyining oxiri — may oyining boshida chiqadi va po‘st tashlab
yetuk chirildoqqa aylanadi.
Dala va bordo chirildoqlari lichinka hamda voyaga yetgan
bosqichida g‘o‘za va boshqa ko‘pgina dala ekinlari maysalarining barg
va poyalarini kemirib zarar yetkazadi. Mazkur chirildoqlarning
ikkalasi ham bir marta avlod beradi.


63
Osiyo (to‘qay) chigirtkasi. Chigirtkalar, shuningdek, to‘qay
chigirtkasi to‘liqsiz o‘zgaruvchan hasharotlar jumlasiga mansub
bo‘lib: tuxum, lichinka va voyaga yetgan bosqichlarida rivojlanadi.
Lichinka va yetuklik bosqichida turli oilaga mansub qishloq xo‘jalik
ekinlarini kemirib oziqlanadi.  Osiyo chigirtkasi Amudaryoning
o‘rta va quyi oqimlari atrofidagi  katta maydonlarda uchraydi.
To‘qay chigirtkasining erkagi 6—7 sm, urg‘ochisi 7—7,5 sm
uzunlikda bo‘ladi. Gala bo‘lib yashaydiganlari ko‘kish qo‘ng‘ir
yoki sarg‘ish rangda bo‘ladi. Yakka  yashaydiganlari esa yashil rangda
bo‘ladi.
To‘qay chigirtkasi tuxumlik bosqichida daryo va ko‘l yoqasidagi
qamishzor hamda g‘allasimon o‘tpoyalarning tuprog‘ida qishlaydi.
Lichinkalari O‘rta Osiyoda aprelning ikkinchi o‘n kunligida
tuxumdan chiqa boshlaydi. Gala bo‘lib yashaydiganlari bir yilda
bir marta, yakka holda yashaydiganlari esa ikki marta avlod
beradi.
Marokash chigirtkasi. Mamlakatimiz bo‘yicha marokash
chigirtkasi bir million gektarga yaqin maydonga tarqalgan. Professor
F.Gapparov ma’lumotiga ko‘ra, marokash chigirtkasi
respublikamizning birgina Qashqadaryo viloyatida 20 ming gektar
g‘o‘za maydoniga uchib o‘tib zarar yetkazgan.
Erkak marokash chigirtkalarining uzunligi 2—3,5 sm,
urg‘ochilariniki 2,5—4,2 sm keladi. Marokash chigirtkasi (23-rasm)
jigar rangda, ko‘kragining old qismida X harfiga o‘xshash oqish
hoshiyasi bor. Ko‘zachasi 2,5—5 sm keladi.
Marokash chigirtkasi tuxumlik davrida ko‘zacha ichida cho‘l va
tog‘ oldidagi yerlarda qishlaydi. Lichinkalari tuxumdan aprelning
birinchi yarmida chiqa boshlaydi. Bir yilda bir marta avlod beradi.
Lichinka va voyaga yetgan bosqichida qishloq xo‘jalik ekinlarini
kemirib zarar yetkazadi.
Kurash choralari. Chigirtkalarga qarshi kurashda ularning
miqdorini hisobga olish zarur. Agar to‘da bo‘lib yashaydigan
chigirtkalar bir metr kvadrat maydonda 15 dona uchrasa  va yakka
holda yashaydigan chigirtkalar bir metr kvadrat maydonda 5 dona
uchrasa,  ularga qarshi kimyoviy kurash choralarini olib borish
zarurati tug‘iladi. Bu holda respublimizda qo‘llash uchun ruxsat
etilgan pestitsidlar bilan ishlov beriladi. Jumladan: konfidor, 20%
em.k., fenkill, 20% em.k., alfagard, 10% em.k.,  fastak, 10%
em.k.,  sumi — alfa, 20% em.k va boshqa tavsiya etilgan
pestitsidlardan foydalaniladi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə