Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47

 
79 
 
davrda  shakllangan.  Evropaliklar  kelgunga  qadar  Amerikaning  tub  aholisi  asosan,  qadimiy 
dehqonchilik madaniyati markazlari janubiy Meksika va And tog`larida joylashgan. 
Hozir AQSh va Braziliyada 100 dan ortiq turli xalqlar, Kanada, Meksika va Argentika 50 dan 
kwproq, Boliviya, Venesuela, Peru, Kolumbiya va Chilida 25 ga yaqin xalq va elatlar yashaydi. 30 
dan  ortiq  xalq  bir  milliondan  kwp  sonli  aholi  1985-yili  AQShda  (240  mln.),  Braziliyada  (135,5 
mln.), Meksikada (78,5 mln.), Kolumbiyada (28,4 mln.), Kanadada (25,3 mln.), Argentinada (30,5 
mln.),  Peruda  (19,7  mln.),  Venesuelada  (17,3  mln.),  Chilida  (12,1  mln.)  yashaydi.  Tub  aholi 
hisoblangan hindilarning avlodlari butun aholining taxminan 6|1 qismi tashkil qiladi. Shulardan eng 
kwp  sonli  xalqlar:  kuchaya  13,2  mln.  (Peru,  Ekvador,  Boliviya),  guarani  2,9  mln.  (Paragvay), 
aymara 2 mln. (Boliviya, peru), atseklar 1,3 mln. (Meksika), algonkinlar 350 ming, atapasklar 285 
ming, chibcha-muiska 270 ming va boshqalar. 
Evropada mustamlakasi natijasida kwp asrlik murakkab etnik jarayon rwy berib tub aholining 
faqat lingvistik va antropologik tuziishidagina emas, uning turmush tarzida ham jiddiy wzgarishlar 
bwlib wtadi. Albatta, mazkur jarayon tabiiy bir holat bwlmasdan, balki zwrlik va vahshiylik bilan 
amalga oshirilgan. Mustamlakachilarning hindilarni ochiqdan-ochiq qirib tashlash siyosati Amerika 
tarixining eng fojiali sahifalaridan hisoblanadi.  
Istilochilar keltirgan qirg`in, og`ir mehnat va turli yuqumli kasalliklar millionlab hindilarning 
yostig`ini  quritgan  edi.  Ayniqsa,  Vest-Indiya  aholisi  XVI  asrning  birinchi  yarmidayoq  fodiali 
taqdirni  boshdan  kechirgan,  oqibatda  hindilar  wsha  davrda  deyarli  butunlay  qirilib  ketgan  va 
ularning avlodlaridan nomu nishon qolmagan. Faqat kwp sonli qadimiy madaniyat yaratgan xalqlar 
(aymara,  guarani,  Janubiy  Meksika  hindilari)  va  Janubiy  Amerikaning  ichki  twqayzorlarida, 
Amazonka  va  Oriniko  daryolarining  vohalaridagi  tropik  wrmonlarda  yashaydigan  hindilar  qisman 
etnik hududini hamda madaniy xususiyatlarini saqlab qolganlar. 
AQShning aholisi qurama bwlib, uning asosiy tili inglizcha, faqat 10 foiz aholi wz ona tilida 
gapiradi. Bir necha asrlik assimilyatsiya natijasida hozirgi ingliz tillik Amerika millati shakllangan.  
Shunisi  qiziqki,  qit`ada  yashovchi  roman-german  tillarida  gapiradigan  kishilarning  soni  shu 
tillarning  vatanidagi  aholiga  nisbatan  bir  necha  marta  kwp.  Masalan,  ingliz  tilining  vatani 
Angliyada 56 mln. kishi shu tilda gapirsa, Amerikada inglizchada 200 mln.ga yaqin kishi gapiradi. 
Ispaniyada  36  mln.dan  ortiq  kishi  ispancha  gapirsa,  shu  tilda  gapiradigan  kishilar  Amerikada  200 
mln. dan oshadi. Partugaliya tili vatanida 10 mln.ga  yaqin portugalcha gapirsa, Braziliya shu tilda 
115,5  mln.  aholining  tiliga  aylangan.  Umuman,  qit`adagi  aholining  kwpchiligi  roman  tillarida 
(ispan,  portugal va frantsuzcha – 54 foizdan ortiq) v agerman tillaridagi xalqlar (inglizcha 35 foiz), 
qolgan aholi hindilar va boshqa kelgindi mayda millatlardan iborat. 
Evropaliklar  bilan  negrlar  aralashmasidan  paydo  bwlgan  avlodlar  «mulat»,  deb  nom  olgan. 
Ular  negrlar  kwproq  bwlgan  joylarda  tarqalgan.  Vest-Indiyada  bunday  avlodlar  hatto  maxsus 
terminlar  bilan  atalgan.  Masalan,  avlodda  4|1  qismi  negr  hisoblansa,  «kvarteron»,  8|1  qismi 
«oktron»,  16|1  qismi  «musti»,  32|1  qismi  «mustefino»  deb  nom  berilgan.  Mazkur  tizim  asosida 
kishining ijtimoiy wrni belgilangan. Agar «oq tanli» bilan «Mustefino»dan bola tug`ilsa, u oq tanli, 
deb tanilgan va erkinlar qatoriga kirgan (hatto ota-onasi qul bwlsa ham). 
Markaziy  Amerika,  Kolumbiya  va  Ekvadorda  hindi  bilan  negrlar  nikohidan  paydo  bwlgan 
avlodlarni  «sambo»  deb  ataganlar.  Bulardan  tashqarii,  XIX  asrning  30-yillarida  qllik  mann 
qilingandan keyin Amerikaga Hindiston va Xitoydan kontrakt asosida  yllamnma ishchilar keltirila 
boshlandi.  Ularning  kwpchiligi  Vest-Indiya  mamlakatlariga  joylashib  yangi  etnik  guruhlarning 
shakllanishida ishtirok qilganlar. 
Shimoliy  Amerikada  juda  kwp  frantsuzlar,  italyanlar,  nemislar,  slavyan  xalqlari  va  boshqa 
millatlar  yashaydi.  Masalan,  Kanadada  frantsuzlar  aholining  3|1  qismini  tashkil  qiladi.  XIX  asr 
oxirlaridan boshlab Lotin Amerikasidagi mamlakatlarga arablar, Livan va Falastindan kwchib kela 
boshlaganlar. 


 
80 
 
Hozirgi  Amerika  mamlakatlarida  barcha  elat,  qabila  va  xalqlar  millat  bwlib  shakllanmoqda. 
Muayan  iqtisodiy,  hududiy,  ruhiy  va  ma`naviy  madaniyat  birligi  negizida  Amerika,  Kanada, 
Meksika,  Braziliya,  Venesuela,  Kuba,  Kolumbiya  va  boshqa  wnlab  zamonaviy  millatlar  paydo 
bwlmoqda.  Amerika  aholisining,  ayniqsa,  Markaziy  va  Janubiy  qismida  joylashgan  davlatlarning 
tarixiy  taqdiri,  til  birligi,  bir  din  (katolitsizm)ga  taalluqli  ekanligi  v  atabiiy  sharoitining  nisbatan 
yaqinligi mazkur jarayonni ancha tezlashtirmoqda. Lekin Shimoliy Amerika bilan Lotin Amerikasi 
orasidagi  sotsial-iqtisodiy,  etnik  va  madaniy  tafovutlar  qit`a  aholisining  wziga  xos  xususiyatlarini 
belgilab, ularning demografik rivojiga ham zwr ta`sir qilib kelmoqda.  
Hozirgi  davrda  Lotin  Amerikasining  aholisi  Shimoliy  Amerikaga  nisbatan  uch  hissa  tez 
sur`atlar bilan wsmoqda.  Lotin Amerikasi dahonda eng  yosh mintaqa, uning aholisining  yarmidan 
kwpi  20  yoshga  ham  yetmaydi.  1960-yillarda  Amerikaning  shimoliy  qismi  bilan  Lotin  Amerikasi 
aholisining  soni  taxminan  teng  bwlgan  bwlsa,  1875-yilga  borib  shimolga  nisbatan  3|1  qism 
kwpaygan.  XX  asr  oxiriga  kelib,  Lotin  Amerikasining  aholisi  Shimolga  qaraganda  taxminan  ikki 
baravar oshdi. Bunday hodisa qit`aning etnik qiyofasiga ham ta`sir qilmay qolmaydi, albatta. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə