Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47

 
96 
 
Evropa  mamlakatlarida  eng  katta  ijtimoiy  tabaqa  xodimlar-ishchilar  va  ziyolilardan  iborat. 
Ular  butun  iqtisodiy  faol  aholining  taxminan  wrtacha  80%ini,  Buyuk  Britaniyada  hatto  90%dan 
ham kwprog`i, janubiy mamlakatlarda esa 70%i (Gretsiyada 40%)ini tashkil etadi. 
Shubhasiz,  Evropa  xalqlarining  ijtimoiy  hayotiga  urbanizatsiya  katta  ta`sir  wtkazmoqda. 
Hozir  jahonda  Evropa  qit`asi  eng  urbanizatsiyalashgan,  hatto  AQSh  va  Yaponiyaga  nisbatan 
shaharlarning  zichligi  yuqori  turadigan  mintaqadir.  Mazkur  jarayonning  xususiyatlaridan  biri  eng 
yirik shaharlar tevaragida katta aholining twplanishidir. G`arbiy Evropaning yarmidan kwp aholisi 
100  ming  kishidan  ortiq  aholiga  ega  bwlgan  shaharlarda  joylashgan,  uchdan  bir  qismi  500  ming 
kishilik  shaharda  yashaydi.  Oqibatda  bir-biriga  tutashib  ketgan  sanoat-aglomeratsiya  tipidagi 
shaharlar  yuzaga  kelgan.  Bunga  misol  qilib,  Rur,  London,  Parij,  Berlin,  Rim,  Amsterdam, 
Rotterdam kabilarni kwrsatish mumkin.  
Masalan,  London aglomeratsiya chegarasida 12 mln. dan ortiq kishi, Parij aglomeratsiyasida 
10  mln.  ga  yaqin  kishi  yashaydi.  Ayrim  mamlakatlarda,  hatto  qwshni  aglomeratsiyalar  qwshili`, 
yirik  urbaniyazatsiyalashgan  markaz  (megalopolis)larni  yaratgan.  Masalan,  Angliyada  eng  katta 
megalapolisga  bir-biriga  chatishib  ketgan  London,  Birmengem,  Manchestr,  Liverpul  va  boshqa 
shaharlar  yoki  Germaniyada  Reyn-Rur,  Reyn-Mayn  kiradi.  Bunday  megalapolislar  taxminan  50 
ming kv. km. hududga va 30-35 mln. aholiga ega bwladi. 
Ammo butun Evropada urbanizatsiya va avlomeratsiya ijtimoiy va maishiy turmush, madaniy 
hayot va oila-nikoh munosabatlarini wzaro yaqinlashtirib, milliy xususiyatlarning tugatilishiga, bir 
qolipga  solib  umumiy  kosmopolitik  belgilarning  shakllanishig  keng  ywl  ochib  bergan.  Shunday 
bwlsa-da,  kwp  xalqlarda  asrlar  davomida  an`ana  tusiga  kirgan  ayrim  ijtimoiy  turmush  shakllari 
saqlanibgina qolmay, balki Yangi zamon turmush tarziga singib ketgan. 
Ijtimoiy va oilaviy turmushi ham barcha Evropa xalqlariniki singari umumiylikka ega bwlgan. 
Nasroniy  dini  axloqiga  tayanib,  xususiy  mulkka  asoslangan  holda  kichik  monogam  oila  butun 
Evropada  eng  keng  tarqalgan.  Ammo  ayrim  patriarxal  natural  xwjalik  mavjud  bwlgan  ba`zi 
joylarda  arxaik  tipdagi  kata  patriarxal  oilalar  va  oila-nikoh  tartiblari  ham  uchraydi.  Patriarxal 
urug`chilik  tartiblarining  qoldiqlari  albanlarda  (fis),  chernogorliklarda  (bratstvo),  tog`lik 
shotlanlarda  (klan),  qisman  uels  va  irlandliklarda  bir  oz  seziladi.  Oila  jamoa  munosabatlari  yaqin 
davrgacha  ayrim  bolqon  xalqlari  (bolgarlar,  makedoniyaliklar,  serblar,  bosniyalar  va  hk.)dan 
saqlanib kelgan. Mazkur oilaviy munosabatlarning yemirilishi maxsus minorat odatini yaratgan edi. 
Ilgari kelt va German xalqlarida  ma`lum bwlgan bu odatga binoan meros ota-onadan kenja wg`ilga 
wtadi.  Keyinchalik  mayorat  odati,  ya`ni  meros  kata  wg`ilga  wtish  rasmi  bilan  almashadi.  Janubiy 
slavyanlarda  katta  patriarxal  oila  («zadruga»)  natural  xwjalikka  asoslangan  20-50,  ba`zan  100 
kishiga  yetadigan qavmu qarindoshlardan tashkil topgan jamoadan iborat edi. Nikoh twylarida va 
boshqa  oilaviy  urf-odatlarda  ancha  qadimiy  belgilarni  hozirgacha  uchratish  mumkin.  Qalin 
saqlanmagan bwlsa-da, kelinni olib qochish, uni «sotib» olish rasmi,  qiz moli, kuyov sovg`asi kabi 
udumlar  hali  ham  nikoh  twylaridagi  qadimgi  satqitlar  sifatida,  ammo  hazil  wyinlar  shaklida 
namoyon  bwladi.  Qiz  yoshligidan  mehnat  qilib,  wzi  sepini  tayyorlashni  kwp  xalqlarda  shart 
bwlgan.  Agar  kichik  indvidual  oilalar  (er,  xotin  va  bolalardan  iborat)  eng  keng  tarqalgan  bwlsa 
slavyanlardagi zadruga tipidagi katta oilalarda nikoh va boshqa oilaviy an`analarda ibtidoiy tartiblar 
saqlanib kelmoqda. Nikoh doimo ijtimoiy xarakterga ega bwlgan oilaviy voqea sifatida hozir ham 
unda  kwpchilik  ishtirok  qiladi,  an`anaviy  marosimlar,  rasm-udumlar  bajariladi.  Deyarli  hamma 
erda  kelin-kiyovlar  cherkovda  nikohdan  wtishsa-da,  ammo  nikoh  rwyi  asosan,  xalq  an`analariga 
tayanadi. 
Keyingi  ikki  ming  yil  davomida  Evropaning  diniy  urf-odatlari  bir  necha  marta  wzgargan. 
Bizning  eramizning  boshlarida  bu  erda  mahalliy  dinlar  tarqalgan.  Katta  hududni  egallagan  Rim 
imperiyasida  (ayniqsa,  Italiya  va  Gretsiyada)  ancha  rivojlangan  politeystik  dinlar  hukmronlik 
qolgan. Qadimgi Rimda ba`zi sharqiy diniy (Isida, Mitra kabi boshqa sharq xudolari bilan bog`liq) 
ibodatlar ham kirib kelgan. 


 
97 
 
Rim  imperiyasining  yemirilishi  davriga  kelib,  eramizning  V  asrlari  oxirida  Evropa  dinlari 
geografiyada jiddiy wzgarishlar rwy beradi. Eramizning boshlarida sharqiy Wrta dengiz sohillarida 
paydo  bwlgan  nasroniy  dini  IV-V  asrlarda  imperiyaning  kwpchilik  hududlariga,  ba`zi  german 
qabilalari  va  hatto  Irlandiyaga  tarqala  boshlagan.  Ammo  uzoq  davrlargacha  qadimiy  mahalliy 
dinlar,  ayniqsa  qishloqlarda  saqlanib  qolgan.  Faqat  IX-XI  asrlarda  butun  Evropa  nasroniylashgan. 
Lekin  Pireney  yarim  orolida  VIII  asrda  arab  istilochilari  olib  ketgan  islom  dini  ancha  vaqt  wz 
wrnini  saqlab  qolgan.  XV  asrlarda  arablardan  ozod  bwlgan  Pireney  qaytadan  nasroniy  diniga 
kirgan. 
Evropada  nasroniy  dinining  tez  tarqalishi  feodalizm  tuzumining  tashkil  topish  jarayoni  bilan 
bog`liq  edi.  Dastlab  yangi  dinga  harbiy  aristokratiya,  knyaz  va  qirollar  wtgan,  keng  xalq  ommasi 
eski diniy e`tiqodlarga itoat qilib kelgan. Shukmron sinfga tayanchi bwlgan ziyolilar va ruhoniylar 
ommani nasroniylashtirishni zwrlik bilan wtkazishga harakat qilgan. Ammo nasroniylik ham yaxlit 
din  bwlib  qolmadi.  U  XI  asr  wrtalarida  (1054-yil)  ikki  qarama-0arshi  ywnalishga-pravoslaviye  va 
katolitsizmga  (sharqiy  va  g`arbiy)  cherkovlarga  bwlindi.  Sharqiy    (pravoslav)  cherkovi  wz 
navbatida podsho va imperatorlarga bwysungan va bir necha milliy cherkovga bwlingan.  
Feodal-kserosnoy  tuzumning  tarixiy  halqasi  hisoblangan  pravoslav  cherkovning  boshida  eng 
kuchli  Konstantinopol  patriarxi  turgan.  Aksincha  katolitsizm  (g`arbiy)  cherkovi  markazlashgan 
Papa  davlati  boshchiligida  Evropadagi  feodal  tarqoqlikdan  foydalanib  wzining  qudrati 
hukmronligini  twliq  wrnatadi.  U  turli  ywllar  va  soliqlar  bilan  katta  boylik  orttirib  butun  nasroniy 
dunyosini  qwlga  olishga  wzining  ruhiy  va  siyosiy  irodasini  wtkazishga  intilib  kelgan.  Shunday 
qilib, nasroniy dinidan ajralib chiqqan Pravoslaviye ilgari Vizantiya imperiyasi va uning ta`siridagi 
Evropa  qismi  (Bolqon  yarim  oroli  va  Rus  davlati)ga  tarqalgan,  Evropaing  boshqa  hududlarida 
katolitsizm  wz  hukmronligini  wrnatgan.  XVI  asrlardan  boshlab  bozor  munosabatlarining  rivoji, 
yangi  ideologiyasining  g`alabasi  natijasida  wrta  asr  sxolastikasiga,  Rim  katolik  cherkovi  va  papa 
hukmronligiga  chiqa  boshlagan  yangi  oqim  (protestantizm)  turli  diniy  e`tiqod  va  mazhablarning 
yuzaga kelishiga sababchi bwlgan. 
Pravoslav dini Vizantiyadan chiqib Evropaning sharqiy va janubi-sharqiy mamlakatlarini, rus, 
belorus,  ukrain,  grek,  bolgar,  gagaus,  serb,  janubi  alban  va  rumin  xalqlari  orasida  keng  tarqalgan. 
Hozir pravoslav dini Gretsiyada hukmron va bu erda uning markazi joylashgan. 
Islom dini Evropaga dastlab arab istilochilari tomonidan keltirilgan va pireney  yarim oroliga 
tarqatilgan.  Istilochilar  tarqatilgandan  keyin  XV  asrlarda  nasroniylik  qayta  tiklangan.  Wsha 
davlatlarda, ya`ni yaqin XIV-XV asrlarda usmon turklari Bolqon yarim orolini bosib olib aholining 
ancha  qismini  musulmonlashtirgan  va  u  imperiya  vaqtida  hukmron  din  bwlgan.  Turklar  zwrlik 
bilan albanlar albanlar, qisman makedoniyaliklar, bolgarlar, bosniya va gersogovina aholisini islom 
diniga wtkazgan. 
Volgabwyi  va  Qrim  tatarlari  ham  XIII-XIV  asrlarda  islomga  wtgan.  Butun  Evropada  qaytib 
yurgan  lwlilar  odatda  asosiy  turar  joyidagi  dinlarga  itoat  qiladilar.  Ularning  orasida  masalan 
pravoslav,  katolik  va  musulmon  diniga  wtganlar  uchraydi.  Dindor  yahudiylar  esa  hozirgacha 
wzining milliy dini hisoblangan iudaizmga rioya qiladilar. 
Evropa  xalqlarida  rasmiy  cherkov  dinlaridan  tashqari  eng  qadimgi,  hatto  ibtidoiy  e`tiqod  va 
urf-odatlar  ham  saqlanib  qolgan.  Ayniqsa,  dehqonchilik  bilan  bog`liq  bwlgan  har  xil  dastur  va 
rasmlar,  sehrgarlik  urf-odati  va  irimlari  haligacha  usraydi.  Hozir  ham  yil  fasllari,  ekish  va  hosil 
yig`ish  bilan  bog`liq  dabdabali  karnaval  va  bayramlar  wtkazadilar,  unda  turli  afsonaviy  timsollar 
namoyish  qilinadi.  Albatta  eng  taraqqiy  qilgan  yuksak  madaniyatli  Evropa  xalqlarida  professional 
ijoddan xalq ijodini ajratish ancha qiyin. Chunki, fol`klorda ham, musiqa va tasviriy san`atda ham 
zwr mahorat bilan yaratilgan xalq ijodi namunalari juda katta wrinni egallaydi.  
Eng  qadimgi  ertaklar,  qahramonlar  haqida  eposlar  badiiy  jihatdan  professional  yozuvchi  va 
shoirlar  tomonidan  qaytaishlab  chiqilgan.  Aka-ukalar  Grimm,  Gofman,  Andersen,  Selpa  Lagerlef, 
Oskar  Uayld  va  boshqalarning  ertaklari,  hatto  Gomerning  «Illiada»  va  «Odisseya»si,  wrta 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə