Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47

 
88 
 
Evropa  wrmonlarida  har  xil  tuyoqli  va  yirtqich  hayvonlar,  ovlanadigan  va  suyraydigan 
qushlar,  ayiq  va  yavvoiy  chuchqa,  mwyna,  kiyik,  bwri,  tulki  va  boshqa  turli  jonivorlar  kwplab 
yashagan.  Ammo  wrta  asrlardagi  qirol  va  ritsarlarning  ommaviy  sayillari  kwp  hayvonlarning 
Urug`ini  quritgan.  Oqibatda  Evropaning  qadimiy  faunasidan  nom-nishon  deyarli  qolmagan.  Faqat 
ayrim  hayvonlarning  turlari  hozirgi  hayvonot  bog`larida  sun`iy  ravishda  saqlanib  kelinmoqda.  Uy 
hayvonlaridan  qwy,  qoramol,  chuchqa,  parrandalarni  parvarish  qilish  qishloq  xwjaligining  muhim 
sohasiga aylangan. 
Evropa qit`asining Tabiiy-geografik jihatdan- geologik tarixi, rel`ef va iqtimining umumiy 
belgilari, biologik birligi, suv taxiralari tabiiy sharoitlarga qarab bir necha muzofotlarga bwlingan. 
Etnografik  klassifikatsiyaga  binoan  Evropa  mamlakatlari  twrt  guruhni  tashkil  qiladi:  Shimoliy 
Evropa  (Finlyandiya,  Shvetsiya  va  Norvegiya,  Daniya  va  Islandiya),  Sharqiy  Evropa  (Pol`sha, 
Germaniya,  Chexiya,  Slovakiya,  Vengriya,  Ruminiya,  Bolgariya,  Rossiya,  Ukraina,  Belorussiya, 
Albaniya),  G`arbiy  Evropa  (Angliya,  Irlandiya,  Frantsiya,  Bel`giya,  Niderlandiya,  Shveytsariya, 
Avstriya,  Monako  va  Lyuksemburg)  va  Janubiy  Evropa  (Portugaliya,  Ispaniya,  Italiya,  Gretsiya, 
Gibraltar,  Mal`ta,  San-Marino).  Tarixiy  jihatdan  bu  mamlakatlar  nihoyatda  murakkab  turli 
voqealarga boy davrlarni bosib wtgan, jahon miqyosida buyuk geografik kashfiyotlar va Uyg`onish 
davridan, keyin butun insoniyat taqdirini belgilab bergan olamshumumul hodisalarning sababchisi 
va guvohi bwlgan. Ammo eng qadimiy yuksak madaniya wchrg`i bu  erda emas, miloddan avvalgi 
V-III  ming  yilliklarda  Shimoliy  Afrika,  Janubiy  (G`arbiy  va  Janubiy)  Osiyo  hududida  paydo 
bwlgan.  Wsha  davrlarda  Evropada  ovchilik  va  terimchilik  bilan  shug`ullangan  ibtidoiy  qabilalar 
yashagan. 
Insoniyat  Janubiy  Evropa  va  uning  wrta  qismini  eng  qadimiy  davrlardan  wzlashtira 
boshlagan. Wtgan asrda wtkazilgan tadqiqotlar shuni kwrsatadiki, aksariyat Evropa mamlakatlarida 
ilk paleolit davridan odamlar yashagan. Frantsiya g`orlarida topilgan tosh qurollar, arxeologlarning 
ta`rificha, bu erda ketma-ket paleolit madaniyati shakllanib kelganligini tasdiqlaydi. 
Ibtidoiy  ajdodlar  dastlab  yirik  hayvonlarga  ov  qilib  kun  kechirganlar,  g`orlarda,  chayla  va 
ertwlalarda  yashaganlar,  toshlardan,  yog`och  va  suyakdan  turli  qurollar  yasaganlar,  teridan  kiyim 
tikishni  bilganlar.  Ular  kichik  urug`  turkumlarga  bwlingan,  qoyalarga  rasmlar  chizishgan,  turlicha 
xwjalik  shakllari  yaratganlar.  Masalan,  Baltika  bwylarida  asosan,  baliqchilik  (maglemos 
madaniyati),  Shimoliy  dengiz  sohillarida  dengiz  terimchiligi  (kuokkemeding  madaniyati),  ichki 
hududlarda bug`u ovchiligi (tardenuaz, svider kabi madaniyatlar) xwjaliklari paydo bwlgan. 
Evropa  madaniyati  ning  keyingi  rivojida  neolit  davri  katta  ahamiyatga  ega.  Miloddan 
avvalgi  IV-II  ming  yilliklarini  wz  ichiga  olgan  bu  davr  tosh  qurollarni  ishlab  chiqarishning 
takomillashishi,  wq-yoyning  kashf  etilishi,  kulolchilik  va  twqimachilikning  paydo  bwlishi,  asta 
sekin  behqonchilik  va  chorvachilik  xwjaliklarining  vujudga  kelishi,  wtroq  azoliga  xos 
qishloqlarning  tashkil  topishi  bilan  belgilanadi.  Turli  madaniyat  yaratgan  elatlarning  qaysi  tillarda 
gapirganligi  hozirgacha  noaniq.  Faqat  miloddan  avvalgi  ikkinchi  ming  yillikdan  boshlab  butun 
Evropa  qit`asiga  hind-evrpa  tillarida  gapiradigan  qabilalar  tarqala  boshlaydi.  Ular  asta-sekin 
junabda  Bolqon  yarim  orolini  va  Krit  orolini,  keyin  (miloddan  avvalgi  I  ming  yilliklarda) 
Italiyaning  kwp  qismini  egallaydilar.  Eng  katta  twlqin  (kelt  qabilalari)  G`arbiy  Evropaga  yetib 
hozirgi  Frantsiya  va  Belgiyaga  joylashgan  Pireney  yarim  oroliga  kelgan  keltlar  iberlar  bilan 
aralashib (keltiber) aholisiga asos solgan, Britaniya orolini egallagan. 
Shunday  qilib,  hind-evropa  tillari  tillari  eramizdan  avvalgi  II-I  ming  yilliklarda  butun 
Evropaga  tarqalgan.  Ammo  bu  tillarning  asli  kelib  chiqishi  qanday  ekanligi  haligacha  qorong`i. 
Keyingi  xalqlarning  buyuk  kwchishi  davrida  kwhna  Evropa  aholisi  yana  ham  kwproq  aralashib 
ketgan.  Sharqdan  kwchib  kelgan  gunlar,  avarlar,  bulg`or  va  vengerlar  mahalliy  hind-evropa 
xalqlarini  harakatga  keltirgan.  Wsha  davrda  German  qabilalari  g`arb  tomon  siljib  keng  hududda 
joylashgan.  Dnepr  va  Visla  vohalarida  yashagan  slavyan  qabilalari  esa  Bolqon  yarim  oroliga  va 
Sharqiy  Evropaga  kwchib  kelib  wrnashgan.  Bu  etnik  jarayon  keyin  ham  davom  qilib,  hozirgi 
Evropa xalqlarining shakllanishiga asos solgan edi. 


 
89 
 
Til klassifikatsiyasi: Evropa xalqlarining kwpchiligi hind-evropa-slavyan, German, roman va 
kelt  tillarida  gapiradilar.  Slavyan  til  turkumiga  g`arbiy  slavyanlardan  chexlar,  slovaklar,  polyaklar 
va janubiy slavyanlardan serblar, bolgarlar, xorvatlar, slovenlar, chernogorlar, makedoniyaliklar va 
bosniyalar; sharqiy slavyanlarga esa ruslar, beloruslar, ukrainlar kiradi. Roman til turkumiga janub 
va  g`arbda  yashovchi  italyanlar,  frantsuzlar,  vallonlar,  ispanlar,  portugallar  ruminlar,  moldovanlar 
kiradi.  Qadimgi  davrda  keng  tarqalgan  kelt  tilida  gapiradigan  elatlarning  avlodi  hozir  faqat 
Irlandiyada,  qisman  Shotlandiyada,  Angliya  va  Frantsiyaning  Bretan  yarim  orolida  yashaydi. 
Keltlarning  kwp  qismi  Rim  imperiyasi  hukmronlik  qilgan  davrda  roman  tillari  bilan  aralashib, 
keyinchalik german qabilalari tarqalishi bilan german tiliga singib ketgan.  
German  xalqlariga  nemislar,  avstriyaliklar,  gollandlar,  flamandlar,  shvedlar,  norveglar, 
daniyaliklar, islandlar, inglizlar va qisman shveytsariyaliklar kiradi. Hind-evropa tillarida greklar va 
albanlar ham gapiradi. Vengerlar yoki madyarlar, finnlar, soamlar va loparlar finnougor til oilasiga 
mansub. Bolqon yarim orolida yashovchi turklar va gagauzlar esa turkiy tillarda gapiradilar. Faqat 
Malta orolida arab tili saqlangan. 
Etnik  tarixi:  Eng  yirik  xalqlarning  etnik  tarixi  twg`risida  qisqacha  gapirib  wtish  zarur. 
G`arbiy  slavyanlardan  polyaklar  X  asrga  kelib  polyaklar,  viyalanlar,  pomoryanlar,  mazovcha  va 
sileziyaliklardan  tashkil  topgan  davlat  hududida  xalq  sifatida  shakllangan.  Wsha  davrlarda  Buyuk 
Moraviya  knyazligi  chegarasida  chex,  slovak,  Morava  qabilalari  birlagib  hozirgi  Chexiya  va 
Slovakiya  xalqlariga  asos  solgan  edi.  Ammo  XI  asrlardan  boshlab  XX  asrgacha  slovaklar  venger 
davlati tarkibiga kirgan.  
Chex  va  Morava  qabilalari  birikmasidan  tashkil  topgan  chex  xalqi  XIII-XVI  asrlarda 
nemislarning mustamlakasiga aylandi, XVII asrlardan boshlab Avstriya davlatiga qwshiladi. Wsha 
davrda  ularga  nisbatan  nemislashtirish  siyosati  amalga  oshirilgan.  Wz  navbatida  Vengerlar 
slovaklarni  madyarlashtirishga  intilganlar.  Faqat  1918-yilda  Chexoslavakiya  davlatiga  asos 
solingandan  keyin  mustamlakachilik  ta`siridan  qutulgan  chexlar  mustaqil  rivojlana  boshladi. 
Chexoslavakiya  wtgan  asr  oxirlariga  borib  ikki  yangi  davlatga  bwlinadi.  Yaqinda  ikkiga  bwlinib 
chexla rva slovaklar wzining milliy davlatiga ega bwldilar. 
Hozirgi bolgar xalqi V-VI asrlarda Bolqonga kelgan janubiy slavyan qabilalari bilan mahalliy 
frakiy  aholisi  hamda  VII  asrlarda  sharqdan  bosib  kirgan  va  wz  nomini  bergan  turkiy  tildagi 
kwchmanchi bulg`orlarning aralashishi natijasida paydo bwladi. 
Yugoslaviya  xalqlarining  slavyan  ajdodlari  VII  asrlarda  juda  keng  hududda  Qora  dengiz 
qirg`oqlaridan  Adriatikagacha  joylashgan.  Ular  qadimiy  mahalliy  illiriya  va  frakiyalik  roman 
xalqlari bilan twqnashib qisman siqib chiqargan yoki aralashib ketgan. Ammo Yugoslaviya xalqlari 
ketma-ket  Vizantiya,  Vengriya,    Avstriya,  Turkiya  davlatlari  tomonidan  istilo  qilinib,  faqat  1918-
yilda mustaqil davlat bwlib birikadilar. 
Miloddan  avvalgi  I  ming  yillikka  oid  yozma  manbalarda  tilga  olingan  Dunay  qirg`oqlarida 
yashagan  qadimiy  dakofrakiy  qabilalari  Rim  imperiyasi  davrida  romanlashtirilgan.  Lekin 
xalqlarning buyuk kwchishi jarayonida ruminlarning madaniyatida slavyanlar chuqur iz qoldirgan. 
Til  va  madaniyati  jihatidan  ancha  ajralib  turadigan  hozirgi  vengerlarning  ajdodlari  asli  Ural 
orqasida  yashagan  ugor  xalqlari  bilan  bog`oiq.  IX  asr  oxirlarida  Pannoniyada  paydo  bwlgan 
kwchmanchi-chorvador  vengerlar  mahalliy  turli  elat  va  xalqlar  bilan  aralashib,  wziga  xos  etnosni 
hosil qiladi. 
Hozirgi  eng  katta  millitlardan  hisoblangan  nemislarning  etnogenezida  qadimgi  elatlardan 
keltalr, swngra saks, bavar, turing, Gess, frank kabi qabilalar muhim rol wynagan. X asrda nemislar 
ta`siriga  tushgan  Oder  va  Elba  daryolari  bwylarida  yashovchi  slavyanlar  ham  nemislar  bilan 
aralashib ketganlar. Wrta asrlar davrida tarqoq holatda yashagan nemis xalqi wziga xos madaniyat 
yaratgan. 
German  tiliga  yaqin  inglizlarning  kelib  chiqishida  ham  dastlab  Britaniya  oroliga  kwchib 
kelgan keltlar, milodning birinchi ming  yilligi wrtalarida joylashgan kwp sonli German qabilalari-


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə