Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47

 
94 
 
Qoshloqlardagi  zamonaviy  uylar  shaharlardagi  kabi  pishiq  g`isht,  beton  va  shunga  wzshash 
hozirgi qurilish materiallaridan qurilmoqda. Chshash xonalarining xwjalik hujrasi bilan birligi yoki 
xwjalik  inshootlarining  ayrim  qurilishi  bilan  bir  farq  qiladi.  Masalan,  Germaniya,  Alp  tog`lari  va 
Janubiy  Frantsiyada  asosan,  turar-joy  va  xwjalik  qurilishi  bir  joyda  joylashgan.  Skandinaviya 
mamlakatlari,  Shimoliy  Frantsiya,  Bolqon  yarim  oroli  mamlakatlarida  xwjalik  inshootlari  kishi 
yashaydigan uylardan ayrim holda qurilgan. 
Uylar  ham  qurilish  ashyolari  va  tom  shakliga,  yashash  va  xwjalik  xonalarining  tuzilishiga 
qarab  bir  necha  tiplarga  bwlingan.  Butun  Evropada  gorizontal  bir  xonali shaklga  ega  uylardan  bir 
necha  qavatli  kwp  xonali  dabdabali  imoratlar  kwp  uchraydi.  Masalan,  Janubiy  Evropada,  ya`ni 
Wrta  dengiz  sohillarga  yaqin  hududlarda  toshdan  qurilgan  katta  ikki-uch  qavatli  uylar  keng 
tarqalgan,  odatda  bunday  uylarning  pastki  qavati  xwjalik xonalaridan  iborat  bwladi,  Shveytsariya, 
Shimoliy Italiya, Yugoslaviya, Avstriya, Janubiy Germaniyada poydevori toshdan wzi yog`ochdan 
qurilgan  alp  uylari  ancha  ajralib  turadi.  Xwjalik  va  yashash  xonalari  yaxlit  tarzda  qurilgan 
imoratlarni  frankon  yoki  yuqori  nemis  uylari  deb  ataydilar.  Shimoliy  va  Shimoli-G`arbiy 
Germaniya, Daniya va Gollandiya tomonlarida bir qavatli, katta hovli va darvozali xwjalik qurilish 
binolari bilan sinch uylar  yoki  g`isht bilan wralgan sakson uylari ham wziga xos xususiyatga ega. 
Tog`li  hududlarda  yog`och  va  butalardan  qurilgan  oddiy  uylar  ham  uchraydi.  Umuman  arxaik 
qurilish san`ati asosan, xwjalik xonalarda kwproq saqlangan. 
Uylarni  jihozlash  milliy  an`nalar  bilan  bog`liq.  Umumiy  buyumlardan,  har  xil  yog`och 
mebellar, temir, shisha, chinni va sopol idishlar, turli bezklar va pardalar bilan bezaganlar. Evropa 
mebeli  va  servislari  hozirgacha  jahon  miqyosida  namuna  bwlib  kelmoqda.  Evropa  xalqlarining 
kiyimlari  eng  oddiy  paleolit  davridagi  etakchalardan  to  hozirgi  zamonaviy  kiyimlargacha  bwlgan 
davrni  bosib  wtgan.  Endi  butun  evropaga  tarqalgan  shahar  sarpolari  deyarli  barcha  erdan  milliy 
kiyimlarni  siqib  chiqargan,  Evropa  kostyumlari  wzining  noqulayligiga  qaramay  hatto  issiq  tropik 
mamlakatlarga  ham  tarqalmoqdayu  Xalq  kiyimlarini  asosan,  bayramlarda,  festival  yoki 
karnavallarda, xor va ansambllarda uchratish mumkin. Ilgari, Ayniqsa, wrta asrlarda har birtabaqa 
wzining  kiyim  turiga  ega  bwlgan.  Hozir  milliy,  tabaqalanish  kiyimlarda  sezilmaydi,  balki  ular 
kosmopolitik tuzga kirgan. 
Albatta,  ayrim  xalqlarning  qishloq  aholisiga  shahar  kiyimi  keng  tarqalsa-da,  milliy  sarpolar 
saqlangan.  Masalan,  Italiya  qishloqlarida  haligacha  erkaklar    kalta  tizzadan  pastgacha  shim 
(pantalon),  oq  uzun  yengli  kwylak  (kashicha),  kalta  kurtka  (jakka)  yoki  yengsiz  jilet  (panchotto), 
boshiga shlyapa yoki beretto (xaltasimon telpak) kiyadilar. Ayollarda uzun yubka (chwnna) va etak 
(trembuile),  kashtali  oq  kwylak  (kamicha),  beligacha  kalta  kofta  (korsetto)  va  jilet  (jakatto  yoki 
jibetto),  boshiga  rwmol  (fatsoletto),  Alp  tog`larida  tagi  yog`och  tufli  yoki  xom  teridan  tikilgan 
yengil  sandal  (chochi)  kiyiladi.  Frantsuz  ayollarining  milliy  kiyimlari  ham  Italiya  ayllarning 
kiyimlariga  wxshab  ketadi.  Erkaklari  esa  uzun  top  shimlar,  tik  yoqali  kwylarlar,  jilet  va  bwyniga 
rwmol, fetra yoki somon shlyapa kiyadilar. Keyingi yillarda bluzka kiyiladigan bwlgan. 
German xalqlarida erkaklar yengli yokei yengsiz ikki buklam matodan tikilgan kwylak, uzun 
ishton,  kamarasta  teri  wltonli  kavush  kiyiladi.  Ayollarning  ham  ust  kiyimi  ikki  buklam  matodan 
tikilib maxsus fibula bilan egniga bog`langan, keyinchalik keng tikiladigan bwlgan. Ularda eskidan 
kapushonli plash ma`lum bwlgan. Janbiy germanlarda yengil kiyim, shimolda esa issiq va qalin jun 
matodan korsaj, kofta, yubka, etak (fartuk) tikkanlar. Hozir ham Gessen aholisi orasida bir yoki bir 
necha qavatli (ba`zan 20 qavatli) yubka kiyiladi.  
Frankoniya  ayollarining  an`naviy  kiyimlari  qizil  yoki  jigarrang  matodan  yubka  yoki  etaklar 
tikilib  kashtalanadi.  Shveytsariya  ayllari  aksincha,  qoramtir  yoki  frankonlar  singari  qizil  rangli 
yubka  va  fartuk;  kumush  bezkli  qora  belnimcha,  keng  kashta  yengli  kofta  kiyadilar.  Norvegiya 
ayllarining  bayram  kiyimlarining  turlari  120  dan  ortiq.  Butun  German  xalqlarida  hozirgi  davrda 
umumiy Evropa kiyimlari tarqalgan bwlsa-da, milliy belgilari (rangi, bezaklari va hk.) mustahkam 
saqlangan.  Ayniqsa,  kelt  elatlarida  bayram  vaqtida  milliy  sarpolarga  bezanish  odat  tusiga  kirgan. 
Masalan, bretonliklarda 66 xil ayol kiyimlari mavjud. 


 
95 
 
G`arbiy  va  janubiy  slavyanlarning  milliy  kiyimlari  nihotyada  rang-barang.  Ularda  ilk  wrta 
asrlardan  boshlab  aholi  tabaqalangan  va  sinflarga  qarab  kiyimlari  farq  qilgan.  Wtmishda  erkak  va 
ayllarda  kiyimlari  asosan,  kanopdan  tikilgan  twg`ri  yoki  burma  yoqali  uwylak.  Ayrim  xalqlar 
(Moraviya,  Slovakiya,  G`arbiy  Prikarpate)da  ayollar  egniga  ip  bog`langan  yengsiz  kwylaklar 
kiygan.  XIX  asr  birinchi  chorag`ida  slavyanlarda  Evropa  yubkasi  keng  tarqalgan.  Qadim 
slavyanlarda ustki kiyim  yarim Pwstin, chakmon (kaftan), yengsiz kamzul (jilet), plashning har xil 
turlari  mavjud.  Bosh  kiyimlariga  qarab  ayrim  etnoslarni  ajratish  mumkin  (keng  slavyan  teri 
telpaklari,  turli  rwmollar,  shlyapa  va  feskelar,  jun  movutdan  tikilgan  dwppilar).  Poyabzallar  turli 
xilda  (brodnya,  teri  bashmoq,  yumshoq  tufli,  tagi  yag`ochli  sandal,  junli  nogovitsa  va  hk.).  Hozir 
milliy kiyimlar Markaziy va Janubiy Evropaning ayrim viloyatlarida uchraydi va ular asosan, san`at 
festivallari, fol`klor jamoalarining badiiy chiqishlarida namoyish qilinadi. 
G`arbiy  Evropa  xalqlarining  milliy  xususiyatlari  kwproq  taomlarida  namoyon  bwladi. 
Masalan,  roman  xalqlarida  italyanlarda  sevimli  taomlardan  makaron  mahsulotlari  juda  keng 
tarqalgan.  Ularda  kunduzgi  ovqatga  birinchi  pomidor  qaylasi  yoki  yog`  va  suzma,  ba`zan  qiyma 
gwsht solingan xwrda. Dehqon chwrvasi (dzuppasi)ga loviya va sabzavot solib pishiriladi va nom  
twg`raladi. Keyin polenta (makkajwxori atalasi), qovurilgan sabzavot, salat, meva, suzma iste`mol 
qilinadi. Kunduzgi ovqatga albatta uzum vinosi yoki sevimli ichimlik kofe beriladi.  
Frantsuzlarning milliy taomlari nihotyada boy va rang-barangligi bilan mashhur. Taomlarida 
sabzavot va yemishli ildizli mahsulotlar, quyon va parranda gwshti, djanubda kaptar gwshti muhim 
ahamiyatni egallaydi. An`anawiy sevimli taomlardan qaynatilgan wsimlik yoqiga pishirilgan gwsht 
bilan bifshteks va kartoshka, piyozli qaynatma shwrvaga pishloq solish keng tarqalgan. Provansda 
qalampirli  turli  baliqlardan  pishirilgan  shwrva  (buyabez)  ancha  obrw  qozongan.  U  erda  dengiz 
jonivori-ulitkani  sarimsoq  va  non  bilan  iste`mol  qilishni  yaxshi  kwradilar.  Janubda  har  xil  zaytun 
va  dorivorlar  taomga  ishlatiladi.  Kuniga  ikki  marta  taomga  uzum  vinosi  berish  shart.  Umuman 
frantsuzlar  vino  iste`mol  qilishda  jahonda  birinchi  wrinni  egallaydilar.  Qadimgi  kelt  xalqlarida, 
masalan,  Buyuk  Britaniyada,  Evropa  taomlaridan  uncha  farq  qilmasa  ham,  wziga  xos  milliy 
taomlar, ayniqsa, don solib shipirilgan shwrvalar, swli atalasi, gel va irlandiyaliklarda baliq va sutli 
taomlar mavjud. Ular shwrvaga qwy yoki mol ichak-chovog`i va qatqorinlarini solib, suli uni bilan 
pishirib (xaggis) qalampir,  piyoz solib eyishni yaxshi kwradilar. Eng sevimli ichimliklari pivo (el) 
va viski. Janubiy xalqlar kwproq sabzavot (karam, pomidor, sarimsoq, piyoz, sabzi, kartoshka) va 
mevani  kwproq  iste`mol  qiladilar.  Vengerlarda  chwchqa  gwshtidan  turli  taomlar  tayorlanadi. 
Slavyan  xalqlarining  taomlaridan  xamir  ovqat  mahsulotlari  kwproq  wrinni  egallaydi.  Dengiz  va 
daryo sohilarida yashovchi elatlar baliqdan turli xil taomlar tayyorlaydilar. 
Ijtimoiy-maishiy turmushi, oila-nikoh munosabatlari va madaniyati. Hozirgi Evropaning 
ijtimoiy  qiyofasi  umuman  iqtisodiy  jihatdan  olganda  butun  qit`a  aholisining  wrtacha  44  foizi  faol 
qismini  tashkil  qiladi.  Shundan  erkaklar  hisobiga  taxminan  58  foizi  twg`ri  keladi,  ayollarning 
iqtisodiy  faol  qismi  deyarli  ikki  hissa  kam  (29  foiz).  Vaholanki,  bu  mamlakatlarda  iqtisodiy  faol 
aholiga  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  bevosita  ishtirok  qilayotgan  qismidan  tashqarii  ishsizlar  ham 
kiradi.  Swnggi  yillarda  ayrim  an`naviy  kasblarning  (ayniqsa,  hunarmandchilik  va  hk.)  tugatilishi 
natijasida  ularni  protsessional  jihatdan  qayta  wqitib  wrgatishga  imkoniyat  ywqligidan  texnologik 
ishchilik  jarayoni  paydo  bwlgan.  Professional  ishchilar  qatorida  yoshlar  wrtasida  ham  ishsizlik 
muammosi mavjud. 
Mintaqada  industrial  taraqqiyot  yuksak  bwlganligi  tufayli  iqtisodiy  faol  aholining  asosiy 
qismi sanoat va qurilishda band ekanligini alohida qayd qilish lozim. Masalan, wtgan asr swngida 
bunday aholi 35-45%ni tashkil qilgan bwlsa, ayrim mamlakatlar (Chexiya va Slovakiya, Germaniya 
va  Shveytsariya)da  50  foizga  yaqinlashgan.  Eng  taraqqiy  qilgan  industrial  mamlakatlarda  qishloq 
va wrmon xwjaligida hamda baliqchilikda iqtisodiy faol aholining 10-12%ini tashkil qiladi, xolos. 
Qishloq  xwjaligi  sohasida  eng  kam  band  aholiga  ega  bwlgan  wlkalardan  Buyuk  Britaniya  (3%), 
Belgiya  (4%), Shvetsiya va Germaniya (6%). Ammo Janubiy Evropada  qishloq xwjaligi hali ham 
muhim  wrinni  egallaydi  (Italiyada  15%  dan  to  Gretsiyada  40%  gacha).  Keyingi  yillarda  asosan, 
qishloq xwjaligi hisobiga aholining xizmat kwrsatish sohasida yashovchi qismi ancha kwpaygan. 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə