Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47

 
98 
 
asrlardagi «Nibelunglar twg`risida ashula», «Gudring twg`risida ashula», skandinavlarning sag`lari, 
Karelofin  eposi  «Kalevala»  kabi  xalq  dostonlari  aslida  badiiylashtirilgan  asarlardir.  Tarixiy 
voqealar  bilan  bog`liq  lirik-epik  ashula  (ballada)lar  ancha  keyin  paydo  bwlgan,  ammo  juda  keng 
tarqalgan.  Hozirgacha  yetib  kelgan  oilaviy  marosimlarda  aytiladigan  ashulalar,  sevgi  kuylari  ham 
eng  qadimiy  fol`klor  namunalaridir.  Fol`klorning  tarkibiy  qismi    hisoblangan  ommaviy  xalq 
teatrlari  hozirgi  davrda  professional  qismi  hisoblangan  ommaviy  xalq  teatrlari  hozirgi  davrda 
professional  teatr  san`atiga  singib  kelgan.  Evropada  dastlab  professional  teatr  qadimi  Gretsiyada 
(mil.aff.  VI-V  asrlarda)  diniy  marosimlar  va  bayramlar  munosabati  bilan  paydo  bwlgan  edi. 
Wyg`onish  davridan  boshlab  drama,  tragediya,  komediya  ancha  rivojlangan.  XVI  asrda  dastlab 
Italiyada,  keyin  butun  Evropada  opera  paydo  bwladi.  Ammo  Evropa  xalqlarining  kwpchiligida 
(polyak,  chex,  bolgar,  rus,  frantsuz,  italyan  va  boshqalardan)  professional  klassik  teatr  bilan  bir 
qatorga ommaviy tearlashtirilgan xalq wyinlari hozirgacha saqlanib kelgan. Bu wyinlar katta diniy 
yoki fasl bayramlarida namoyoish qilinadi va nihoyatda rang-barang wyin, kulgi, ashula va musiqa 
sadolari ostida wtkaziladi. 
Hozirgacha  professional  teardan,  keyingi  yillarda  paydo  bwlgan  romantik,  naturalistik  va 
modernistik  teatlardan  tashqari  ommaviy  teatrlashgan  xalq  tomoshalari  an`nalari  barcha  Evropa 
mamlakatlarida saqlangan. 
Volga-Kama  bwyi  xalqlari  va  Moldavanlar:  Sharqiy  Evropa  qismidagi  noslavyan 
xalqlardan  Wrta  Povoljeda  va  Kama  bwyida  joylashgan  udmurdlar,  mariyalar,  mordvalar, 
chuvashlar,  tatar  va  boshqirdlar  wziga  xos  tarixiy-etnografik  hududni  tashkil  qiladilar.  Tarixiy-
etnografik  jihatdan  bu  xalqlarga  Kama  bwyida  va  evropaning  shimolida  yashovchi  mazkur  komi-
permyak va komiziryanlar yaqin turadi. 
Antropologik  jihatdan  bu  xalqlar  katta  evropoid  irqining  turli  tiplariga  mansubdir.  Ammo 
kwchpiligi evropoid irqi bilan qisman mongoloid belgilarini wzida mujassamlashtirgan tiplardir. Til 
jihatdan  butun  Volga-Kama  xalqlari  ikki  guruhga  bwlingan:  urdmurd,  mariy  va  mordvalar  finno-
ugor til guruhiga, chuvash, tatar va boshqirdlar oltoy lilasining turk guruhiga kiradi. 
Vyatka-Kama  sohillarida  qadimiy  davrlarda  joylashgan  qablalarning  avlodlari  hi  soblangan 
udmurtlar (eski nomi votyaklar) hozir 720 ming kishidan ortiq. Ular asosan, Udmurtistonda, qisman 
qwshni  Mariy,  Tatariston  va  Boshqirdiston  avtonom  respublikalarida,  perm  va  Ekateringburg 
viloyatlarida yashaydilar. 
Milodning I ming yilligi oxirlarida va II ming yilligi boshlarida qadimiy udmurtlarning etnik 
tuzilishiga Volga-Kama bulg`orlari ma`lum ravishda ta`sir qilgan. 1236 yildan keyin ular mwg`wl-
tatar istilosiga uchraydi va XVI asr wrtalariga kelib shimoliy qismi Rossiyaga, janubiy erlari Qozon 
xonligiga  wtadi.  1559  yilda  Udmurd  eli  butunlay  rus  davlati  tasarrufiga  wtadi,  wsha  davrdan 
udmurt xalqi shakllana boshlaydi. 
Ilgari  cheremislar  deb  atalgan  mariy  xalqi  (hozir  640  ming  kishi)  bizning  eramizning 
boshlarida  dastlab  Wrta  Volganing  swl  sohillarida,  Vetluga  va  Vyatka  daryolarining  oralig`ida 
yashagan  qabilalardan  kelib  chiqqan.  Ular  asta-sekin  sharqiy  hududlarga  siljib  hozirgi  hududni 
egallab  olganlar.  Keyingi  etnik  jarayonda  mariylar  uch  guruhga  bwlinadi.  Volganing  baland 
qirg`oqlarida  joylashgan  tog`liq  mariylar,  chap  -qirg`oqlarda  wrnashgan  yaylov  mariylar  va  sharq 
tomondagi  qwshni  wlkalarda  (Boshqidiston,  Tatariston  va  Udmurdistonda,  Novgorod,  Perm  va 
Ekateringburg viloyatlarida) mariylar joylashgan. 
Mordva  qabilalari  asli  Oka,  Sura  va  Wrta  Volga  daryolari  oralig`ida  joylashgan.  Ular  XII 
asrdan ruslar bilan yaqin munosabat wrnatganlar. Hozirgi mordva xalqi esa milodning boshqalarida 
ikkita  yirik  qabila  ittifoqi  hisoblangan  g`arbdagi  moksha  va  sharqdagi  erzya  etnik  jarayoni 
tugallanib  xalq  sifatida  shakllangan.  Ular  shu  kungacha  wzlarining  an`naviy  madaniyatida  ba`zi 
xususiyatlarni saqlab    kelganlar. 
Volga bwyidagi turkiy xalqlarning etnogenezi ancha murakkab. Wrta Volgabwyi va ayniqsa, 
uning janubiy hududlari uzoq davr ichida bir necha marta fin tillaridagi qabilalar bilan kelindi hind-
evropa tilidagi skiflar, alanlar va boshqa qabilalar, keyinchalik turkiy elatlar bilan aralashib ketgan. 
Dastlab turkiy qabilalar milodning III-IV asrlarida kela boshlagan va sharqiy Evropaga gunllarning 


 
99 
 
istilosi bilan bog`liq bwlgan. Volgabwyi va Ural etaklarida joylashgan turklar mahalliy finno-ugor 
xalqlarining  madaniyatini  qabul  qilgan  va  ular  bilan  aralashib  ketgan.  Eng  katta  turkiy  oqimlar 
bwlgan Turk xoqonligi V-VII asrlarda Volga-Ural hududiga bostirib kirgan, ulardan keyin XII-XIII 
asrlarda Shimoliy Kavkazdan kelgan bwlg`orlar bostirib kirganlar. Ular Volganing chap va qisman 
wng  qirg`oqlarini  Kama  bwylarigacha  bwlgan  hududni  egallab  mahalliy  turk  va  finno-ugor 
qabilalari bilan aralashib X asrda Volga Bulg`oriyasi nomli ilk feodal davlatini yaratganlar. 
Hozir tatarlar Rossiyaning eng yirik millatlaridan biri bwlib, son jihatidan (6,6 mln.dan ziyod) 
yirik  millatlar  qatoriga  kiradi.  Ular  Tatariston  Respublikasining  asosiy  aholisi  (47,4%)ini  tashkil 
etsada,  kwpchiligi  (taxminan  twrtdan  uch)  qismi  wz  respublikasidan  tashqarida  yashaydi.  Tatarlar 
Boshqirdistonda,  Chelyabinsk,  Perm,  Ekaterinburg,  Orenburg  va  Astraxan  viloyatlarida,  Janubiy 
Sibir va Uzoq Sharqda, Markaziy Osiyoda kwproq joylashganlar. 
Hozirgacha  bir  qadar  farq  qilgan  tatar  guruhlari  XV-XVI  asrlarda  tashkil  topgan  tatar 
xonliklari (Qozon, Astraxan, Sibir va hk.) davrida shakllangan edi. Shu asosda Wrta Volgabwyi va 
Uralbwyida  qosim  va  boshqa  tatarlar  etnografik  guruh  sifatida  wzaro  farq  qiladi.  Etnografik 
jihatdan,  ehtimol  qadimiy  finno-ugor  qabilalaridan  biri  hisoblangan  mesheralarni  turklashtirish 
natijasida yuzaga kelgan misharlar yoki zwrlik Bilan nasroniy diniga wtkazilgan qozon tatarlarining 
bir qismi krashenlar va wg`wyboklar (nwg`oy tatarlari) alohida e`tiborga molik. 
Volga-Kama  bwyidagi  xalqlarining  qadimgi  davrlardan  asosiy  mashg`uloti  dehqonchilik  va 
chorvachilik  bilan  birga  avchilik  va  baliqchilik  iborat  bwlgan.  Ular  wtgan  asrda  uch  paykalli 
almashlab ekish tizimiga wtganlar. Dehqonchilik qurollaridan eng muhimi bir necha xildagi omoch 
va  og`ir  yog`och  plug  (sabon)  bwlgan.  XVII  asrgacha  boshqirdlar  kwchmanchi  va  yarim 
kwchmanchi  tarzida  turmush  kechirib,  asosan,  chorvachilik  bilan  shug`ullanganlar.  Yaylovlarning 
kamayishi bilan wtroq holtga wtib dehqonchilik qila boshlaganlar. Qadimiy kasblardan asalarichilik 
ham saqlangan. Wtgan asrdan wrmon sanoati ham paydo bwlgan. 
Volga  bwyining  pastki  qismida  joylashgan  qalmoqlar  asli  Mwg`wlistonning  Jungariya 
wyratlaridan kelib chiqan. Ular XVI-XVII asrlarda Volga quyi oqimiga kwchib kelib kwchmanchi 
bwlib  yashaganlar.  XX  asrga  kelibgina  qalmiqlar  wtroq  turmushga  wtib  wzining  yirik  sanoati, 
ushchi  sinfi,  yuksak  madaniyatiga  ega  bwlgan  Rossiya  tarkibidagi  respublikani,  ya`ni  wz 
davlatlariga  asos  soldilar.  Qalmiqlar  wz  respublikasidan  tashqarii  qisman  Astraxan,  Volgograd  va 
Rostov viloyatlarida, Stavropol wlkasida ham yashaydilar. 
Umumun,  butun  Volga  bwyi  xalqlarining  chinakam  milliy  uyg`onishi,  madaniyatining 
gurkirab  taraqqiy  etishi  va  yashnashi  wtgan  asrdagina  yuz  berdi.  Boy  fol`klor,  xalq  musiqasi, 
wyinlari  va  amaliy  san`ati,  ayniqsa,  kashtachilik,  yog`och  wymakorligi,  badiiy  tikuvchilik  ancha 
rivojlangan.  Mintaqa  aholisi  diniy  jihatdan  ikki  guruhga  bwlingan:  musulmonlar  va  nasroniylar. 
Islom  dini  tatar  va  boshqirdlar  orasida  tarqalgan;  nasroniylik  Volga  Bulg`oriyasining  davlat  dini 
hisoblangan  va  Volgabwyi  Rossiya  tasarrufiga  wtgach  keng  tarqalgan.  Ammo  mahalliy  qadimiy 
dinlarga sig`inishni davom etgan, totemizm, shomonizm va sehrgarlik tasavvurlari saqlangan. 
XIX  asr  boshlarida  Moldaviyaning  bir  qismi  (Prut  va  Dnestr  wrtaligidagi  Bessarabiya) 
Usmon  imperiyasidan  tortib  olinib  Rossiya  tasarrufiga  wtgan  va  wsha  davrdan  boshlab  Moldava 
millati shakllana boshlagan. 
Moldavanlarning asosiy kasbi dehqonchilik va chorvachilik hisoblangan, ayniqsa, uzumchilik 
va 
bog`dorchilik 
rivojlangan. 
Dasht 
qismidagi 
moldavanlarning 
moddiy 
madaniyati 
xususiyatlaridan biri loydan qurilgan somon yoki qamish tomli uylarda yashashi, wziga xos kashtali 
kiyimlar  va  nihoyatda  boy  xalq  ijodiga  ega  bwlishadilar.  Ayniqsa,  moldavanlarning  raqs  san`ati 
rivojlangan. 
Rossiyada  121  mingdan  ziyod  lwli  (sigan)lar  yashashadi.  Ularni  Kavkazda  va  Markaziy 
Osiyo  davlatlarida  uchratish  mumkin.  Ularning  tillari  hindoriy  guruziga  oid,  ammo  yashagan 
hududidagi  mahalliy  tillarni  ham  biladilar.  Lwlilar  Rossiyaga  XV-XVI  asrlarda  Germaniya  va 
Pol`sha orqali kwchib kelganlar. Hozirgi paytda lwlilarning kwpchiligi wtroq turmush tarziga wtib 
ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug`ullanmoqda. 
Kavkaz  xalqlari:  Etnik  jihatdan  murakkab  tarixiy-etnografik  viloyatni  tashkil  qiluvchi 
Kavkazda  qadimdan  turli  etnoslar  yashaydilar.  Ularning  madaniy  taraqqiyotida  yaqin  Sharqdagi 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə