Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47

 
92 
 
yetishtiradigan  yirik  qishloq  xwjaligiga  ega  mamlakatlardir.  Hozirgi  Evropa  sanoatining  barcha 
sohalari  yuksak  rivojlangan,  ammo,  eng  yirik  tarmog`i  mashinasozlik  hisoblanadi.  Evropadagi 
davlatlar  hissasiga  jahondagi  mashina  va  uskunalar  ishlab  chiqarishning  uchdan  ikki  qismi  twg`ri 
keladi.  Eng  kwp  eksport  mahsulotlaridan  har  xil  stanoklar,  elektrotexnika  va  twqimachilik 
uskunalari  ilmiy  va  nazorat  wlchov  asboblari,  yengil  va  yuk  avtomobillari,  traktorlar  va  boshqa 
mashinasozlik  tovarlari.  Evropa  kemasozlik  va  maishiy  elektronika  (televizor,  priyonik  va  hk.) 
asboblarni  eksport  qilishda  Yaponiyadan,  samolyotsozlik,  hisoblash  mashinalari,  radio  va 
teleapparaturalar ishlab chiqarishda AQShning  yirik mashinasozlik mahsulotlariga nisbatan  yuqori 
turadi.  Bu  sohada  Vengriya,  Germaniya,  Polsha,  Chexiyaslovakiya  mashinasozlik  mahsulotlari 
jahon bozorida yuksak baholanadi. 
Swnggi  yillarda  G`arbiy  Evropa  ximiya  sanoati  nihoyatda  tez  sur`atlar  bilan  wsa  boshlagan. 
Evropaning  ayrim  mamlakatlari  jahon  bozorida  plastik  materiallar,  sintetika  va  sun`iy  tolalar, 
farmatsevtika, lak va bwyoqlar, azot wg`itlar kabi kimyo mahsulotlarini chiqarishda birinchi wringa 
kwtarilgan.  Ayrim  mamlaktalar  (Shvetsariya,  Belgiya,  Niderlandiya)  tor  sohada  mutaxassislashsa-
da,  (asosan,  farmatsevtika  va  neft  mahsulotlari  ishlab  chiqarishda),  tashqi  bozorga  ishlab 
chiqarayotgan mahsulotlarining uchdan ikki qismini yetkazib beradi. 
Evropaning  an`naviy  sanoat  tarmoqlaridan  metallurgiya,  kemasozlik,  twqimachilik, 
tikuvchilik,  shisha,  chini,  kwnchilik  va  payabzal,  wrmon  va  oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab 
chiqarish 70-yillarda ancha kamayib ketgan. Evropaning g`arbida yengil sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarish  ham  kamayib  sharqiy  mamlakatlarda  ancha  wsgan,  oqibatda  tekstil,  tikuv,  poyabzal  va 
boshqa  yengil  sanoat  mahsulotlarini  keyingi  yillarda  g`arbiy  Evropalik  mamlakatlar  sharqiy 
wlkalardan import qilishga majbur bwlyaptilar. 
Hozirgi  yngil  sanoat  sohalaridan  oziq-ovqat  ishlab  chiqarish  qishloq  xwjaligi  bilan  uzviy 
bog`lanib  agrosanoat  majmuasini  tashkil  etmoqda.  Mazkur  jarayonning  bugungi  ahvoli  va  uning 
taraqqiyoti qishloq xwjaligining wsish darajasi bilan bevosita bog`liqdir. 
Nihoyatda  zich  aholiga  ega  bwlgan  G`arbiy  Evropa  dehqonchilikka  mos  erlardan  ancha 
siqilgan  va  unga  mahtoj  bwlsa-da,  yuqori  mahsulotli  qishloq  xwjaligini  tashkil  qilishga  muyassar 
bwlgan. Evropa qishloq xwjaligi aholining oziq-ovqatga, dastavval inson uchun eng muhim bwlgan 
gwsht,  sabzavot  va  meva  mahsulotlariga  ehtiyojini  qondirish  imkoniyatini  yaratgan.  Bu 
imkoniyatga  qishloq  xwjaligida  ishlab  chiqarishni  industirlashtirish,  ximiyalashtirish  va 
mexanizatsiyalash orqali erishilgan.  
Umuman,  Evropada  qishloq  xwjalik  ishlab  chiqarish  sanoatga  nisbatan  sekinroq  rivojlangan 
bwlsa-da,  urushdan  keyingi  yillar  ichida  uning  hajmi  wrtacha  ikki-uch  hissa  wsgan.  Kwpgina 
Evropa  mamlakatlarida  chorvachilikka  alohida  e`tibor  qaratiladi.  Hatto,  dehqonchilik 
chorvachilikka  bwysindirilib,  yem-xashak  yetishtirish  asosiy  tarmoqqa  aylangan.  Swnggi  yillarda 
yem-xashakka dehqonchilik mahsulotlaridan tashqarii baliqchilik mahsulotlari ham ishlatilmoqda. 
Evropa  dehqonchiligi  mamlakatlar  orasida  ekiladigan  ekinlari  bilan  bir  oz  farq  qiladi,  xolos. 
Misol,  markaziy  qismidagi  mamlakatlarda  asosan,  bwg`doy,  arpa,  suli,  swnggi  asrlardan  boshlab 
kartoshka;  janubiy  hududlarida,  ayniqsa,  Chexiyaslovakiyada,  Ruminiya  va  Bolgariyada 
makkajwxori,  Italiyada  sholi  va  boshqa  don  hamda  poliz  ekinlari  ekiladi,  bwg`dorchilik  va 
uzumchilik  juda  keng  tarqalgan.  Janubiy  Evropada  uzumzorlar,  zaytun  daraxti,  anjirzorlar  kwp 
uchraydi.  Gretsiyada  paxta  va  tamaki  yetishtirish  muhim  xwjalik  sohasi  hisoblanadi.  Shimolda 
qadimiy  davrlardan  uzumchilik,  bodom  va  har  xil  mevalar  kwp  yetishtiriladi.  Zaytun  ekinlari 
Ellinlar tomonidan Pireney  yarim oroliga qadim davrlardan keltirib ekilgan, hozir Ispaniya zaytun 
yog`i  ishlab  chiqarishda  jahonda  birinchi  wrinda  turadi,  uzumzorlar  maydoni  bwyicha  ikkinchi 
wrinda,  uzum  yetishtirish  va  vino  ishlab  chiqarishda  uchinchi  wrinda  (aholi  jon  boshiga 
hisoblaganda vino ishlab chiqarishda Portugaliya birinchi wrinda) turadi. 
Chorvachilik  hamma  xalqlar  orasida  tarqalgan.  Italiya,  Karpat,  Bolqon  va  Alp  tog`li 
hududlarida  qwychilik  muhim  xwjalik  sohasidir.  Skandinaviya  mamlakatlarida,  frantsuzlar, 


 
93 
 
irlandiyaliklar, valiylar va britanlarda qoramol chorvachi rivojlangan va shu asosda sut mahsulotlari 
ishlab  chiqarish  taraqqiy  etgan.  Chorvachilikka  asosan,  gusht  va  sut  olinadi,  turli  yuqori  sifatli 
mahsulotlar  yetishtiriladi.  Kelt  xalqlari  dehqonchilikda  asosan,  yem-xashak  yetishtirish  bwyicha 
ixtisoslashganlar.  Evrpopada  buguchilik  bilan  shug`ullanadigan  yagona  xalq  saamlar  hozirgacha 
yarim  kwchmanchi  holatda  yashaydiyu  Finlarning  an`naviy  xwjaligi  qoramol  boqish,  gwsht,  sut 
mahsulotlarini  ishlab  chiqarishdan  iborat.  Ularda  erkin  dalalarning  uchdan  ikki  qismi  yem-xashak 
ekinlari bilan band. 
Dengiz sohillarida  yashovchi norveglar, islandiyaliklar, gollandlar, shuningdek, Markaziy va 
Shimoliy  dengiz  aholisi-nemislar,  inglizlar,  grek  va  ispanlar  hayotida  baliqchilik  eng  muhim 
xwjalik  sohasi  bwlib,  ularning  asosiy  tirikchilik  manbaidir.  Hunarmandchilikning  badiiy  sohalari 
har  bir  Evropa  xalqida  qadimdan  rivojlanib  kelgan  va  ular  asosan,  shaharlarda  sex  tartibida 
joylashgan.  Qishloqlarda  esa  dehqonchilik  ehtiyojini  qondiradigan  kasblar  rivojlangan.  Bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan ishlab chiqarishining paydo bwlishi Bilan yirik fabrika-zavodlar vujudga 
keldi. 
Hozir an`naviy mayda hunarmanchilikning badiiy sohalari, masalan, kulolchilik, shisha ishlab 
chiqarish, zargarlik, kashtachilik, musiqa asboblari va wyinchoqlar ishlab chiqarish, gilam va palos 
twqish  kabilar  ayrim  mamlakatlarda  saqlangan,  xolos.  Norveglar,  shvedlar,  nemislar, 
shveytsariyaliklar va avstraliyaliklarda yog`och ustunlar, eshik, rom hamda uy-rwzgor bayumlariga 
wyma naqshlar berish ancha rivojlangan. 
Maishiy  turmushning  an`naviy  xususiyatlari  kwproq  uy  va  uy-rwzg`or  buyumlari,  kiyim  va 
taomlarda namoyon bwlmoqda. Eng qadimiy zamonlarda paydo bwlib hazirgacha wsib kelayotgan 
shaharlar Evropaning wziga xos madaniyatini yuzaga keltirgan va butun jahonga tarqatgan. G`arbiy 
Evropada  urbanlashtirish  tufayli  shaharlarda  hozir  butun  aholining  beshdan  uch  qismi  joylashgan. 
Belgiya, Shvetsiya va Germaniya shahar aholisi beshdan twrt qismini tashkil qiladi. Janubiy Evropa 
mamlakatlarida  sanoat  jihatdan  kam  rivojlangan  Portugaliya  va  Gretsiyada  butun  aholining 
taxminan  40  foizi  shaharlarda  joylashgan.  Ayrim  wlkalarda  shahar  tipiga  besh  ming  aholiga  ega 
bwlgan qarorgohlar (Niderlandiya, Avstriya, Belgiya), ayrim joylarda esa (Germaniya, Frantsiya va 
Norvegiyada) ikki mingdan va ba`zilarida hatto  ikki  yuztadan ortiq aholiga  ega bwlgan qishloqlar 
(Daniya,  Shvetsiya,  Finlyandiya)  kiritilgan.  Evropa  qishloqlari  ham  qadimiy  davrlarda  paydo 
bwlgan.  Ular  wzining  joylashishi,  qurilish  tiplari  va  shakli  bilan  bir-birlaridan  farq  qiladilar.  Tor, 
zich,  twp  bwlib  qurilgan  uylardan  iborat  qishlqlar  wtmishda  janubiy  Polshada,  Germaniyada, 
Ispaniyada,  Bolqon  yarim  orolida  va  boshqa  erlarda  paydo  bwlgan.  Chexlarda,  ba`zan  nemis  va 
polyaklarda ham qadimgi chorva aholisining qwra tevaragida joylashganidek markazida maydonli 
doirasimon  qurilgan  qishloqlarni  hali  ham  uchratish  mumkin.  Twg`ri  kwchali  qishloqlar  kam 
bwlgan.  Ayrim  mamlakatlarda  uylari  ywl  bwyila  qurilgan  qishloqlar,  xutor  tipidagi  ayrim  hovlili 
qarorgohlar  ham  uchraydi.  Qoshloq  markazida  qad  kwtargan  cherkov  tevaragida  doirasimon 
shaklda tartibsiz qurilgan uylar ham saqlanib qolgan. 
Qishloqlar hozir ham wzining shakli va tiplari bilan farqlanadilar. Butun Evropada bir hovlili 
yoki  ikki-uch  hovlili  qoshloqlar  kwp  uchraydiyu  Shimoliy  Italyada,  Germaniyaning  shimoli-
g`arbida,  Norvegiyada  va  Angliyaning  shimolida  bir  hovlili  qarorgohlar  kwp  uchraydi.  Markaziy 
Evropa, Frantsiya, Italiya va ichki Ispaniyaning tekisliklarida qamdimiy jamoa hayoti bilan bog`liq 
bwlgan kwp hovlili qishloqlar hozirgacha saqlangan. 
Agar  qishloqlarni  qurilish  ashyolariga  qarab  tasniflasak,  butun  Evropani  taxminan  ikki 
qismga  bwlish  mumkin.  Janubiy  qismida  uylar  asosan,  toshdan,  shimoliy  qismida  yog`ochdan 
qurilgan.  Ammo  Shimoliy  Evropaning  ayrim  mamlakatlari,  masalan,  Angliyada,  qadimdan  tosh 
uylar,  ba`zan  janubida  ham  (ayniqsa,  wrmonlar  kwp  bwlgan  davrda)  Wrta  dengiz  sohillaridagi 
mamlakatlarda, yog`ochdan qurilgan qarorgohlar uchraydi. Masalan, Qadimgi Gretsiyaning klassik 
arxiekturasida ilgari ishlatilgan  yog`och ustunlari wrnini tosh ustunlar egallagan va nihoyatda ajib 
san`at  namunasiga  aylangan.  Tosh  qurilishining  namunalari  hozirgacha  Wrta  dengiz  sohillaridagi 
mamlakatlarning ba`zilarida va Frantsiyaning g`arbiy qismida uchraydi. 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə