Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47

 
90 
 
angloqsaklar,  yuta  va  frizlar,  keyinchalik  qwshilgan  daniyaliklar,  norveglar  va  ayniqsa, 
frantsuzlashgan normanlar muhim wrinni egallaydi. 
Frantsuz xalqining shakllanishida ham kelt tilida gapiradigan  gallar asosiy ro wynagan. Ular 
eramizdan  avvalgi  I  asrlarda  rimliklar  tomonidan  bosib  olingan  va  romanlashtirilgan.  Keyin 
vestgot,  burgund  va  frank  kabi  German  qabilalari  frantsuz  xalqining  tarkibiy  qismi  bwlib  roman 
elatlari bilan aralashib ketgan, frank qabilalaridan esa frantsuz xalqining nomi kelib chiqan. 
Italyan  xalqiga  dastavval  eramizdan  avvalgi  I  ming  yillikda  Appenin  yarim  oroliga  kelib 
joylashgan  Italiya  qa`ilalari,  ayniqsa,  latinlar  asos  solgan.  Rim  imperiyasi  yemirilgandan  keyin  V 
asrlardan  boshlab  bir  necha  yuz  yillar  davomida  varvar  qabilalari  bosib  keladilar.  Milodning 
ikkinchi ming yilligiga kelib, hozirgi italyan xalqi shakllana boshlaydi. 
Pireney  yarim orolida eng qadimgi aholi va basklar  yashagan. Ular bilan miloddan avvalgi  I 
ming  yillikda  kelgan  keltlar,  keyinchalik  Rim  imperiyasi  bosib  olgandan  swng  lotin6  tilida 
gapiradigan  elatlar  aralashishi  natijasida  hozirgi  ispan  va  portugal  xalqlari  paydo  bwladi.  Ammo 
hozir  ham  pireneyda  qisman  Frantsiyada  yashovchi  qadimiy  basklarning  avlodlari  wz  tillarini 
saqlab  qolganlar.  Ular  wziga  xos  ona  tilidan  tashqarii  qaysi  mamlakatda  yashasa,  masalan, 
Ispaniyadagilar ispan tilini, Frantsiyadagi basklar frantsuz tilini ham twliq egallaganlar. 
Antoropologik  klassifikatsiyasi:  Yuqorida  ta`kidlaganidek,  G`arbiy  Evropaning  etnik 
qiyofasidagi milliy tuzilish murakkab va kwp asrlik jarayon mahsulidir. Hozirgi davrda bu erda 60 
ga  yaqin  etnoslar  yashaydi.  Shulardan  38  tasi,  ya`ni  67,5  foizi  bir  milliondan  ziyod  aholiga  ega. 
Evropa  xalqlari  boshqa  qit`a  xalqlariga  qaraganda  milliy  jihatdan  oldinroq  shakllana  boshlagan. 
XIX asrning wrtalariga kelib kwpchilik xalqlar millat sifatida asosan, wz milliy davlati chegarasida 
shakllangan.  Ayrim  xalqlar  (masalan,  italyanlar  va  nemislar)  XIX  asrning  70-yillarga  kelib, 
ba`zilari  (Janubi-Sharqiy  Evropadagi  Gabsburg  va  Usmon  imperiyalari  tomonidan  asoratga 
solingan elatlar) birinchi jahon urushi tugagach milliy shakllanish jarayonini boshidan kechirgan. 
Hozirgi  Evropa  aholisining  yarmiga  yaqini  (Daniya,  Vengriya,  Italiya,  Polsha,  Germaniya, 
Portugaliya,  Islandiya,  Gretsiya,  Irlandiya  va  hk.)  bir  millatlik,  ya`ni  95  foizdan  ortig`i  asosiy  tub 
millat vakillari yashaydigan mamlakatlardir. Ayrim davlatlarda mayda millatlarning yirik guruhlari 
joylashgan (Frantsiya, Bolgariya, Finlyandiya va Ruminiya), ba`zilari esa kwp millatli mamlakatlar 
qatoriga  kiradi.  XX  asr  swngida  anna  shunday  mamlakatlardan  biri  Yugoslaviya  asosiy,  ijtimoiy, 
iqtisodiy  va  etnik  sabablarga  kwra  parchalanib  ketdi.  Uning  merosxwri  sifatidda  besh  mustaqil 
davlat Serbiya va Chernogoriya, Xorvatiya, Makedoniya, Bosniya va Gersogovina, Sloveniya jahon 
xaritasida  paydo  bwldi.  Bugungi  kunda  kwp  millatli  mamlakat  hisoblanadigan  Buyuk  Britaniyada 
inglizlar,  shotlandlar,  irlandlar,  uelsliklar,  gallar;  Ispaniyada  ispanlar,  kattalonliklar  nalisiylar, 
basklar yashashadi. 
G`arbiy Evropaning turli qismlarida, ayniqsa, chegaradosh hududlarda, aralash etnik guruqlar, 
kwp millatli viloyatlar ham uchraydi. Ammo kwp mamlakatlarning milliy lingvistik tuzilishi ancha 
yaxlit. Yarim milliardlik mintaqa aholisining asosiy qismi (95 foiz) hind-evropa tillarining vakillari 
bwlib, ular twrtta til oilalariga-german, roman, slavyan va kelt tillariga mansubdirlar.  Bu tillardan 
eng kattasi 17 xalqdan iborat German guruhi bwlib, unda 178 mln.ga yaqin kishi gapiradi va u bir 
necha yirik shevalarga bwlinadi. Nisbatan ancha yaxlit hisoblangan roman til guruhiga kiradigan 15 
ta  xalq  (177  mln.kishi)  zich  joylashgan.  Slavyan  tillarida  (g`arbiy  va  janubiy  slavyanlar) 
gapiradigan  11  ta  elatning  soni  taxminan  79  mln.  kishi. Juda  kam  aholiga  ega  bwlgan  keltlar  (7,4 
mln. dan ortiq) Evropa xalqlarining eng qadimiy avlodlari hisoblanadi. 
Hind-evropa til oilasiga kiradigan qadimgi Frakiya (illiriya) – liklarning avlodlari hisoblangan 
albanlar (4,9 mln. kishi) va qadimgi davrdagi yunonlar bilan wrta asrlarda shimodan kwchib kelgan 
slavyanlar va albanlar bilan aralashib ketgan hozirgi  greklar (10 mln. dan  ortiq) mustaqil guruhga 
ajralib tilida va turmush tarzida wziga xos xususiyatlarni saqlab qolganlar. Butun Evropaga mayda 
guruhlarga  bwlinib  tarqalgan  lwlilar  (asli  ular  X-XII  asrlarda  Hindistondan  kelib,  XIV-XV  asrlar 
davomida  turli  mamlakatlarga  joylashgan)  ham  hind-evropa  tillarining  vakillaridir.  Daydichilik 


 
91 
 
turmush  tarziga  wrgangan  lwlilarning  kwpchiligi  hozir  Bolgariya,  Ruminiya,  Vengriya  va  qisman 
Chexiya va Slovakiyada yashaydi. 
Evropa  mamlakatlarida  yashovchi  yahudiylar  asosan,  wsha  mamlakatning  tilida  gapiradilar, 
ammo  diniy  ibodatda  qadimiy  yahudiylar  tili  (ivrit)dan  foydalanadilar.  Boshqa  til  oilalarining 
vakillaridan  ural  tili  oilasiga  mansub  (taxminan  18  mln.)  uchta  xalq:  finlar,  vengerlar  hamda 
kwchmanchi lopar (saam)lar, turkiy til guruhiga tegishli Bolqon yarim orolidagi usmon turklari va 
gagauzlar  wz  tillarida  gapiradilar.  Malta  va  Sitsiliya  janubidagi  Choko  orollarida  yashovchi  aholi 
semit  til  oilasiga  mansub  Tunis  shevasiga  yaqin  arab  tili  vakillaridir.  Ammo  ularning  tillarida 
italyan va ingliz swzlari kwp uchraydi. 
Evropala  qadimiy  davrlardan  mahalliy  tabiiy  sharoitga  moslashgan  evropoid  irqining  har  xil 
tiplari  joylashgan.  Aslida  bu  erda  ikkita  irqiy  tip  farqlanadi:  oqtanli,  malla  rang  sochli,  kwk  kwz 
(blondin)  belgilari  bilan  ajralib  turgan  shimoliy  evropoid  va  qora  sochli,  qora  kwzli  (brunet) 
tipidagi  janubi  evropoid  irqlari.  Mazkur  tiplarning  wrta  tipii  (shaten)  ikkalasining  belgilarini 
saqlagan.  Keyinchalik  Evropaga  mwg`ullarning  kirib  kelishi  ayrim  etnoslarda  qisman  wz  ta`sirini 
qoldirgan. Bunga Skandinaviyada yashovchi mongoloid belgilariga ega bwlgan loparlar misol bwla 
oladi.  Keyingi  yillarda  Evropa  mamlakatlarida,  ayniqsa,  Frantsiya  va  Germaniya  Federativ 
respublikasida,  kwplab  negroidlar  paydo  bwlgan.  Ularning  ancha  qismi  mahalliy  xalqlar  bilan 
aralashib mulatlar guruhini yaratgan. 
Xwjalik  hayoti  va  moddiy  madaniyati.  Nihoyatda  murakkab  etnik  jarayon  Evropa 
aholisining xwjaligida va moddiy madaniyatida ham wz aksini topgan. Bu erda yashovchi turli xalq 
va  elatlar  wziga  xos  umumiy  xususiyatlar  bilan  bir  qatorda  umumiy  Evropa  madaniyatini 
yaratganlar.  Evropa  xalqlarining  xwjalik  shakllari  deyarli  bir  xil.  Chunki,  butun  Evropa  asosan, 
mwtadil  iqlimli  sonada  joylashgan.  Eng  qadimiy  davrlardan  neolit  va  bronza  zamonida  paydo 
bwlgan  dehqonchilik  xwjaligi  barcha  xalq  va  elatlarning  iqtisodiyoti  hamda  turmushini  belgilab 
bergan va kwp asrlardan beri xwjalik hayotining negizini hosil qilgan. 
Qadimgi  davrlardagi  Evropa  nihoyatda  yuksak  xwjalik  madaniyatini  yaratgan  edi.  Ammo 
madaniyat darajasi quyi elatlar istilosidan keyin Rim imperiyasi yumirilib xwjalik hayoti butunlay 
tushkunlikka  uchraydi.  Albatta,  ajoyib  an`analar  zamini  kuchli  bwlganligi  tufayli  qisqa  muddat 
ichida  wrta  asrlar  iqtisodiyotida  qaytadan  tiklanish  namoyon  bwladi.  Masalan,  Italiya  va  Janubiy 
Frantsiya vinochiligi, Angliyaning qwrg`ohin konlari, Venetsiyaning shisha ishlab chiqarish sanoati 
qadimiy  Rim  va  Vizantiya  an`analarini  wrta  asrlarda  ham  davom  qildirgan.  Lekin  ilk  wrta 
asrlardagi  umumiy  iqtisodiy  tushkunlik  XIV-XVI  asrlarga  kelib  muayyan  tarixiy  sabablarga  kwra 
butun  Evropada  sotsial  iqtisodiy  taraqqiyotni  juda  tezlashtirib  xwjalik  jihatdan  butun  jahondagi 
mamlakatlarga  nisbatan  oldinga  wtib  olish  imkoniyatini  yaratib  bergan  edi.  Shubhasiz,  uning 
iqtisodiyoti,  yuqorida  qayd  qilinganidek,  peshqadam  bwlishiga  qit`aning  qulay  geografik 
joylanishi,  keng  dengiz  sohillari  va  juda  kwp  qulay  vositasini  bajaruvchi  daryolar,  nisbatan  boy 
tabiiy sharoitning mavjudligi muhim rol wynagan. Oqibatda buyuk geografik kashfiyotlardan keyin 
Evropa  mamlakatlari  swnggi  turt  asr  davomida  butun  dunyodagi  xwjalikka  bosh  bwlib,  jahon 
kapitali  bozorining  rahbari  bwlib  tanilgan.  Faqat  cheksiz  musibat,  qirg`in  va  xarobalik  keltirgan 
ikkinchi  jahon  urushi  tufayli,  jahon    bozori  xwjaligining  peshqadami  vazifasi  AQSh  bilan 
Yaponiyaga wtdi. 
Urushdan  keyin  Evropada  bir  necha  mustail  mamlakatlarning  paydo  bwlishi  uning  xwjalik 
taraqqiyotiga  muayyan  ta`sir  kwrsatdi.  Hozirgi  davrda  Evropaning  xwjalik  hayoti  avvalo  uning 
industriyasi  bilan  belgilanadi.  Jahondagi  22  ta  eng  yirik  industrial  davlatlarning  12  tasi  Ushbu 
mintaqada  joylashgan:  Belgiya,  Buyuk  Britaniya,  Ispaniya,  Italiya,  Frantsiya,  Niderlandiya, 
Shveytsariya,  Shvetsiya,  Chexiya,  Slovakiya,  Ruminiya.  Ammo  ayrim  davlatlarda  boshqa  sohalar 
rivojlangan.  Masalan,  Avstriya,  Shveytsariyada  sanoatga  nisbatan  xizmat  kwrsatish  sohasi  milliy 
daromadning asosini tashkil qiladi.  
Skandinaviya  xwjaligining  hukmron  sohasi  baliqchilik  hisoblanadi  yoki  Daniya, 
Niderlandiya, Frantsiya va Vengriya rivojlangan sanoatga ega bwlsa-da, eksport mahsulot mahsulot 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə