Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47

 
108 
 
5-Ilova (5.2) 
3-
 
o’quv topshiriq. Deshqonchilik xıjaligi
 
 haqida aytib bering? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6-Ilova 
 
 
 
 
 
        Usul: mini-ma’ruza, talabalarning shaxsiy ishi 
Maqsad:  talabalarda  amerika  xalqining  etnogenezi  va  etnik  tarixi
 
haqida,  tarqanma 
materiallar bilan ishlash.. 
Stsenariy: ma’ruza maboynida talabalarga Afrikaa xalqining etnogenezi va etnik tarixi, 
ma`naviy  va  moddiy  madaniyati,  milliy  urf-odatlari  va  dasturlari,  tarix  o`zligimizni 
anglashning  asosi  ekanligini  tushindirish.  Bundan  keyin  talabalarga  etarli  ma`lumot 
berilgandan so`ng quydagi topshiriq beriladi.  
Topshiriq: Afrika xalqining etnogenezi va etnik tarixi bilan internet malumotlari bilan 
tanishish.  
Topshiriq muddati: kelgusi ma’ruza vaqtida  
Baholash:     ball  
REJA: 
1.  Afrika  mintaqasi  axolisi  etnogenezi  va  etnik  tarixi.  Mintaqa  xalqlarini  shakllanish 
jarayoni.  
2.  Antik  davrda  Afrika  va  Osiyoning  etnografik  xaritasi.  Wrta  asrlarda  va  yangi  xamda 
eng yangi davrda etnik jarayonlar.  
3. Maxalliy axolining milliy-etnik moddiy va ma`naviy madaniyati   
4. Afro-osiyo  axolisining demografik axvoli. Antropologik va tiliga oid tasnifi. 
         5.  Xwjaligi  va  moddiy  madaniyati.  Chorvachilik  va  dexkonchilik.  Baliqchilik  va 
bogdorchilik.  
          6.  An`anaviy  turar-joylar  va  milliy  taomlardagi  wziga  xoslik.  Jamoaviy  va  oilaviy 
turmush-tarzi va bayramlari.  
 
Mustaqil o’rganish uchun mavzular: 
Afrika xalqlarining etnologiasi 
Javobi: 
Afrikaning 
asosiy 
asholisi 
deshqonchilik 
bilan 
shug`ullanadi.  Afrika  kıpgina  qishloq  xıjalik  ekinlari  vatani 
bılsada Osiyodan banan, taro, anor, shakarqamish, piyoz ıtgan. 
XVII asrda portugaliyaliklar manioka, batat, ananas, makkani, 
XVII  asrdan  araxis,  avokado,  qovun  daraxti,  keyinchalik 
kakao, tamaki, tomat, Shindistondan mango keltirilgan. 
 
Motiga deshqonchiligi. Xausalarda, savannaning qurg`oqchil 
erlarida, G`arbiy Afrikada keng tarqalgan 
 


 
109 
 
Afrikani-  ba`zan  ilmiy  va  siyosiy  adabiyotlarda  «Qora  qit`a»  deb  ataydilar.  Aslida  turli  irq 
elatlar  joylashgan  bu  qit`a  wzining  tabiati  va  iqlimi  bilan  hai  xilma-xil,  wsimlik  va  hayvonot 
dunyosi  bilan  ham  rang-barangdir.  Afrika  er  kurrasidagi  qit`alardan  kattaligi  jihatdan  Osiyodan 
keyin ikkinchi wrinda turadi. Uning hududi 30,3 mln.km
2
 bwlib Evropadan uch hissa katta. 
Afrikaning  aholisi  1983-yilgi  ma`lumotlarga  qaraganda  518  mln.  kishidan  ortiq  (1955-yil 
220  mln.).  Bu  erda  eng  katta  kwp  millionli  millatlar  (misrliklar,  jazoirliklar,  marokashlar,  amxara 
va hk.), katta xalq va elatlar (xausa, fulbe kabilar) bilan birga mayda terimchilik va ovchilik bilan 
kun kechiruvchi daydi ibtidoiy qabilalar ham yashaydi. Hozirgi Afrikada taxminan 300-500 ta xalq 
va  elatlar  mavjud.  Shulardan  111  tasi  bir  mln.  kishidan  ortiq  aholiga  ega  bwlib  butun  qit`a 
aholisining 87,1 foizini tashkil qiladi, 11 tasi 1- mln.dan ortiq aholiga ega. 
Afrika  qit`asini  twrt  tomondan  Tinch  va  atlantik  okeanlari  hamda  Wrta  er  dengizi  suvlari 
turadi. Uni Evropadan Gibraltar bwg`ozi (eni 14 km.), Osiyodan Suets kanali ajratib turadi. Qit`ani 
ekvator  teng  wrtasidan  kesib  wtib  uning  janubiy  va  eng  shimoliy  qismlari  subtropik  iqlimli, 
serunum,  kishi  yashashga  qulay  joylardir.  Asli  Afrikaning  rel`efi  katta  yassi  tog`  shaklida  bwlib, 
chekkalarida  baland  tog`lar  mavjud.  Uning  shimolida  Atlas,  sharqida  Abissin  va  Sharqiy  Afrika 
tog`i  tizmalari  joylashgan.  Qit`aning  30%  hududi  balan  tog`lar  va  onda-sonda  uchraydigan  wziga 
xos  buta  wsimliklaridan  iborat  savanna,  qolgan  qismi  changalzorlar,  tropik  wrmonlar  va  bepoyon 
sahrolar  egallaydi.  Afrikaning  eng  katta  daryosi  Nil,  Niger,  Kongo,  Zambezi  sohillariga  yaqin 
joylashgan  baland  tog`  tizmalaridan  boshlanib  qit`aning  ichki  qismiga  katta-kichik  irmoqlarini 
yoygan  Kwllar  asosan,  sharqiy  qismida  joylashgan  bwlib,  eng  yiriklari  Viktoriya,  Tanganika, 
Nyasa,  Mveru  va  markazdagi  Chad  kwlidir.  Boshqa  kwllar  yozg  borib  jizirama  issiqda  qurib 
qoladi. Kabir sahrolar shimolida Saxara, janubda Kalaxari va Namibdir. 
Afrikaning  wsimlik  dunyosi-  juda  boy.  Kongo  sohasida  va  Gvineya  bwg`ozi  sohillarida 
tropik wrmonlar wsmoqda. Savanna dashtlarini ham tropik wrmonlar shimoliy va janubiy, sharqiy 
tomondan  wrab  olgan.  Tropik  iqlimli  joylarda  Janubiy  Amerikadan  keltirilgan  kakao,  sharqiy 
sohillarda kokos palmasi, shimolda qimmatbaho probka daraxti, Nil mohasida paxta ekiladi. Afrika 
asli  banan,  emishli  yams  ildizi,  eryog`og`i  (araxis)  va  er  lobiyasi,  xurmo  va  yag`  palmasi,  habash 
noni  (teffa),  kofe  va  kauchuk  daraxti  (landolfiya)  vatanidir.  Chorvachilikka  qulay  xashakka  boy 
savanna  bwlda-sa,  chorvaning  ashaddiy  dushmani  sese  chivini  tufayli  bu  soha  sust  rivojlangan. 
Ammo hayvonot dunyosi boy, turli katta-kichik qushlar, fil, karkidon, ohu, gippopatam va boshqa 
tuyoqli  hayvonlar,  ywlbars,  arslon  kabi  katta  yirtqichlar,  har  xil  maymunlar,  turli  kemiruvchi  va 
sudraluvchilar  kwp  uchraydi.  Qazilma  boyliklardan  Afrikada  olmos,  oltin,  platina,  uran,  temir 
rudasi,  mis,  alyumin,  kobalt,  fosforit,  neft,  kwmir  mavjudligi  qit`ani  boy  xomashyo  xazinasiga 
aylantirgan. 
Afrika  qit`asining  tabiati-  rang-barang  singari  aholining  etnik  qiyofasi,  joylashuvi  va 
zichligi  ham  turlichadir.  Swnggi  ma`lumotlarga  qaraganda,  bu  erdagi  500  milliondan  ortiq 
aholining etnik joylashuvi quyidagicha: g`arbda 137 mln., sharqda 130 mln., markaziy qismida 52 
mln.,  janubda  32  mln.  kishi  yashaydi.  Ni  vodiysida  bir  kv.km.  hududga  700  kishi  twg`ri  kelsa, 
qit`aning umuman boshqa qismiga wrtacha 2-10  kishi, Saxara qismiga esa 0,3 kishi twg`ri keladi. 
Umuman er kurrasidagi aholi zichligi Afrika qit`asida ikki hissa kam bwlib, wrtacha har km
2
 ga 13-
14 kishi twg`ri keladi. 
Afrika  aholisi  Antropologik  jihatdan-  uchta  yirik  irq,  wrta  va  aralash  tiplardan  iborat. 
Qit`aning shimodida Saxaraning janubigacha evropoid irqiga oid qora kwz, twlqinsimon qora soch, 
bug`doy  mayiz  tanli,  uzunchoq  yuzli  bir  oz  burgutsimon  qirra  burunli  arablar,  barbarlar  yashaydi. 
Efiopiya va Somali yarim orolida wrta irq hisoblangan terisi biroz qoramtirroq, yuzi kichikroq, labi 
qalinroq,  wrta  yoki  novcha  bwyli  amxara,  galla,  tigre  va  boshqa  xalqlar  joylashgan.  Afrikaning 
asosiy  aholisi  hisoblangan  kwpsonli  asl  negroidlar  Saxaradan  janubda  G`arbiy  va  Markaziy 
Sudanda,  Nilning  yuqori  qismida,  Kongo  vohasida,  Sharqiy  tropik  Afrikada  va  qit`aning  janubida 
katta  hududga  tarqalgan.  Ular  qop-qora  tani,  qora  kwzi  va  spiral  (burama)  sochlari,  iyagi  biroz 
oldinga  chwzilgan  (pragmatizm),  qalin  labi,  keng  va  puchuq  burunli,  kwsa  soqol  va  kamtuyli 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə