Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47

 
100 
 
buyuk  madaniyat  markazlarining  joylanishi,  bu  erda  qadimiy  davrlardan  turli  elatlarning  kwchib 
yurishi,  qisman  turib  qolishi  hamda  Kavkazning  Evropa  va  Osiyo  oralig`ida  darvoza  vazifasini 
bajarishi  muhim  rol  wynagan.  Hozir  nisbatan  kichik  hududda  katta-kichik  turli  tillarda 
swzlashuvchi 50 dan ortiq xalqlar istiqomat qiladilar. Faqat Dog`iston Avtonom Respublikasida 30 
ga yoqin xalq va elatlar yashaydi. 
Kavkaz xalqlari lingvistik jihatdan asosan, u chtil turkumiga-kavkaz yoki iberokavkaz, hin-
evropa  (eroniy) va oltoy (turkiy) tillariga mansub. Shulardan  eng  yirigi  Kavkaz til turkumi bwlib, 
unga  gruzinlar,  adigeylar,  cherkezlar,  chechenlar,  kabardinlar,  ingushlar,  dog`istonlik  ozarlar, 
darg`inlar,  lezginlar,  laklar,  tabasarin  va  boshqa  elatlar  kiradi.  Turkiy  tillarda  ozarbayjonlar, 
nwg`aylar, qumiklar, bolqar va qorachoyevlar swzlashadilar. Armanlar esa hind-evropa til oilasiga 
mansub  wziga  xos  mustaqil  tilga  ega.  Kavkazda  oz  sonli  greklar,  ossuriyalar  va  boshqa  mayda 
millatlar ham yashashadi. 
Antropologik  jihatdan  kavkazlilar  asosan,  katt  evropoid  irqiga  kiradi.  Faqat  nwg`aylar 
mongoloid  belgilariga  ega.  Hozirgi  antropologik  tiplar  eng  qadimgi  davrlar  bronza  va  ilk  temir 
davrlarida  shakllanib  bwlgan.  Wsha  vaqtdayoq  Kavkazda  metalldan  ajoyib  buyumlar  yasagan 
wtroq aholi yashagan. Ular nafis san`atga ega bwlgan, yozuvni bilgan, yuksak madaniyat yaratgan. 
Qadimgi  Kavkaz  tillarida  gapirgan  aholi  hozirgi  Kavkaz  xalqlarining  dastlabki  ajdodlari  ekanligi 
arxeologik, etnografik va tarixiy manbalar asosida tasdiqlangan. 
Qadimgi  qabilalar  negizida  ma`lumotlarga  binoan,  3,8  mln.ga  yaqin  gruzin  xalqi  (wz  nomi 
kartveli)  shakllangan.  Asl  gruzinlar  uchta  yirik  qarindosh  etnik  guruhlar-kart,  megrel-chvan  va 
svanlar  asosida  shakllangan  xalqdir.  Ularning  eng  dastlabki  etnik  tuzilishida  qadimgi  Urartu 
davlatida yashagan xalqlar muhim rol wynagan. Miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida bu 
erda  yirik  qabilaviy  birikmalar  paydo  bwlgan.  VI  asrda  G`arbiy  Gruziyada  Kolxida  davlati,  III 
asrga  kelib  sharqiy  qismida  Iberiya  davlati  tashkil  topgan.  Milodning  IV-VI  asrlariga  kelib  bir 
necha  mayda  feodal  davlatchalar  paydo  bwlgan.  Faqat  XI  asrdagina  ular  markazlashgan  davlat 
barpo etilgan va gruzin xalqi shakllana boshlagan.  
Kavkaz  xalqlari  etnogenezida  Ozarbayjon  (ozariy)larning  kelib  chiqish  sabablari  ancha 
murakkab. Wtgan asrning 80-yillarida (asosan, wz respublikasida, qwshni Gruziya, Armaniston va 
Dog`istonda)  6,3  mln.ga  yaqin  ozarbayjon  yashagan  bwlsa,  Shimoliy  Egorda  5,6  mln.  ozarbayjon 
borligi  qayod  etilgan.  Miloddan  avvalgi  ikkinchi  ming  yilliklarda  hozirgi  Ozarbayjonning  janubiy 
hududlari qadimgi eroniy tillarda gapiradigan aholiga ega Midiya davlatiga kirgan. Shimoliy qismi 
esa  qadimgi  kavkaz  tillarida  gapiruvchi  turli  qabilalardan  iborat  Albaniya  davlati  qaramog`ida 
bwlgan.  Wsha  davlatlarda  mazkur  hududlarga  bosib  kirgan  eroniy  va  turkiy  tillarda  gaplashuvchi 
kiimeriylar,  skiflar,  gunnlar,  bulg`orlar,  xazarlar,  wg`wzlar,  pachanaklar  mahalliy  qabilalar  bilan 
aralashib  ketganlar.  Midiya  inqirozga  uchragandan  keyin  uning  xarobalarida  Atropaten  davlati 
paydo bwladi.  
Dog`iston  ham  qadimiy  kavkaz  tilida  gapiradigan  tub  aholiga  ega,  etnik  jihatdan  eng  kwp 
millatli  hududga  kiradi.  Bu  erda  yaqin  davlartlargacha  30  ga  yaqin  turli  xalqlar  yashagan.  Usha 
katta  bwlmagan  hududda  bunday  kwp  sonli  elatlarning  paydo  bwlishining  asosiy  sababi 
Dog`istonning  geografik jihatdan ajralgan holda  baland tog`lar orasida joylashganligidir. Shu bois 
wziga xos turmush tarzi, tili va madaniyati saqlangan. 
Kavkazda  eng  qadimiy  davrdan  boshlab  yuksak  madaniyat  paydo  bwlgan.  Bu  erda 
dehqonchilik  miloddan  avvalgi  III  ming  yillikda  boshlanib,  sun`iy  sug`orishga  II  ming  yillikda 
wtilgan.  Dastlab  u  Kavkazortida,  keyin  Shimoliy  Kavkazda  tarqalgan,  suli,  bug`doy,  arpa, 
keyinchalik sholi va makka ekilgan. Ekinlar hududlarga qarab  farq qilgan. Masalan, abxaz-adigay 
xalqlari suli, Shimoliy Kavkaz va Sharqiy Gruziyada bug`doy, Janubiy Ozarbayjonda sholi kwproq 
ekilgan.  Bwg`doychilik  va  uzumchilik  ham  qadimiy  davrlarda  paydo  bwlgan.  Dehqonchilik  bilan 
bir  qatorda  chorvachilik  rivojlanib  borgan.  Chorvachilik  ayniqsa  baland  tog`  yaylovlarini 
egallagandan  keyin  juda  keng  tarqalgan.  Dehqonchilik  texnikasi  ancha  sodda,  asosan,  temir  tishli 
yog`och omoch, mola va wroqdan iborat bwlgan. Ba`zi tog`liklar sun`iy ravishda savat bilan tuproq 
tashib  ekin  ekkanlar.  Gruziya  va  Ozarbayjonda  pillachilik  va  asalarichilik  ham  azaldan  muhim 
xwjalik sohasi hisoblangan. 


 
101 
 
Odatda Kavkaz xalqlarining madaniyati uchta wziga xos hududga bwlib ta`riflanadi. Masalan, 
Shimoliy  Kavkaz  xalqlari  (adigeylar,  osetinlar,  bolqarlar  va  qorachayliklar)  umumiy  madaniy 
birligi bilan bir oz ajralib turadi. Dog`iston xalqlari, chechen-ingushiya wziga xos madaniy hududni 
tashkil qiladi. Kavkazortida Ozarbayjon, Armaniston, Sharqiy va G`arbiy Gruziya maxsus madaniy 
hududlar sifatida ajratilgan. 
Wtgan  asrda  shahar  va  qishloqlar  butunlay  boshqa  qiyofaga  ega  bwlgan.  Endi  ilgarigi  turli-
tuman  uylar  wrniga  tosh  va  g`ishtdan  tiklangan  hashamatli  binolar,  obodonlashgan  qishloqlar 
paydo bwldi. Umumiy Kavkaz xalqlaridagi qurilish usuli bir necha xonali, oldi oyvonli ikki qavatli 
chiroyli  bezatilgan  uylar  tiklashdan  iborat.  Elektrlashtirilgan,  vodoprovod  wtkazilgan  zamonaviy 
qishloqlarni  jamoat  inshootlari,  klub  va  magazin,  dorixona  va  shifoxona,  maktab  va  oshxonalar 
bezab turibdi. Faqat G`arbiy Gruziya va Abaxaziyada an`naviy ustunga wrnatilgan uylar saqlangan. 
Hamma erda meva va manzarali daraxtlar, chiroyli gullar wtkazilgan. 
Kavkazorti  xalqlarining  kiyimlari  Shimoliy  Kavkaz  xalqlarinikidan  farq  qilgan.  Ularda, 
ayniqsa,  arman  va  ozarbayjonlarda  Old  Osiyo  xalqlarining  kiyimlariga  wxshash  belgilari  ancha 
kuchli.  Bu  erda  ham  cherkeska  milliy  kiyimga  aylangan.  Hozir  adigey  kiyim  (cherkeska)  va 
ayollarning milliy kiyimlari asosan, havaskor twgaragida saqlangan. 
Kavkazda asosan, ikki din – nasroniylik va islom hukmronlik qilgan. Nasroniy dini bu erga 
milodning  birinchi  asrlarida  Vizantiyadan  tarqala  boshlagan.  Uni  dastlab  armanlar  va  gruzinlar 
qabul  qilganlar.  Islom  dini  esa  VIII  asrlardan  arab  istilosi  davridan  boshlab  kirib  keladi  va 
saljuqiylarning  bosib  kirishi  bilan  mustahkamlanadi.  U  Ozarbayjon,  Dog`iston  va  Abxaz  xalqlari 
orasida  keng  tarqalgan.  Ozarbayjonlar  asosan,  shia  mazhabiga,  qolganlari  esa  sunna  mazhabiga 
wtganlar.  Ammo  kavkazliklarning  hayotida  ibtidoiy  diniy  e`tiqodlar  –  wtga  va  temirga,  tabiat 
kuchlariga va wsimlik dunyosiga sig`inih kuchli bwlgan. 
Kavkaz  xalqlarining  fol`klori  ham  rang-barang  va  juda  boy.  Asrlar  davomida  ijod  qilib 
kelingan  epik  rivoyatlar,  qahramonlik  doston  va  ertaklari,  masallari  uzoq  tarixiy  voqealarni, 
maishiy turmush madaniyatining turli tomonlarini har xil sujet va janrlar orqali jonli tasvirlaydiyu 
Gruzinlarning  Amirani  haqqidagi  qahramonlik  eposi  shahzoda  Abesalom  va  chwpon  qiz  Eteri 
orasidagi  tragedik  muhabbat  dostoni,  armanlarning  «Sosun  bahodirlari»  yoki  «David  Sosunskiy» 
nomli  ozodlik  uchun  kurashni  kuylovchi  eposi  sevimli  fol`klor  asarlaridir.  Xal  orzularini 
ifodalovchi ashula va raqslar kishini mavtun qiladi. 
 
 
 
 
 
 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə