Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47

 
75 
 
5-Ilova (2.2) 
2-
 
o’quv topshiriq. Pampa indeetslar
 
 haqida aytib bering? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
        Usul: mini-ma’ruza, talabalarning shaxsiy ishi 
Maqsad:  talabalarda  amerika  xalqining  etnogenezi  va  etnik  tarixi
 
haqida,  tarqanma 
materiallar bilan ishlash.. 
Stsenariy:  ma’ruza  maboynida  talabalarga  Amerika  xalqining  etnogenezi  va  etnik 
tarixi,  ma`naviy  va  moddiy  madaniyati,  milliy  urf-odatlari  va  dasturlari,  tarix  o`zligimizni 
anglashning  asosi  ekanligini  tushindirish.  Bundan  keyin  talabalarga  etarli  ma`lumot 
berilgandan so`ng quydagi topshiriq beriladi.  
Topshiriq:  Amerika  xalqining  etnogenezi  va  etnik  tarixi  bilan  internet  malumotlari 
bilan tanishish.  
Topshiriq muddati: kelgusi ma’ruza vaqtida  
Baholash:     ball  
6-Ilova  
O’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar 
1. Eskimoslarga aytilgan  «eskimante» iborasining manosin nimani bildiradi?  
2. Tlinkitlar va xaydalarda 2 ta  qanday fratriyalari bılgan? 
  3. Irmon ovchi qabilalari xaqida maluiot bering?  
4. Pueblo manosini aniqlang? 
5. Kanada mustaqil davlat sifatida qachon tashkil topgan? 
 
REJA: 
1. Amerikaliklarning kelib chiqishi.  
2. Antropologik va lingvistik klassifikatsiyasi.  
3.  Ilk  davlatchilik  shakllanishining  jarayoni.  Ma`naviy  madaniyat.  Qadimgi  diniy 
tushunchalar. 
4. Xalqlarning etnogenezi. 
5. Hozirgi Amerikaning etnik kiyofasi 
Mustaqil o’rganish uchun mavzu: 
А
merika xalqining etnogenezi va etnik tarixi 
Javobi: 
Patagoniyaliklar.  Ular  mustamlakachilik  arafasida 
ovchilik  bilan  shuғullanganlar.  XVIII  asr  ırtalarida  ular 
otda  ov  qila  boshlaganlar.  Bola  quroli  3-4  ta  boғlangan 
toshlar  sham  ısha  paytda
 
ixtiro  qilingan.  Uylari  panalar 
bılib terilar bilan ёpilgan.  
 


 
76 
 
Amerika  qit`asi-  wzining  hududi  bilan  faqat  Osiyodan  bir  oz  kichikroq.  Uning  maydoni 
Grendandiya bilan 44,5 mln. km ni tashkil etadi. Atlantik va Tinch okeanlari oralig`ida joylashgan 
shimoldan janubga 15,5 ming km uzunlikka chwzilgan bu qit`a aslida ikkita mustaqil quruqlikdan 
iborat. Uning 24,3 mln. km. km (Grenlandiyasiz)ga ega bwlgan shimoliy qismi trapetsiya shaklida, 
janubiy  qismi  katta  notekis  uchburchakka  wxshaydi  (maydoni  18  mln.km.km.).  Amerikaning 
shimoldagi  keng  qismi  ekvatordan  pastroqda  4,5  ming  km  kelsa,  tor  qismi  Panama  hududida 
joylaggan  bwlib  100  km  ga  ham  yetmaydi.  XX  asrda  shu  erda  qazilgan  80  km  lik  Panama  kanali 
Tinch va Atlantik okeanlarini bog`lagan muhim xalqaro savdo ywliga aylangan edi. 
Kwhna Dune deb nomlangan Evropa, Osiyo va  Afrikaga nisbatan  Yangi Dunyo deb atalgan 
Amerikaning  tabiati  va  iqlimi  nihoyatda  rang-barang.  Tinch  okeani  sohillari  bwylab  shimoldan 
janubga tomon butun ikki qit`aga chwzilgan Kordiler nomli eng yirik tog` tizmalari Tinch okeanida 
rwy berayotgan tektonik jarayon bilan bog`liq. Shuning uchun bu tizmalar seysmik jihatdan notinch 
hisoblanadi.  Bu  erda  eng  baland  tog`liklar  va  hozirgacha  qaynab  turgan  vulqonlar  mavjud. 
Qit`aning  ichki  qismidagi  bepoyon  tayga,  tundra  va  tropik  wrmonlar,  cheksiz  dagtu  biyobon  va 
preriyalar, katta-kichik kwllar va daryolar inson uchun zarur mahsulotlarni yetkazib beradi. 
Amerikaning  hayvonot  dunyosi  khna  Evropa  va  Osiyoga  nisbatan  bir  oq  qashshoqroq. 
Mustamlakachilar kelguncha bu erda hindilar tomonidan faqat alpaka, lama (mahalliy tuya), kurka 
kabi  jonivorlar  xonakilashtirilgan.  Janubiy  va  Markaziy  Amerikaning  tropik  wrmonlarida  burni 
keng maymunlar yashaydi. 
Wsimlik  dunyosi  ancha  boy  va  turli-tuman.  Qit`aning  kwp  madaniy  wsimliklari  – 
makaajwxori  yoki  mais,  kartoshka,  pomidor,  kakao  kabilar  wzining  sifati  va  kishiga  foydaliligi 
bilan ajralib turadi. Amerika ba`zi foydali wsimliklarning vatani ham hisoblanadi. Uning bag`ridagi 
xilma-xil qazilma boyliklar hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyotiga juda qwl kelgan. 
Amerikadagi  nasroniy  aholi  soni  1980-yilda  600  millionga  yetdi.  Shundan  250  millionga 
yaqini  Shimoliy  Amerikada,  350  millioni  Lotin  Amerikasida  yashaydi.  Evropaliklar  kelishi 
arafasida  qit`ada  turli  ijtimoiy  taraqqiyot  pog`onasida  turgan  wzaro  yaqin  qarindosh  qindi 
qabilalari,  elatlar  va  xalqlar  yashagan.  Ularning  kwpchiligi  Meksikaning  janubiy  qismi,  Markaziy 
Amerika  va  And  tog`larida  joylashgan  bwlib,  yuksak  dehqonchilik  madaniyati  yaratgan,  yuqori 
ijtimoiy-iqtisodiy  darajaga  kwtarilgan  xalqlarning  avlodlari  hisoblanadi.  Shimoliy  va  Janubiy 
Amerikaning  juda  katta  hududida  tarqoq  holda  joylashgan  kamsonli  mayda  qabilalar  terimchilik, 
ovchilik  va  baliqchilik  bilan  shug`ullanib,  ibtidoiy-jamoa  tuzumidan  yuqori  kwtarilmagan. 
Amerikaning  kashf  etilishi  arafasida  hindilar  bir  necha  wn  million  bwlsa,  uning  shimoliy  qismida 
(Meksikasiz) tub aholi soni 10 mln. ga ham yetmagan edi. 
Hindilarning  kelib  chiqishi  uzoq  vaqtgacha  fanda  sir  bwlib,  turli  faraz  va  mulohazalarni 
yuzaga  keltirgan.  Ayrim  olimlar  Amerika  aholisi  avtoxton,  ya`ni  shu  erda  paydo  bwlgan,  degan 
fikrni  yoqlab  chiqqanlar.  Ammo  Amerikaga  odamlarning  Osiyodan  kelganligi,  uning  shimoldan 
janubga  tomon  asta-sekin  kwchib  tarqalganligi  tasdiqlangan.  Bu  kwchish  Bering  bwg`ozi 
bwlmagan  Osiyo  va  Amerika  qit`asi  qwshilgan  bir  davrda  rwy  bergan.  Swnggi  20  yil  ichida 
qilingan kashfiyotlarga tayanib, olimlarning kwpchiligi bu erda odam 30-25 ming yillar muqaddam 
paydo bwlgan degan fikrga kelganlar. Atoqli antropolog L.Liki Amerikaga dastlab osiyoliklar hatto 
50-100  ming  yillar  ilgari  kela  boshlagan,  degan  fikrni  aytmoqda.  Kwpchilik  olimlar  Janubiy 
Amerikaga esa odamlar dastlab 17-11 ming yillar ilgari kelgan, degan fikrni quvvatlashadi. 
Tub amerikaliklarning ajdodlari butun qit`ada Shimoliy Alyakadan janubdagi olovli Ergacha 
osiyoliklar  ekanligini  arxeologik  dalillardan  tashqari  antropologiya  tuzilishlari  ham  tasdiqlaydi. 
Ularning hammasi mongoloid irqiga oid bwlib, badanini kam tukliligi, qora kwzliligi, keng yalpoq 
yuzliligi  va    yonoq  suyagining  chiqqanligi  bilan  umumiy  wziga  xos  tipni  paydo  qilgan.  Ammo 
hindilar osiyo mongoloidlaridan balan bwyligi, burgutsimon burni, epikantus (kwz qiyachig`i)ning 
kamligi va uzunchoqroq yuzi bilan ajralib turadi. Ular balki, ayrim olimlarning fikricha, wzlarining 
osiyolik  ajdodlarining  antropologik  tuzilishi  saqlab  qolgandir.  Hindilardan  Shimoliy  Amerika  va 
Grenlandiyaga  tarqalgan  aleut-eskimoslar  ancha  ajralib  turadi.  Ularda  mongoloid  belgilari  juda 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə