Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47

 
65 
 
Topshiriq muddati: kelgusi ma’ruza vaqtida  
Baholash:  ball  
6-Ilova  
 
O’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar 
1. Polineziyalaiklarning kelib chiqishi?  
2. Antropologik va lingvistik klassifikatsiyasi? 
  3. Ilk davlatchilik shakllanishining jarayoni?  
4.  Melaneziya  va  Yangi  Gvineya  orollarida  tub  aholining  joylanishi,  etnogenezi  va  tarixiy 
jarayoni? 
 
Foydalaniladigan adabiyotlar: 
1. Its R.F. Vvedenie v etnografiyu. L., 1974. Izd. vtoroe, 1994 
2. Tokarev S.A. Istoki etnograficheskoy nauki. M. Nauka, 1978 
3. Jabbarov.I. Uzbek xalqi etnografiyasi. T.1996 
4. Jabborov I. Jahon xalqlari etnologiyasi. T. «Yangi asr avlodi», 2005 
 
 
 
REJA: 
1. Polineziya va Yangi Zelandiyaliklarning kelib chiqishi.  
2. Antropologik va lingvistik klassifikatsiyasi.  
3.  Ilk  davlatchilik  shakllanishining  jarayoni.  Ma`naviy  madaniyat.  Qadimgi  diniy 
tushunchalar. 
4. Melaneziya va Yangi Gvineya, Mikroneziya orollarida tub aholining joylanishi, etnogenezi 
va  tarixiy  jarayoni,  Antropologik  va  lingvistik  klassifikatsiyasi.  Xalqlarning  etnogenezi, 
antropologik va lingvistik  klassifikatsiyasi. 
 
Okeaniya deb- atalgan bepoyon Tinch okeanida joylashgan kwp sonli katta-kichik arxipelag 
va  orollarda  turli  xalq  va  elatlar  yashaydi.  Odatda  ularni  uch  qismga  bwladilar.  Polineziya  Yangi 
Zelandiya  bilan,  Melaneziya  Yangi  Gvineya  bilan  va  Mikroneziya.  Okeaniya  xalqlari  beshinchi 
qit`a aholisiga qaraganda nisbatan yuqori madaniyatga ega bwlgan. 
Dastlabki  odamlar  Melaneziyaga  Janubi-sharqiy  Osiyodan  neolit  davri  boshlarida  kelganlar. 
Antropologik  jihatdan  umuman  yagona  turga  ega  bwlgan  melaneziyaliklar  (qora  tanli,  jingalak 
sochli negroidlar mazkur viloyat nomini kelib chiqishiga sabab bwlgan, chunki melaneziya – «qora 
orollar» degan ma`noni anglatadi) Okeaniyaning eng qadimiy aholisi hisoblanadi. 
Antropologik va lingvistik jihatdan ham polineziyaliklar Janubiy Osiyoga borib taqaladi. Ular 
til  va  madaniy  qiyofasi  bilan  umumiy  xarakterga  ega  bwlsa-da,  irqiy  jihatdan  negro-avstraloid  va 
mongoloidlar  aralashmasidan  tashkil  topgan  wziga  xos  tipdan  iborat.  Malayya-polineziya  til 
oilasiga kirgan indoneziya tiliga ekanligi ham polineziyaliklarning vatani Osiyo bilan bog`liq degan 
fikrni  ma`qullaydi.  Moddiy  va  ma`naviy  madaniyat  belgilarining  ancha  qismi  ham 
polineziyaliklarni Indoneziya va Hindi-Xitoy (Malayziya) bilan bog`laydi. 
Kwpchilik  tadqiqotchilarning  fikricha,  dastlabki  odamlar  Melaneziyaga  –  ming  yillar 
muqaddam  kela  boshlagan.  N.N.mikluxo-Maklay  avstroosiyo,  shu  jumladan,  Melaneziya  dastlab 
yagona «papuas irqi» aholisi tomonidan egallanib, keyin Okeaniyaga tarqala boshlagan, deb taxmin 
qilgan. Bugungi kun olimlari ham mazkur fikrni davom ettirib, wzaro yaqin antropologik tiplarning 
uzoq  davr  ichida  davom  qilgan  migratsiyasi  natijasida  hozirgi  aholi  tipi  paydo  bwlgan  deb 


 
66 
 
tasdiqlamoqdalar.  Wziga  xos  tili,  madaniyati  va  antropologik  tipi  bilan  ajralib  turgan  Melaneziya 
aholisi bunga dalil bwla oladi. 
Uning eng qadimiy qismi negritos va papuaslar hisoblanadi. Negritos qabilalar asosan, Yangi 
Gvineyaning  wrta  tog`i  hududlarida  va  qisman  Yangi  Gebridda  yashaydilar.  Ular  wzlarining  past 
bwyligi  (erkaklar  145  sm  gacha),  kalta  jingalak  sochlari,  twg`ri  va  keng  burni,  ochiq  jigarrang 
badani  bilan  ajralib  turadi.  Asl  melaneziyaliklarning  wzlari  wrta  bwyli,  negritoslarga  nisbatan 
qoraroq  tanli  bwlib,  Yangi  Gvineyaning  sohillarida  va  Markaziy  Melaneziyada  joylashganlar. 
Papuaslar asosan, wrta bwyli (162-165 sm), bir oz twlqinsimon uzun sochli, semitik tipdagi burunli, 
pragmatizmi  sezilarli,  yuzlari  chwzinchoqroqdir.  Avstraliyaliklarning  ma`naviy  madaniyati,  diniy 
e`tiqodi  ishlab  chiqarish  kuchlarining  darajasi  va  ijtimoiy  tuzumiga  mos  kelgan.  Ularning 
tasavvurida  butun  tevarak-atrof  g`ayritabiiy  kuchlar,  turli  maxluq  va  arvohlar  bilan  twla. 
Avstraliyani  odatda  totemizm  vatani  deydilar.  Eng  ibtidoiy  din  shakllaridan  biri  hisoblangan 
totemizm  falsafasi  bilan  uyg`inlashib  ketgan  kishilar,  urug`  yoki  qabilalar  wzlarini  muayyan 
moddiy  buyumlar,  asosan,  ayrim  jonivorlar  yoki  wsimliklar  bilan  yaqin  qavm-qardosh,  deb 
biladilar  va  shunga  ishonadilar.  Shuning  uchun  ham,  ayrim  urug`lar  totemistik  guruh  hisoblanib, 
hayvonlar  yoki  wsimliklarning,  ba`zan  jonsiz  buyumlarning  nomi  bilan  atalganlar.  Shu  nomdagi 
hayvon yoki wsimlikka – bobo, dada yoki aka-uka qarindosh deb ishonilgani uchun ularni wldirish, 
iste`mol qilish qattiq man etilgan. 
Markaziy  Avstraliyada  afsonaviy  ajdodlarning  arvohlari  muqaddas  buyumlarga  kwchirilgan. 
Bunday buyumlar odatda sehrli belgilar chizilgan taxtacha – churingidan iborat bwlib, uni maxsus 
joyga  yashirganlar.  Har  bir  totemistik  guruh  wzining  churingiga  yashiringan  muqaddas  joyga  ega 
bwlgan. Wsha erda yilda bir marta maxsus marosim (intichiuma) wtkazilgan. 
Avstraliyaliklar  orasida  turli  sehrgarlik,  duogwylik,  ziyon  yetkazish  magiyasi  juda  keng 
tarqalgan.  Dushman  qabilalar  turli  duolar  bilan  ziyon  yetkaza  bilish  qobiliyatiga  ega,  degan 
tasavvurlar  muhim  rol  wynagan.  Tub  aholi  tushunchasida  dushman  uzoqdan  ziyon  yetkazmoqchi 
bwlgan kishiga uchi ywnilgan yog`och, wtkir suyak twg`rilab nafratli duo wqisa shu kishi yo kasal 
bwlar,  yo  wlar  emish.  Sehrgarlik  bilan  birovni  sovutish  yoki  maftun  qilish  (sevgi  magiyasi), 
yomg`ir  yog`dirish  (obi  havo  magiyasi),  davolash  (duoxonlik  magiyasi)  kasbini  egallagan  maxsus 
folbin va duoxonlar shug`illangan. 
Magik tasavvularga nisbatan Avstraliya qabilalarida animizm (jonga ishonish) kam tarqalgan. 
Ularda  kosmogonik  afsonalar  ham  rivojlangan.  Jonning  narigi  dunyoda  yashashiga  ishonganlar. 
Avstraliyaliklarning  diniyo  e`tiqodida  hukmron  va  qaram  bwlish  tushunchalari  ywq.  Ular  wz 
totemlariga  itoat  qilib  tiz  chwkmagan.  Bu  elat  na  buyuk  arvoh,  na  xudo  twg`risida  tasavvurni,  na 
qurbonlik, na ibodatxona, na avliyoni bilganlar. Faqat turli sehrgarlik marosimi va odatlar, kohinlar 
wrniga folbin va duoxonlar, muqaddas  avliyolar  va machit wrniga buyumlarning saqlanish joylari 
ibtidoiy dunyoning asosiy ifodasi edi. 
Avstraliyada  xalq  og`zaki  ijodi  dastavval  rivoyatlar,  afsona  va  ertaklar,  ashula  va  raqslarda 
namoyon  bwlgan.  Afsona  va  rivoyatlar,  asosan,  totemistik  tasavvurlar  bilan  bog`liq  bwlsa  ham 
muqaddashlashtirilmagan, tinglovchilar ularning haqqoniyligiga ishonishmaydi, kulgi va hazil bilan 
qabul  qilishadi.  Afsona  personajlari  (kishi  yoki  hayvon)  hech  qanday  qaramonlik  kwrsatmaydi, 
odatdagicha kwchib yuradi, ov qiladi, yeydi, yotadi, ba`zan urushadi va bir-birini wldiradi. 
Musiqa  kuylar  odatda  raqslarga  jwr  bwladi.  Ularning  raqslari  kwpincha  jamoa  xarakterida 
(orro  bori)  bwlib,  turli  ma`noni  tasvirlaydi,  ayrimlari  totem  bilan  bog`liq  dramatik  afsonalarni 
ifodalaydi. Barcha wzaro uchrashuvlar, tadbir va marosimlarda raqs ijro etilgan. 
Wziga xos tasviriy san`at ham turli ijtimoiy va diniy ehtiyojlarga bwysundirilgan. Unda ayrim 
primitiv,  realistik  tasvirlar  bilan  bir  qatorda,  har  xil  shartli  belgilar  –  chiziq,  nuqta,  doira  kabilar 
totemistik  tasavvurlarni  ifodalagan.  Turli  naqshlar  va  ornamentlar  qurollarga,  marosimlarga  kishi 
badaniga,  sirli  belgilar  esa  churungi  va  boshqa  diniy  buyumlarga,  qoya  va  toshlarga  yasalgan 
Tasmaniyaliklar ham bezaklarni va badan bwyashni bilganlar. 
Ancha oddi kishilarning bilimlari tevarak-atrofdagi tabiiy sharoitga moslashgan bwlib, ishlab 
chiqarish  tajribasiga  bwysindirilgan.  Avstraliyaliklar  wz  guruhi  kwchib  yuradigan  hududni  juda 
yaxshi bilganlar, bepoyon dashtlarda suv, ywl va taom topish usullarini egallaganlar. Tabiblarning 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə