67
sehrli tajribasidan tashqari har bir avstraliyalik ayrim kasallik va yaralarni davolash ywllarini ham
bilgan. Ular ibtidoiy tabobat qwlga kiritgan barcha bilimlardan foydalanganlar, maxsus
tayyorlangan tarkibiy dorilarni ham, wsimlikdan qaynatilgan va kukun holidagi dorilarni ham
ishlatganlar, qon oqishni twxtatish, singan joyni tuzatish kabi jarrohlik usullaridan xabardor
bwlganlar.
Polineziya va Yangi Zelandiya xalqlari: Tinch okeanining markaziy qismida keng,
taxminan bir million kvadrat kilometr suv sathidagi son-sanoqsiz katta-kichik orollardan iborat.
Polineziya («Kwp orollik») shimoda Gavayya arxipelagi, janubda eng katta qwshorol – Yangi
Zelandiya va sharqda Pasxa uchburchagi joylashgan. Asosan, vulqon va marjonlardan paydo
bwlgan Polineziya orollari (Yangi Zelandiyani hisobga olmaganda) 26 ming kvadrat kilometrdan
hududga ega, shundan 17 ming kvadrat kilometri faqat gavayya arxipelagiga tegishli, 220 ta orol
esa har bittasi bir kvadrat kilometrdan ham kam joyni egallaydi.
Polineziyaning tabiati va hayvonot dunyosi ancha qashshoq bwlib, hududining kwp qismi
adabiy yashil tropik wrmonlar va savannalardan iborat. Okean yuzida minglab mayda orol va riflar
paydo bwlib, ba`zan ywqolib ketadi. Polineziya hududiga Yangi Zelandiya (uning hududi 265 ming
km
2
)dan tashqari twqqizta katta arxipelag – Gavayya, Samoa, Jamiyat orollari, Markiz, Tonga,
Tuamotu, Kuk, Tubuan, Ellis va boshqa juda kwp yirik hamda mayda orollar kiredi. Yangi
Zelandiya hozir uch milliondan ortiq aholi bwlsa, umuman Polineziyada 1,5 mln.ga yaqin kishi
yashaydi. Wtgan asrning oxiriga kelib Okeaniya aholisining soni 10 million kishidan oshib ketdi.
Ichki jamoa munosabatlararo va jamoalararo wzaro munosabatlar dastlab qavm-
qarindoshchilik va urug`chilik bilan belgilangan. Jamoa va qabilalar wrtasida turli moddiy
buyumlar, ishlab chiqarish vositalarini ayrboshlash ancha rivojlangan. Savdo-sotiq ishlarida pul
vazifasini chig`anoqlar tizmasi, paket tuz, chwchqaning swyloq tishi, toshbolta va hokazolar
bajargan.
Diniy e`tiqodda buyuk tabiat xudolariga sig`inish kuchli bwlgan. Butun Polineziyada twrtta
xudo – Tane, Tu, Rongo, Tangaroa – tabiat kuchlarini ifodalaydi. Shuning uchun ham, kosmogonik
afsona va rivoyatlar keng tarqalgan. Shunisi qiziqki, xalq ijodining asosiy ma`nosi olam va inson
bepoyon Okeaniya orollarini izchillik bilan egallashi tarixidan kelib chiqqan. Barcha afsona va
rivoyatlarning bosh qahramonlari jasur dengizchilar, yangi er va arxipelaglar axtaruvchi sayyohlar
ekanligi shundan. Diniy e`tiqodlarning xususiyati har bir inson tug`ilishi bilan qudratli g`ayritabiiy
kuch-managa ega bwlishdan iborat. Mana juda xavfli bwlib, birovga tegsa wlim keltirishi mumkin.
U tabaqalarga qarab har xil kuchga ega, qullarda mana bwlmagan, ammo buyuk boshliqlar qudratli
mana egasi hisoblangan. «Mana» tushunchasi «tabu» - swzi bilan bevosita bog`liq. Nimaiki
managa ega bwlsa, wsha narsa xavfli, ya`ni unga tegish man qilingan – tabu qwyilgan. Tabu swzi
asli Polineziyada paydo bwlib, uni dastlab Evropaga atoqli dengiz sayyohi Kuk keltirgan. Tabu
orolliklarda juda keng tarqalgan jamiyatdagi kasta (tabaqalanish) tizimini ifodalaydi.
Barcha diniy urf-odat va marosimlar kohinlar qwlida bwlib, ular merosiy kasta hisoblangan.
Kohinlar ham tadaqalangan, ba`zilari ibodatxonalarda xizmat qilsa, ayrimlari tabibchilik, folbinlik
bilan shug`ullanganlar. Qabila boshliqlari bilan kohinlar qavm-qarindoshchilik munosabatiga
kirishganlar. Ibodat qilish – ashula aytish yoki duo wqish, qurbonlik qilishdan iborat bwlgan.
Anchadan beri mustaqil davlat hisoblangan (1907-yildan dominion hududiga ega) Yangi
Zelandiyaning 3,2 milliondan ortiq aholisining 80%i Buyuk Britaniya va Irlandiyadan kelgan, tub
aholi – maorilar esa hozir taxminan 300 ming kishini tashkil qiladi, xolos. Asosiy er egalari –
fermerlarning kwpchiligi shaharda yashaydilar, fermerlarda joylashgan uylarda esa asosan,
yullanma ishchilar yashaydi. Yuksak darajada rivojlangan qishloq xwjaligi sohasida hozir aholining
12%i band. Sanoatning asosiy tarmoqlari – noz-ne`mat va oziq-ovqat tayyorlash hamda tog`-kon
sanoatidir. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati, avtomashinalarni yig`ish va taxmirlash
korxonalaridan iborat. Keyingi iyllarda AQSh, Yaponiya va Avstraliya sarmoyasi yordamida bir
qancha qog`oz va yoqochni qayta ishlash korxonalari, alyuminiya savodi qurilgan.
Melaneziya va Mikroneziya xalqlari:«Qora orollar» deb atalgan Melaneziyaga papuaslar
wlkasi – Yangi Gvineya, Birmark arxipelagi, Yangi Gebrid, Fidji, Yangi Kaledoniya va boshqa
mayda orollar kiradi. Mustamlaka arafasida papuaslar va melanehiyaliklar xwjalik jihatdan deyarli
68
bir darajada turganlar. Ularning xwjaligida eng bosh soha topik tipdagi qashshoq bwlganligi tufayli
ovchilik deyarli rivojlanmagan.
Melaneziyaliklarning asosiy qurollaridan toshbolta, nayza, choqmor, wq-yoy (Yangi Gebrid
orollarida eng muhim qurol), palaxmon kabilar keng tarqalgan. Mudofaa uchun ba`zan yog`och
yoki twqima qalqon ham ishlatilgan. Idish-tovoqlarni yag`och va bambukdan, kokos yong`og`idan
yoki qovoqdan yasaganlar. Charxsiz kulolchilik, savat, bwyra, xalta, yelpig`ich, kabi buyumlarni
twqish keng rivojlangan. Ammo gazlama twqishni bilmaganlar, tapa (maxsus daraxt qobig`i)dan va
wsimlik yaprog`idan etakli belbog` va hokazo tikilgan.
Melaneziyada patriarxal quldorlik paydo bwlgan. Qullar harbiy asirlar hisobiga twldirilgan.
Patriarxal tipdagi juft nikoh uncha mustahkam bwlmagan. Butun jamoa ishlarini belgilab va
boshqarib turuvchi qavmi qarindoshlik munosabatlari ancha wzgargan, katta qalin twlash,
kwpxotinlik paydo bwlgan. Gvineyaga borgan Ya.Volnevich swnggi wn yillikda kelin bahosi wn
hissa oshganligi tufayli boy tabaqadagilar bir necha xotin olishga qodir bwlib, kambag`al yigitlarga
uylanish qiyinlashganligini qayd qiladi. Oqibatda poligam nikoh kuchaygan.
Eri wlganda xotini ancha vaqt motam tutgan, keyin erining jasadini qabrdan kovlab olib
ariqda yuvgan, kalla suyagini maxsus twr xaltaga solib wzi bilan olib yurgan. Kukuku qabilasida
kishi wlgandan keyin jasadni uyda maxsus ustanga yotqizib bir oycha dudlatib quritganlar, swng
chiptaga wrab qabristonga eltib qwyganlar. Motam belgisi sifatida erining kalla suyagi yoki ba`zan
bir skelet suyagini taqib yurish umrining oxirigacha swzilishgan hollari kuzatilgan. Faqat
qaynog`asi yoki qaynisining ruxsati bilan beva ayol motamni tugatib, yangi turmush qurishi
mumkin bwlgan. Ilgari ayrim qabilalarda bolasi wlgan ayol bir barmog`ini motam belgisi sifatida
kesib tashlagan va bwyniga osib yurgan.
Papuas va melaneziyaliklarning diniy e`tiqodida mana tushunchasi muhim rol wynagan.
Mana tabiatning turli hodisalari, arvohlar, boy kishilar bilan bog`liq qandaydir qiyofasiz kuch
hisoblangan. Eng kuchli mana, odatda, qabila boshliqlari, erkaklar ittifoqi rahbarlari va ularning
arvohlariga xos bwlib, ularga sig`inish keng tarqalgan. Yangi Gebrid orollarida tabiat ruhlariga itoat
kuchli bwlgan. Ajdodlarning arvohlariga sig`inish e`tiqodi wliklarning kalla suyagini maxsus
muqaddas joylarda saqlash odatini yaratgan. Ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiylikka wtish davriga
xos turli animistik tasavvurlar, sehrgarlik e`tiqodi (ayniqsa, boshliqlar manasi kuchi), dahshatli
prvohlar obrazi va u bilan bog`liq marosimlar melaneziyaliklarning ma`naviy madaniyatiga ta`sir
etgan.
Mikroneziya xalqlarning tillari kam wrganilgan, ammo swnggi klassifikatsiya ma`lumotlari
malayya-polineziya
turkumi
avstroneziya
til
oilasiga
oid
ekanligini
tasdiqladi.
Mikroneziyaliklarning kwp qismi mazkur til oilasining sharqiy yoki okeaniya shoxobchasiga kiradi.
Shulardan eng kattalari Gilbert arxipelagidagi tungaru (64 ming kishi)dir. Sof okeaniya tilida
swzlashadigan Sharqiy Mikroneziyada 10 ta xalq yashaydi. G`arbiy shoxobchasiga oid belau xalqi
(15 ming kishi) G`arbiy mikroneziyada yashaydi. Bulardan tashqari kwp sonli metislar va
immigrantlar ham mavjud.
Mikroneziyaliklarning xwjaligida serunum erlar kam bwlganligi tufayli faqat kokos palmasi,
shakarqamish, non daraxti wstiriladi. Aholisi asosan, baliqchilik bilan kun kwradi. Mayda orollarda
qisman wziga xos madaniyatga ega bwlgan dengiz kwchmanchilari deb nom olgan qabilalar ham
yashaydi. Baliq ovi ashyolarini tayyorlash ancha rivojlangan: 30-40 metr keladigan yog`och
tolalardan twqilgan twrlar, bambukdan pwpak va hinjilardan qarmoqlar, xivichdan yasalgan har xil
twrlar, sanchqi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |