Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47

 
54 
 
nomi  bilan  bog`liq  bwlgan.  Rus  olimlarining  fikricha,  avstraliyaliklarning  fratrial  sistemasi 
urug`chilik tuzumining dastlabki shaklidir. 
Nikoh  va  oila  munosabatlarida  fratriat  va  urug`  cheklanishlaridan  tashqari  sektsiya  yoki 
“nikoh sinflar” bwlinish muhim ahamiyat kashf etgan. Masalan, qabila I va II fratriyaga bwlingan 
bwlib, I fratriya A va V sektsiyalari, II fratriyada esa V va G sektsiyalari mavjud. A sektsiyasidagi 
erkak  faqat  V  sektsiyasidagi  ayolga  wylanishi  mumkin,  ularning  bolalari  G  sektsiyasi  (ona  urug`i 
hisobi)ga tegishli; V sektsiyasidagi erkak faqat G sektsiyasidagi ayolga uylanishi mumkin, ularning 
farzandlari  V  sektsiyasiga  tegishli.  Shunday  qilib,  nabiralar  ota  tomondan  bobo  sektsiyasiga,  ona 
tomondan  buvi  (momo) sektsiyasiga  tegishli  hisoblangan.  Avstraliyalik  aborigen  rassom  Dik  rafsi 
wz biografiyasida yozadi: «Meni dadamning aka-ukasi mening tog`am emas; ular ham menga dada. 
Ularning bolalari ham menga qarindosh, aka-uka va opa-singillarim hisoblanadi. Dadamning opa-
singlisini men amma deyman, uning bolalari  esa ammavachcha bwladi.  Ayimning opa-singillarini 
men oyi deyman, ularning bolalarini aka-uka va opa-singil, deb hisoblayman. Oyimning aka-ukalari 
menga  amaki  bwlib,  meni  erkaklar  qatoriga  wtkazish  (initsiatsiya)  marosimiga  tayyorlash  va 
tarbiya qilishga javob beredi. Uning bolalari menga amakivachcha singillarimga uylanish mumkin, 
ayniqsa, ona urug`idan, ammavachchalarga». Shimoliy avstraliyada U.Cherlingning ta`rificha, yigit 
ona tomonidan aka-ukasining qiziga uylanishi mumkin, ammo dadasining singlisi qiziga uylanishi 
qat`yan  taqiqlangan.  Mazkur  nikoh  tartiblarini  buzish  juda  katta  gunoh  hisoblangan  va  kim  uni 
buzsa yo qatl qilingan, yo urug`dan haydalgan. 
Voyaga  yetgan  wspirinlarni  kattalar  guruhiga  wtkazishda  maxsus  initsiatsiya  marosimi 
amalga  oshirilgan.  Iqtisodiy  yoki  sotsial  tabaqalanish  bwlmaganligi  tufayli  avstraliyaliklar  jinsiga 
qarab  bwlingan.  Shuning  uchun  ham,  masalan,  wg`il  bolalarni  ovchilar  guruhiga  wtkazish  uchun 
bolaning  yoshligidan  tarbiyalashgan.  Dastlab,  ular  voyaga  yetgach  boshqalardan  ajratib  qwyilgan 
va ba`zi taomlarni iste`mol qilish man qilingan, tishlarini urub sindirish, badanini jarohatlash, wtda 
tutatish  kabi  jismoniy  sinovlardan  wtkazilgan.  Bir  necha  ywlga  chwzilgan  initsiatsiya 
marosimlarida  yoshlarni  qabila  urf  odatlari,  afsona  va  rivoyatlari  bilan  tanishtirganlar,  qariyalarni 
hurmatlash  va  tartib-qoidalarga  qattiq  rioya  qilishni,  ovchilik  va  boshqa  kasb  sirlarini  egallash 
mahoratini wrgatganlar.  
Initsiatsiya davri voyagi yetgan wg`il bolalarni sunnat qilish marosimi bilan tugaydi. Sunnat 
marosimi  Dik  Rafsi  ma`lumotlariga  qaraganda,  qabila  a`zolarining  maxsus  maydoniga  twplanishi 
bilan  boshlanadi,  u  erga  beliga  twqilgan  belbog`  bog`langan  bolani  olib  ketib  erkaklar  orasiga 
wtkazadilar.  Ikki  kun  davomida  erkak  va  ayollar  ashula  aytib  raqsga  tushadilar.  Uchinchi  kuni 
ertalab  bolaning  qarindoshlaridan  uch  kishi  erga  chwzilib  yotadi,  ularning  ustiga  bola  yotqizilib, 
baliq suyagidan ishlangan maxsus pichoq bilan sunnat qilinadi va kelilgan joyga kul sepiladi. Kesib 
olingan  qismi  choy  daraxti  qobig`iga  sovg`a  qiladilar.  Sunnat  qilingan  bola  wrnidan  turib,  wt 
yoqilgan wchoq oldida tiz chwkadi va kesilgan joyini quritadi. 
Marosim tugagach, wspirin bir oz vaqt yolg`iz yashaydi, muayyan ovqat eydi, boshqalar bilan 
faqat imo-ishora bilan gaplashadi. U amaksining tarbiyasida yarim yil davomida jamoadan ajralgan 
holda  yashaydi.  Amakisi  unga  ov  sirlarini,  qabila  qonunlarini,  nayza  va  boshqa  qurollardan 
foydalanish usullarini wrgatishi zarur. 
Shu  muddat  wtgach,  bolani  dengiz  sohiliga  borib  chwmiltiradilar,  turli  sovg`alar  in`om 
qiladilar, ayollar in`om qiladilar, ayllardan biri uning boshiga twr soladi. Demak, bola endi ovchilar 
qatoriga  wtgan  hisoblanadi.  Wsha  kecha  yana  bazm  boshlanadi,  ashula  aytilib,  muqaddas  wyinlar 
ijro  etiladi.  Ashulachi  oldiga  wtkazilgan  wspirincha  yana  sovg`alar  beriladi.  Eng  birinchi  sovg`a 
sifatida sunnatda kesilib quritilgan va chay daraxtiga wralgan falos qismi topshiriladi. Keyin nayza, 
bumerang,  twr  va  boshqa  in`omlar  beriladi.  Oxirida  qaysi  qiz  unga  kelin  bwlib  atalganligi  e`lon 
qilinadi.  Shuning  bilan  sunnat  marosimi  tugaydi,  wspirin  endi  ovchi  erkaklar  guruhining  twliq 
huquqli  a`zosi  hisoblanadi.  Alalxusus,  qizlarni  ham  ma`lum  yoshga  yetganlarida  muayyan 
marosimlar wtkazib oylaviy hayotga tayyorlaganlar. 
Barcha  dastur  va  marosimlarni  wtkazishda  va  hurmatli,  yoshi  katta  mwysafidlarga 
tayanganlar. Ular bu marosimlarda rahbarlik qilganlar. 


 
55 
 
Qabilalar  orasidagi  mojaro  va  kelishmovchiliklar  ba`zan  urush  olib  kelgan.  Urushga  odatda 
qabida hududini egallash, xotinlarni olib qochish, sehrgarlikda ayblash, urug`doshlarni wldirish va 
hokazolar  sabab  bwlgan.  Xun  olish  avlodma-avlod  wtib  kelgan.  Ammo  qirqinbarot  urushlar  juda 
kam  bwlgan.  Odatda  qabilalararo  twqnashuvlar  va  yoki  janjallar  bir  necha  qurbonliklar  yoki 
yaradorlar paydo bwlishi bilan twxtatilib, tinchlik muzokaralari boshlangan va maxsus marosimlar 
bilan tugagan. 
Qabilalar  orasidagi  munosabatlar  kwpincha  tinch-totuv  xarakterga  ega  bwlgan.  Qabilalar 
wrtasida tosh qurol-aslaha va buyumlar, noyob xomashyo (bwyoq, narkotik wsimlik, shaqmoqtish 
va  hokazo)  almashib  turilgan.  Har  bir  qabilaning  wz  almashuv  mahsuloti,  uning  wrniga  oladigan 
moli  ham  aniq  bwlgan.  Almashuv  savdosi  odatda  maxsus  marosim  va  bayramlar  bilan 
nishonlangan. 
Avstraliyaliklarning  ma`naviy  madaniyati,  diniy  e`tiqodi  ishlab  chiqarish  kuchlarining 
darajasi  va  ijtimoiy  tuzumiga  mos  kelgan.  Ularning  tasavvurida  butun  tevarak-atrof  g`ayritabiiy 
kuchlar,  turli  maxluq  va  arvohlar  bilan  twla.  Avstraliyani  odatda  totemizm  vatani  deydilar.  Eng 
ibtidoiy  din  shakllaridan  biri  hisoblangan  totemizm  falsafasi  bilan  uyg`inlashib  ketgan  kishilar, 
urug` yoki qabilalar wzlarini muayyan moddiy buyumlar, asosan, ayrim jonivorlar yoki wsimliklar 
bilan yaqin qavm-qardosh, deb biladilar va shunga ishonadilar. Shuning uchun ham, ayrim urug`lar 
totemistik  guruh  hisoblanib,  hayvonlar  yoki  wsimliklarning,  ba`zan  jonsiz  buyumlarning  nomi 
bilan  atalganlar.  Shu  nomdagi  hayvon  yoki  wsimlikka  –  bobo,  dada  yoki  aka-uka  qarindosh  deb 
ishonilgani uchun ularni wldirish, iste`mol qilish qattiq man etilgan. 
Markaziy  Avstraliyada  afsonaviy  ajdodlarning  arvohlari  muqaddas  buyumlarga  kwchirilgan. 
Bunday buyumlar odatda sehrli belgilar chizilgan taxtacha – churingidan iborat bwlib, uni maxsus 
joyga  yashirganlar.  Har  bir  totemistik  guruh  wzining  churingiga  yashiringan  muqaddas  joyga  ega 
bwlgan. Wsha erda yilda bir marta maxsus marosim (intichiuma) wtkazilgan. 
Avstraliyaliklar  orasida  turli  sehrgarlik,  duogwylik,  ziyon  yetkazish  magiyasi  juda  keng 
tarqalgan.  Dushman  qabilalar  turli  duolar  bilan  ziyon  yetkaza  bilish  qobiliyatiga  ega,  degan 
tasavvurlar  muhim  rol  wynagan.  Tub  aholi  tushunchasida  dushman  uzoqdan  ziyon  yetkazmoqchi 
bwlgan kishiga uchi ywnilgan yog`och, wtkir suyak twg`rilab nafratli duo wqisa shu kishi yo kasal 
bwlar,  yo  wlar  emish.  Sehrgarlik  bilan  birovni  sovutish  yoki  maftun  qilish  (sevgi  magiyasi), 
yomg`ir  yog`dirish  (obi  havo  magiyasi),  davolash  (duoxonlik  magiyasi)  kasbini  egallagan  maxsus 
folbin va duoxonlar shug`illangan. 
Magik tasavvularga nisbatan Avstraliya qabilalarida animizm (jonga ishonish) kam tarqalgan. 
Ularda  kosmogonik  afsonalar  ham  rivojlangan.  Jonning  narigi  dunyoda  yashashiga  ishonganlar. 
Avstraliyaliklarning  diniyo  e`tiqodida  hukmron  va  qaram  bwlish  tushunchalari  ywq.  Ular  wz 
totemlariga  itoat  qilib  tiz  chwkmagan.  Bu  elat  na  buyuk  arvoh,  na  xudo  twg`risida  tasavvurni,  na 
qurbonlik, na ibodatxona, na avliyoni bilganlar. Faqat turli sehrgarlik marosimi va odatlar, kohinlar 
wrniga folbin va duoxonlar, muqaddas  avliyolar  va machit wrniga buyumlarning saqlanish joylari 
ibtidoiy dunyoning asosiy ifodasi edi. 
Avstraliyada  xalq  og`zaki  ijodi  dastavval  rivoyatlar,  afsona  va  ertaklar,  ashula  va  raqslarda 
namoyon  bwlgan.  Afsona  va  rivoyatlar,  asosan,  totemistik  tasavvurlar  bilan  bog`liq  bwlsa  ham 
muqaddashlashtirilmagan, tinglovchilar ularning haqqoniyligiga ishonishmaydi, kulgi va hazil bilan 
qabul  qilishadi.  Afsona  personajlari  (kishi  yoki  hayvon)  hech  qanday  qaramonlik  kwrsatmaydi, 
odatdagicha kwchib yuradi, ov qiladi, yeydi, yotadi, ba`zan urushadi va bir-birini wldiradi. 
Musiqa  kuylar  odatda  raqslarga  jwr  bwladi.  Ularning  raqslari  kwpincha  jamoa  xarakterida 
(orro  bori)  bwlib,  turli  ma`noni  tasvirlaydi,  ayrimlari  totem  bilan  bog`liq  dramatik  afsonalarni 
ifodalaydi. Barcha wzaro uchrashuvlar, tadbir va marosimlarda raqs ijro etilgan. 
Wziga xos tasviriy san`at ham turli ijtimoiy va diniy ehtiyojlarga bwysundirilgan. Unda ayrim 
primitiv,  realistik  tasvirlar  bilan  bir  qatorda,  har  xil  shartli  belgilar  –  chiziq,  nuqta,  doira  kabilar 
totemistik  tasavvurlarni  ifodalagan.  Turli  naqshlar  va  ornamentlar  qurollarga,  marosimlarga  kishi 
badaniga,  sirli  belgilar  esa  churungi  va  boshqa  diniy  buyumlarga,  qoya  va  toshlarga  yasalgan 
Tasmaniyaliklar ham bezaklarni va badan bwyashni bilganlar. 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə