Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47

 
52 
 
savdo-sotiq rivoj topgan bwlsa ham, natural xwjalikka ega bwlgan polineziyaliklar ularga nisbatan 
ancha yuqori madaniyatga ega bwlganlar. 
Umuman,  beshinchi  qit`ani  wrganish  insoniyat  tarixining  ilk  davrlari  –  ibtidoiy  jamiyatdan 
sinfiy  jamiyatning  ilk  shaklarigacha,  dastlabki  davlat  va  qabilaviy  birliklargacha  aniqlab  olish 
imkonini yaratib bergan edi. 
Dunyodagi eng kichik qit`a yoki eng katta orol hisoblangan Avstraliya eng qadimiy geologik 
davrlarda qurg`oqlikdan ajralib qolib XIX asrgacha jonli qadimiy muzey shaklida saqlangan. Uning 
flora  va  ayniqsa,  faunasining  arxaikligi  va  wziga  xosligi  doimo  tadqiqotchilarni  hozirgacha 
hayajonga soladi. 
 Avstraliya  va  Tasmaniya  xalqlari:  Beshinchi  qit`a  aholisining  kelib  chiqishi  fanda  eng 
qiziqarli  va  nihoyatda  murakkab  muammodir.  Chunki,  bu  erning  tub  aholisi  juda  arxaik  ibtidoiy 
tirdagi sodda, wziga xos madaniyatini bizning davrimizgacha saqlab qolgan. 
Avstraliyaliklarning  kelib  chiqishi  twg`risidagi  fikrni  rus  olimi  Ivan  Simonov  wzining 
dastlabki  tadqiqotlarida  bundan  180  yil  ilgari  bayon  etgan  edi.  XIX  asrning  20-yillarida  Sidneyga 
rus  kemalarida  kelgan  ekspeditsiya  a`zosi  I.Simonov  avstraliyaliklarni  kwrganda,  ular  janubiy 
hindistonliklarning  avlodlari,  degan  taxminni  aytgan.  Atropologiya  fani  Avstraliya  tub  aholisi 
Janubiy Osiyoning qadimiy xalqlari bilan tarixiy bog`liq ekanligini tasdiqlagan. XIX asr wrtalarida 
ayrim sayyoh olimlar (E.Eyr, J.Prichard) avstraliyaliklarni tasodifan qit`aga adashib yoki qwllikdan 
qoshib  kelgan  afrikaliklarning  avlodi  degan  bwlsa,  ba`zi  birlari  malayya  arxipelagi  va  Yangi 
Gvineya  orqali  keogan  okeaniyaliklar  avlodi,  degan  fikrlarni  aytishgan.  1870-yillarda  beshinshi 
qit`a bilan tanishgan rus tadqiqotchisi va sayyoqi N.N.Mikloxu-Maklay wzining jiddiy kuzatishlari 
asosida  avstraliyaliklar  mustaqil  irq  degan  xulosaga  keldi.  Mazkur  fikrni  antropologik  tadqiqotlar 
ham qisman tadiqlaydi. Avstraliyaliklar wziga xos antropologik tipni tashkil qiladi. 
Tasmaniyaliklarning  kelib  chiqishi  hali  twlib  aniqlanmagan.  Ular  sochining  jingalakligi, 
badanining 
twq 
jigarangligi, 
past 
bwyligi 
bilan 
avstraliyaliklardan 
farq 
qilganlar. 
Tasmaniyaliklardan farq qilganlar. Mastaniyaliklar antropologik tuzilishi bilan melaneziyaliklarga, 
ayniqsa,  Yangi  Kaeg`ledoniyadagi  tub  aholiga  wxshab  ketadi.  Aslida,  olimlarning  fikricha, 
tasmaniyaliklar qadim davrlarda Avstraliyadan siqib chiqarilgan tub aholining avlodlaridir. 
Beshinchi qit`aga aholining kwchib kelish davri yuqori paleolitga twg`ri keladi. Taxminan 18-
19  ming  yillar  muqaddam  Avstraliya  qit`asi  Osiyo  bilan  qwshilgan  bwlib  eng  qadimiy 
avstraliyaliklar Janubi-sharqiy Osiyodan quruqlik orqali kwchib kelganlar. Keyinchalik 12-13 ming 
yillar ilgari okean suvlarining kwtarilishi natijasida beshinchi qit`a payda bwlgan.  
Evropa mustamlakasi arafasida (XVIII-XIX asrlar) Avstraliya va okeaniya xalqlari wzlarining 
xwjalik  faoliyati  va  ijtimoiy  tuzumida,  tili  va  irqiy  tuzilishida  qadimiy  ibtidoiy  shakllarni 
shunchalik chuqur saqlab qolganlar, boshqa qit`alarda ularga wxshash belgilar deyarli uchramaydi.  
Mustamlakachilar  kelgunga  qadar  avstraliyaliklar  butun  qit`a  bwylab  tarqoq  holda  kwchib 
yurganlar. Ularning soni taxminan 250-300 ming bwlib, 500 ga  yaqin  urug`-qabilalarga birikkan. 
Uzoq  vaqt  davomida  boshqa  dunyo  bilan  aloqada  bwlmaganliklari  tufayli  avstraliyaliklarning 
tillari, yuqorida qayd qilinganidek, hech bir boshqa tillarga wxshamaydi va yaqinligi ham ywq. Har 
bir qabila wz tili yoki shevasiga ega bwlib, irqiy va madaniy jihatdan wxshashlik mavjud bwlsa-da, 
bir-birlarining  tillarini  tushunolmaganlar.  Ba`zi  tillar  bir  necha  shevalardan  iborat  bwlib,  maxsus 
turkumni  hosil  qilgan.  Tub  aholi  tillarni  lingvist  A.Kerella  olti  yirik  turkumga  bwladi.  1)  Janubi-
sharqiy  Avstraliya  tillari;  2)  Yangi  janubiy  Uels  tili;  3)  Shimoliy  va  Markaziy  Kvinsland  tili;    4) 
Markaziy  va  janubi-g`arbiy  Avstraliya  tili;  5)  Arixemlend  tili;  6)  Shimoliy  va  shimoliy-g`arbiy 
hududdagi  juda  kwp  boshqa  tillar.  Barcha  tillar  wz  tuzilishi,  aniqligi  va  swz  boyligi  bilan  alohida 
xususiyatga  ega.  A.Kepellaning  bu  klassifikatsiyasi  hali  takomillashmagan  va  kwpchilik  olimlar 
tomonidan  qabul  qilinmagan.  Pater  V.Shmidt  Avstraliya  tillarini  wzaro  bir-biriga  yaqin  bwlgan 
ikki-janubiy va shimoliy guruhlarga bwladi. 
Avstraliyaliklarda yana «signallar tili» ham mavjud bwlib, narsalarni aniq belgilar yurdamida 
ifodalangan.  Misol  uchun,  wz  joylarini  tashlab  ketayotganlarida  oyoqlari  bilan  qumga  chiqib 
chizganlar va chiziqning ichiga xivich tiqib qwyganlar. Chiziqning ywnalishi va uning uzunligi shu 
guruhning  qaysi  tomonga  va  qancha  masofaga  ketganligini  bildirgan.  Bul  belgi  wz  guruhlarining 


 
53 
 
kechikib  qolgan  a`zolari  va  mehmonlar  uchun  ham  qilingan.  Shuningdek,  xavf  yoki  motam 
signalari keng tarqalgan. 
Baland  evkalipt  daraxtlariga  tirmashib  chiqishda  jahonda  avstraliyaliklarga  teng  keladigani 
ywq.  Ular  daraxtlarda  yashovchi  parrandalarni  tutish,  qush  tuxumi  yoki  yavvoyi  arii  asalini  olish 
uchun nihotyada zwr mahorat bilan tik daraxtlarga chiqa bilganlar.  
Qushlarni  ovlashda  eng  asosiy  qurol  bumerang  bwlgan.  Bumerangning  xususiyati  shundaki, 
mohir  mergan  kuch  bilan  irg`itganda,  u  wljaga  kutilmagan  tomondan  borib  tegishi  mumkin,  agar 
nishonga  tegmasa  u  yana  Irg`ituvchining  oyog`i  tagiga  qaytib  tushadi.  Bumerang  turli  xil  bwladi, 
ammo aksariyati wroqsimon shaklda bwlib, uzunligi wrtacha 75 sm (ayrimlari 2 metrgacha) keladi 
va  yuz  metr  masofagacha  uchadi.  U  bilan  uchar  qushlarni  ham  urib  tushirish  mumkin.  Qushlarni 
har xil twrla rva tuzoqlar bilan ham ovlaganlar. Baliqchilikda sanchqi, twr, qarmoq, savat va boshqa 
ov  qurollari  ishlatilgan.  Qarmoqlar  suyak  yoki  chig`anoqdan  yasalgan.  Ovchilik  va  baliqchilikda 
nayza muhim rol wynagan. Tasmaniyaliklarda tosh qurollar va nayza ishlatilgan. Dengiz hayvonlari 
ugri, molluska va qisqichbaqalar sevimli taom hisoblangan. Ovchilik va baliqchilik bilan erkaklar, 
terib-termachlash bilan esa asosan, ayollar shug`ullangan. 
Avstraliyaliklar  gwsht  va  baliqni  xom  holda  iste`mol  qilmaganlar.  Ular  gwsht,  qush  yoki 
baliqni kwpincha  yaxlit holda wtda  yoki chwg`da qovurib  yeganlar. Avstraliyada turli tariq,  yams 
va  boshqa  ildizmevali  wsimliklar,  non  daraxti  (bunya)  yavvoyi  holda  wsadi.  Ular  tosh,  suyak, 
chig`anoq, yog`och, wsimlik tolasi, hayvon terisidan turli qurol, buyum va idishlar yasashni yaxshi 
bilganlar.  Tosh  qurollarning  tiplari  neolit  davridagi  shel  va  ashel  yoki  muste  qurollariga  wxshab 
ketadi. 
Avstraliyalik  va  tasmaniyaliklarning  kiyimlari  nihoyatda  yurun  bwlgan.  Kwpchilik  qabilalar 
mutlaqo  kiyimsiz  nihoyatda  yupun  bwlgan.  Kwpchilik  qabilalar  mutlaqo  kiyimsiz,  yalang`och 
yurganlar. Ba`zi janubi-sharqiy hududlarda opossum terisidan plash tikib yopinib yurganlar. Ammo 
erkagi  ayol  asosan,  bayram  vaqtlarida  turli  bezaklar:  boshiga  toladan  wrov,  qwliga  ip,  bilaguzuk, 
bwyniga munchoq, burniga buloqi sirg`a taqishgan, badanlarini bwyab har xil patlar yopishtirganlar 
yoki  badanlarini  maxsus  jarohatlab,  ywl-ywl  naqshlar  tilganlar.  Tanani  faqat  bezak  uchun  emas, 
ba`zan terini saqlash uchun ham bwyaganlar. 
Avstraliyaliklar  ham  ayrim  qabilalarga  bwlingan  bwlib,  mustamlaka  arafasida  butun  qit`ada 
500  ga  yaqin  mustaqil,  bir-biriga  bog`liq  bwlmagan  jamoa  holida  hayot  kechirganlar.  Hozir  juda 
kam qabila qolgan. Ularning qabilaviy tuzumi nihoyatda sodda bwlgan, kwpchiligida na qabilaviy 
boshliq,  na  qabilaviy  kengash  bwlgan.  Tub  aholi  ishlab-chiqarish  munosabatlarining  asosini 
ijtimoiy  mulk  tashkil  qilgan.  Har  bir  qabila  joylashuviga  qarab  ayrim  lokal  guruhlarga  bwlingan. 
Bunday  guruhlar  odatda  muayyan  munosabatlar  bilan  wzaro  bog`langan  bwlib  bitta  juft  qabilani 
tashkil  etgan.  Aslida  Avstraliya  qabilasining  ikki  “pallaga”  yoki  ikki  “nikoh  sinfiga”  bwlinishi 
ibtidoiy  jamiyatga  xos  dual  tashkiloti  bilan  bog`liqdir.  Wz  navbatida  har  “palla”  ikki  bwlak 
urug`dan  iborat.  Ilk  qabila  tuzilishining  keyingi  bu  ikki  shakli  fratriy  sistemasi,  deb  atalgan. 
Fratriya  (grekcha  “birodarlik”  degan  ma`noni  inglatadi)  nikoh  tartibiga  binoan  bir  “pallaga” 
mansub  bwlgan  odamlar  wzaro  nikohlana  olmaydi,  balki  ular  qarama-qarshi  “pallaning”  odamlari 
bilan  nikohlana  olishi  mumkin,  boshqacha  qilib  aytganda  er  va  xotin  doimo  qabilaning  har  xil 
“pallasiga” mansub bwlishi kerak edi. Miso uchun, bir avstraliya qabilasining ikki “nikoh sinf”iga – 
kroki va kumetaga bwlinishi fratriy sistemasining namunasidir. Bu sistema fanda dual ekzogamiya 
deb  ham  aytiladi.  Mazkur  tartibga  binoan  bir  “palla”  yoki  bir  urug`ning  g`ozalari  wrtasida 
nikohning bwlishi mumkin emas, twg`ishgan opa va singillar wrtasida ham, shuningdek, yon tomon 
qarindoshlar  wrtasida  ham  (ona  tomondan)  nikoh  bwlishi  istisno  etiladi,  ya`ni  katta  va  kichik 
avlodni  bir-biri  bilan  nikohlanishiga  ywl  qwymaydi.  Shunday  qilib,  bir  fratriya  (yoki  shundagi 
urug`lardan  biri)  boshqa  fratriyaga  nisbatan  (yoki  undagi  boshqa  urug`ga)  “ona  fratriyasi”  (yoki 
undagi boshqa urug`ga)  “ona fratriyasi”  (yoki urug`i), ikkinchisi esa “ota bratriyasi”  (yoki urug`i) 
hisoblanadi.  Har  bir  fratriya  wzining  nomiga  ega  bwlib,  asosan,  uning  ajdodi  hisoblangan  hayvon 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə