Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47

 
77 
 
kuchli  va  hozirgi  shimoli-sharqiy  osiyoliklarga  ancha  yaqin.  Demak,  aleut-eskimoslar  Amerikaga 
kelgan aholining eng oxirgi oqimi bilan bog`liq. 
Qolgan barcha hindilar bir necha asrlar va hatto yillar davomida asta-sekin shimoldan janubga 
va  keyin  qit`aning  ichki  hududiga  tarqalgan  hamda  turli  elat  va  xalqlarning  shakllanishiga  asos 
bwlgan.  Ba`zi  umumiy  belgilariga  qarab  ularni  odatda  uch  katta  guruhga:  shimoliy  amerikalik, 
markaziy  amerikalik  va  janubiy  amerikaliklarga  bwladilar.  Ular  wzaro  faqat  bwyi  va  badan 
terisining  rangi  bilan  farqlanadilar.  Shimoliy  Amerika  hindilari  bwyining  balandligi,  kwzining 
twg`ri qiyig`i va burgutsimon burni bilan ajralib turadi. 
Markaziy  va  janubiy  amerikalik  hindilar  eng  qadimiy  irqiy  belgilarini  saqlab  qolganlar, 
odatda  ular  past  bwyli,  ochiq  jigarrang  badanga  ega.  Badiiy  adabiyotda,  ayniqsa,  F.Kuper 
asarlarida,  hindilarni  “qiziltanlilar”  deb  ham  ataydilar.  Amerika  tub  joy  aholisining  tillari  kam 
wrganilgan.  Ammo  ular  juda  kwp  mayda  til  guruhlariga  bwlinib  ketgan.  Olimlarning  aniqlashiga 
karaganda, bu erda hindilarning taxminan ikki mingdan ortiq tillari mavjud bwlib, ularni 110 ta til 
oilasiga  bwlish  mumkin.  Wz  navbatida  mazkur  tillar  oilasi  beshta  eng  yirik  til  guruhlariga 
biriktirilgan;  makrokarib,  makroaravak,  makrokechua,  makromayya  va  bask-dene.  Balki  bu 
klassifikatsiya  hindilarning  kwchib  kelish  jarayonini,  ya`ni  migratsion  twlqinni  aks  ettirishi  ham 
mumkin. Bulardan tashqari wziga xos xususiyatga ega bwlgan yana uchta til turkumiga biriktirilgan 
tarqoq  qabilalar  borki,  ular  Janubiy  Amerikada  joylashgan  bwlib,  eng  dastlabki  migratsiya  bilan 
bog`liqdir. 
Swnggi  davrlargacha  kwpchilik  qabul  qilgan  klassifikatsiya  asosida  mahalliy  tillar  20  ga 
yaqin til oilalariga biriktirilgan. 
Hozirgi davrda hindi tillarining  asosiy qismi ayrim mamlakatlarning davlat tillari tomonidan 
siqib chiqarilgan yoki siqib chiqarish arafasida. Faqat eng yirik til oilalari – kechua, aymara, mayya 
va ularga yaqin tillar wz mavqeini saqlab qolganlar. Bu tillarda Peru va Voliviyada hatto maktablar 
va  adabiyot  mavjuddir.  1975-yil  27-iyunda  birinchi  marta  Amerika  qit`asida  Peru  hokimiyati 
kechua  tilini  davlat  tili  deb  e`lon  qildi.  paragvayda  ispan  tilini  yengib  wtib,  mavqeini  tiklagan 
guarani tilida adabiyot va matbuot mavjud bwlib, radioeshittirishlar tayyorlanadi. 
Evropa mustamlakasi,  ayniqsa,  XVI  asr boshlaridan ispan va portugallarning kela boshlashi, 
Amerika qit`asidagi tub aholining taqdirida muhim rol wynadi. Mazkur voqea qisqa muddat ichida 
hindilarning lingvistik, antropologik va etnik qiyofasida jiddiy wzgarishlarga olib keldi. Ammo eng 
katta fojia shundan iborat ediki, hindilarning juda kwp qismi yo jismoniy qirilgan, yo og`ir mehnat 
tufayli,  yo  Evropaliklar  olib  kelgan  kasalliklardan  qurbon  bwlgan.  Dastab,  Vest-Indiyaning  tub 
aholisi bu fojiani boshidan kechirgan, ularning kwpchiligi XVI asrning birinchi yarmidayoq qirilib 
ketishgan. 
Amerika qit`asiga Evropaliklarning qachon kelganlig aniq emas. Ayrim olimlarning fikricha, 
bepoyon okean suvlari bilan har tomondan yuvilib turgan bu qit`aga Kwhna dunyodan kishilar bir 
necha  ming  yillar  muqaddam  kelib  turgan.  Bunday  Xeerdalning  «Ra»  nomli  papirus  kemasida 
wtkazgan  ekspeditsiyasi  ham tasdiqlaydi. Taxminan ming  yillar muqaddam Amerikaning shimoli-
sharqiy sohillarida va Grenlandiyada normannlarning yashaganligi («Vinland») aniqlangan. 
Asli  Amerikani  mustamlaka  qilishni  ispan  hokimiyati  xizmatidagi  geniyalik  Xristofor 
Klumbning  1492-yil  12-oktyabrdagi  kashfiyoti  bilan  bog`liq  edi.  Wsha  kuni  buyuk  sayyoh 
Hindistonga  g`arbiy  ywl  axtarib  Karib  dengizidagi  Bagam  arxipelagiga  yetib  kelib,  uni  G`arbiy 
Hindiston  (Vest-Indiya)  deb  wylagan.  Juda  qiyinchiliklar  bilan  kashf  etilgan  wlkani  Salvador 
(ispancha  «xaloskor»)  deb  atagan.  Kolumb  keyinroq  bir  necha  marta  Venesuela,  Gonduras  va 
panama  sohillariga  kelgan  bwlsa-da,  bu  erlarni  xindlarniki,  degan  fikrini  wzgartirmadi.  Ammo 
uning ayrim zamondoshlari yangi kashf etilgan erlar Osiyo emasligini tez aniqlab oldilar. 
Ayniqsa,  bu  masalaga  wtkir  qalam  sohibi,  iste`dodli  florentsiyalik,  ispan  qiroli  xizmatida 
bwlgan  sarkarda  Amerigo  Vesrpuchi  muhim  aniqlik  kiritgan  edi.  U  ham  1497-yildan  keyin  bir 
necha  marta  yangi  qit`aga  kelgan  ekspeditsiyaga  bosh  bwlgan.  Vespuchi  1501-1502-yillardagi 
sayohatidan  keyin:  «Bu  wlkani  Yangi  Dunyo  deb  atash  lozim  ...  Chunki  bizning  ajdodlarimiz  bu 
erlar  twg`risida  tasavvurga  ega  bwlmaganlar».  Uning  mashhur  xatlarni  wqigan  atoqli  geograf  va 
kartograf  Martin  Valdgemyuller  wzining  1507-yilda  chiqqan  «Kosmografiyaga  kirish»  nomli 


 
78 
 
asarida  yangi  ochilgan  dunyo  qismini  «Amerigo  yoki  Amerika  mamlakati»,  deb  atashni  hech  kim 
man qilmaydi, deb yozgan edi. Shunday qilib, Kolumb kashf etgan yangi qit`a keyingi sayyoh nomi 
bilan tarixga kiradi. 
XVI  asr  boshlarida  ispan  istilochilari  Shimoliy  Amerikaning  janubiy  qismini  bosib  oladilar. 
Yangi dunyoning afsonaviy boyliklari twg`risida turli hikoyalarni eshitib, sayyohlar ortidan kelgan 
ispan  konkistadorlari  ayovsiz  qirib  talon-taroj  qilganlar.  Ayniqsa,  1519-yilda  Ernando  Kortes 
yurishlari  natijasida  hozirgi  Meksikada  atsteklar  davlati  bosib  olinadi.  14  yil  keyinroq  Fransisko 
Pisarro  boshchiligida  ispan  lashkarlari  hozirgi  Peru,  Boliviya  va  Ekvador  erlaridagi  davlatlarni 
wzlariga bwychundiradilar. 
Ispanlar ortidan boylik axtarib portugallar, inglizlar, frantsuzlar va gollanlar kela boshlaydilar 
va  Yangi  Dunyoni  bwlib  mustamlakaga  aylantiradilar.  Oqibatda  Shimoliy  Amerika  Rio-Grande 
daryosining  shimolidan  ingliz  va  frantsuzlar  qwliga,  Meksika,  Markaziy  va  Janubiy  Amerika 
ispanlar  va  portugallarning  qwliga  wtadi.  Vest-Indiya  orollarini  ispan,  ingliz,  frantsuz  va  golland 
istilochilari  wzaro  bwlib  olishgan.  Hatto  Daniya  ham  bir  qismini  egallagan.  Oqibatda,  hindilar 
serunum  erlaridan  mahrum  bwlib,  bir  qismi  esa  qirilgan.  Ispaniya  va  Portugaliya  qirollari,  yirik 
feodallari  va  cherkovlarning  xazinalari  boylikka  twlib  ketgan.  Ayrim  ma`lumotlarga  qaraganda, 
qisqa  muddat  ichida  XVI  asrning  birinchi  yarmi  davomida  15  million  hindilar  qirib  tashlangan. 
Vaholanki, mustamlakachilar kelish arafasida Yangi Dunyoda tub aholi, ya`ni hindilar soni 90-100 
million  kishiga  etgan.  Agar  hozirgi  AQSh  hududida  avvallari  400  qabiladan  iborat  2-3  millionga 
yaqin hindilar yashagan bwlsa, XX asr boshlariga kelib Amerika Qwshma Shtatlarida 200 mingga 
yaqin hindilar qolgan, xolos. Hozir Lotin Amerikasida hindilar aholining 15%ni tashkil qiladi. 
XVI  asrning  oxirlarida  portugaliyaliklar  qul  «ovlash»  niyatida  Janubiy  Amerikaning  ichki 
qismiga yurishlar wtkazib, bir necha ming hindilarning yostig`ini quritganlar. Shu davrdan boshlab 
Amerika,  Evropa  tarixida  eng  fojiali  va  dahshatli  sahifalar  boshlandi.  Boy  plantatorlar  qirilgan 
hindilar  wrniga  ishchi  kishiga  muhtoj  bwlib  qwshimcha  qul  olib  kelishga  majbur  bwladilar.  XVI 
asrning  birinchi  chorag`idayoq  Vest-Indiya  va  Braziliyaga  Afrikadan  zwrlab  minglab  negrlarni 
keltira boshlaydilar. Wsha davrda Afrika negrlariga chinakam ov boshlanadi. Kuch bilan bosib olib 
keliingan bir necha ming qora tanlilar halok bwlib ketgan. Negr qullarni zwrlab keltirish to XIX asr 
boshlarigacha davom etgan. Afrikadan keltirilgan qullarning umumiy soni haligacha ma`lum emas. 
Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda, faqat Braziliyaga qullikka Afrikaning asosan, g`arbiy qismidan 10 
millionga yaqin negr keltirilgan. Hozirgi AQShda 25 millionga yaqin negr yashaydi. Amerikaning 
ayrim  mamalkatlarida  (asosan,  Vest-Indiya  orollarida)  negrlar  hatto  aholining  kwpchilik  qismini 
tashkil qiladi. 
Wtgan  asrning  wrtalariga  kelib  Amerika  qit`asining  etnik  qiyofasi  ancha  wzgarib  ketgan. 
Shimoliy  Amerika  aholisining  asosiy  qismi  Shimoliy-G`arbiy  Evropadan  dastlab  Britaniya 
orollaridan  kelgan  elatlardan  iborat  ediyu  Meksikada  va  butun  Janubits  amerikada  ispanlar, 
Braziliyada  portugallar  hekmron  etnoslar  bwlib,  hozirgi  davrda  200  milliondan  ortiq  kishi  ispan 
tilida gapiradilar. Butun Amerikada ingliz tilida gapiradigan aholi soni ham shuncha. Frantsuz tilini 
15 million, italyan tilini 8 million kishi wz ona tili deb hisoblaydi. 
Shunday qilib, mustamlaka qilingan Amerika qit`asining tub aholisi bir necha asrlar davomida 
qirilib, kelgindi elatlar bilan aralashib juda kamayib ketgan va yangi etnoslar paydo bwlgan. 1775-
1783-yillardagi  mustaqillik  uchun  kurashdan  swng  tashkil  topgan  AQSh  Shimoliy  Amerikaning 
ancha  qismini  bosib  olib  katta  hududda  wz  hwkmronligini  wrnatadi.  Hozirgi  davrda  butun  AQSh 
va Kanadada hindilar aholining 0,5 foizini 0,5 foizini hosil qiladi, xolos. 
Odatda  Amerika  xalqlarini  wrganish  muqaddimasi  ularni  xwjalik-madaniy  mintaqa  yoki 
tiplarga  bwlib  klassifikatsiyasi  tamoyiliga  asoslanadi.  Bu  tamoyil  asosan,  tabiiy  sharoitga 
moslashgan  xwjalik  va  maishiy  turmush  xususiyatlari  bilan  belgilanadi.  Ammo  biz  Amerika  tub 
aholisini asosan, uch qismga Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerikaga bwlib ta`riflaymiz. 
Amerikaning  hozirgi  etnik  qiyofasi:  Hozirgi  Amerika  qit`asi  wzining  rang-barang  tabiati 
singari turli xildagi etnik qiyovaga ega. Kashf etilgandan swng besh asrlik tarixi davomida qit`aga 
juda  kwp  xilma-xil  elat  va  xalqlar  kelib  uning  etnik  tuzilishida  tub  wzgarishlarga  sabab  bwlgan. 
Ularning geografik joylashishda ham kata wzgarishlar rwy bergan. Bu erda yirik xalqlar faqat yangi 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə