Filosofiya uzb



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

Takrorlash uchun savollar 
1. Dastlabki axloqiy qonun-qoidalar va axloqiy taraqqiyot muammosi. 
2. Axloq tuzilmasi. 
 
Adabiyotlar 
1.
Islom Karimov. ¤zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: «¤zbekiston», 1998. 
2.
Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yuq. «Muloqot», 1998, 
3.
Islom Karimov. Barkamol avlod-¤zbekiston taraqqiyotining poydevori. /Islom Karimov. 
Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yulida: T.6-T.: «¤zbekiston», 1998. 
4.
Islom Karimov. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: «¤zbekiston», 1999. 
5.
I.A. Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir: «Fidokor» 
gazetasi muxbiri savollariga javoblar. T., ¤zbekiston, 2000. 
6.
M. Xayrullaev, M. Haqberdiev. Mantiq, 4-bob. 
7.
Yu.V. Ivlev. Logika, 3-bob, 3-paragraf. 
8.
I. Raximov. Logikadan amaliy mashg`ulotlar va metodik tavsiyalar, 4-bob. 
9.
N.I. Kondakov. Logicheskiy slovar`-spravochnik. Mavzuga oid maqolalar. 
 


105
105
 
28-mavzu Axloqning tizimidagi urni
Reja: 
 
1. Ma`naviyat haqida umumiy tushuncha. 
2. Axloqning boshqa ijtimoiy-ma`naviy hodisalar bilan uzaro aloqalari: axloq va din, axloq va 
huquq, axloq va siyosat, axloq va san`at, axloq va fan, axloq va mafkura. 
3. Axloqning ma`naviyat tizimidagi birlashtiruvchilik ahamiyati. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin dastlabki urtaga tashlangan eng dolzarb 
muammolardan biri-ma`naviyat buldi. Hozir ham bu muammo jamiyatimizning diqqat markazida. 
Zero ma`naviyatsizlikning har qanday jamiyatni tanazzulga olib borishi shak-shubhasizdir. Shu 
munosabat bilan, ma`naviyat uzi nima-yu, u qanday kelib chiqqan, degan masalaga tuxtalib utmoq 
urinli. Bu masala esa bizni yana odamning paydo bulishi muammosiga murojaat etishimizni taqozo 
qiladi. 
Tangri insonning jismini loydan – moddiy materialdan yaratgach, unga jon, ruh ato etdi. Endi inson 
ruh va vujudning yaxlitligi sifatida faqat ruhdangina iborat farishtalardan ulug`roq maqomga ega buldi. 
Ruhning vazifasi – vujudni boshqarish. Demak, odamda moddiylikdan kura ruhiylik-ma`naviylik 
mantiqan birlamchi. Buni inson sezgilarining «moddiylik» va «ma`naviylik» nisbatida kurish mumkin. 
Insondagi besh sezgidan faqat ikkitasi – biror moddiy narsaga tegib his etish va biror narsaning ta`mini 
bilish orqali his etishgina bevosita «moddiy sezish»ga taalluqli. Kolgan uch sezgi – kurish, eshitish, 
hid bilish esa muayyan moddiy narsaga tegmagan holda, «ma`naviy sezish» orqali u haqda tasavvurga 
ega buladi. Buning ustiga avvalgi ikki sezgining biri inson jismoniy kuchini qullashda – qurish, buzish, 
jismoniy boshqarishda, ikkinchisi inson vujudi uchun zarur bulgan moddalarni ovqat sifatida qabul 
qilishda zarur. Kolgan uch sezgi esa insonga guzallikni kurish, uni xunuklikdan farqlashda, yoqimli 
tovush bilan yoqimsiz tovushni anglashda, xushbuy hiddan badbuylikni ajratishda kerak. har ikkala 
toifadagi sezgilar orqali ham inson rohatlanadi. Jismoniy mehnatdan olinadigan rohat va gastrologik 
lazzat –bir tomondan, guzallikdan, yoqimli tovushdan, xushbuylikdan olinadigan lazzat – ikkinchi 
tomondan. Har ikkala toifa sezgilar «xizmat»ini fikr tarozusiga solib kuradigan bulsak, buning ustiga 
«oltinchi sezgi» – aqlning mavjudligini hisobga olsak, «ma`naviy sezgilar» tosh bosib ketadi. Zero bu 
«qorin tuydirmaydigan» sezgilar insonning oliy mavjudot ekanini anglatuvchi belgilardir. Tug`ri, inson 
qorin tuydirishi kerak, lekin u qorin tuydirish uchun yashamaydi, balki yashash uchun qorin tuydiradi. 
Insoniy hayotning hayvoniy hayotdan farqi ham shunda. 
Aytilganlardan xulosa chiqaradigan bulsak, uch «ma`naviy sezgi» orqali olinadigan lazzat, inson 
hayotining mazmuni-maqsad, ikki «moddiy sezgi» esa ana shu maqsadni amalga oshirish yulida 
vosita. haqiqiy ma`naviy lazzatga erishish, tom ma`noda ma`naviyatli yashash uchun, tabiiyki, «vosita-
sezgilar» ham pokiza, haromdan yiroq bulishi lozim. Zero nopok vositalar bilan erishilgan lazzat – 
ma`naviyat emas, u xuddi bir uyum gung ustida usgan atirgul kabi kishida afsus hissini uyg`otadi. 
«Korin falsafasi»ga asoslangan, insonni faqat qorni tuq, bir xilda fikrlovchi kommunistik jamoa 
a`zosi qilib tarbiyalashga uringan shurolar tuzumi materializmni – moddiyatchilikni ilohiylashtirish 
barobarida ma`naviyatga etarli e`tibor bermadi, uni ikkinchi darajali unsur deb hisobladi. Bizning 
hozirgi erkin jamiyatimiz esa, moddiyatchilikning ahamiyatini inkor etmagan holda, ma`naviyatchilik 
yunalishini ustuvor sanab, insonni eng avvalo, ma`naviyatli shaxs, uz fikriga, uz suziga, uz erkiga ega 
ma`naviy individ, qolaversa fuqarolik jamiyatining a`zosi ekanini, e`tirof etadi. Na faqat e`tirof etadi, 
balki ana shu yunalishda juda katta ishlarni amalga oshirishni asosiy vazifasi deb biladi. 
Endi ma`naviyatning hayotda namoyon bulishi qanday ruy beradi, u qanday sohalarni uz ichiga 
oladi, degan savollarga e`tiborni qarataylik. Bu borada hozirgi paytda turli xil qarashlar, fikrlar 
mavjud. Zero ma`naviyat qamroviga kiradigan sohalar juda kup va xilma-xil. Shu bois faqat ularning 
eng asosiylari, ya`ni ma`naviyatning shohtomirlari bulmish unsur-sohalar haqidagina gapirish mumkin. 
Ulardan biri va birinchisi – ezgulik; ikkinchisi – guzallik; uchinchisi – e`tiqod, ya`ni ana shu 
ezgulik va guzallikning tom ma`nodagi timsoli bulmish Yaratganga e`tiqod. 
Mutlaq ezgulik egasi bulmish Yaratgan insonni ezgu ishlar qilish, ezgulikka ezgulik bilan javob berish 
uchun yaratdi. Zero Tangri insonni yaratib, buyuk ezgulik namunasini kursatgan ekan, uning bandasi bulmish 
odamzot ham ezgulikka ezgulik bilan javob berishi kerak: Ollohni sevishi, faqat ezgu a`mollarga, yaxshilikka 


106
106
kamarbasta turishi, uz qavmdoshlariga ham, atrof-
muhitga ham ezgulik nuqtai nazaridan munosabatda 
bulishi shart. Ezgulik esa, bizga ma`lumki, axloqning, oqilona xatti-harakatlarning asosi, axloqshunoslikning 
mushtarak tushunchasidir. Demak, axloqiylik inson ma`naviyatining asosiy ustuni. 
Mutlaq guzallik sohibi bulmish Yaratgan insonni guzal mavjudot, uzidan keyingi ikkinchi guzallik 
yaratuvchi zot qilib bunyod etdi. Ayni paytda odamzot Ollohning erdagi xalifasi sifatidagi Tangri 
in`om etgan atrof-muhitdagi guzallikni, guzal xulqni, guzal a`mollarni asrashi, ardoqlashi lozim. Zero 
«Olloh guzal va u guzallikni sevadi». Ushbu hadisi sharif suzlaridan shunday xulosa chiqarish 
mumkin: Ollohni sevgan bandasi albatta guzal bulishi va guzallikni sevishi shart. Aks holda u 
farishtalarga ham nasib etmagan xalifa degan sharafli nomga noloyiq. Guzallik esa nozik 
hissiyotlarning, qalbni yumshatuvchi, mayinlashtiruvchi, insonga hilmlilik baxsh etuvchi, qalbni 
forig`lantiruvchi nozik hissiyotlarning asosi, nafosatshunoslikning mushtarak tushunchasidir. Demak, 
guzallikka muhabbat ham ma`naviyatning asosiy ustunlaridan. 
E`tiqodni esa, ezgulikka va guzallikka muhabbatning, ularga iqtido qilishning eng oliy darajasi deyish 
mumkin. Uning eng mukammal kurinishi uzini din shaklida namoyon etadi. Dinlar har xil bulishiga 
qaramay, muqaddas kitoblarning mohiyati bir: inson mutlaq ezgulik va mutlaq guzallik sohibiga e`tiqod 
orqali komillikka erishadi. Zero, barcha dinlarning maqsadi komil insonni tarbiyalash. Shu bois ham 
Kur`oni karimda haqiqiy mumin barcha nozil qilingan kitoblarning muqaddasligini tan olishi shart, deya 
qayta-qayta ta`kidlanadi. 
Demak, har bir inson uz hayotini ana shu uch asosga qursagina, ma`naviyatli hisoblanadi. Axloq, – 
ma`naviyat tizimida eng salmoqli urinni egallaydi va undagi boshqa sohalar bilan mustahkam aloqada 
ish kuradi. Endi ana shu aloqalarning eng muhimlariga qisqacha tuxtalib utamiz. 
2. Avvalo, axloq bilan din masalasini olib qaraylik. Bu borada yana, yuqoridagi fikrlarga 
qushimcha qilib, shuni aytish mumkinki, mohiyatan din inson hayotining axloqiyligini taqozo qiladi. 
Shu bois diniy-shar`iy tamoyillar va me`yorlar, hadisi sharifdagi ugitlar axloq-odob qoidalari bilan 
chambarchas bog`liq. Chunonchi, inson eng oliy qadriyat sifatida qat`iy muhofaza etiladi. Odam 
uldirish mumkin emas, odam uldirish eng ulkan axloqsizlik hisoblanadi. ug`rilik, birovning haqini 
eyish, munofiqlik, aldash, yolg`on gapirish va shu kabi boshqa turli illatlar ham diniy-shar`iy, ham 
axloqiy nuqtai nazardan man etiladi. Aksincha, insonni e`zozlash, odamlarning bir-biriga kumakdosh 
bulishi, tug`rilik, rostguylik, halollik, rahmdillik, qavmdoshi qanday yuksak darajada bulmasin, unga 
xushomad qilishdan tiyinish, faqat Yaratgangagina sig`inish singari fazilatlar ayni paytda ham diniy 
taqvo, ham axloqiy talab tomonidan ma`qullangan xatti-harakatlardir. Shu bois axloqni dindan 
mustaqil, muxtor ma`naviy hodisa sifatida talqin etuvchi markscha-lenincha qarashlar mantiqiy va 
ilmiy asosga ega emas. Din, ta`kidlaganimizdek, insonni axloqiylashtirishning vositasi tarzida ish 
kuradi. Demak, diniy taqvo bilan axloqiy talabning ildizi bir. har ikki holatda ham vijdon kuzga 
kurinmaydigan boshqaruvchi murvat sifatida namoyon buladi. Bu-botiniy kurinish; zohiriy kurinish 
esa shar`iy hukmlar va huquqiy qonunlarda uz aksini topadi. 
Axloqiy talab huquqiy qonun-qoidalarda uz aksini topadi, deyish bilan biz axloq va huquqning 
mustahkam aloqaga ega ekanini tasdiqlab turibmiz. Zero aslida ham shunday. Muayyan jamiyatdagi 
huquqiy qonun-qoidalar usha mintaqa xalqi tomonidan asrlar mobaynida ishlab chiqilgan axloqiy 
aqidalar, tamoyillar, me`yorlar, shuningdek, nisbatan umumiylik xususiyatiga ega bulgan urf-odatlar 
zamirida vujudga keladi. Lekin ba`zi bir urf-odatlar, an`analar huquqiy me`yorlar darajasiga kutarila 
olmasligi ham mumkin. Buning sababi, ularning, avvalo, nisbatan xususiy tabiatga ega bulganida, 
qolaversa, axloqiy va huquqiy taraqqiyot talablariga javob bera olmasligida. Masalan, johiliyat davrida 
arablarda qiz tug`ilsa, uni tiriklay kumib tashlash odati bulgan. Keyinchalik, musulmonlik yoyilganda, 
bu odat g`ayri muslimlik odati sifatida rad etildi. Hozirga kelib, unday hodisa huquqiy qonunlar 
asosida jinoyat deb qaraladi. Yoki bizning mintaqada qadimda mavjud bulgan xun olish odati ham 
hozirda jinoyat sifatida jazoga loyiq hisoblanadi. Bunday misollarni kuplab keltirish mumkin. 
Kurinib turibdiki, axloq bilan huquq, garchand, bir ildizga ega bulsa-da, ularning jamiyat axloqiy 
hayotini boshqaruv usuli har xil: axloq asosan tushuntirish, pand-ugitlar vositasida ish kursa, huquq 
majburiy usul, jazo choralari orqali ish olib boradi. Ayni paytda, shuni ham aytish kerakki, huquq 
axloqqa nisbatan ancha aniq va ancha muayyan ichki bulinishlarga ega. Chunonchi, xalqaro huquq, 
fuqaro huquqi, jinoiy huquq, mehnat huquqi va h. k. nisbatan qat`iy chegaralangan huquqiy me`yorlar 
mavjud. Axloq esa huquqqa nisbatan ancha keng qamrovli. Chunonchi, huquqiy qonunlar mavjud 
tuzumga, muayyan shaxs va yosh doirasidagi kishilarga tadbiq etilsa, axloqiy qoidalar, hikmatlar, 


107
107
pand-ugitlar 
barcha 
tuzumlar 
hamda 
turli 
yoshdagi kishilarga taalluqli buladi. Shuningdek, 
huquqiy me`yorlar aniq adresni taqozo qiladi, axloqiy qoidalar esa mavhumligi va umumiyligi bilan 
ajralib turadi. 
Axloqning siyosat bilan aloqasi ham nihoyatda qadimiy: ilk davlat yuzaga kelgandan buyon 
mavjud. Masalan, miloddan avvalgi XUIII asrda Bobilon podshosi Xammurapi tomonidan ishlab 
chiqilgan qonunlar majmui huquqiy hujjat bulsa-da, uning asosida axloqiy fazilat – adolatni barqaror 
etish yotadi. Zero Xammurapi bu qonunlarni mamlakatda haqiqat qilish, adolat urnatish, etim-esirlar 
va beva-bechoralarga himmat, rahm-shafqat kursatish maqsadida joriy etganini ta`kidlaydi. 
Axloqshunoslik tarixida axloq bilan siyosatning munosabatlari borasida ikki xil qarash 
mavjudligini kurish mumkin. Ularning biriga kura, siyosat axloqiy bulmog`i lozim, ikkinchisiga 
binoan esa siyosat axloq bilan sig`ishmaydi. 
Birinchi qarash mohiyatan axloqni siyosatdan yuqori quyadi: siyosat axloqqa buysundirilishi shart. 
Boshqacha qilib aytganda, maqsadlar va vositalar birligiga erishmoq lozim, ya`ni buyuk, pokiza 
ideallar faqat axloqiy pok vositalar orqali amalga oshirilmog`i kerak. Lekin bunda axloq siyosat 
vazifasini bajarmasligi lozim. Aks holda muayyan davlat institutlarining, xususan, huquq-tartibot va 
harbiy idoralar singari tashkilotlarning ishini ortiqcha darajada cheklab, ularni juda zaiflashtirib quyish 
mumkin. 
Ikkinchi qarash esa, mohiyatan siyosatning axloq bilan hisoblashmasligini taqozo etadi. Bu qarash 
tarafdorlari axloqni siyosatga buysundirishni, undan, kerak paytida, tamomila yuz ugirish lozimligini 
ta`kidlaydilar. Ular nazdida, axloq buyuk ideallarga erishuv yulidagi bir g`ov, jamiyatni umuminsoniy 
qadriyatlar bilan uralashtirib quyadi, kungli bushlikka, sustkashlikka, pirovard natijada bosh-
boshdoqlikka olib keladi. Shu bois buyuk maqsadlarga tezroq erishish uchun har qanday vositadan 
foydalanish mumkin. Zero oxir-oqibat erishilgan maqsad yul quyilgan razilliklar, qattolliklar, aldovlar 
va firiblarni yuvib ketadi. Vaholanki, bu usul orqali faqat vaqtinchalik g`alabaga erishish mumkin. 
Oqibatda esa, bu g`alaba na faqat yuqqa chiqadi, balki mag`lubiyatga aylanadi. Misol tariqasida yana 
shurolar tuzumiga murojaat qilish mumkin. Zurlik, aldov va qatag`onlar bilan xalqni baxtli qilishga 
urinish, «xalq baxti» uchun millionlab odamlarning yostig`ini quritish evaziga erishilgan g`alaba oxir-
oqibatda buyuk mag`lubiyat sifatida nihoya topdi. Yuqorida keltirganimizdek, u ulug` maqsadlarni 
iflos vositalar bilan amalga oshirish usha maqsadlarning ham toza emasligini amalda isbotlaydi. 
Endilikda sobiq Shurolar Ittifoqi tarkibiga kirgan xalqlar axloqsiz siyosat tufayli jahondan ajralib 
qolgani, yolg`on, poraxurlik, kuzbuyamachilik bu mintaqalar uchun odatga aylanib ketgani hammaga 
ma`lum. Bu illatlardan tozarish, qutilish uchun yana necha un yillar kerak ekani kuzga kurinib turgan 
reallikdir. Demak, siyosatda axloqdan kuz yumish, uni axloqiylashtirishda yuzaga keladigan ba`zi 
nuqsonlardan yuz bor, ming bor kup va fojeiydir. uz siyosatini tubdan axloqiylashtirish – har bir 
zamonaviy davlatning hozirgi kundagi birlamchi vazifasi. 
Axloq bilan san`atning uz aro aloqalari haqida gap ketganda, eng avvalo, uni et bilan tirnoq 
tarzidagi yaqinlik ekanini ta`kidlamoq lozim. Chunki har bir haqiqiy san`at asarida asosiy ziddiyat 
sifatida ezgulik bilan yovuzlikning kurashi in`ikos etadi, insonparvarlik, haqiqatguylik, tug`rilik, 
adolat, muhabbat, sadoqat singari fazilatlar tarannum etiladi, taqdir, ulim va ulmaslik, hayotning 
mazmuni, baxtga erishish singari muammolar urtaga tashlanadi. Axloqiy ideal muammosi esa har bir 
badiiy asarning shohtomiri hisoblanadi. Masalan, Alisher Navoiyning Farhodi, Shirini, Shekspirning 
Romeosi, Jul`ettasi, Oybekning Navoiysi mazkur mualliflar asarlaridagi axloqiy ideallardir. Ularsiz 
Navoiy, Shekspir va Oybek asarlarini tasavvur qilish mumkin emas. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə