Filosofiya uzb



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


112
112
 
30-mavzu Oila, fuqarolik jamiyati va davlatning axloqiy asoslari
hamda shaxs axloqiy tarbiyasi
Reja: 
 
1. Oilailk axloqiy maskan sifatida. 
2. Fuqarolik jamiyati va davlatning axloqiy mohiyati. 
3. Axloqiy madaniyat va kasbiy odob muammosi. 
4 Axloqiy tarbiya hamda uning yullari va vositalari. 
1. Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi deyishadi. Chunki har bir jamiyat 
a`zosining, bulajak fuquroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni: uzining bevosita 
kurinishi bulmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g`amxurlikni; bolalar 
tarbiyasini uz ichiga oladi. 
Avvalo, nikoh xaqida tuxtalib utaylik. Konunga binoan nikoh tuzish shartlarida eng muhimlari – 
nikohga kiruvchilarning uzaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etganliklari. Bizda yigitlar uchun – 
18, qizlar uchun – 17 nikoh yoshlari qilib belgilangan. Bu – masalaning huquqiy tomoni. Uning 
ikkinchi – axloqiy tomoni ham borki, u sevgi bilan bog`liq. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida 
goh ochiq sevgi – muntazam uchrashuvlar, ahdu paymonlar qilish yoki orqavorotdan bir-birini 
yoqtirishi hollari bulishi mumkin. Har ikkala holda ham rozilik uzgarmas shart hisoblanadi. 
Ba`zan, qadimda Sharq xalqlarida, shu jumladan uzbeklarda qizning yoki yigitning roziligisiz tuy 
qilib yubora berishgan, ota-onalar kelishsa – bas, degan fikrlarni uchratadi kishi. Ayniqsa, bunday 
gaplar shurolar davrida tinimsiz takrorlanar edi. Vaholanki, bunday hol kam bulgan, uni 
musulmonchilik inkor etadi. Rivoyat qilishlaricha, payg`ambarimiz Muhammad alayhissalom uylariga 
sovchi kelganida, qizlari Fotimadan doimo rozilik suraganlar va rad javobi olganlar. Faqat Hazrat Ali 
sovchi quyganlarida, Bibi Fotima rozilik berganlar. Demak, farzandninng roziligini olish bizga 
payg`ambarimizdan qolgan sunnat. 
Hozirgi kunda ham kupgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, 
yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma`qul kursagina, fotiha qilinib, tuy taraddudi kuriladi. 
Juda kup hollarda bunday yoshlar urtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Kodiriy 
«utgan kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush urtasidagi sevgini buning mumtoz namunasi 
desa buladi. Ochig`ini aytish kerakki, muhabbatning ham uz darajasi bor: Layli bilan Majnunning 
muhabbati hamma sevishganlarga ham nasib etavermaydi. Bunday romantik-sururiy sevgi real hayotda 
kamdan-kam uchraydi. Buning ustiga, oilaviy muhabbat ma`lum ma`noda salobatli, kuproq yashirin tarzda 
namoyon buladi. 
Keyingi paytlarda nikoh bilan muhabbatning uzaro chiqishmasligi haqida ¢arb mutafakkirlari tez-
tez yozadigan bulib qolganlar. Chunonchi, Erix Fromm industrial jamiyatda muhabbat kamdan-kam 
xam uchraydigan hodisa ekanini, nikohning asosida boshqa–moliyaviy, siyosiy, iqtisodiy sabablar 
yotishini ta`kidlaydi. Umuman, ¢arb olamida bunday hodisa anchadan buyon mavjud. Shu jihatdan 
Jorj Bayronning «Don Juan» she`riy romanidagi quyidagi satrlar diqqatga sazovor: 
Bu juda qayg`uli hodisa shaksiz, 
Insonning kajligi, jinoyati bu; 
Ildizi gar bitta bulsa ham, hargiz 
Chiqishmas nikoh va muhabbat mangu: 
Sirkaga aylangan vinodak, esiz, 
Nikoh mast qilmovchi taxir, nordon suv,- 
Vaqt undan jannatiy buyni oladir, 
Ruzg`oru oshxona hidi qoladir. 
Garchi bu satrlar yarim kinoya, yarim hazil qabilida bulsa-da, ularda ma`lum ma`noda hayotiy asos 
bor. Agar muhabbat har ikki tomondan e`zozlab, avaylab-asralmasa, undagi jannatiy buyni yuqotib 
quyish hech gap emas. Zero dunyodagi hamma narsa -hodisalar kabi muhabbat ham parvarishga 


113
113
muhtoj. 
Nikoh uz mohiyatiga kura axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa buysundiriladi. Oddiy birga 
yashashda esa tabiiy ehtiyotni qondirish birinchi urinda turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe 
egalaydi. 
Oilaning yana bir jihati – uning uz mulkiga egaligi. Agar nikoh oilaning botiniy kurinishi bulsa, 
oilaviy mulkni uning tashqi kurinishi deyish mumkin. Oilaning mavjud bulishi uchun ishlab 
topiladigan mablag` ham zarur. Oila uchun topiladigan ana shu mablag`, shubhasiz axloqiy tabiatga 
ega: oila boshlig`i oila a`zolarini halol edirib-ichirishi, kiydirishi lozim. Oilani erkak kishi boshqaradi. 
U nafaqat «topib keladi», balki oilaviy mulkka xujayinchilik qilish, uni taqsimlash huquqiga ham ega. 
Oilada bolaning ahamiyati nihoyatda katta. Ota bolada uz jufti halolini, ona esa sevimli erini 
kuradi: bolada er xotinning muhabbati predmetlashadi, jonlanadi. Bola – oilani tutib turuvchi jonli 
muhabbat. Bolalar oilada umumiy oilaviy mulk hisobiga eb-ichadilar, tarbiya oladilar. 
Oilada bolalar intizomli bulib usmoqlari, ota-onaga buysinishlari lozim. Lekin bu intizom qullikka 
urgatish emas, balki bolalariga hos erka-tantiqlik, uzboshimchalik singari salbiy hususiyatlarni 
yuqotishiga xizmat qilishi kerak. Ota-onaga buysunishdan bosh tortishga yul quyish bolaning 
kelajakda qupol badxulq nokamtarin bulib etishuviga olib keladi. Shu bois oila ilk axloqiy tarbiya 
uchog`i sifatida ham katta ahamiyatga ega. 
Oila buzilishi ham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri – oilani axloqiy nuqtai nazardan 
buzilishi. Bunda bolalar balog`atga etgach, erkin shaxs sifatida yangi oilaga asos bulishlari – ug`il 
bolalarning uylantirilishi, qizlarning erga berilishi nazarda tutiladi. 
Uylantirilgan farzandlarga ham, erga berilgan qizlarga ham yangi oila qurish va uni moddiy 
jihatdan dastlabki paytlarda muhtojlikdan saqlab turish uchun etarli bulgan uy-ruzg`or ashyolari 
ajratiladi. Shuningdek, oilaning tabiiy buzilishi ham mavjud. Unda ota-onaning, yoki otaning vafoti 
tufayli oila mulkining meros bulib bir yoki bir necha farzandga utishi munosabati bilan oila buzilishi 
mumkin. 
Bundan tashqari, nikoh bekor qilinishi munosabati bilan oila buziladi. Aslida nikoh ham diniy, ham 
dunyoviy nuqtai nazardan buzilmasligi kerak. Lekin urtada xiyonat sodir bulishi yoki yana boshqa bir 
xil sabablar tufayli nikohni faqat axloqiy obruga ega, qonun bilan tan olingan idoralar, masalan sud, va 
vakolatli ruhoniy bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, axloqiy hodisa. Har bir jamiyat mana 
shu sunggi turdagi oila buzilishiga qarshi kurashadi. Bunday oila buzilishi qancha kamaysa, u usha 
jamiyat axloqiy takomillashib borayotganini anglatadi. 
g`. Dastlabki axloq maskani bulmish oilalar yig`indisi fuqarolik jamiyatini, millatni tashkil etadi. 
Fuqarolik jamiyati mohiyatan oila bilan davlat urtasidagi daraja. Garchand, uning taraqqiyoti davlat 
taraqqiyotidan keyinroq ruy bersa haa, u albatta davlatni taqozo etadi, ya`ni fuqarolik jamiyatining 
yashashi uchun uning oldida mustaqil nimadir bulishi kerak. Fuqarolik jamiyati zamonaviy 
dunyomizda vujudga keladi, zero, hozirgi paytdagina fuqarolar huquqi haqiqatan ham inobatga olinadi. 
Fuqarolik jamiyatida har bir odam uzi uchun maqsad. Biroq, u boshqalar bilan uzaro munosabatda 
bulmasdan turib, uz maqsadiga tula erisha olmaydi: boshqalar uning maqsadga etishishi yulidagi 
vositadir. Natijada har bir alohida maqsad boshqalar bilan uzaro munosabatlar vositasida, ularning 
farovonlikka intilishini qanoatlantirgani holda, uzi ham qanoatlanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, 
fuqarolik jamiyatida yaxshi, badavlat, baxtli, huquqiy yashash uchun bulgan har bir fuqaroning 
intilishi pirovard natijada butun jamiyatning ushanday yashashiga olib keladi. 
Fuqarolik jamiyati, shunday qilib, bir kishining ehtiyojini uning mehnati vositasida qondirishi 
barobarida, shu mehnat vositasida barcha qolganlarning ham ehtiyojini qondiradi. U uz a`zolarining 
shaxsiy erkinliklari va huquqlarini himoya qiladi, odil sud vositasida ular mulkiga daxl qilinishiga yul 
quymaydi. Fuqarolik jamiyati turli tabaqalardan tashkil topadi. Ular orasida tabaqaviy yoki sinfiy 
ziddiyat singari hodisalar ruy berishi mumkin emas. Chunki bunda shaxs – davlat fuqarosi, muayyan 
inson manfaatlari birinchi urinda turadi va bu manfaatlar, aytganimizdek, ham axloqiy, ham qonuniy 
jihatdan himoya qilinadi. 
Mamlakatimizda hozir erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini tuzishga kirishganmiz. Bu jamiyat, 
ma`lum ma`noda, g`arbliklar tasavvuridagi fuqarolik jamiyatlaridan farq qiladi. ¢arbda bu borada 
e`tibor asosan huquqiy yunalishning ustuvorligiga qaratilsa, bizda axloqiy-ma`naviy yunalishning 
ustuvorligini kurish mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz qurayotgan fuqarolik jamiyati 
¢arb dunyosi uchun urnak bulishi mumkin. Bu faxrlanish hissidan kelib chiqqan balandparvoz gap 


114
114
emas. Masala shundaki, ¢arb jamiyatlari hozirgi 
paytda 
axloqiylikni 
huquqiylikning 
yuqori 
bosqichi sifatida qabul qilmoqdalar. Lekin ular uchun «axloqiy urin bushatishdan» kura «huquqiy 
urinni egallab turish» na faqat qonuniy, balki zavqliroq tuyuladi. Bizning mentalitetimizda esa, buning 
aksi – har bir «axloqiy urin bushatish» uzbek qalbiga quvonch, uz insonlik burchini bajarganlik hissini 
tuldiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə