Filosofiya uzb



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

Takrorlash uchun savollar 
1.
 
Adabiyotlar 
10.
Islom Karimov. ¤zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: «¤zbekiston», 1998. 


108
108
11.
Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak 
yuq. «Muloqot», 1998, 
12.
Islom Karimov. Barkamol avlod-¤zbekiston taraqqiyotining poydevori. /Islom Karimov. 
Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yulida: T.6-T.: «¤zbekiston», 1998. 
13.
Islom Karimov. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: «¤zbekiston», 1999. 
14.
I.A. Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir: «Fidokor» 
gazetasi muxbiri savollariga javoblar. T., ¤zbekiston, 2000. 
15.
M. Xayrullaev, M. Haqberdiev. Mantiq, 4-bob. 
16.
Yu.V. Ivlev. Logika, 3-bob, 3-paragraf. 
17.
I. Raximov. Logikadan amaliy mashg`ulotlar va metodik tavsiyalar, 4-bob. 
18.
N.I. Kondakov. Logicheskiy slovar`-spravochnik. Mavzuga oid maqolalar. 


109
109
 
29--mavzu Axloqshunoslikning asosiy mezoniy tushunchalari, axloqiy tamoiyllar va meerlar 
Reja: 
 
1. Axloqshunoslik mezoniy tushunchalari (kategoriyalari) ibtidosining hissiyotga borib taqalishi. 
2. Axloqshunoslik asosiy mezoniy tushunchalarining mohiyati. 
3. Axloqiy tamoyillar, me`yorlar hamda ularning inson va insoniyat jamiyati taraqqiyotidagi 
ahamiyati. 
Avval biz axloqiy hissiyotlarni axloqiy anglash uchun muayyan ma`noda material ekani tug`risida 
bir rov tuxtalib utgan edik. Bu haqda mumtoz faylasuflar ham e`tiborga sazovar fikr bildirganlar. 
Chunonchi, buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, tushunchada nimaiki bor ekan, u bundan avval 
hissiyotda mavjud bulgan, deb ta`kidlaydi. «Tabiat qonuni borasidagi tajribalar» asarida u shunday deb 
yozadi: «Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi etkazib berilmasa, u holda tafakkur uchun hech 
qanday material berilmagan buladi va aql bilishin taraqqiy ettirishi borasida tosh, yog`och, qum va 
hokazo qurilish materiallarisiz me`mor bino qurishda qanchalik ish qila olsa, shunchagina ish bajara 
biladi». Aqlni ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali omil chifatida talqin etish, afsuski, Lokk va 
unga uxshash ba`zi mutafakkirlar fikrlarini hisobga olmaslik keyingi davrlarda, ayniqsa, kuchaydi. 
hegel` singari faylasuflar esa butun borliqni mantiqiylashtirish yulidan bordilar. Lekin XIX asrning 
ikkinchi yarmidan boshlab, ¢arb allomalari bu yulning kup jihatdan yanglish ekanini angladilar. XX 
asr mutafakkirlari, ruhiy tahlil falsafasidagi yangi froydchilik oqimining atoqli namoyandalaridan biri 
Karl Yung shunday deb yozadi: «¢arb kishisi» ruhiy («psixologik», suzini eshitganida, uning uchun «u 
shunchaki ruhiy» tarzida jaranglaydi. Uning uchun «psixe» – qalb qandaydir, achinarli darajada kichik, 
e`tiborga noloyiq, shaxsiy, sub`ektiv v.h... Shu sababli «ruh» (qalb) urniga «aql» suzini ishlatishni 
ma`qul kuradi...» Boshqa bir urinda: «... barcha metafizik mulohazalar uchun ijodiy zamin aynan 
qalbning (ma`naviylikning) kuzga kurinmas, etishib bulmas tarzdagi in`ikosi hisoblangan ongdir...», 
degan fikrni bildiradi. Darhaqiqat, «yurak va aql», «hissiyot va ong» bahsida ¢arb, ayniqsa, bizning 
XX asrda, suzsiz, birinchilikni aqlga, ongga beradi. Yuqoridagi kabi fikrlar istisnoli hollardir. Shu bois 
axloqshunoslik nuqtai nazaridan muhabbat haqida gap ketsa, uni hissiyot, deb yana buning ustiga, 
ta`riflash qiyin bulgan tuyg`u, deb ataydilar va uni tushuncha tarzida olib qarashdan chuchiydilar. 
Vaholanki, muhabbat aynan axloqiy hissiyot va axloqshunoslikning bosh mezoniy tushunchasidir. 
2. Muhabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda 
uz «hissa»siga ega. Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vataparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz 
tasavvur etib bulmaydi. utgan ma`ruzalarning ba`zilarida biz bu tushunchaning mohiyati, turlari 
haqidagi Ilohiy Og`ustin, Imom ¢azzoliy, Erix Fromm singari mutafakkirlar fikrlarini keltirgan edik. 
Kushimcha qilib shuni aytish mumkinki, u – insonni tashqi va tarnstsendentral` olam bilan bog`lovchi, 
uni yolg`izlikdan olib chiqadigan buyuk kuch. Muhabbatning ob`ekti doimo guzallik, manfaatsiz 
guzallik. U – Ollohmi, Vatanmi, yormi – muhabbat egasiga undan-da guzalroq narsa yuq. Ayni paytda 
bir ob`ektni sevgan kishi boshqa ob`ektlarni ham sevmasligi mumkin emas. Deylik, yorga bulgan 
haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga muhabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero 
«uz-uzicha», yakka, «xudbin» muhabbatning bulishi mumkin emas. Inson uzi uzgaga aylanganida, 
uzgani uziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi. Mana shu ob`ekt bilan sub`ekt 
orasidagi farqning yuqolishi eng buyuk, eng mukammal lazzatdir. Buni mavlono Fuzuliy nihoyatda 
guzal qilib, bir baytda shunday ifodalaydi: 
Ishqdir ul, nasha`i komilkim, andandir mudom 
Mayda tashviri harorat, nayda ta`siri sado. 
Komil nash`a, komil lazzatga faqat komil insongina erisha oladi. Demak, muhabbat inson axloqiy 
xayotining chuqqisi, komillik belgisidir. Shu bois haqiqiy muhabbat egalari yoshlar tomonidan doimo 
axloqiy ideal tarzida qabul qilinadi: Farhod va Shirin, Romeo va Jul`etta, Otabek va h. 
Shuni ta`kidlash lozimki, muhabbat – oliy tuyg`u, shu ma`noda u oliy tushuncha. Lekin uni tuban, 
quyi narsa – hodisalarga nisbatan ham qullash hollari uchrab turadi. Chunonchi, Fromm singari 
g`arblik mutafakkirlar, ba`zi rus faylasuflari muhabbat tushunchasini ulikka (nekrofil), mol-dunyoga, 


110
110
pulga nisbatan qullaydilar. Ularga nisbatan 
«uchlik», «ruju», «hirs» singari tushunchalarni 
qullash ma`qul emasmikan 
Muhabbat ham, axloqshunoslikdagi kupgina tushunchalardek, «juftlik» xususiyatiga ega, uning 
ziddi – nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U aksil muhabbat 
tarzida namoyon bulgan ob`ektdan chetlashish, undan begonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanch 
hissi nafratning kundalik turmushidagi tor, «mayda» kurinishidir. Nafratning ularga nisbtan «yirikligi» 
uning ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bulishidir. Ayni paytda, bu tushuncha g`azabdan keskin farq 
qiladi. U, g`azabga uxshab, uz ob`ektini yuqotishga intilmaydi, undan faqat yuz buradi. Kurinishdan, 
nafrat kishida yoqimsiz taassurot uyg`otsa-da, aslida u asosan illat emas, axloqiy fazilat sifatida 
insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir. 
Nafratdan tashqari yana rashk tushunchasi borki, u –ijtimoiy hodisa emas, faqat jinsiy muhabbat bilan 
yonma-yon keladi. Ma`lumki, muhabbat egasi uz sevgisini va sevgilisini qizg`anib, asrab qolishga harakat 
qiladi. Ana shu qizg`anish hissa me`yoridan oshib ketganda rashkka aylanadi. Rashk esa, uni qanchalik 
ta`rif-tavsif qilmaylik – me`yorning buzilishi, illat. 
Mezoniy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik – ezgulik va yovuzlik, ezgulik axloqshunoslikdagi 
eng asosiy kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi – Tangri irodasining inson 
qalbidagi tajassumi sifatida namoyon buladi. «Ezgu uy, ezgu suz, ezgu a`mol» uchligi «Avesto» dan 
tortib, barcha muqaddas kitoblarda etakchi urinni egallashi ham shundan. Ezgulik – inson shaxsining 
komillikkka, baxtga, jamityani esa yuksak taraqqyoitga etkazuvchi vositadir. U insonning axloqiy 
faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. Uni sinfiylik yohud partiyaviylik qobig`iga urash 
mumkin emas. Chunonchi, «sinfiy dushmanni», ya`ni biror bir shaxsni yoki guruhni faqat boshqa 
sinfga mansub bulgani uchun jisman yuqotish, qanchalik buyab-bujalmasin, ezgulik bulolmaydi. U 
tom ma`nodagi yovuzlikdir. Shu bois totalitar tuzumlarda ezgulikni bunday talqin etishning 
noilmiyligi, soxtaligi hozirgi kunda hammaga ayon. 
Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan ulchanmaydi, ular ham 
muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy ideal bilan bog`liqligi 
ham shundan. Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari 
tamoyillarni uz ichga oladi. 
Shuni ham aytish kerakki, muhabbat va nafrat juftlik tushunchasida nafrat muhabbatni inkor etmay, 
aksincha, uning barqarorligidan dalolat bersa, ezgulik va yovuzlik juftligida har ikki tushuncha bir-
birini tamomila inkor etadi. Na faqat inkor etadi, balki ular orasida hayot-mamot kurashi ketadi va bu 
kurash abadiy kurash sifatida, olamni harakatga keltiruvchi kuch tarzida nomoyon buladi. 
Ezugulik va yovuzlikning yana bir uziga xos tomoni shundaki, bu juftlik tushuncha inson 
faolyaitini baholash xususityaiga ega. Uni odam bolasining ulug`ligi va tubanligini ulchaydigan 
muqaddas torozuga uxshatish mumkin. Insonning komilligi, jamiyatning takomilga erishgan-
erishmagani shu mezon bilan ulchanadi. Chunonchi, Stalinning yovuz inson, sobiq shurolar ittifoqini 
esa jamiyat sifatida «yovuzlik saltanati» degan nom bilan atalib kelgani hech kimga sir emas. 
Ezgulik va yovuzlik haqida gap borganida, yaxshilik va yomonlik nima, bu ikki juftlik mazmunan 
bir emasmi, degan savol tug`iladi. Bu tabiiy. Chunki hozirgacha bizga ma`lum uzbek tilidagi barcha 
axloqshunoslikka doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan, u 
bor-yug`i yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim etib kelingan. Tug`ri, yaxshilik 
tushunchasining kugina unsurlari ezgulikdan, ezgulikning ba`zi unsurlari yaxshilikdan joy olishini 
inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida ham shunday «singishib ketish» mavjud. Lekin bunday 
dalilllar aslo mazkur ikki juftlikni aynanlashtirishga asos bula olmaydi. Ular orasida qat`iy farq 
mavjud: ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega, yaxshilik esa unday emas. U 
asosan shaxsning odobiga, hulqiga bog`liq bulgan ijobiy hodisa. Zero unda, mardlik, ochiqkungillilik, 
halollik singari axloqiy me`yorlar tajassum topadi. Biroq u qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi 
tamoyillar darajasiga kutarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning 
faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mehnatga umrini bag`ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun 
«Xazoyin ul-maoniy»dek, «Hamsa»dek buyuk asarlar yaratdi. Bu ezgulik – abadiy, zero Navoiy 
asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida zavq-shavq ulashib, ularni komillikka chorlab 
kelmoqda. Ayni paytda, u kuplab yaxshiliklar qildi – muhtoj odamlarga qarz berdi, bergan qarzidan 
kechib yubordi v.h. Uning bu yaxshiliklari, ajoyib ijobiy hodisa bulgani holda, utkinchilik xususiyatiga 
ega, shuningdek, qahramonlik ham, buyuk jasorat ham, vatanparvarlik ham emas. Demak, yaxshilikni 


111
111
yirik 
ijtimoiy 
hodisa 
– 
ezgulik 
bilan 
aynanlashtirish tug`ri emas. 
Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, ezgulik hech qachon yovuzlikka aylanmaydi, 
har qanday zamonda, har qanday sharoitda ham yovuzlik bulib qolveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa 
bunday emas: biror ob`ektga qilingan yaxshilik boshqa har bir ob`ekt uchun yoki yaxshilik qilgan 
sub`ekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin. Mashhur uzbek xalq ertaklaridan biridagi ovchilar quvib 
kelayotgan burini qopga yashirib, qutqarib qolgan dehqonning holatini bunga misol sifatida keltirish 
mumkin: buri uziga yaxshilik qilib, ulimdan qutqargan odamni emoqchi buladi, xayriyatki, tulki 
dehqonning joniga ora kiradi. 
Xullas, muayyan ijtimoiy cheklanganligiga qaramay, yaxshilik va yomonlik ham ancha qamrovli 
mezoniy tushunchalardan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə