Filosofiya uzb


Falsafa fanning muammolari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

Falsafa fanning muammolari, o`z xususiyatlariga ko`ra, azaliy va eki o`tkinchi bo`lishi 
mumkin. Azaliy muammolar insoniyat paydo bo`lgan davrdaeq vujudga kelgan bulib, toki odamzod 
mavjud ekan, yashayveradi. Chunki insoniyat taraqqietining har bir bosqichida ushbu muammolar 
yangidan kun tartibiga qo`yilaveradi. Ularni o`rganish jaraenida ilm-fan taraqqiy etib boradi. 
Falsafada olamning asosida nima etadi, uni voqe etib turgan narsanig mohiyati nimadan iborat, 
degan masalalar nihoyatda uzoq tarixga ega. Qadimgi Yunoniston va Rimda bu masla «Substantsiya» 
tushunchasi va uning mazmunini qanday tushunilishiga qarab o`ziga hos ifodolangan. Substantsiya
deganda olam va dunedagi narsalarning mohiyati tug`risidagi fikr tushunilgan. Yunoniston faylasufi va 
matematigi Pifagor hamma narsa sonlardan tashkil topgan degan bo`lsa, Aflotun substantsiya - 
g`oyalardir degan, Demokrit esa, olamning asosida taomlar (atom tushunchasi o`sha davrda bo`linmas 
zarracha ma`nosida ishlatishgan) etadi deb tushuntirgan.
Bu masalalarni qay tarzda hal qilinishiga qarab farqlanadigan falsafiy oqim va yo`nalishlar ham 
yo`q emas. Masalan, olamning asosida nima etadi, uning mohiyati nimadan iborat degan masala 
monizm, dualizm, plyuralizm, materializm va idealizm kabi qator falsafiy qarashlar shakllangan. 
Monizm (yunoncha - monos, ya`ni yakka ma`nosini anglatadi) - olamning asosi yakayu-yagona 
sababga, bitta asosga ega deb ta`lim beradigan falsafiy ta`limotdir. 
Dualizm (lotin tilida dua, ya`ni degan ma`noni ifodalaydi) - olamning asosida ikkita asos, ya`ni 
modda va materiya bilan birga ruh va g`oya. ya`ni ideya etadi deyuvchi qarash.
Plyuralizm (lotin tilida plyural, ya`ni ko`plik degan ma`noni anglatadi) olamning asosida ko`p
narsa va ideyalar etadi deb e`tirof etadigan ta`limotdir. 





Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə