Filosofiya uzb



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

Materializm - olamning asosida materiya, ya`ni moddiy narsalar etishini e`tirof etadigan, 
moddiylikni ustuvor deb biladigan ta`limot. 
Idealizm - olamning asosida ruh eki g`oyalar (ideyalar) etadi, dune voqeligi va rivojida 
ideyalarni ustuvor deb ta`lim beradigan falsafiy ta`limot. 
Falsafada duneni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan bog`liq masalalar ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalalar bilan falsafaning gneseologiya (gnosis - bilish, logos - 
ta`limot) degan sohasi shug`ullanadi. Duneni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni - 
gnostiklar~ olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz to`g`ri va aniq haqiqat darajasiga ko`tarila 
olmaydi deyuvchilarni esa - agnostiklar (yunoncha - bilib bo`lmaydi degan ma`noni anglatadi) deb 
yuritiladi. 
Dialektika - grek tilida bahs va suhbatlashish san`ati degan ma`noni anglatadi. Antik dune 
faylasuflari uni haqiqatga erishish yo`li va usuli sifatida talqin etganlar. Xozirgi davrga kelib 
dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o`zgarishda, o`zaro aloqadorlik va bog`liqda, taraqqiet 
va rivojlanishda deb tushunishdir. Unga ko`ra, olamda o`z o`rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat 
yo`nalishiga ega bo`lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog`liq va aloqador tarzda, bir-
birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog`lanishlar orqali namoen bo`ladi. 
Masalan insoniyat tarixiga bu usulga asosan endoshilganida, u uzluksiz tarzda ruo` beradigan 
avlodlar o`rin almashuvi, birining o`rniga ikkinchisi kelishi, muayyan qadriyatlarni meros qoldirishi va 
yangilikning eskilikni inkor qilishidan iborat doimiy va takrorlanib turadigan jaraendir. Bashariyatning 
muayyan davrida esa, shu zamonning ijtimoiy manzarasini belgilaydigan turli urug` eki qabilalar
davlat, millat va xalqlar, oqim va yo`nalishlar, g`oya va mafkuralarning xilma-xil shakllarini ko`rish, 
ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda namoen bo`lishini kuzatish mumkin. 
Falsafada mazkur tamoyillarga asoslangan tafakkurni - dialektik tafakkur, ana shunday 
duneqarashni - dialektik duneqarash, endashuvni - dialektik endoshuv, metodni - dialektik metod deb 
atash an`anaga aylangan. Shu bilan birga u eki bu olimning ushbu tamoyillarga asoslanadigan 
duneqarashi, falsafiy ta`limotlari ham bor.
Metafizika - grekcha so`z bo`lib, lug`aviy ma`noda «fizikadan keyin» degan mazmunni 
ifodalaydi. Bu tushuncha, falsafa tarixida birinchi marta, Qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi 
Aristotelning «Ilk falsafa» deb atalgan asarlariga nisbatan ishlatilgan. Ko`p hollarda, dialektikaga 
qarama-qarshi deb talqin etiladigan metafizika olamdagi narsa va xodisalarni o`rganishda ularning 
muayyan vaqt davomida nisbatan o`zgarmasdan, alohida turgan holatiga diqqatni kuproq qaratadigan 
usuldir.
Bu usul qo`llanganida olamning namoen bo`lish shakllari hamda ular bilan bog`liq bo`lgan 
jaraenlarning alohida qismi eki holatiga asosiy e`tibor beriladi. Voqea, xodisa va jaraenlarni doimiy 
o`zgarish xolatida o`rganish nihoyatda qiyin bo`lganligidan, nafaqat faylasuflar, balki barcha fan 
mutaxassislari uning nisbatan tinch va o`zgarmay turgan holatini o`rganadilar, tadqiq etadilar. 
Sofistika - qadimgi Yunoniston falsafasida vujudga kelgan tafakkur usulidir. Ko`pgina darslik 
va qo`llanmalarda bu ibora yunon tilidagi «sopism» so`zi asosida, ya`ni ataylab xilma-xil ma`noga ega 
bo`lgan tushunchalarni ishlatish orqali kerakli, ammo haqiqatga tug`ri kelmaydigan, ko`chma ma`no-
mazmunga erishish usuli, deb ta`kidlanadi. Bu usul qo`llanilganda fikrning mazmuni kuchma ma`noda 
baen qilinadi, ya`ni «Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit» deganga o`xshash xolat nazarda tutiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə