Filosofiya uzb


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

 
Takrorlash uchun savollar 
1. Sharq madaniyati taraqqietining ilk davrlari deganda nimani tushunasiz. 
2.Qadimgi hind falsafiy maktablar nechta guruhga bo`linadi 
 
Adabiyotlar.
11.
Karimov I. A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maksadimiz. T. 2000. 
12.
Karimov I. Falsafa fanidan lektsiya matnlari. T. 2004. 
13.
Skirbekk G, Gil`e N. Falsafa tarixi. T. 2002. 
14.
Spirkin A. Filosofiya. (Uchebnik). M. Gadariki. 2000. 
15.
Falsafa: komusiy lugat. T. «Shark», 2004. 
16.
Falsafa. (Ukuv kullanma. E.Yusupovning umumiy taxriri ostida). T. «Shark», 1999. 
17.
Falsafa asoslari. (Ukuv kullanma). T. «Uzbekiston», 2007. 
18.
Falsafa. (Darslik). T. 2007. 


10
10
19.
Falsafa. 
(Uquv 
qo`llanma. M.Axmedovaning umumiy tahriri ostida). T. 
2006. 
20.
Filosofiya (Uchebnik). M. YuNITI, 2000. 
 


11
11
3. Mavzu Qadimgi Yunoniston va Rim falsafasi. (i soat) 
Reja: 
1. Antik dune va Yunoniston falsafasi. 
2. Qadimgi zamon falsafasini o`rganishning ahamiyati. 
 
Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi 
falsafiy qarashlar - antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy 
maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiy - ilmiy, ijtimoiy - ahloqiy 
ta`limotlar o`rganiladi. 
Yunonistonda dastlabki falsafiy ta`limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o`rtasida Milet 
shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. 
Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi ywr-tru yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining 
asoschisi bo`lib, o`z davrining etuk siesiy arbobi, jo`g`rofi, faylasufi bo`lgan. Fales ta`limotiga ko`ra, 
tabiatdagi turli-tuman jism va xodisalar dastlabki ibtido - suvdan paydo bo`lgan va yana suvga 
aylanadi va modiy birlik doimo o`zgarishda bo`ladi. Anaksimandr (Falesning shogirdi) eramizdan 
avvalgi VII asr oxiri va VI o`rtalarida yashab ijod etgan. U «Tabiat haqida» asarini ezgan, biroq asar 
bizgacha etib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni qo`ygan bo`lsa, Anaksimandr dune - cheksiz, 
gazsimon apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishini ta`minlaydi, 
deb hisoblagan. Uning ta`limotini zamondoshi, shogirdi Anaksimen davom ettirdi. Anaksimen 
(eramizdan avvalgi 588-525 yillar) havo - olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, havoning 
quyuqlashishidan suv, er, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo bo`lgan. 
Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) Kichik Osiening g`arbiy 
qirg`og`idagi Efes shahrida zargar oilasida dunega kelgan. U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov - 
olamning asosi, deb bilgan. Uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Oqar suvga bir soniyada 
ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda turg`unlik yo`q. 
Harakat butun tabiatga, barcha jism va xodisalarga xosdir. Abadiy harakat - abadiy o`zgarishdir. 
Harakat qarama-qarshiliq asosida sodir bo`ladi. «Kurash hamma narsaning otasi, hamma narsaning 
podshosidir», degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit kishilar o`rtasida urushlarni targ`ib qilgan ekan-
da, deya xulosa chiqarish noto`g`ri. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə