Filosofiya uzb



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

Gnostiklar Bu davr falsafasida o`z o`rniga ega bo`lgan gnostitsizm eramizning 150 yillarida 
o`zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta`limot yaratdilarki, ularning fikricha Xudo 
ruh sifatida evuzlikda mutlaqo sof, inson esa o`z tabiatinning ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan. Bu 
masalada gnostitsizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar. 
Agar bu urinishda gnostitsizm g`alaba qilsa, xristianlik qadimgi dunening navbatdagi falsafiy dini 
bo`lib qolar edi va shunday bo`ldi ham. etr yilda Pompey sobori xristianlikni Rim imperiyasining 
asosiy dini deb e`lon qildi. 
Dualizm - gnostitsizmning asosiy yo`nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dune 
o`rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta`kidlaydilar. Ular ta`limotida materiya hamma vaqt 
uvuzlik timsolidir. Bundan ular xudo hech mahal moddiy duneni yaratishi mumkin emas, deb 
hisoblaydilar. Gnostiklar tomonidan e`lon qilingan darveshlik (asketizm) o`rta asrlarda 
monaxchilikning vujudga kelishisha sabab bo`ldi. 
Apologetlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga keldi. Apologetlar so`zining lug`aviy 
ma`nosi «himoya qilish», -demakdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo`lgan dushmanligini 
bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta`qib qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini 
isbotlashga harakat qilganlar, o`z asarlarida mushriklik (ko`p xudolik) adabietlaridan olingan 
bahslashish (dialog) shaklidan, eki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanilganlar. 
Apologetlar asarlarida ikki an`ana yaqqol sezilib turadi. Ya`ni inkor qilish va tasdiqlash. Ular 
eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo`yilgan ayblar - g`ayriodatiy harakatlar
dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu sohada 
Yustinning «Birinchi apologeya», «Ikkinchi apologeya» asarlarini, Tulean va Anaksagor kabi 
faylasuflar faoliyatini ta`kidlash lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə