Filosofiya uzb



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o`tgan. U 
qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya`ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor 
o`zining siesiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy 
Italiyaga ko`chib ketgan, o`sha erda o`z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha duneni bilish jaraeni, 
avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta`limotiga ko`ra, olamning asosida 
modda ham, tabiat ham emas, balki ideyallashgan raqamlar etadi~ narsa va hodisalar aynan ana shu 
raqamlar maxsulidir. Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bo`lgani bois aristokratiyani himoya qilgan. 
U «tartib» to`g`risidagi ta`limotini yaratib, faqat aristokratlar o`rnatgan tartib ijtimoiy haetda muhim 
rol` o`ynaydi, degan. Uning fikricha demokratiya bu tartibotning buzilishidir. 
Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (eramizdan avvalgi VI-V asr) shoir va faylasuf 
bo`lgan. U Kichik Osieda dunega kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy Italiyaga saehat 
qilib, umrining so`nggi yillarini Eley shahrida o`tkazgan. Tarixchi Diogen Laertskiyning ezishicha, 
Ksenofant «Tabiat haqida» asarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarimigina omon qolgan
xolos. U ko`pxudolikki hamda insonlarga xos sifatlarni hayvonlarga, o`simlik dunesiga daxldor deb 
biluvchi ta`limotga qarshi chiqib, mifologiyani rad etishga harakat qilgan. 
Ksenofant ilgari surgan g`oyalar uning shogirdi Eley falsafiy maktabining ko`zga ko`ringan 
namoyandalaridan biri eramizdan avvalgi t0r yili tug`ilgan Parmenid tomonida rivojlantirilgan. Eley 
falsafiy maktabining namoyandalaridan biri Parmenidning shogirdi va do`sti Zenon (490-430 yillar) 
o`z ustozining ta`limotini himoya qildi va uni rivojlantirdi.
Qadimgi Yunon madaniyatiga sofistlar falsafasi katta o`rin tutadi. Sofistlar antropologiya (inson 
haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to`g`risidagi fan) muammolari bilan shug`ullangan. Sofistlar 
yangi kasblarning mohir ustalari, ya`ni o`qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud mahkamalarida 
ishlovchi mutaxassislaridan iborat bo`lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o`rnatishga xizmat qilgan. 
Ularning ta`limoti Suqrot falsafasiga ham ma`lum darjada ta`sir ko`rsatgan. 


12
12
Suqrot (eramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli - Sokrat) - qadimgi Yunon faylasufi. 
«Afinaning ijtimoiy haetida faol ishtirok etgan, eshlar tarbiyasi bilan shug`ullangan, xurfikrli inson, 
kambag`aldan chiqqan, tosh yo`nuvchining o`g`li, o`ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo`lgan».
Uning haeti fojiali tugagani to`g`risidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. o`z davrida 
Afinadagi hukmron tuzum tartib-qoidalariga qarshi chiqib, yangi fikrlarni ilgari surgani uchun 
ruhoniylar uni dahriylikda hamda eshlarni axloqan buzishda ayblaganlar. Unga shunchaki ayb emas, 
siesiy ayb quyilgan. Garchand qutilish imkoni bo`lsa-da, qonun va jamiyat tartiblarini nihoyatda qattiq 
hurmat qilganligi bois, u jazodan qochishni istamagan va bir qadaq zahar ichib o`lgan. Suqrot va uning 
tarafdorlari jamiyat qonunlariga, ular qanday bo`lishidan qat`i nazar, so`zsiz itoat etishni targ`ib 
etganlari g`oyatda ibratlidir. Xolbukiy Suqrot va uning shogirdlari Afinada amal qilgan qonunlarni 
notug`ri va adalatsiz deb hisoblagan hamda ularni qattiq tanqid qilgan, ammo, shunday bo`lsa-da, 
ularga buysungan. Shu ma`noda, Suqrot o`zini aybdor deb topgan sud hukmiga itoat etgan va o`zini 
uning ixtieriga topshirgan. «Aflotun mening do`stim, ammo qonun do`stlikdan ustun turadi» degan 
xikmatli ibora o`sha davr ma`noviyatining yaqqol ifodasidir. 
Suqrot o`z ta`limotini og`zaki ravishda ko`cha-kuyda, maydonlarda, xiebonlarda shogirdlari va 
izdoshlari bilan birga shakllantirilgan va xalq ongiga singdirishga harakat qilgan, lekin bironta ham 
asar ezmagan. Uning falsafiy, axloqiy ta`limotlari mohiyatini shogirdlari Ksenofant, Aristofan va 
Aflotunlarning asarlaridan bilib olishimiz mumkin.
Suqrotning shogirdi Aflotun (asli - Platon) jahon falsafasi tarixida o`chmas iz qoldirgan buyuk 
allomodir. U nafaqat faylasuf olim, balki san`atkor, shoir va dramaturg bo`lgan, o`z g`oyalarini 
dialoglar tarzida baen qilgan. Aflotun 428 yil 21-mayda Delos orolida tug`ilgan. .zidan keyin 35 dan 
zied dialog shaklidagi asarlar ezib qoldirgan. Arastuning u haqdagi ma`lumotlarini birdan-bir to`g`ri 
dalil deb qarash mumkin. Chunki Arastu Aflotunning eng yaqin do`sti va shogirdi bo`lgan. 
Aflotun «Aflotun dunesi va soyalar dunesi» ta`limotining asoschisidir. Uningcha, g`oya 
haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dune esa uning soyasidir. Haqiqiy o`zgarish va taraqqiet 
g`oyalar dunesiga xos, soyalar dunesidagi harakat esa uning aksidir. G`oyalar dunesining 
qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nihoyatda kam uchraydi, ular ulkan aql 
egasi bo`ladi va tarixda chuqur nom qoldiradi. Aksariyat kishilar esa, soyalar dunesi bilan 
kifoyalanadi. 
Aflotunning jamiyat va davlat to`g`risidagi ta`limoti uning duneqarashida markaziy o`rinlardan 
birini tashkil etadi. U faqat antik davr falsafasi - ontologiya va gnoseologiyaning klassigi bo`lib 
qolmay, mumtoz antik siesiy nazariya va pedagogikaning bilimdoni ham bo`lgan. Aflotun ijtimoiy-
siesiy masalalarga doir «Davlat», «Qonunlar», «Siesat» va «Kritiy» nomli asarlar ezib qoldirgan. 
«Davlat» asarida jamiyat haqida, uning ideal siesiy tuzumi to`g`risidagi qarashlarini markaziy ta`limoti 
- g`oyalar nazariyasi bilan uzviy bog`liq holda ilgari surgan. 
Aflotunning shogirdi va safdoshi Arastu (384-322 yillar) (asli Aristotel`) qadimgi 
Yunonistonning buyuk faylasufi, o`zining betakror, jahonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan 
mashhurdir. o`n etti eshida o`z ilmini oshirish maqsadida Afinaga kelib, Aflotun asos solgan 
akademiyaga o`qishga kirgan va 20 yil davomida (Aflotunning o`limiga qadar) shu erda tahsil olgan. 
Keyinchalik Makedoniya podshosi Filippning II taklifiga binoan, uning o`g`li Aleksandrga 3 yil 
muntazam ustozlik qilgan. Binobarin keyinchalik duneni zabt etib, jahongorlik maqomiga ko`tarilgan 
iskandarning kamolotida Arastuning xizmatlari beqies bo`lgan. Filippning o`limidan keyin Aleksandr 
taxtga o`tirgach, Arastu Afinaga qaytib kelib, 50 eshlarida «Likkey» nomli maktab ochgan. Ilmiy 
faoliyatining samarali bo`lishida, umuman, Yunonistondagi ilm-fan rivojida Aleksandr tomonidan 
ko`rsatilgan himmat va rag`batlar muhim ahamiyat kasb etgan. Iskandar vafotidan keyin unga qarshi 
kuchlar bosh ko`tarib, Arastuni dahriylikda ayblashgan va sudga tortishgan. Suddan oldin Evbey 
oroliga ko`chib ketgan Arastu ko`p o`tmay o`sha erda vafot etgan. 
Arastu zabardast olim bo`lib, mantiq, psixologiya, falsafa, axloq, notiqlik san`ati, tabiy fanlar 
bo`yicha o`lmas, bebaho asarlar ezib qoldirgan. Uning barcha asarlari borliqni o`rganishga qaratilgan. 
Mantiqqa oid asarlarning barchasini «Organon» («Qurol») nomli asariga jamlagan. 
Faylasuf olamdagi narsa va hodisalar to`rtta sababga ega. Bular - moddiy sabab, ya`ni modda 
(materiya)~ shakliy sabab eki shakl~ yaratuvchi sabab~ pirovard sabab eki maqsad sabablaridir. 
Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha, harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning ulg`ayishi 


13
13
sababchisidir. Arastu pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos bo`lgan maqsadni 
tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi bo`lgan. 
Harakat olam singari abadiydir. Ayni payitda, olam o`zining abadiy sababi, ya`ni 
harakatlantiruvchi kuchiga ega. 
Yunon falsafasida Demokritning qarashlari ham muhim o`rin tutadi. U haqiqiy borliq - modiy 
dune, abadiy va poensiz, cheksiz-chegarasiz realliqdir, olam mayda moddiy zarrachalardan, ya`ni 
atomlardan va bo`shliqdan iborat deya ta`lim beradi. Atomlar va bo`shliq o`zaro yaxlit abadiy 
iftidodir. Atomlar - bo`linmas va o`zgarmos, sifat jihatdan bir xil, uning miqdori shakli singari 
behisobdir. Harakat, degan edi Demokrit, atomlardan iborat moddaning abadiy, tabiy holatidir. 
Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda na jamiyatda xech bir narsa tasodifan paydo 
bo`lmaydi», deb ezgan. 
Me`er, deydi faylasuf, axloqning tabiat insonlarga in`om etgan kuch va qobiliyatga mos 
kelishidadir. Donolik uchta hosil keltiradi: yaxshi fikrlach~ yaxshi suzlach~ yaxshi harakat qilish. 
Demokritning axloqiy qarashlari o`z davridagi amaliy ma`naviy munosobatlarning umumlashmasidir. 
Uning ta`limoti bugungi kunda insonlarni axloq-odobga, dienatga da`vat etadi. 
Epikur (341-270 yillar) - qadimgi Yunon mutafakkiri. Demokrit ilgari surgan atomchilik 
ta`limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog`onag`a ko`targan va tegishli qarashlar bilan 
boyitgan faylasuf. Epikur ta`limoticha, olam - moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar - bo`linmas, olam - 
jism va bo`shliqdan iborat, deb ezgan edi u. Barcha jismlarni tashkil etuvchi atomlarni kiritgan bo`lsa, 
ikkinchi guruhga atomlarning birlashishidan tashkil topgan jismlarni kiritgan. Epikur ichki harakat 
qonuniyatini kashf etib, Demokrit ilgari surgan atomchilik ta`limotiga ulkan hissa qo`shgan. 
Epikurning falsafiy-axloqiy ta`limoti o`z zamonasida ilg`or ahamiyatga ega bo`lgan. Rohat-farog`at, 
xursandchilik deganda, kayf-safo, maishat, shohona haetni emas, balki jismoniy ezilish hamda ruhiy 
tashvishlardan xalos bo`lishni, ozodlikni tushinamiz, deydi Epikur. 
Epikur ta`limotini rimlik Lukretsiy Kar (eramizdan avvalgi 99-55 yillar) davom ettirgan. U 
«Narsalarning tabiati to`g`risida» nomli asari bilan iashhur bo`lgan. Yashashdan maqsad, deb ezgan 
Lukretsiy, baxtli haet kechirishdan iboratdir. Jamiyat ham, xuddi tabiat singari, o`z qonunlariga ega 
hamda tabiat falsafiy qarashlari o`z davri va o`rta asr falsafasiga o`z ta`sirini ko`rsatgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə