Filosofiya uzb



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

Zardo`shtlik ta`limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo`lgan davr 
mahsuli bo`lgan diniy-falsafiy ta`limotlardan biri zardo`shtlikdir. 
Bu ta`limotga Zardo`sht asos solgan bo`lib, Sharq va G`arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari 
bilan mashhurdir. Manbalarga ko`ra, Zardo`sht, eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida 
yashagan. Lekin uning tarixiy eki afsonoviy shaxs ekanli xaqida aniq bir to`xtamga kelingan yo`q. U 
o`zini payg`ambar deb e`lon qilgan. Lekin uning payg`ambarligi ilohiy asosga ega. Ya`ni bu haqiqat 
ilohiy kitoblarda o`z tasdig`ini topmagan. 
Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, bu ta`limot Vatanimiz 
xududida, xususan, Xorazm zaminida paydo bo`lgan. U o`z davrida xalqni ezgulik va adolat 
g`oyalariga da`vat etish, haetbaxsh an`analarni shakllantirish, dehkonchilik va shahar madaniyatini 
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan, uning g`oyalari bilan bog`liq qadriyatlar bugungi 
kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o`ziga xos xususiyatlarini belgilashda ulkan 
qimmat kasb etmoqda. 
Zardo`shtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. Unda qadimgi xalqlarning dune to`g`risidagi 
tasavvurlari, o`ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi 




kuchlari-yaxshilik va emonlik, erug`lik va zulmat, issiqlik va sovuqliq, haet va o`lim borasidagi 
qarashlar o`z ifodasini topgan. «Avesto»da, shuningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbietga oid 
ma`lumotlar ham berilgan. 
Falsafa tarixida makedoniyalik Aleksandr (eski o`zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-
Baqtriya davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiet tarixida muhim o`rin tutgan. Manbalarda 
Aleksandr qo`shini mahalliy xalqlarning qattiq qarshiligiga uchragani, u «Avesto»ning ko`pgina 
qismini endirib yuborgani haqida ma`lumotlar bor. Bugungi kungacha ham ayirim tarixchilar 
Aleksandr «Avesto»ning tilini bilmagani, uni o`qiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini 
tushunmagan va uni eqish to`g`risida ko`rsatma bergan, degan fikrlarni baen etadilar. Aslida unday 
emas. Bu - tarixiy haqiqatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bo`lsa-da 
haspo`shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr o`z zamonida fanlarning otasi nom 
olgan falsafani fan darajasiga ko`targan, buyuk donishmand sifatida etti iqlimda tan olingan Arastudan 
20 yil mobaynida muttasil ta`lim olgan edi. Binoborin, Shoh Filippning o`g`li Aleksandrni savodsiz
kitobning qadrini tushunmaydigan bir kimsa deb ta`riflash tarix haqiqatiga to`g`ri kelmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə