Filosofiya uzb


Qadimgi Misr va Bobil falsafasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Eramizdan avvalgi turtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi 
ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil xududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi 
fanlar, ya`ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj 
topgan. Tabiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yunalishda borgan. Birinchi 
yo`nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, rieziet fanlari rivoji bilan bog`liq 
ekanini, ikkinchi yo`nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bog`liq bo`lganini ko`rsatadi. 
Birinchi holda, asosan, tabiy bilimlarga tayanilgan, kundalik haetda duch kelinadigan voqea-
hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o`rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu - 
o`sha davr uchun tabiiy hol edi, ya`ni u - davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush 
hodisalarining oddiy bir tarzda mfodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand 
sodda tarzda bo`lsa-da aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bulgan. 
Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bo`lgan odamzod, albatta, 
tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning 
mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish ko`nikmasi hali shakllanib ulgurmagan 
o`sha qadim zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmaslikning imkoni ham yo`q 
edi. Bu - o`sha davrlardan qolgan ezma manbalarda, xususan, «Xujayinning o`z quli bilan haetining 
mazmuni haqida suhbati», «Arfist qo`shig`i», «uz haetidan hafsalasi pir bo`lgan kishining o`z joni 
bilan suhbati» kabi bitiklari yaqqol namaen bo`lgan. Ularda haetning, umrning mazmuni, o`sha 
davrdagi odamlarga xos tuyg`ular baen qilingan. 
Hindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. 
Unga xos dastlabki ta`limotlar ezma manba - «Veda»larda o`z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir 
yarim ming yil oldin ezilgan bo`lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat 
kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so`zlar deb biladi. «Veda»da 
hindularning qadimgi tarixi, iqtisodieti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. 
«Veda»lar bizgacha to`rtta to`plam (samxitlar) shaklida etib kelgan. Bular - «Rigveda», «Samaveda», 
«Yajurveda», «Adxarvaveda»dir. 
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo`lgan manbalarda ham o`z aksini 
topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma`noni anglatib. «Veda»larning falsafiy qismini tashkil 
etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob eki falsafiy risola bo`lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod 
etgan noma`lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha 
falsafiy qarashlar mahsulidir. 




Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bo`linadi. Hindistonlik faylasuflar bu 
guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sank`ya, yoga, vaysheshika, n`yaya va mimansa - 
astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning 
muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, 
buddizm va jaynizm - nastika guruhiga kiradi. 
Chorvaka-loyata, tarafdorlari materialistik ta`limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning 
muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy 
bilim bermaydi, deb ta`kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo`lishiga qaramay, 
ular ham «Veda»ning muqaddasligini tan olmagan. Sankx`ya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy 
maktab bo`lib, olam asosida modiy unsur (prakriti) modda va ruh (purusha) etadi, deb hisoblaydi. Bu 
yo`nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda (proportsiyada) 
birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. 
Ular kuyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab aloqador bo`lmagan sabab. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə