Filosofiya uzb


evropa falsafasining rivojida universitetlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

evropa falsafasining rivojida universitetlar muhim o`rin tutadi. Ular bilim va ma`rifatning 
o`chog`i sifatida 1200 yillarda vujudga keldi. 1400 yillarga kelib, evropada we ta universitet mavjud 
bo`lgan. Universitet dasturining juda katta qismini sxolastika bilan shug`ulanish tashkil etar edi.
Universitetlarning vujudga kelishining sababi mashhur olimlarning faoliyatidir. XII asrda Iteriy 
Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur bo`ladi va talabalar uni eshitish uchun Bolon`ya 
shahriga oqib kela boshlaydilar. Natijada Bolon`ya shahri universiteti muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsata 
boshlaydi. Abelyarning o`qituvchi sifatidagi shuhrati ko`p jihatdan Parij universitetining vujudga 
kelishiga sabab bo`ldi. Universitetlar, shuningdek, talabalarning chiqishlari natijasida ham vujudga 
kelgan. Masalan, XII asrda Angliya va Frantsiya qirollari orasidagi nizo oqibatida, Angliya 
talabalariga yaxshi munosabat bildirilmaganligi ularning Parijdan Angliyaning Oksford universiteti 
ko`chib o`tishlariga sabab bo`ldi. Buning natijasida mashhur Oksford universiteti tashkil topdi. 
Kembridj universiteti esa Oksford universiteti talabalarining qo`zg`olon ko`tarishi va 1209 yilda 
ularning Oksforddan Kembridjga ko`chib o`tishlari natijasida vujudga keldi. 
Universitetlar Qadimgi Yunoniston va Rimda, shu bilan birga bizning mamlakatimizda ham 
mashhur bo`lgan ustoz va shogirdlar to`planib ilm o`rganadigan, o`rgatiladigan va ilmiy bahslar olib 
boriladigan maktablar tarzida shakllangan bo`lsalar-da, ammo fan sohalarining ko`pligi tufayli alohida 
ilm o`chog`iga aylanib qoldilar. Ularning tajribasi keyinroq butun dunega tarqalib ketdi. 


18
18
Takrorlash uchun savollar 
1.Nominalistlar va realistlar o`rtasidagi qarama-qarshilik 
2. Sxolastikaning avjga chiqqan davri nechanshi yillarda - Foma Akviniyskiyning mo``tadil realizm 
nominaliz ustidan g`alaba qozondi. 
Adabiyotlar. 
15.
Karimov I. A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maksadimiz. T. 2000. 
16.
Karimov I. Falsafa fanidan lektsiya matnlari. T. 2004. 
17.
Aristotel` «Metafizika». Rostov N/D. «Feniks». 1999. 
18.
Yuldoshev S, Usmonov M. Kadimgi va urta asr Garbiy evropa falsafasi. T. 2003. 
19.
Skirbekk G, Gil`e N. Falsafa tarixi. T. 2002. 
20.
Spirkin A. Filosofiya. (Uchebnik). M. Gadariki. 2000. 
21.
Tulenov J. Falsafa tarixi. (Ma`ruzalar matni). T, 2001. 
22.
Falsafa: komusiy lugat. T. «Shark», 2004. 
23.
Falsafa. (Ukuv kullanma. E.Yusupovning umumiy taxriri ostida). T. «Shark», 1999. 
24.
Falsafa asoslari. (Ukuv kullanma). T. «Uzbekiston», 2007. 
25.
Falsafa. (Darslik). T. 2007. 
26.
Falsafa. (Uquv qo`llanma. M.Axmedovaning umumiy tahriri ostida). T. 2006. 
27.
Filosofiya (Uchebnik). M. YuNITI, 2000. 
28.
Filosof
ы
i filosofiya. M. 1998. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə