Filosofiya uzb



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

 
 
 


19
19
 
5-mavzu. Islom falsafasining shakllanishi 
 
Reja: 
1. Ilk o`rta asrlar falsafasining mohiyati va o`ziga xos xususiyatlari. 
2. Islom dini va falsafasi. Tasavvuf va uning oqimlari. 
Mazkur mavzuga asos bo`lgan davr falsafasi arab istilosi va mamlakatimizda islom dininng 
taraqiy etishi bilan uzviy bog`liqdir. Bu falsafa, ba`zi chet ellik mutaxassislar aytgani kabi, faqat 
arablar 
madaniyatining 
bir 
qismi 
emas. 
Balki 
bizning 
Vatanimiz 
farzandlari 
ulug` 
bobokalonlarimizning islom diniga, islom falsafasiga, butun arab dunesi va jahon tsivilizatsiyasiga 
katta ta`sir ko`rsatgan ta`limotlari dunega kelgan davr falsafasi hamdir. 
Arab bosqishi va islom dini. Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk 
qog`onoti tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo`lib, ular o`rtasida tinimsiz to`qnashuvlar 
ro`y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog`onoti bilan sosniylar Eroni o`rtasidagi to`qnashuvlar o`ta 
shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu xuxud arab xalifaligi 
tomonidan bosib olindi. Bunga Movarounnahr hududida yashovchi xalqlar, ijtimoiy kuchlar orasida 
siesiy hamjihatlikning yo`qligi, o`zaro qirg`in-barotlarning avj olishi sabab bo`ldi. 
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so`zi arabcha 
o`zini topshirish, itoat, bo`ysunish, tinchlik kabi ma`nolarini anglatadi. Islom dini bayrog`i ostida keng 
hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo`yilgan, yagona markazlashgan arab 
xalifaligi tashkil topgan. 
Qur`on va hadislarda islomiy ta`limotning asosi baen qilingan. Qur`on - muqaddas kitob. Unda 
islom qoidalari, iymon-e`tiqod talablari, huquqiy va ahloqiy me`erlar o`z ifodasini topgan. U 114 sura 
va ular tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan. 
«Sunna» esa hadislar majmui bo`lib, Qur`ondan keyin turadi va uni to`ldiradi. Unda Muhammad 
payg`ambarning so`zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan. 
Qur`on va sunnadan keyingi muhim manba - shariatdir. Shariat (to`g`ri yo`l, ilohiy yo`l 
demakdir) - islomda huquqiy, ahlog`iy me`er va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy 
yo`nalishlar - sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta`limot, marosimchilik, ahloqiy-huquqiy 
me`rlarga oid masalalarda o`zaro faqrlanib turadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə