Filosofiya uzb



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

Abu Mansur Moturidiy (melodiy orr yilda vafot etgan) kalom ilmining aql maqomiga alohida 
e`tibor qaratgan Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. Mu`taziliylar (ajralib chiqqanlar) yakka 
xudolikning adolatli ekanini, Qur`onning tangri tomonidan yaratilganligini, iroda erkinligini eqlab 
chiqqan. Uning asoschisi Vosil ibn Atodir (yoo-uri yillar). Uning oxirgi vakillaridan biri 
Zamahshariydir. 
Kalom islom ilohietining o`ziga xos falsafiy ta`limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishga 
uringan. U Qur`onga tayanib, jannat va do`zaxning azaliy ekanligini, insonda iroda erkinligining 
yo`qligini, lekin insonning Olloh oldida o`z qilmishlari uchun mas`ul ekanligini asoslab berishga 
harakat qilgan. 
Bunday ma`naviy jaraenlar bilan enma-en islomda mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning 
(Arastu falsafasi va tabiatni o`rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari shakllana borgan. Bu 
islomiy ma`naviyatning duneviy va diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro`y beraetgan 
jaraenlarga nisbatan tashabbuskor bir kuch ekanini ko`rsatib turibdi. 
Tasavvuf va uning tariqatlari. Tasavvuf falsafiy oqim va diniy-ma`naviy hodisa sifatida islom 
dini doirasida (ko`pgina ichki sabablar va ba`zi tashqi unsurlar - buddaviylik va hindiylikning ilk diniy 
tsavvurlari, sharqiy xristian tarkidunechiligi, neoplatonizm kabilarning ta`siri ostida) paydo bo`ladi. 
Olloh va olamning porlab turishi, fano bo`lish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan birlashib ketishi 
kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini sufiylar, deb 
ataganlar va «so`fizm» atamasi shundan paydo bo`lgan. Ilk so`fiylar aholining kambag`al toifasi 
orasida shakllangan. Ularning qarashlari istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy tengsizlikka qarshi 
norozilik belgisi sifatida ham yuzaga kelgan. 
Tasavvufning muhim jihatlari yirik musulmon ilohietchisi Abu Homid Muhammad ibn 
Muhammad al-G`azzoliyning (1059-1111) «Diniy ilmlarning tiriltirilishi» asarida baen etilgan. 


20
20
Ollohni aql bilan anglash mumkin emasligini ta`kidlaganlar. U faqat qalb, maxsus ruhiy 
harakatlar - iltijo-ibodatlar ko`magida bilib boriladi. 
Tasavvufda kubraviya, yassaviya, naqshbandiya tariqat-suluklari keng tarqalgan. 
Kubraviya tariqatining asochisi Najmiddin Kubrodir (1154-1226). Xevada tug`ilgan, ezgan 
asarlari orasida «Sharhussunna val-masolih», «Usuli ashara», «Favoihul-jamol» kabilar mashhurdir. 
Kubraviya tariqqatining mohiyati o`nta usulda mujassamlashgan. Bular - tangriga o`z xohishi bilan 
yuzlashish, zuhd fi dune - har qanday lazzatdan o`zini tiyish, tavakkul - Ollohga e`tiqodi pokligi uchun 
barcha narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat - xilvatni ixtier qilish, mulozamat az-zikr - uzluksiz zikr, 
tavajjuh - Haqqda muhabbat qo`yish, sabr - nafs balosidan ozod bo`lish, muroqaba - tafakkurga g`arq 
bo`lish, rizo - tangri xushnudligini qozonishdan iborat. 
Kubro mo`g`ullar bilan bo`lgan janglarda jasorat ko`rsatgan va shahid bo`lgan. Mug`ullar 
Kubroning nomi ulug`ligi, obro`si balandligini hisobga olib, unga ozod bo`lishi, omon qolishi 
mumkinligini, buning uchun esa qamal qilingan qal`adan chiqib ketishi kifoya ekanini bildirgan. 
Ammo Kubro bunday jon saqlagandan ko`ra, o`z xalqi bilan birga yurt himoyasi yo`lida jon berishni 
afzal ko`rgan. Rivoyat qilishlaricha, ul zot qartayib qolganiga qaramay, jangchilarga faol ko`mak 
bergan. Buni ko`rgan shogirdaliridan biri «Ustoz, anchadan beri bayroq ko`tarib charchadingiz, uni 
menga bering», deganida, u «Agar kuchim bulganida qilich eki kamon olgan bo`lar edim. Bayroqni 
bizga qo`yingda, siz e qilich eki nayza bilan eg`iyga qarshi kurashing», degan ekan. U bayroqni 
shunchalik mahkam ushlagan ekanki, xalok bo`lganidan keyin qo`lidan bayroqni olishning iloji 
bo`lmaganidan, bir mo`g`ul Kubroning qo`lini kesib olgan ekan. 
Yassaviya tariqatining asoschisi Xoja Axmad Yassaviydir (1166 vafot etgan). U Turkistonnin 
Sayram muzofotida tug`ilgan, mashhur mutasavvif Yusuf Hamadoniyning (1140 yilda vafot etgan) 
ta`lim-tarbiyasi bilan voyaga etgan, orif maqomiga erishgan. Yassaviy ustozining vafotidan keyin 
muayyan bir muddat uning maqomiga turgan, so`ng esa bu maqomni Abduholiq G`ijduvoniyga 
qoldirib, Yassi - Turkiston shahriga qaytadi va o`z tariqati, yo`l-yo`riqlarini tashviq etish bilan 
mashg`ul bo`ladi. 
Yassaviyning oddiy xalq tushunadigan uslubda ezilgan, tassavvufiy qarashlarini aks ettirgan 
hikmatlari devonida o`z aksini topgan. Unda ilohiy ishq, Haq vasliga etishish, uning ishqida parvona 
bo`lish, undan boshqa narsaga ko`ngil qo`ymaslik haqida fikr yuritilgan. Yassaviy riezat, chilla, zikrga 
alohida ahamiyat berib, haetining aksariyatini chillaxonada o`tkazgan. Yassaviy tariqati Turkiston 
o`lkasi, Ozarboyjon, Turkiya, Shimolda - Qozongacha, G`arbda - Bolqongacha keng tarqalgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə