Filosofiya uzb



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

«Patristika» - so`zi «ota» («padre») so`zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda G`arbda 
episkoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharqda mashhur bo`lgan cherkov otalaridan biri Ioan 
Zlatoust (347-407) edi. Uning 640 ta da`vatlaridan ko`pchiligi avlie Pavel nomlarining sharhi edi. 
Uning asarlarida injilni amaliy qullash sof ahloqiy masalalar bilan qorishib ketgan. 
G`arbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Pok» degan unvonga sazovor bo`lgan Avreliy 
Avgustin (354-430) bo`lib hisoblanadi. U faylasuf va islohietchi bo`lgan. Avgustin o`z haetini 
episkoplikka, tadqiqotchilikka, adabietga bag`ishlaydi. U 100 ga yaqin kitob, 500 ta da`vat va 200 ga 
yaqin nomalar ezadi. Uning o`sha davrdagi eng mashhur asarlaridan biri «Sig`inish» 401 yilda ezilgan. 
Bu asarda u o`zining xristianlikkacha bo`lgan haetini ezadi. Muqaddas kitob «Bibliya» oyatlari ramziy 
- timsoliy baen qilinadi. U mushriklik falsafasini qoralaydi. Uningcha, bu falsafa insonni xristian 
dinichalik hech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar 
ezgan. 
«Sxolastika» - so`zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo`lib, «o`qish joyi», «maktab» 
ma`nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o`qituvchilik qilganlarni, eki umuman saroy maktabidagi 
o`qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o`rganishda falsafani tatbiq qilgan o`rta asr 
olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma`lum darajada ilohietni aqlga moslashtirish, 
dinni tafakkur erdamida quvvatlashga bo`lgan intilish deb ham baholash mumkin. .sha davrda ilohietni 


16
16
muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish toqozo 
qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e`tiqod aqlga muvofiqmi degan savolga javob berish bo`lgan. 
Realizm. Uning yirik vakillaridan biri Angel`m Ketterberiyskiy (1038-1109) dir. U Shimoliy 
Italiyada tug`ilgan, 1093 yilda Ketterberiysk shahrining arxiepiskopi etib tayinlanadi. Angel`m 
o`zining ikki asari bilan mashhur. 
Birinchisi «Monopoliya» - xudoning borligini sabab oqibat munosabatlari tizimida isbot qilish. 
Bu isbot - kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson haetda ko`p ne`matlardan 
foydalanadi. Bu ne`matlar esa eng oliy ilohiy ne`matlarning aksidir. Ular orqali hamma narsalar 
mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo`lmagani sababli, hamma narsaning bir sababchisi 
bo`lishi kerakki, biz uni xudo deb ataymiz. 
Angel`mning ikkinchi asari «Prologion» xudo borligining neduktiv isbotidir. Uning 
ta`kidlashicha, har bir odam uchun oliy va komil mohiyat haqida g`oya mavjuddir. Bu g`oya esa 
ob`ektiv mavjudlikka ega bo`lgan reallikka mos keladi. Chunki agar borliq mavjud bo`lmaganda edi, 
narsa komil bo`lmas edi. Agar xudodan yuqoriroq oliy narsani tasavvur qilish mumkin emas ekan, 
demak, xudo realikda mavjuddir. Arastu ta`limotining ko`p tomonlarini qabul qilgan o`rta asr 
sxolastlari mo``tadil realistlar deb atalganlar. Ularning yirik vakillari P`er Abelyar va Foma 
Akvinskiylar bo`lgan. 
Britaniyada tug`ilgan P. Abelyar (q0uo-qqrw) juda eshligidanoq o`z bilimi bilan mashhur edi. 
Abelyar - mo``tadil realistdir. Uning ta`kidlashicha, reallik eki universaliy dastlab xudo aqlida 
mavjuddir, undan keyin narsalarning o`zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. 
Abelyar «Men e`tiqod qilish uchun bilaman» degan g`oyani ilgari surgan. Ya`ni bilmaydigan, bilimsiz 
kishidan ko`ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi o`rgangan kishi abzal. Bunday kishi 
aqidaparast emas, balki o`zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir. 
Abelyar haqiqatni topishda tafakkurning xizmatini ta`kidlab, unga hamma vaqt murojaat qiladi. 
Uning ta`kidlashicha, shubha hamma vaqt tadqiqotga yo`llaydi, tadqiqot esa haqiqatni topadi. Uning 
fikricha, insonning o`limi xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni xudoga bo`lgan muhabbat 
bilan taajjubga solish va odamlarga aqloqiy ta`sir ko`rsatish maqsadida sodir bo`ladi. Bu bilan odamlar 
o`z haetini xudoga bo`yso`ndiradilar. Bu qarash ahloqiy ta`sir qilish nazariyasi deb ataladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə