Filosofiya uzb



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

Abu Rayhon Beruniy (1973-1908) deyarli barcha fan sohalarida ijod etgan buyuk qomusiy 
alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta asardan wi tasi bizgacha etib kelgan. Uning 
tabiatni o`rganishdagi xizmati kattadir. Alloma jismlarning o`zaro tortishivu, Quesh va Oyning 
tugilishi, zarra, inertsiya va sun`iy tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, er qa`rida ro`y beradigan 
geotektonik siljishlar, er qiefasining tadrijiy tarzda o`zgarib turishi, xilma - xil olamlar to`g`risida 
ilmiy bashoratlarni ilgari surgan. Uning falsafiy qarashlari tabiy-ilmiy qarashlari ta`sirida shakllandi. U 
modda va zamon, qonuniyat, zaruriyat va tasodifiyat, harakat va rivojlanish, ziddiyat, sabab va oqibat 
kabi falsafiy muammolarga katta e`tibor bergan. 
Beruniyning asarlarida bilish masalalari muhim maqomga egadir. Bilishga bo`lgan qiziqishning 
ikkita sababi bor. Birinchidan, bu o`ziga xos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan maqsad odamlar 
ehtiejlarini qondirishdi. Bilish sezgilar etkazib bergan ma`lumotlardan boshlanadi. Ular bilishning 
yuqori bosqichi aqliy bilish uchun o`ziga xos ko`makchi va asos bo`lib xizmat qiladi. Bilimning 
chinligi kuzatuv va sinov - tajriba xizmat qiladi. Ular tufayli ashelarning muhim jihatlari o`rganiladi, 
ularning miqdoriy tomonlari aniqlanadi, bilish jaraenining samarodorligi oshib boradi. 
Beruniyga ko`ra, inson qiefasi tabiat ta`sirining natijasidir. Uning ichki qiefasiga kelsak, uni 
inson cheksiz sa`y-harakatlar oqibatida tubdan o`zgartirishi mumkin. Har bir kishi o`z xulq-atvorining 
sohibidir. Jamiyat tadrijiy o`zgarishlar orqali rivojlanib boradi. Adolat, fuqaro uchun g`amxo`rlik, 
zulmni bartaraf etish, jamiyatni aql va adolat tug`i ostida boshqarish mutafikkirning idealidir. 
Abu Ali ibnSino (980-1037) buyuk alloma va mutafakkir. U Buxoro yaqinidagi Afshona 
qishlog`ida tug`ilib, Hamadon shahrida vafot etgan. Ibn Sinodan qolgan ma`naviy me`ros taxminan 
280 nomdan ziedroqdir. Ular tibbiet, falsafa, mantiq, psixologiya, axloq, musiqa, farmakologiya va 
boshqa sohalarga bag`ishlangan. Olimning «Shifo kitobi» «Tib qonunlari», «Bilimlar kitobi», «Tabiat 
durdonasi» kabi asarlari mashhurdir. Borliqni talqin etishda Ibn Sino Forobiy izidan borib, uni «vujudi 
vojib» va «vujudi mumkin»dan iborat, deb e`tirof etadi. «Vujudi vojib» birinchi sabab vazifasini 
bajaradi. «Vujudi mumkin» esa uning oqibatidir. Yaratilishi doimiy bo`lganligi uchun yaratilgan 
«vujudi mumkin» ham abadiydir. Olimning sababiyatga oid mulohazalari e`tiborga molikdir. 
Ibn Sino Zakarie ar-Roziy va Beruniy kabi jahon falsafiy tafakkuri tarixida birinchilardan bo`lib 
kuzatuv va tajribaga muhim e`tibor qaratdi. masalan, alloma ular ko`magida xastaning xolati, 
kelajakda kutilaetgan kayfiyati, dori-darmonlar tarkibi, inson va atrof-muhit o`zaro munosabati 
muammolraini hal etishga urinadi. 
Mutaffakir o`z asarlarida ilm va ahloq-odob uyg`unligi, inson kamoloti, baxt-saodat, ijtimoiy 
adolat, kishilarning o`zaro xamkorligi, hukmdorning burchi to`g`risida qiziqarli g`oyalarni ilgari 
surgan. Uning ta`kidlashicha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega erishtirib bo`lmaydi. Aslida ular uchun 
muayyan sharoit yaratib bermoq lozim. Barchaning boy va mansabdor bo`lishi eki hammaning 
qashshoq bo`lishi jamiyatning tanazzuli va inqirozidir. Lekin inson o`zgalarga mehr-oqibatli, g`amhur 
bo`lmog`i, kerak vaqtda saxovat va murruvat qo`lini nochorlarga uzatishi zarurdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə