Filosofiya uzb


Amir Temur ibn Tarag`ay Bahodir



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)

Amir Temur ibn Tarag`ay Bahodir (1336-1405) Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo`ja 
ilg`or qishlog`ida dunega keldi. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari shundan iboratki, u mug`ullarning 
bosqinchilik va vayronkorliklariga qarshi kurashib, Urta Osieni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va 
mulkdorlarning o`zaro nizolariga barham berib, kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Mamlakatda 
tartib-intizom va qonun ustuvorligini ta`minladi. Uning davrida «Kuch - adolatda» tamoyili amalga 
oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o`zga mamlakatlar bilan mustahkam aloqalar o`rnatildi. 
Amir Temur mohir sarkarda sifatida nom qozondi. U o`z haetini Movarounnahr xalqining 
farovonligi, yurt obodonchiligi uchun sarfladi, uning davrida hashamatli binolar, qurilish inshootlari, 
go`zal bog`lar buned qilindi, maktab va madrasalar, masjidlar qurildi, mamlakatimiz Sharqning go`zal 
xududiga aylandi. 
Temurning yana bir ulkan hizmati shuki, u madaniyat va ilm-fan homiysi sifatida mashhur 
bo`ldi, o`z saroyiga olimu fuzalo va din arboblarini to`pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono 


23
23
Xorazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va badiy ijod bilan mashg`ul 
bo`ldilar. Bobur Mirzoning xabar berishicha, o`sha davrda Samarqand eng go`zal shahar edi. Ispan 
sayehi R.G.Klavixo Samarqandning go`zalligiga qoyil qolgan edi. Temur hukmronligi davrida ichki va 
tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan aloqalarning 
kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi. Temur va temuriylar davrida islom dini va 
tasavvufga katta e`tibor berildi. 
Usha zamonning eng mashxur tarixchilari Mirxond (1433-1498) va Xondamir (1475-1535) 
edilar. Mirxond Hirotda tavvalud topib, shu erda ijod qilgan. Uning asosiy tarixiy asari 7 jildan iborat 
bo`lib, «Nabiralar, podshohlar va xalifalar tarjimai hollari haqida poklik bog`lari» deb ataladi. U olti 
jildini ezib vafot etadi, ettinchisini nabirasi Xondamir ezib tugatadi. 
Xondamir ham Hirotda tug`ilib, eshligidan tarixnavislikka havas qo`yadi. U Agrada vafot etadi. 
Uning muhim risolalari «Makorim ul-axloq», «Habib us-siyar», «Vazirlar uchun qo`llanma» va 
boshqalardir. Mantiq ilmining yirik vakillaridan biri Sa`diddin Taftazoniydir (1322-1392) u Niso 
viloyatiga qarashli Taftazon qishlog`ida dunega keladi. eshligidan ilohiet fanlari, arab tili, nutq san`ati 
va mantiq bilan shug`ullanadi. Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi. Turkiston, Hirot, Jom, 
“ijduvon madrasalarida talabalarga dars berdi. Taftazoniy shuhrati, ilmiy ishlari Yaqin va .rta Sharq 
mamlakatlariga keng tarqaldi. Temurning taklifi bilan alloma Samarqandga kelib, shu erda umrining 
oxirigacha yashadi. 
Taftazoniy 40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Tahzib al-mantiq val-kalom» 
(«Mantiq va kalomga sayqal berish») «Muxtasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «Qisqacha ma`nolar»), 
«Al-irshod al-hodiy», (Arab tili grammatikasiga oid «Yo`l boshlovchi rahbar»), «Al-maqosid at-
tolibin» («Falsafa va kalomga oid «Tolibi ilmlarning maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy o`tmish 
olimlarining juda ko`p asarlariga sharhlar ham bitgan. 
.sha davrning yana bir atoqli allomasi Mir Sayyid Sharif Jurjoniy Astrobod shahri yaqinida 
tug`ilgan. Jurjoniy Istambul, Qohira, Hirot, Sheroz shaharlarida bo`lib, ulardagi olimlardan ilm 
sirlarini o`rganadi. qeiu yildan boshlab Samarqand madrasalarida mantiq, falsafa, falakiet, fiqh va 
adabiet, munozara ilmi va boshqalardan dars beradi. 
Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning muallifi bo`lib, ularning aksariyati mantiq, fiqh falsafa va 
tabiatshunoslikning muhim muammolariga bag`ishlangan. Olimning «Atta`rifot» («Ta`riflar»), «Odob 
ul-munozara» («Munozara olib borishining qoidalari haqida risola»), «Sug`ro» («Kichik dalil bo`la 
oladigan hukm»), «Kubro» (Katta dalil bo`la oladigan hukm), «Avsat dar mantiq», («Mantiqda o`rta 
xulosa»), «Risolayi vujudiya» («Borliq haqida risola») va boshqa asarlari mavjud. Bulardan tashqari, 
Jurjoniy salaflarining, xususan ibn Sino, Chag`miniy va Nasriddin Tusiylarning asarlariga sharhlar 
ezganligi ma`lum. 
Mir Sayyid Sharif Jurjoniy mantiq ilmi sohasida ham o`z fikrlarini baen qilgan. Uzining 
qarashlarida mantiq ilmini falsafadan ajratmay, ayni bir vaqtda uning huquq va til bilan ham 
chambarchas bog`liq ekanligini isbotlab beradi. Shuning uchun ham, XIV-XV asrdan boshlab islom 
madrasalarida mantiq ilmini o`qitish huquq va tilshunoslik fanlari bilan bog`liq holda olib borildi.
Jahon ilm-fani taraqqietiga katta ulush qo`shgan buyuk falakietchi olim va davlat arbobi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə