Fizikadan masalalar



Yüklə 119,74 Kb.
səhifə13/19
tarix19.12.2023
ölçüsü119,74 Kb.
#151373
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Оъзбекистон Республикаси-fayllar.org

NAZORAT SAVOLLARI.
  1. Masallar echishda kuyiladigan asosiy maksad nimalardan iborat ?


  2. Masala tanlashda ukituvchi nimalarga e’tibor berish kerak ?


  3. Kanday uslub analitik uslub deyiladi ?


  4. Kanday uslub sintetik uslub deyiladi ?


  5. Olingan natijani fizik ma’nosiga e’tibor berish kerakmi ?


  6. Masalalar echishda kurgazmali kurollarning axamiyati ?


  7. Fizikadan masalalar echishda kanday didaktik kurgazmali kurollarga e’tibor berish zarur ?


  8. Ukitishning texnik vositalaridan kanday foydalaniladi ?




ADABIYoTLAR.
  1. Kabardin O.F., Kabardina S.I. Orlov V.A. va boshk. Fizikadan fakulg’tativ mashgulotlar metodikasi. Toshkent, Ukituvchi, 1989 y.


  2. Lanina I.Ya. Vneruchnaya rabota po fizike v sredney shkole. M.Prosveshenie , 1990


  3. Razumosg’kiy V.G. Tvorcheskie zadachi po fizike. M.: Prosveshenie, 1986 g.


4. A.P.Rimkevich, Fizikadan masalalar tuplami. 1993


Mavzu - 9: FIZIKADAN MASALALAR EChIShDA NAZORAT IShLARI. NAZORAT IShLARININIG UTKAZISh ShAKLLARI.

Reja:
1. Kirish.

2. Nazorat ishlariga kuyilgan talablar.
3. Nazorat ishlariga masalalar.
4. Nazorat ishlariga masalala.
5. Nazorat ishlarini baxolash.
6. Nazorat ishlariga namunalar.
1.Kirish.

Umumiy urta maktab fizika ta’limi oldiga kuyilgan vazifalardan biri ukuvchilarning fizikadan masalalarni mustakil ishlash, fizika xodisalarni kuzatish va ularni tushuntirishga olish nazorat kilishdir.


Umumiy urta ta’lim ukuv dasturida xar bir bulimga ajratilgan dars soatlari teminiy bulib, ular shu bulimga oid mavzularni urganishga, uyga oid kurgazma va tajribalarni namoyish etishga, laboratoriya ishlarni bajarishga, masalalarni echishga xamda ularni ukuvchilar bilimini nazorat kilib baxolashga muljallangan.
Nazorat utkazishdan maksad, ukuvchilarning fizikaga bulgan layokati, iktidori bor ukuvchilarning imkoniyatini kobiliyatini ochish, darslik va kullanmalardan ilmiy-uslubiy adabiyotlardan masalalar echishda foydalanishga urgatishdir.
Reyting tizimi Davlat ta’lim standartining tarkibiy kismi bulib, ukuvchini dasturdagi ta’riflar, koidalar, mashk va misollar, for-mulalarni uzlashtirish darajasini aniklaydi. Bunda maksimal ball asosiy kursatkich xisoblanadi.
Nazorat ishlari utkazilishi uchun xar xil sinfga mos 2-3 boskichli testlar majmuasi, ishchi daftarlari, turli boskichdagi nazorat ishlari, majmuasi, masalalar tuplami bilan muallim ta’minlashi lozim.
Fizika muallimining bilimi va uslubiy saviyasi Davlat ta’lim standarti talablarini mukammal bajarish darajasida bulmogi shart.
Fizika xonalarida nazorat ishlarini bajarish ta’minlovchi, ukuv modellar bulmogi zarurdir.
Topshiriklar mazmuni nazoratning tulikligi va ob’ektivligini ta’minlashi kerak, ajratilgan vakt maktabda kabul kilingan me’yordan oshmasligi kerak.
Nazorat utkazilayotgan paytda nazorat ishi-asosiy ulchov sifatida karalish uchun ish bilan birgalikda ukuvchilarga kursatmalar berilishi kerak. Bu kursatmalar nazorat maksadi, muddati, mazmuni bilan tanishishga, ishni tugri olib borishga tugri baxolashga imkon beradi.
Ukituvchilarning fizikadan masalalar echishdagi tayyorgarligini tekshiruvchi nazorat ishlarini baxolashda reyting tizimi mezonlaridan foydalaniladi.
Nazorat ishlari uchun masala tanlashga maxsus e’tibor berish kerak. Nazorat ishlariga tayyorlangan masalalardan bir necha marta foydalanishi mumkin 7-8 sinf ukuvchilari uchun 20-28 minutga muljallangan kiska muddatli nazorat ishlari ukituvchini ukuvchilarining bilimini kuprok baxolashga imkon beradi. Bundan nazorat ishlari ukuvchilarni mavzulari buyicha yakuniy nazorat ishlarini bajarilishga tayyorlaydi.
IX-sinf ukuvchilari uchun mavzular buyicha ikkinchi turdagi bir soatli nazorat ishlari muljallangan. Masalalar bulib, ular kup mik-dordagi masalalarni uz ichiga olgin. Birinchi va ikkinchi turdagi ishlar 9-sinfda utilgan mavzular buyicha tulik tekshiriladi.
Yozma nazorat ishlari uchun, masalan tanlashga maxsus e’tibor berish kerak. Boshka masalalar utdi, masalan, bilish materialiga ega bul-gan, ukuvchilarning bilimlarni chukurlashtiradigan juda yaxshi masalalar kontrol ish uchun butunlay yaroksiz bulishi mumkin. Nazorat ish sha-roitida bu material ukuvchi tomonidan kabul kilinmaydigan emas, balki xatto masala shartini tushunishi kiyinlashtirish mumkin. Aksincha, masalada yozilgan sodda, ukuvchiga tanish bulgan xol, unga masala shartini tezrok tushunishga yordam beradi.
3.Nazorat ish variantlarini tuzishda kuyidagi koidalarga rioya etish kerak.
Nazoar ish masalalari kiyinligi urtacha bulgan masalalar bulishi kerak. Chunki ukuvchining nazorat ish bajarayotgandagi xolatini xi-sobga olish kerak va baxoga tashki sabablarini ta’siriga yul kuymay, ukuvchining xakikiy bilimini aniklash uchun barcha choralarni kurish lozim. Ishonchsizlik, xayajon, shoshish va boshka bunday sabablar bulishi mumkin.
Masalan anik va ravshan ifoda kilingan bulishi, bayoni benukson bulishi kerak, Nazorat ish uchun masalan tuzganda avval shartni bayon ki-lish, savolni esa masalaning oxiriga kuyish lozim, bu xolda masala ukuvchi tomonidan osonrok kabul kilinadi.
Masalan: “ Agar karshiliklari mos xolda 2 Om va 3 Om bulgan parallel ulangan ikkita utkazgichdan tuzilgan kismining uchlaridagi kuchlanish 1V bulsa, zanjir kismidagi tok kuchini aniklang, zanjir kismining sxemasini chizing” -deb ifoda kilish urniga: “Zanjirning kismi parellel ulangan karshiliklari mos xolda 2 Om va 3 Om bulgan ikki utkazgichdan iborat. Kism uchlaridagi kuchlanish 1 V ga teng. Zanjirning shu kismining sxemasini chizing va undagi tok kuchini aniklang” - deb ifodalash yaxshirok.
Masala shartida ukuvchilarga ma’lum bulmagan terminlar, ortikcha ma’lumotlar bulmasligi kerak, ayni bir masala uchun bir kiymatli bulmagan echimlar yoki javoblar bulishiga yul kuyish kerak emas.
4. Nazorat yozma ishlar uchun sifat masalalar tanlash aloxida e’tibor talab kiladi. Buning uchun tanlangan masalalar, nazorat ish masalalariga bulgan barcha talablarga buysunish bilan birga unchalik keng javob talab kilinmasligi kerak.
Masalan, “Inertsiya” mavzusi buyicha darslikda berilgan uxshash sifat masalalarni keltiramiz. “Kayrok toshning barcha kum zarralari u bilan birga aylana buyicha xarakat kiladi. Ammo bu zarralar toshdan uzilishi bilan ularning xarakati tugri chizikli bulib koladi. Nima uchun? Bunga kuyidagi tarzda kiskacha javob berish mumkin. “Kum zarrasi toshdan uzilishi bilanok u inertsiya buyicha xarakat kiladi, inertsiya buyicha xarakat esa tugri chiziklidir”. “Uzunlikka sakrash uchun nima uchun yuguriladi” “Bu masala unchalik murakkab emas, birok javobi bir muncha uzunrokdir: “Odam yugurganda katta tezlik oladi. Yukoriga sakrab, u inertsiya buyicha oldindan yunalgan uz xarakat tezligini sak-laydi. Bu tezlik kanchalik katta bulsa, u sakrash vaktida shunchalik katta masofani bosib utadi, ya’ni uzokrokka sakraydi”. Kurib turibmizki, xatto javob sodda ifoda kilingan, ya’ni kandaydir vaktda tezlashtiruvchi kuchning ta’siri tuxtatilgani eslatilmaganda xam ikkinchi masala kiyindir, chunki unga kiska anik javob berish oson emas. Shunday kilib, teksti bilan boglik bulgan kupgina kizik masalalarni muxokama kilish uchun bunday masalani sinfda yoki uyda vazifa kilib berish maksadga muvofikdir.
Mashk uchun xam, nazorat ish uchun xam masala tanlaganda materialning asosiy va ikkinchi darajali materialga bulinishi xisobga olish zarur. Yakuniy nazorat ishlarida dasturning eng asosiy savollarini kiritish kerak. Bir mavzu doirasida xam urganilayotgan masalaning fizik ma’nosini asosiy materialining masalalari yordamida mustaxkamlash foydalidir. Masalan: “Suyuklik va gazlarda bosim” mavzusida Arximed kuchini, suyuklikning bosimini xisoblash buyicha masalalar echishga e’tiborni karatish kerak. Shu bilan birga ba’zan gidravlik mashinadagi kuchni xisoblashga bir tipdagi juda kup masalalarni echish tavsiya etiladi, bular Paskal konunini kullanilishiga muxim va kizik misol bulsa xam, lekin xususiy misoldir. Shu jumladan kuyidagi: “Gidravlik mashina katta porshenning yuzi S1 ga, kichigini - S2 ga teng. Agar kichik porshenga R2 ogirlikdagi yuk kuyilgan bulsa, katta porshen-ga ta’sir etuvchi kuchni toping” - masalasini ukuvchilar muloxaza yuritmasdan, Paskalg’ konunini kullamasdan echishlari mumkin. Shuning uchun bir porshenga bulgan bosim berilgan, ammo boshka porshenga ta’sir etuvchi kuni aniklash masalasi foydalidir. Nazorat ishin baxolashda kiynaladigan xollarda xam buladi. Baxoni batafsil differentsiyatsiya kilishda bir necha savolli masalalar yordamida beradi, masalan: “Dinamometrga massasi 0,5 kg bulgan yuk osilgan. Dinamometr nimani kursatadi? Jismga tasir etuvchi ogirlik kuchini, uning ogirligini grafik usulda tasvirlang. Agar yuk pastga kul bilan tortilsa, purjina kuchlirok chuziladi. Bunda ogrirlik kuchi va jismning ogirligi uzgaradimi? Purjinaning elastik kuchi uzgaradimi?
Bu erda ukuvchi kiyinlik darajasi ortib boruvchi bir necha masalani echadi va bu uning bilimini anikrok baxolashga imkon beradi. Shu vaktning uzida ukuvchi fakat bitta shartni uylaydi, bu esa vaktni tejamiga va masala shartini yaxshi uylashga imkon beradi.
Shunday kilib, yukoridagi tavsiyalar shunga karatilganki, ukitishning boshka uslublari xisobiga masalalar echish uchun vaktdan ortikcha foydalanish kerak emas, masalalar echishda ukuvchilarga mustakillik malakasini singdirish kerak va mashk uchun mustaxkamlash uchun xamda ukuvchilarning bilimilarini nazorat kilish izchil masalalar tanlash kerak buladi.

Yüklə 119,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə