Fizikadan masalalar



Yüklə 119,74 Kb.
səhifə3/19
tarix19.12.2023
ölçüsü119,74 Kb.
#151373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Оъзбекистон Республикаси-fayllar.org

Nazorat savollari.
  1. "Masala" tushunchasining ma’nosi nima ?


  2. "Masala echish" deyilganda nima tushuniladi ?


  3. Masala echish jarayonining boskichlari nimalardan iborat ?


  4. Xar bir boskichda ukuvchilar nimalarni bajarishlari kerak ?


  5. Masala sharti kanday yoziladi ?


  6. "Ishchi formula" nima uchun xosil kilinadi ?


  7. Tuzilgan tenglamalardagi fizik kattaliklar vektor kattaliklar bulsa, u xolda masalalar kaysi uslubdan foydalanib echiladi ?


  8. Masalalar echishda yana nimalarga e’tibor berish zarur.


  9. Turli boskichdagi masalalarni echganda nimalarga e’tibor berish zarur ?


  10. Vektor kattaliklar bilan echiladigan masalalar ?


  11. Masalalar echishning axamiyati nimadan iborat ?


  12. Masalalar echishdan maksad nima ?


  13. Masalalar kanday turlarga ajratiladi ?


  14. Ukuv masalalari kanday klassifikatsiyalanadi


  15. Masalalar echishda predmetlararo alokadorlikdan foydalanishning kanday axamiyati bor?


  16. Fizikadan ukuv masalasi ukuvchilardan nimalarni talab kiladi?


  17. Eksperimental kanday usul xisoblanadi?


  18. Ayrim turdagi masalalarni echilish axamiyati nimada?


  19. Ukituvchining vazifasi nimalardan iborat .


  20. Masalalar echishda kanday ma’lumotlardan foydalaniladi ?




Adabiyotlar.
1. A.V.Pyorishkin, R.G.Razumovskiy, V.A.Fabrikant taxriri ostida Fizika ukitish metodikasi asoslari. 1990 y.
2. S.E.Kamenskiy, V.P.Orexov Fizikadan masalalar echish metodikasi. 1987 y.
3. A.S.Xijnyakov. Sbornik zadach po fizike. M. 1984 y.
4. A.P.Rimkevich Fizikadan masalalar tuplami. Toshkent, "Ukituvchi", 1993 y.
Mavzu - 3: FIZIKADAN MIKDORIY MASALALAR EChISh USLUBLARI. FIZIKADAN EKSPERIMENTAL MASALALAR EChISh USLUBLARI.

Reja :


  1. Mikdoriy masalalarni echish usullari.


  2. Grafik masalalar.


  3. Algebraik usul.


  4. Geometrik usul.


  5. Eksperimental masalalar.


  6. Eksperimental masalalarning uziga xos xususiyatlari.


  7. Tajriba bilan boglik bulgan eksperimental masalalar.


  8. Masalalar echishga namunalar.


1. Mikdoriy masalalalarni echishda kuyiladigan asosiy maksad, ukuvchilar fizik konuniyatlarni chukurrok tushuna olishlari, fizik xodisalarni tuzi taxlil kila olishlari va ularni ajrataolishlariga yordam berishdir.



Bu kurinishdagi masalalar xamma masalalar tuplamida eng tulik berilgan bulib, ulardan fizik ukituvchilari foydalanadilar. Bunday masalalar tugi tanlanganda va ularni echish uslubiyoti yaxshi yulga kuyilganda, suzsiz, ukuvchilarda xakikiy bilimlarning shakllanishi uchun muxim rol uynaydi.
Mikdoriy masalalarga ega sodda, mashk masalalar kiradi. Ular chegaralangan mikdorda ukuvchilar uchun kandaydir yangi konuniyat keltirib chikarilgandan keyin ularning kullanishi ma’nosida, ukuvchilar formulalarni eslab kolishlari, unga berilgan kattaliklarni kerak bulgan ulchov birliklarida kushishni urgatish uchun ishlatiladilar. Masalan, dinamikaning ikkinchi konunini urganishda kuch va massa buyicha tezlanishni yoki jism massasi va tezlanish buyicha kuchni topishga bagishlangan bitta-ikkita masalani ishlatish kerak buladi. Ammo bunday masalalarga kup tuxtalish kerak emas.
Bir kator mikdoriy konuniyatlarin ifodalaydigan dasturdagi kupgina mavzularni, xususan, dinamika konunlari, gazlarning xolat tenglamasi, uzgarmas elektr tokini konunlari va boshkalarni ulchashda xisoblash masalalarni echish juda zarur. Bunday kurinishdagi masalalarni echmasdan, ukuvchilar bu konunlarning fizik mazmunini etarlicha chukurrok tushunib ololmaydilar. Masalan: ukuvchilar N’yuton konunlarning mazmunini yaxshi uzlashtirib olgan bulsalar xam, agar uzaro muvozanatlashmaydigan kuchlar ta’siridagi jism xarakati uchun teng-lama tuzish talab etadigan masala echadigan bulsa, ular bunday masalani echish uchun kiynaladilar.
Kupchilik mikdoriy masalalari ukuvchilarni ular uchun bir kator yangi muxim fizik xodisalarni uzlashtirishga tayyorlaydi. Agar mexanikadan misollarga murojaat etilsa, vaznsizlik va uta yuklanish xodisalarini urganishga yondoshishini kursatish mumkin. Bu xodisalarni tushunishga tezlanish bilan kutarilatgan va pastga tushayotgan liftda jism ogirligini ulchashni aniklashga bagishlangan masalani echish yaxshi tayyorlaydi. Ogirlik Erning jismini tortish tufayli tayanchga ta’siri sifatida aniklab, tinch turgan yoki tekis xarakatlanayotgan liftdagiga nisbatan tezlanish bilan kutarilayotgan liftda esa kam buladi, degan xulosaga ukuvchilarni olib kelinadi.
Bunday masalani atroflicha muxokama kilish nima uchun ogirlik kuchi tezlanishdan katta tezlanish bilan raketada kutarilishda kosmanavtlar ularning Erga tortishish kuchidan bir necha marta ortik bulgan usha yuklanish xis kilishlarini tushuntirib berishga imkon beradi. Kema Er atrofidagi orbitaga chikkanda kemaning markazga intilma tezlanishi bilan pastga xarakatlanayotgan jismlar singari, kosmonaviy va kema kabinasidagi xamma jismlarga tayanch tomonidan ta’sir bulmaydi va ular tayanchga bosim bermaydi.
Echilishi fizikaning turli bulinmalaridan kup konuniyatlarining kullanishini talab kiladigan masalalarga asosan ukuv materialini kaytarish, ukuvchilar bilimini chukurlashtirish, ular tasavvurini kengaytirish maksadlari uchun murojat etish maksadga muvofikdir. Masalan, mexanik xodisalarni urganishda ta’riflangan tushunchalardan agarada issiklik, elektr va boshka xodisalarni urganishda foydalanilsa, u xolda bu tushunchalar boyib boradi. Fizikaning bir bulimini urganishda olingan bilimlarni boshka soxadagi xodisalarni taxlil etishga kullash ukuvchilarning fizik tushuncha va konuniyatlarini urganishlarini umumiyligini kursatadi.
Istalgan masalani echishni uning mazmunini tashkil etgan fizik xodisalarni mukammal taxlil kilishdan boshlashga urgangan ukuvchilar mikdoriy masalalarni echishda katta foydalanadilar. Shuning uchun xam masalalar echishning tugri uslubiyotidan ularni sinfiy masalalarga karama-karshi kilib bulmaydi, chunki ikkala turdagi masalalarni echish asosida konunlarning fizik moxiyatini tushunish va ularni amalda kullanishni bilish yotadi.
Mikdoriy masalalarni echishga namuna.
2-Masala. Massalari m1 q 3 kg va m2 q 6 kg bulgan ikki brusok uzaro ip bilan boglangan bulib, gorizontal stol ustida xarakatlanadi Brusoklardan birining ikkinchi tomoniga boglangan ip blok orkali utkazilgan bulib, ipning ikkinchi uchiga mq 1800 g yuk osilgan. Xar kaysi ipning taranglik kuchini va xar bir brusok bilan stol orasidagi ishkalanish kuchini aniklang. Brusoklarning stolga ishkalanish koeffitsientlari mos ravishda  q 0,1 va  q 0,2.

Yüklə 119,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə