O‘ zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi far g‘ ona davlat universiteti



Yüklə 451,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix20.10.2023
ölçüsü451,48 Kb.
#129055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Durdona Eksperemental

Intervyu metodi.
Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng 
ko`llaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suhbat metodi kabi intervyu 
metodi ham so`roq-javob metodiga tegishlidir. Ko`pincha intervyu uchun savollarni 
sotsiologik anketalar tipiga o`xshatib, ya’ni ko`p masalalar yuzasidan ko`plab 
javoblar olishni ko`zlab tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish 
tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish 
bosqichiga to`g‘ri keladi. Biroq bilimlarni va o`rganilayotgan psixik xususiyatlarni 
strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar o`rganilayotgan xususiyatlar 
strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar 
berishi mumkin. 
Ekspert baholash metodi.
Bu metod shaxs psixologiyasida keng 
qo`llaniladi. Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar 
– bolalar bog‘chasi va maktab-internatlarning tarbiyachilarini, sinf rahbarlari, ishlab 
chiqarish-texnika bilim yurtlarining masterlari, ishlab chiqarishdagi masterlar, ilmiy 
jamoa rahbarlari, harbiy komandirlar, administratorlar, sport trenerlari 
qatnashishlari mumkin. Ekspert baholarni ko`proq xususiyatlarning sifat jihatidan 
namoyon bo`lishlarini tasvirlash emas (buni ekspertlar bilan qilinadigan keyingi 
suhbatlarda o`tkazilsa ancha foydaliroq bo`ladi), balki o`rganilayotgan 
xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, ya’ni u yoki bu xususiyat 
yoki xulq-atvor elementlari darajalarini baholash tarzida o`tkazilsa maqsadga 
muvofiq bo`ladi. Ekspertlar umumlashtirish bilan bog‘liq bo`lmagan xulq-atvor 
elementlarining ancha-muncha mayda qismlari ifodalanganligini qayd qilishi lozim. 
Umumlashtirish – ekspertning emas, balki tadqiqotchining ishidir. 
O‘z-o`zini kuzatish metodi.
XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi 
tomonidan kamsitilgan bu metod so`nggi yillarda yana ma’lum ahamiyatga ega 
bo`lib bormoqda. Chunonchi, suhbat va so`roq-javob metodlarini o`z-o`zini kuzatish 
metodi orqali olingan ma’lumotlarsiz qo`llab bo`lmaydi. Buni suhbat va shaxsiy 
savol-javob o`tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o`z-o`zini 


kuzatish, garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo`lmasa-da, mustaqil 
ahamiyatga ega bo`lishi mumkin. O‘z-o`zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya’ni 
tetik kayfiyatni, achchiqlanishni, ishchanlikni, kasb bilan bog‘liq bo`lgan sermahsul 
ishlarni o`rganishda ayniqsa foydali bo`lishi mumkin. 

Yüklə 451,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə