O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   94

243
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
SPORT MUSOBAQALARI
Maktab musobaqalarining o`tkazilishi - darsdan tashqari maktabning
ommaviy sport tadbirlari haqida kalendar ish rejasiga muvofiq va maktab
rahbarlarining nazoratida bo`lishi kerak. Avvalo, "Umid nihollari"
musobaqasida qatnashish va "Alpomish", "Barchinoy" testlarini o`tkazish.
Maktabning ichki musobaqalari sinflararo, sinf guruhlararo o`tkaziladi.
Bundan tashqari musobaqalar shaxsiy birinchilik uchun ham o`tkaziladi
("Yuguruvchi kuni", "Sakrovchi kuni" va boshqalar).
Maktab birinchiligi uchun sinflararo musobaqalar, spartakiada shaklida
ham o`tkaziladi. Musobaqalar har xil sinflarda:
"O`qituvchilar va murabbiylar kuni", "Mustaqillik" va "Navro`z"
bayramlariga bag`ishlab o‘tkazilishi mumkin. Shunga o`xshash ommaviy
sport turlari bo`yicha musobaqalarni maktablararo o`tkazishni amalga
oshirish kerak. Tuman, shahar musobaqalariga qatnashish uchun
maktablarda eng yaxshi sportchilardan terma jamoalar tuzib musobaqalarda
qatnashiladi.
SPORT SEKSIYALARI
Seksiyalarning maqsadi - o`quvchilarning umumjismoniy
tayyorgarligini oshirish, jismoniy tarbiya va sportning har turini
vositalaridan foydalanish yo`li bilan o`quv dasturi asosini tuzish. Bu
sho`balarga asosan boshlang`ich, o`rta sinf o`quvchilari jalb qilinadi.
Ayniqsa tayyorgarlik va tibbiy guruhlarga ajratilgan o`quvchilar taklif
qilinadi. Mashg`ulotlar haftasiga ikki marta 45- 60 daqiqadan o`tkaziladi.
Umumiy rahbarlikni jismoniy tarbiya o`qituvchisi amalga oshiradi. Bunday
mashg`ulotlarni o`tkazish uchun jamoatchi sport instruktorlari, yuqori
sinf faollari, bolalar va o`smirlar sport maktablarining o`quvchi
sportchilari jalb qilinadilar.
Sport sho`balari - sportning u yoki bu turi bilan shug`ullanuvchi
o`quvchilar uchun tashkil qilinadi. Sport sho`balarini tashkil qilish
uchun eng avvalo sharoit hisobga olinadi. Umumiy rahbarlik esa jismoniy
tarbiya o`qituvchisiga yuklatiladi. Shunga o`xshash mashg`ulotlarni o`tish
uchun jamoatchi ustoz murabbiy (trener), jamoatchi yo`riqchi,
maktabning eng yaxshi sportchilari, bolalar va o`smirlar sport
maktabining yaxshi sportchi o`quvchilari taklif qilinadi. Ba`zan haq
to`lash yo`li bilan sport turlariga ustoz murabbiy (trener) taklif qilinadi.
Mashg`ulotlari haftada 2-3 marta o`tkaziladigan sho`balarga qatnashadigan
o`quvchilar oldin, albatta, tibbiy ko`rikdan o`tishlari shart (tibbiy
nazorat maktabda yoki poliklinikada o`tkaziladi).


244
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
SPORT  BAYRAMLARI
Bu tadbirlar maktabning barcha an`analariga muvofiq, ommaviy
sport tadbirlari kalendari va boshqa tadbirlar bilan oldinma-keyin yilda
ikki marta, o`quv yilining boshlanishi yoki yakunlanishini nishonlash
arafasida va mavsumning boshida hamda yakunida, shuningdek,
musobaqalarning tantanali ochilishi va yopilishida, ommaviy sport
musobaqalarini o`tkazish hamda uchrashuvlar, gimnastika va sport
turlaridan qatnashishlar hamda g`oliblarni mukofatlashda o`tkaziladi.
Dasturdan foydalanish bo`yicha tavsiyalar
1. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi dastur asosida ish boshlashdan oldin,
birinchi navbatda dasturning tushuntirish xatini, ya`ni, soatlar
taqsimoti, o`quv me`yorlari va nazorat darslarini diqqat va e`tibor
bilan o`qib chiqishi lozim.
2. Sentabr oyidagi 1-2 darslardayoq quyidagi talablar bo`yicha test
o`tkaziladi:
- 30 metr ga yugurish, vaqt o`lchovi soniya hisobida;
- joydan turib uzunlikka sakrash, o`lchov metr va sm larda;
- tennis koptogini uzoqqa uloqtirish, o`lchov metr va sm.lar hisobida;
- arg`amchida 30 soniya davomida sakrash, o`lchovi sanoq bilan.
Chorakni yakunlash davrida yuqorida ko`rsatilgan testlar o`tkazilishi
shart.
JISMONIY TARBIYA O`QUV DASTURINING  BO`LIMLARI
BO`YICHA SOATLAR TAQSIMOTI
1-sinf (68 soat)
2-sinf (68 soat)
T/r Bo`lim 
Soat 
1. Gimnastika 
16 
2. Yengil 
atletika 
14 
3. 
 
Harakatli o`yiniar va sport o`yini elementlari 
 
38 
 
 
T/r 
 
Bo`lim 
 
Soat 
 
1. Gimnastika 
16 
2. Yengil 
atletika 
16 
3. 
 
Harakatli o`yinlar va sport o`yin elementlari 
 
36 
 
 


245
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
3-sinf (68soat)
4-sinf (68soat)
T/r 
 
Bo`lim 
 
Soat 
 
1. Gimnastika 
16 
2. Yengil 
atletika 
16 
3. 
 
Harakatli o`yinlar va sport o`yin elementlari 
36 
 
 
T/r Bo`lim 
Soat 
1. Gimnastika 
14 
2. Yengil 
atletika 
18 
3. 
 
Harakatli o`yinlar va sport o`yin elementlari 
 
12 
 
4. 
 
Sport o`yinlari 
 
12 
 
5. Futbol 
12 
 


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə