O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94

237
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
7. Yugurib kelib balandlikka sakrash:
- o`g`il bolalar - 90-80-70 sm;
- qiz bolalar - 80-70-60 sm.
8. To`pni uzoqqa uloqtirish (6 metrdan 5 imkoniyatda):
- o`g`il bolalar -27-25-23 metr;
-
qiz bolalar-18-15-13 metr.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gigiyenik gimnastika mashqlarini bajarish (mashq maktabda
jismoniy tarbiya darsida o`rgatiladi).
2. 6-7 daqiqa davomida asta-sekin yugurish.
3. Tizzani baland ko`tarib yugurish (turgan joyda) 2x10 marta.
4. To`pni devorga to`g`ri uloqtirish - 10 - 15 marta.
5. To`xtamasdan 2x10 dan 20 marta to`g`ri sakrash.
6. Tayanib cho`qqayib o`tirish, qo`lga tayanib yotish va turish 7-10
marta.
7. Turgan joydan uzunlikka sakrash - 10 martagacha.
8. Arg`amchi bilan (ikki oyoqda) - 50 martagacha sakrash,
BASKETBOL
Nazariy ma`lumotlar:
1. Salomatlikni saqlashda jismoniy mashqlarning ahamiyati.
2. O`zbekistonda basketbolning rivojlanishi to`g`risida qisqacha
ma`lumot.
3. Mini-basketbol o`yinining soddalashtirilgan qoidasi.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Tik turgan holda himoya va hujum harakatlarini bajarib yurish, to`pni
ilib olish va ikkala qo`l bilan joyda turib va joyni almashtirib harakatlanish,
to`pni bir qo`l bilan to`g`ri chiziqdan urib yurish, so`ng to`pni joydan
turib bir qo`lda yelkadan oshirib tashlash, ikki tomonlama mini-
basketbol o`yinining oddiy elementlarini soddalashtirib bajarish.
O`quv mezonlari:
1. Basketbolning barcha o`rganilgan elementlarini bajarish (bajarilish
texnikasi baholanadi).
2. Shit oldida 45° burchak hosil qilib to`pni yelkadan bir qo`l bilan
o`ngdan (chapdan) va joyidan turib savatga tashlash 2,5 metr (3
urinishda).
3. Juft bo`lib 20 soniya 2,5 metrdan to`pni uloqtirish va ilib olish.
4. To`pni ko`krakdan xalqaga tashlash (3,5metrdan) o`g`il bolalar


238
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
-7 imkoniyatdan, qizlar  8 imqoniyatdan 3 marta tushirish - 5-"a`lo",
2 marta tushirish - 4- "yaxshi", 1 marta tushirish - 3- "o`rta".
5. Usullar birlashmasi - to`pni ilib olib, yerga urib yurish, sakrab
turib to`xtash, yaqin masofadan bir qo`l bilan xalqaga tashlash.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Arg`amchida to`xtamasdan 30 marta sakrash.
2. Sakrab turib, tizzalarni ko`tarib ko`krakka yetkazish (2 marta
takrorlash).
3. Qo`llar bilan devorga 45° tayanib ularni bukib yozish:
12 marta- 10 marta -8 marta - o`g`il bolalar uchun;
10 marta - 8 marta - 6 marta - qiz bolalar uchun.
VOLEYBOL
Nazariy ma`lumotlar:
1. Maktabda o`tkaziladigan voleybol haqida tushuncha va uning
ahamiyati.
2. Voleybol o`yinida turish holatini, o`yin qoidasini, o`rin o`zgartirish
qoidalarini o`rganish. Jismoniy mashqlarni a`zolarga ijobiy yoki salbiy
ta`siri haqida tushuncha berish. O`yinchilarning asosiy burchi va huquqlari.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Ikki qo`l bilan yuqoridan kelgan to`pni bir-biriga uzatishni bajarish.
O`yinchilarning asosiy burchi va huquqlarini, o`ynash qoidalarini bilish.
 To`pni  pastdan  uzatishni bajarish.
O`quv mezonlari:
1. Devor oldida to`rt devorga otib, devordan qaytgan to`pni ikki
qo`lda qoidasiga rioya qilgan holda qaytarish; to`pni devorga urishda
to`xtamasdan ikki qo`lda qaytarishni baholash: 10 martagacha - "5", 8
martagacha - "4", 5 martagacha tushirmasdan qaytarganga - "3" ball
qo`yiladi,
2. O`quvchi to`pni turgan joyida, yuqoriga otib, ikki qo`lida, "qo`l
uchida" qoidasiga rioya qilgan holda o`ynashi va bir-biriga to`pni uzatishlar
baholanadi.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gigiyenik gimnastika mashqlaridan 8-10 tasini bajarish.
2. Umumrivojlantiruvchi mashqlardan, asosan, ko`proq yelka, qo`l
mashqlarini bajarish.
3. Arg`amchi (gardish), gimnastika tayoqchasi, kichik gantellar bilan


239
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
mashqlarni mustaqil bajarish.
4. Jismoniy kuchli mashqlarni bajarish.
5. Ko`proq balandlikka sakrash mashqlarini bajarish.
6. 1 daqiqa arg`amchida sakrash.
7. Polga tayanib yotgan holda, qo`llarni 20 martagacha bukish va
yozish.
QO`L  TO`PI
   Nazariy ma`lumotlar:
1. O`zbekistonda qo`l to`pi (qisqacha ma`lumot).
2. O`quvchilarning shaxsiy gigiyenasi.
3. Jismoniy tarbiyaning chiniqishdagi ahamiyati.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
O`yinchining tik turgan holatida turishni bilish; to`pni uloqtirish va
ushlab olishni bilish, to`pni yerga urib (asta-sekin) darvozaga otishni
o`rganish.
O`quv mezonlari:
1. To`pni yerga urib olib yurish, 10-15 metrga yugurish texnikasini
to`g`ri bajarish.
2. To`pni uloqtirish va qabul qilish.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. O`g`il bolalar: polga (yerga) tayanib yotgan holda qo`llarini 10-
12 marta bukib-yozish (har kuni).
Qiz bolalar: polga tayanib yotgan holda qo`llarni 4-5 marta bukib-
yozish (har kuni).
2. To`pni yerga urib ushlab olish.
3. To`pni yerga urib olib yurish.
FUTBOL
Nazariy ma`lumotlar:
O`quvchilarning salomatligini mustahqamlashda jismoniy tarbiyaning
o`rni. Jismoniy mashq bilan shug`ullanishning gigiyenik qoidalari.
- Futbolchilarning o`yinda o`zini tutishi va xavfsizlik qoidalariga rioya
qilishi.
- Yosh futbolchilarning sport formasi va kiyimlari.
Nafas olish a`zolarining tuzilishi va vazifasi. Shu a`zolarni futbol
bilan muntazam shug`ullanish orqali chiniqtirish. Futbolchilarning o`yin
mashqlari va o`yin paytida xavfsizligining asosiy qoidalari. Futbolchilarning
kiyim va poyafzallariga qo`yiladigan talablar.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə