O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94

228
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
7. Turgan joydan uzunlikka sakrash - 10 martagacha.
8. Arg`amchi bilan sakrash (ikki oyoqda) - 50 martagacha sakrash.
HARAKATLI O`YINLAR
Nazariy ma`lumotlar:
Harakatli o`yinlarning bolalar organizmiga ta’siri, ularning sog`lom
jismoniy rivojlanishida, chiniqishida, qaddi-qomatini tiklanishida,
harakat faoliyatining o`sishi,  ishchanlik hamda jismoniy ko`nikma,
malaka va sifatlarining rivojlanishi; harakatli o`yinlarning tarbiya va ta’lim
jarayonidagi roli, o`yin qoidalari va ularga rioya qilish, o`qituvchi hamda
ona boshiga ko`maklashish.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Harakatli o`yinlarning tartib - qoidalarini bilish; to`plar, arg`amchi,
zambarak va boshqa jihozlarni to`g`ri va aniq ishlata bilish.
"Sinfdaman!", "Boy o`g`li", "Topchi, kimning ovozi", "Bolalarda
tartib qat’iy", "Tez joyingizga!", "Oq ayiqlar", "Tezda saflan!", "Qutqar",
"Insiz quyon",  "Nina,  i p  va tuguncha",  "Charxpalak",  "Karnaymi,
surnaymi?", "Kim uzoqqa otadi?", "Tulkilar va na’matak", "Qurbaqa va
laylak", "Mergan ovchi", "Musiqaga jo`r bo`lib yurish", "Botqoqliqdan
o`tish", "Ovchilar", "Qirq tosh", "Qafasdagi qushlar", "Pohta-pochta",
"Do`ngdan-do`ngga sakrash", "Meni qutqar!", "Signalga quloq sol!",
"Uh chopar ot", "Kim kiyadi?", "Hushyor posbon", "Tulki", "Durra",
"Olib qochar", "To`pni boshdan oshirib uzat", "To`pni oyoqlar orasidan
uzatish", "Bo`sh joy", "Joyga tez qaytish", "G`ozlar va oqqushlar",
"Ikki tovuq", "Yo`lakchalar ustidan sakrash", "Masofani kim sakrab
o`tadi?", "Man qilingan mashq", "Simsiz telefon", "Beshtosh" va boshqa
o`yinlar ishtirokida (1-sinfdagi) harakat sifatlari va fazilatlarni tarbiyalash
va rivojlantirish.
RAQS ELEMENTLARI
Milliy musiqa ritmlarini ijro etish: "Andijon polkasi", "Lazgi",
"Qadamlarda sakrab oldinga va o`ng tomonlarga yurish". Qo`l va oyoq
harakatlarini musiqaga moslab borish. Ritmik gimnastika elementlari va
aerobika: "Vals", "Polka qadamlari", "O`rdakchalar raqsi".
SUZISH
Erkin suzish usuli elementlarini o`rganish. 25 metrga erkin usulda
suzish. "Laylak va qurbaqalar", "Baliqchi va baliqlar", "To`pli
quvlashmachoq", "Dengizchi".
Uyga beriladigan topshiriqlar:


229
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
1. Arg`amchida turli sakrashlar.
2. 3-4 mashqni uyda mustaqil bajarish.
3. "Sehrli nuqtalar" ni bilish va qo`llash.
3-SINF
Jismoniy tarbiya  68 soat
(haftasiga 2 soat)
GIMNASTIKA
Nazariy ma`lumotlar:
1. Jismoniy mashqlarning inson sog`ligini mustahkamlashda,
qomatining to`g`ri rivojlanishida, jismoniy ish qobiliyatlariga ta`siri.
2. Inson mushaklarini harakatlanish faoliyati.
3. Har xil nojo`ya harakatlardan shikastlanishning oldini olish usullari.
Qomatni rostlaydigan, ertalabki badan tarbiya mashqlari majmuasini
bajarishga, to`ldirma to`plar bilan (1,5-2 kg) mashq bajarishga o`rgatish.
Boshni chap va o`ng tomonlarga aylantirish. Gavdani (chapga, oldinga,
orqaga, o`ngga) har xil tomonga egish.
AKROBATIKA
Har xil dastlabki holatlardan oldinga o`mbaloq oshishlarni, g`ujanak
bo`lib o`tirgan holatdan orqaga dumalash, oldinga dumalab dastlabki
holatga qaytishni, sidirg`asiga 2-3 marta o`mbaloq oshishni o`rgatish.
Dastlabki holat asosiy turish, to`xtamasdan ikki marta oldinga
o`mbaloq oshishi, orqaga dumalash bilan kuraklarda tik turish, shu
holatda oyoqlarni bukish, birdaniga "ko`prik" hosil qilish va bir qo`lda
tayanib, yondan orqaga burilish bilan cho`qqayib tayanishga o`tish va
gavdani to`g`rilab yuqoriga sakrab, yengil qo`nish.
Tirmashib chiqish va oshib otish mashqlari:
Qiya joylashtirilgan gimnastika o`rindig`i ustidan qo`llarda tortilib
tirmashib chiqishda qo`l kuchini rivojlantirish, arqonga 3 usulda tirmashib
chiqishni o`rgatish. Gimnastik narvonga orqa bilan qo`llarda osilib 30
soniya mobaynida turish. Qo`llarda osilib, tizzalarni yuqoriga ko`tarish.
Baland turnikda tortilish (o`g`il bolalar), gimnastika o`rindig`ida tayanib,
qo`llarni bukish va yozish (qiz bolalar).
Muvozanatni saqlash mashqlari:
1 metr balandlikdagi yakka cho`p ustida yoki gimnastik o`rindiq
ustida oyoq uchida yurish, yonboshlab qadam tashlab yurish, 180°


230
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
cho`qqayib o`tirish, sakrab tushish. Yurib, o`rindiq o`rtasida "qaldirg`och"
hosil qilish.
Tayanib sakrash mashqlari:
O`g`il bolalar - balandligi 90 sm  "xari" ustiga sakrab chiqish va
yuqoriga kerilib yengil sakrab tushish; oyoqlarni yozib sakrash. "Kozyol"
(xari) ustiga tayanib, sakrab  chiqish va yengil kerilib tushish.
Qiz bolalar - balandligi 80-90 sm "ot" ga qo`llarga tayanib chiqish
va yuqoridan kerilib yengil sakrab tushish.
Sport zalida 5 to`siqdan iborat to`siqlardan o`tish mashqlari:
1. Uzunasiga qo`yilgan gimnastik to`shakda 2 marta oldinga o`mbaloq
oshish.
2. 60 sm balandlikdagi eniga turgan "xari" ustiga tizzalar bilan chiqib,
gimnastik to`shak ustiga sakrab tushish.
3. 60-70 sm balandlikdagi yakka cho`p ustiga chiqib, qo`llarni yonga
uzatib, oxiriga borish va to`shak ustiga sakrab tushish.
4. 3 ta gimnastik to`shakni uzunasiga qo`yib, 35-40 sm balandlikda
har bir to`shakni o`rtasidan ikki yon tomonga arqoncha (rezinka)
bilan tortib qo`yish va rezinkalarga tegmasdan emaklab o`tish.
4. 5-7 metr oraliqda kichik to`pni belgilangan doira shaklidagi nuqtaga
uloqtirish (bu mashqni eni 80 smli va uzunasi 2 metrli chuqur ichidagi
gimnastik to`shakka sakrab tushish bilan almashtirish mumkin).
QUVNOQ O`YINLAR VA ESTAFETALAR
1. 3-4 ta o`rgatilgan akrobatika mashqlaridan o`quvchilar xohishiga
qarab o`yin va estafeta o‘tkazish.
2. "Bo‘sh joy", to`plarni qo`lda urib  olib yurish va ma’lum joyga
tashlash estafetasini o`tkazish.  3-sinfda yurish, burilish mashqlarini
bilish.
3. Ertalabki gimnastika mashqlar majmuasini bilish.
4. Safda yurish, burilish mashqlarini bilish.
5. Yugurish, sakrash va turli to`siqlardan o`tishda turli estafetali
o`yinlarni bilish.
6. Akrobatikadan o`quv kombinatsiyasini bilish.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə