O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   94

219
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Futbol o`yini usullari va texnik elementlarini o`rgatishda bolalar
bilan mashg`ulotlarni tashkil qilish shakllari katta ahamiyatga ega. Birinchi
bosqichda (4-sinf) o`quvchilar bilan ishlashning asosiy metodi guruh
bo`lib o`rgatishga qaratiladi. Futbol bo`yicha o`quv darslarida
qo`llaniladigan barcha mashqlarni shartli ravishda uch guruhga bo`lish
mumkin: maxsus-tayyorgarlik, umumiy tayyorgarlik, musobaqa. Uning
yordamida yoshlarni har tomonlama jismoniy rivojlantirish vazifalarini
muvaffaqiyatli hal etish mumkin.
O`qituvchi 1-4 sinflarda jismoniy tarbiya darslarida shunday pedagogik
vazifani qo`yadiki, bu vazifa harakatli o`yinlar, gimnastik mashqlar va
yengil atletikani kompleks qo`llash asosida hal etiladi.
Xalq milliy o`yinlari alohida ahamiyatga ega bo`lib, ular o`quvchilarda
asosiy harakat malakalarini shakllantiradi, o`sib kelayotgan yosh avlodni
shakllantirishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Xalq milliy o`yinlaridan samarali
foydalanish va ularni tashkil qilish uchun yetarli miqdorda qo`llanmalar
bo`lishi kerak.
Shulardan kelib chiqqan holda, o`qituvchilar oldiga quyidagi
vazifalarni qo`yish maqsadga muvofiqdir:
- xalq milliy o`yinlari va ulardan foydalanish metodikasiga doir
o`zlarining bilim darajalarini oshirish;
- o`quvchilar bilan xalq milliy o`yinlarini o`tkazish va tashkil
qilish uchun maktabda zarur sharoitni yaratishga erishish;
- bolalarda xalq milliy o`yinlariga qiziqishni uyg`otish va ularni
mustaqil ravishda tashkil qilishni o`rgatish.
Dasturga "Suzish" bo`limi kiritilgan bo`lib, bu bo`limga alohida soat
ajratilmagan, biroq maktabda suzishga sharoit bo`lsa, unga birinchi sinfdan
boshlab o`rgatiladi. Soat esa, dasturning asosiy turlari (harakatli o`yinlar,
gimnastika, yengil atletika, sport o`yinlari) hisobidan olib boriladi.
Mashg`ulot haftasiga ikki marta o`tkaziladi. Suzish darsiga borayotgan
o`quvchilarda sovun, mochalka, sochiq, suzish uchun maxsus kiyim
bo`lishi kerak. Darsni o`tib bo`lgandan keyin barcha o`quvchilarning
hammasi bor yo`qligini tekshirib chiqish kerak.
Suzish turi bo`yicha o`tkaziladigan mashg`ulotga suzishni o`rgatish
metodikasini biladigan hamda suvda cho`kishdan saqlab qolish usullarini
egallagan mutaxassis jalb qilinishi kerak. Mashg`ulot vaqtida vrach (yoki
hamshira) bo`lmog`i, shuningdek, o`quvchi favqulodda jarohatlangan
taqdirda birinchi yordam ko`rsatish uchun tibbiy aptechka bo`lmog`i
zarur.


220
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Suzish bo`yicha birinchi darslarni quruqliqda o`tqazib, shundan so`ng
suvga tushirib, qirg`oqda topshiriq berib o`rgatiladi. Havzaning tozaligi,
yechinish xonalarining ozodaligi va gigiyenik talablarga javob berishi
faqatgina o`qituvchi (trener) va tibbiyot xodimlarining nazorat qilib
turishlariga bog`liq. Suv havzasi muntazam ravishda xlor aralashmasi va
mis kuporosi bilan tozalanib, uning suvi bir-ikki haftada almashtirilib
turilishi zarur. Tibbiyot xodimlari tuman sanitariya-epidimologiya
stansiyasi xodimlari bilan hamkorlikda suv havzasiga infeksiya tushmasligi
uchun belgilangan miqdorda, muntazam suvni tekshirib turishlari lozim.
Maktab ma`muriyati esa bu masalada suv havzasi xodimlariga har
tomonlama yordam ko`rsatishlari kerak.
Dasturga 1-4 sinflarda milliy raqs elementlari kiritilgan. Bu bo`limga
har darsda 10 dan 30 daqiqagacha, sharoitga qarab vaqt ajratilishi kerak.
Masalan: 1-4 sinflarga quyidagi raqs elementlari kiritilgan: "Vohay
bola", "Chittigul", "Andijon polkasi", "Lazgi", "Gulnoz", "Sho`x qizlar",
"Askariy", "Duloncha" va boshqalar.
Dasturning ushbu bo`limini o`tkazish uchun o`qituvchi, albatta,
tayyorgarlik ko`rishi lozim - musiqa kassetaga yozilgan bo`lishi, qizlardan
yordamchi (solist) tanlanishi, mashg`ulot paytida o`quvchilar vaqtida
rag`batlantirilib, to`g`ri baholanishi zarur.
Yuqorida bayon etilgan dasturning tushuntirish xatidan shu narsa
ma`lumki, ya`ni 1-4 sinf o`quvchilarining qanday narsalarga va qanday
o`rgatish vazifalarini aniqlab olish zarur.
1-SINF. Bolalarni yakama-yakka bittadan, juft-juft ikkitadan bo`lib,
qisqa masofalarga yurish va yugurishlarini aniq bajarishga o`rgatish. Kalta
arqonlar, arg`amchilardan sakrashni, baland bo`lmagan to`siqlardan
"chuqurcha"ga sakrashni, aniq nishonga uloqtirishni o`rgatish. Turli
to`siqlardan, gimnastik o`rindiqdan va shuningdek, narvonlarga tirmashib
chiqib, oshib o`tishga o`rgatish. Yurish-yugurish, sakrash va uloqtirish
mashqlari mujassamlangan harakatli o`yinlarda ishtirok etish. Suvda o`z-
o`zini tuta bilishni o`rgatish. Milliy raqs harakatlarini o`rgatish va raqsga
tushish. Ertalabki oddiy gimnastik mashqlarni mustaqil bajara olishga
o`rgatish.
2-SINF. 20-30 metr masofaga to`g`ri yo`lakdan tez yugurishni;
sekin va bir maromda 100-150 metr masofaga hamda yurish va yugurishni
200 metrga; to`pni uzoq va aniq masofalarga uloqtirishni; arg`amchida
30 ga qadar sakrashni, joydan va yugurib kelib uzunlikka sakrashlarni;


221
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
25 metr masofaga suzishni; "Andijon polkasi", "Lazgi", "Yalla" musiqalariga
raqs tushishni; jamoa hisobida harakatli o`yinlarda qatnashishni bilish va
uddalash lozim. Mustaqil ravishda ertalabki gimnastikani bajarish zarur.
3-SINF. Quyidagilarni bajara olishni bilishi kerak: 30-40 metrga
yugurish, asta yugurib, me`yoriy tezlikda 200 metr masofali bo`limlarda
(100-200 metr yurib-yugurib) 2-3 marta bajarish, sakrash chuqurchasini
chetidan yugurib kelib depsinib uzunlikka sakrash; tepaliqdan (50-60
sm) sakrab tushishlar, to`pni uzoqqa va aniq nishonga joydan turib
uloqtirish; arg`amchida 60-80 marta sakrash; harakatli o`yinlarda sinf
bilan qatnashish, o`yin qoidalari asosini bilish; erkin holatda 25-50
metrga suvdan suzib o`tish; milliy raqslarning asosiy harakatlarini bilish;
"Gulnoz", "Sho`x qizlar", "Lazgi", "Yalla", "Qari navo", "Paxtaoy" va
hokazo. Ertalabki gigiyenik gimnastikani bajarish.
4-SINF. Jismoniy tarbiya dasrlarida o`z-o`zini muhofaza qilish
qoidalarini bilish barobarida quyidagilarni bajarishi lozim:
- to`g`ri yo`lakdan chaqqon yugurishni, guruh bilan birga 60 metrli
masofaga yugurishni, sekin-asta yugurib 200 metrli masofani 3-4 marta
(dam olib) me`yorli tezlikda yugurishni, uzunlikka va balandlikka yugurib
kelib sakrashni, to`pni uzoq masofaga aniq nishonga 3-4 qadam tashlab
uloqtirishni, mokisimon yugurishda berilgan topshiriqni bajarishni,
to`pni ilib olib uloqtirishni, to`p bilan harakatlanishni, futbol va sport
o`yinlari elementlarining soddalashgan elementlarini almashtirib
bajarishni,  harakatli o`yinlarni jamoa ishtirokida ona boshi yoki sardor
sifatida bajarishni, ertalabki majmuali gimnastikani bajarishni.
1-SINF
Jismoniy tarbiya 66 soat
 (haftasiga 2 soat)
GIMNASTIKA
1-usul. Buyumlarsiz mashqlar: asosan beriladigan mashqlar qomatni
to`g`ri shakllantirish, qo`llarni har tomonga ko`tarish, gavdani oldinga,
orqaga, yonga egish; oyoqlarda o`tirib turish va oyoqlar uchida sakrash.
2-usul. Buyumlar bilan mashqlar: gimnastik tayoqchalar,
arg`amchilar, bayroqchalar, katta va kichik to`plar bilan gimnastik
narvonlar oldida bajariladi.
Tirmashib chiqish, osilish va tayanishlar.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə