O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   94

207
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- yengil atletika bo`yicha mezon talablarini bajara olish;
- to`pni xalqaga bir qo`l bilan yelkada (boshka qo`l yordamida) ikki
qadam yurib tashlash usulini bajara olish;
- mini basketbol o`yinini turli elementlar yordamida o`ynash;
- voleybol to`pini barmoq  uchlarida qabul qilish va uzatish usullarini
bajarish;
- voleybol o`yini va musobaqa qoidalari, hakamlik bo`yicha ma`lumotga
ega bo`lish;
- pastki va yuqoridan kelgan to`pni qaytarish usullarini bajara olish;
- qo`l to`pida to`pni zarb bilan darvozaga otish usulini bajara olish;
- futbolda oyoq yuzasining ichki yoni, o`rta qismi bilan to`p tepish
usulini bajara olish;
- futbol  bo`yicha o`yin mashqlarini va mezon talablarini bajarish;
- kurash usuli: "Yiqilishdan saqlan" usuli, yiqilish usuli, yon
tomonlarga yiqilish usullarini bajara olish;
- "Olib qochar", "To`pni aylana ichiga tushirma", "Qo`riqchi", "To`p
o`rtaga", "Arg`amchi bilan estafeta", "Kuchlilar va chaqqonlar", "Kim
uzoqqa otadi" kabi harakatli o`yinlarni bajara olish.
6-sinf
Bilimlar:
- sport gimnastik anjomlarida bajariladigan mashqlar kompleks
bajarilishini bilish;
- tikkasiga qo`yilgan to`siqlardan tayanch hosil qilib, tayanchsiz
holatlarga (40-50 sm balandlikda) o`tishni o`rganish;
- yugurib kelib, uzunlikka va balandlikka sakrashlar;
- 10 minut davomida bir me`yorda yugurish;
- 1 minut davomida gardishni belda aylantirish hamda arg`amchida
sakrash;
- basketbol to`pini yerga urib yurishda balandligi va tezligini o`zgartirib
olib yurishlar;
- basketbol, qo`l to`pini bir va ikki qo`llab sherigiga uzatishlar;
- basketbol to`pini  bir va ikki qo`llarda savatga tushirishlar;
- qo`l to`pini (past, balanddan va yondan) sherigiga uzatishlar: ikki
tomonlama o`yinlarda qatnashish;
- kurashchining turli harakatlarini (ushlashlar, chalishlar,
himoyalanishlar, qarshi hujum) bajarish;


208
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- suzishning brass usulini  burilish bilan bajara olish.
Ko`nikmalar:
- mashg`ulotda kiyiladigan sport kiyimlarining gigiyenik talablarini
bilish;
- saf mashqlari: turgan joyida orani ochish va yaqinlashtirish,  chalish,
qadamlar bilan sakrab-sakrab, juft qadamlar bilan orani ochish va
yaqinlashtirish mashqlarini bajarish;
- 30-40 sm balandlikdagi to`siq ustidan o`mboloq oshish;
- past turnikdan osilib turgan holatda, bir oyoq bilan depsinib,
ikkinchi oyoqda siltanib, to`ntarilib tayanchga ko`tarilish mashqlarini
bajarish;
- balandligi 100-110 sm uzunasiga qo`yilgan xari (kozyol) ustidan
oyoqlarni kerib sakrash (o`g`il bolalar);
- yugurib kelib xari ustiga tayanib tizzalarda turish va cho`qqaygan
holda qo`llar bilan siltanib kerishib sakrab tushish (qiz bolalar);
- muvozanat saqlash mashqlarini bajarish;
- 10-13 minut davomida asta-sekin bir maromda  yugurishni bajarish;
- yugurib kelib "Xatlab o`tish" usulida balandlikka sakrashda depsinish
usullarini bajarish;
- basketbolda: to`pni yerga urib yo`nalishini o`zgartirib, tezlik bilan
olib yugurish, to`pni joyida turib bir qo`l bilan yelkadan sherigiga
uzatish, shuningdek, joyni o`zgartirib, harakatlanib uzatish texnik
usullarini bajarish;
-
voleybolda: o`yinda turish holatini va joylarini o`zgartirish
qoidalarini, katta qadamlab chapga, o`ngga, orqaga, oldingga tezlik bilan
yurish usullarini bajarish;
-
qo`l to`pida: to`pni qo`l panjalari orqali uloqtirish, yumalab
kelayotgan va yerdan sakrab otilgan to`pni ushlash usullarini bajarish;
-
futbolda yurakning qisqarish tezligini mustaqil o`lchashni, to`pni
tepish texnik usullarini bajarish;
-
harakatli o`yinlarda: yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg`itish
mashqlarini to`g`ri va aniq bajarish;
-
kurashda: o`quvchilarda diqqat e`tibor, harakatchanlikni, kuchni,
egiluvchanlikni, chaqqonlikni va statik chidamlilikni rivojlantirishga
qaratilgan mashqlarni bajarish;
-
suzishda: ko`krakda cxalqancha yotib krol usulida suzish vaqtida
burilishlarni bajarish.


209
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Malakalar:
- saf yurishlar:  turgan joyida qo`llarni saf yurishdagidek
harakatlantirish, safda oyoq va qo`l harakatlarini muvofiqlashtirib olib
borgan holda mashqlarni bajara olish;
- yakka cho`p ustida qo`llarni har xil holatda tutib, "Qaldirg`och"
hosil qilish;
- 200-300 metr 5 martada 100 metrdan yurib yugurish, yugurib
kelib "Oyoqni bukish" usulida uzunlikka sakrashni bajara olish;
- yengil atletika bo`yicha mezonlarni topshirish;
- basketbolda: to`pni ikki qo`l bilan ko`krakdan, bir qo`l bilan
ikkinchi qo`l yordamida joydan turib 3 metr masofadan  xalqaga otishni
bajarish, o`rganilgan basketbol elementlarini qo`llab ikki tomonlama
mini- basketbol o`ynash;
- pastdan kelgan to`pni ikki qo`lda qaytarish, voleybol to`ri ustidan
4-6 metr masofada turib, pastdan to`g`riga to`pni bir qo`lda ushlab,
ikkinchi qo`l bilan urib o`tkazish texnik usullarini bajara olish;
- qo`l to`pida: to`pni darvozaga pastdan, yuqoridan uloqtirishda to`siq
hosil qilishni bajara olish;
- harakatli o`yinlarda:  o`yinlarni mustaqil ravishda tashkil etish va
o`tkazishda ishtirok eta olish;
- futbolda: o`rtacha me`yorda to`g`riga va doira bo`ylab oyoq yuzasining
tashqi va ichki tomoni bilan to`pni olib yurish, "Bo`sh o`rinni tanlash"
taktik harakatini bajara olish;
- belbog`li kurash usulidagi turish holatlari, siljish va ushlash, kift
urish (kiftlashish), himoyalanish, qoqib tashlash (qoqma), qarshi
harakat mashqlarini bajara olish.
7-sinf
Bilimlar:
- jismoniy mashqlarni bajarishda o`z-o`zini nazorat va muhofaza
qilish qoidalarining asoslarini bilish;
- 60 metr masofaga past startdan chiqib yugurish;
- 3-4 minut davomida o`rta tezlikda asta-sekin yugurish;
- 800-1000 metr masofaga yugurish;
- 4x100 metrga estafetali yugurish;
- uzunlikka va balandlikka to`liq yugurib kelib sakrashlar, to`p
uloqtirishlar;


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə