O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94

204
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- basketbolda himoya va hujum harakatlarini bajarib yurish, to`pni
ilib olish va ikkala qo`l bilan joyida turib va joyni almashtirib harakatlanish,
to`pni bir qo`l bilan to`g`ri chiziq bo`ylab olib yurish usullarini
bajarish;
- futbolchilarning o`yin usullarini bajarish vaqtida xavfsizlik qoidalariga
amal qilgan holda bajarish;
- harakatli o`yinlarni tashkil etishda o`qituvchiga ko`maklashish;
- "Oq terakmi ko`k terak", "Raqam bilan chaqirish", "Kim chaqqon",
"To`pni tushirib yuborma", "To`pni uzatib yugurish estafetasi", "To`pni
savatga tashla"  o`yinlarni bajarish;
-  erkin  usulda suzishni bajarish.
Malakalar:
- saf mashqlari: o`qituvchilarga raport topshirish, turgan joyidan
orqaga burilish, tartib bo`yicha sanash, bir qatordan uch qatorga tekis
saflanish, yurish davomida burilish, 3, 4, 5 qator bo`lib ketma-ket
saflanish usullarini bajara olish;
- gimnastika mashqlarini katta tanaffus va dars pauzalarida bajara olish;
- buyumlar bilan (gimnastika tayoqchalar, gantellar, gardishlar,
kichik to`plar, arg`amchi) bajara olish;
- umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajara olish;
- dastlabki holat oyoqlar kerilgan, qo`llar yuqoriga, orqaga engashib
"Ko`prik" tushishni bajara olish;
- 4x10 metr masofaga mokisimon yugurish, 1000 metrgacha yurishni
(80-100 metr) almashlab yugurish, yugurib kelib "Oyoqlarni bukib"
sakrash usullarini bajara olish;
- to`g`ridan va yon tomondan yugurib kelib "Xatlab o`tish" usuli
bilan balandlikka sakrash, to`pni 1 qadamdan  10-12 metr masofadagi
1x1 hajmdagi tik nishonga aniq uloqtirish  usullarini bajara olish;
- arqonga 3 usulda tirmashib chiqish usullarini bajara olish;
- yengil atletika bo`yicha mezonlarni topshirish;
- basketbol shit oldida burchak hosil qilib to`pni yelkadan bir qo`l
bilan o`ngdan, chapdan savatga tashlash  (2,5 metr masofadan 3
urinishda) usullarini bajara olish;
- juft-juft bo`lib 2,5 metr masofadan 20 soniya mobaynida sherigiga
uzatish va qabul qilish  mashqlarini bajara olish;
- voleybol o`yinidagi qoidalar to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`lish;
- futbol bo`yicha o`yin  usullari va mezon talablarini bajarish;


205
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- harakatli o`yinlar qoidasini, mazmunini, tashkiliy tomonlarini
bilish, tartib-intizom qoidalariga rioya qilish hamda harakat belgisi-
sakrash, uloqtirish, tortilish, yugurish me`yorlarini bajara olish;
- 50 metr masofaga erkin suzish.
5-sinf
Bilimlar:
Jismoniy mashqlarning gigiyenik qoidalari asoslarini, badantarbiya
mashqlarini, uyga berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishni, o`z-o`zini
tibbiy nazorat qila olishni bilish;
- 4x10 metrga mokisimon yugurish, 30, 60, 100, 400, 1000 metr
masofalarga yugurishlar;
- uzunlikka yugurib kelib oyoqlarni bukish usulida sakrash;
- himoya va hujumchi holatlarida harakatlarni bajarib to`pni qabul
qilish,  uloqtirish, uzatish va tashlashlar (basketbol savatiga)ni bilish;
- milliy kurashning kelib chiqish tarixi, uning turkumi to`g`risida
ma`lumotga ega bo`lish;
- kurashchilarning turish va harakatlarda siljib yurishlarni, o`zini
himoya qilish va yugurish, tashlash usullarini bilish;
- suzishda krol, ko`krakda yotgan holda va cxalqanchasiga orqa bilan
suzish usullari (basseyn, suv havzalari bo`lganda)ni bilish;
- improvizatsiyalashtirilgan (o`xshash) holda milliy raqslarga
"Barigal", "Namanganning olmasi", "Sho`x qizlar", "Yalla" raqsga tusha
bilish;
- ritmik gimnastika va badiiy gimnastika mashqlarini bajarish. (qizlar
uchun)
Ko`nikmalar:
- buyumlar va buyumlarsiz  bajariladigan mashqlarni bajarish;
- 6-8 ta mustaqil tuzilgan gimnastik mashqlarni bajarish;
- saf mashqlarini bajarish, safda har-xil tezlikda yurish hamda
burilishlarni bajarish;
- turnikda tortilish;
- past startdan yugurishni o`rganish, 200-300 metrga 4-5 marta
yugurish. 150 metrgacha yugurish bilan almashlab yugurishni birga
qo`shib olib borish, tepalikka va tepalikdan pastga yugurib tushish
mashqlarini bajarish;
-
himoya vazifasini har tomondan bajarish, to`pni ilib olish,


206
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
ko`krakdan uloqtirish, joy almashtirib har tomonlama harakat qilish,
to`pni o`ng va chap qo`llarda yerga urib olib yugurish  usullarini bajarish;
-
basketbolda himoya vazifasini turli tomonlardan bajarish, to`pni
ilib olish, ko`krakdan uloqtirish, joy almashtirib har tomonlama harakat
qilish, to`pni o`ng va chap qo`llarda yerga urib olib yurish  usullarini
bajarish;
-
voleybol to`pini ikki qo`llab pastdan qabul qilish, uzatish
usullarini bajarish;
-
voleybol to`pini ikki qo`lda yuqoridan bir-birlariga uzatishda joylarni
o`zgartirib mashq bajarish, pastdan bir qo`llab uzatish usulini bajarish;
-
qo`l to`pida  20 metr masofaga to`pni yerga urib olib yugurish
(tezlikda) usullarini bajarish;
-
futbol o`yinida, harakatlanish texnikasini to`g`ri bajarish,
yugurish, sakrash, yonlanma va chalishtirma qadamlab yugurish
mashqlarini bajarish;
- milliy kurash usuli: kurashchilarning turish va siljish holatlari,
milliy kurashda ta`qiqlangan harakatlar bo`yicha ma`lumotga ega bo`lish;
- epchillik, chaqqonlik muvozanat saqlash, sakrovchanlik  va
egiluvchanlik sifatlarini harakatli  o`yinlar orqali bajarish;
- suvda va sport inshoatlarida munosabat qoidalarini bilish, suvda
burilish va qutidan sakrash mashq usullarini bajarish.
Malakalar:
- bir oyoqda (chap yoki o`ng) "Qaldirg`och" bo`lib turish mashqini
bajara olish;
- oldinga, orqaga o`mbaloq oshish, orqa tomonga oyoqlarni yuqoriga
ko`tarib kuraklarda tik turish, cxalqancha yotgan holda ko`prik hosil qila
olish;
- muvozanat saqlash mashqlarini bajara olish;
- gimnastik o`rindiqqa tayanib qo`llarni bukish va yozish, qizlar
uchun -4-6 marta;
- yakka cho`p ustidan sakrab burilish mashqlarini bajara olish;
- 1 metr balandlikdagi "Ot" (kon) ustidan yumshoq sakrab tushish
mashqlarini bajara olish;
- yugurib kelib "Oyoq bukish" usulida uzunlikka sakrashni o`rganish,
yugurib kelib "Hatlab o`tish" usulida balandlikka sakrashni bajarish,
to`pni 1-3 qadamdan yugurib kelib uloqtirishni (shuningdek, nishonga,
doira chambarak ichiga tushirish bilan) bajarish;


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə